O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


II bob. Pedagogik texnologiyalarning ilmiy-nazariy asoslari



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/30
tarix18.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#51363
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
fizik talimda yangi pedagogik texnologiya

II bob. Pedagogik texnologiyalarning ilmiy-nazariy asoslari 

2.1.Yangi pedagogik texnologiyaning nazariy asoslari 

Oldingi  paragraflarda  qayd  etilganidek,  pedagogik  texnologiya  nazariyasi 

o’tgan  asrning  o’rtalaridan  boshlab  asoslanib  kelinayotgan  bo’lsada,  bu 

tushunchaga 

nisbatan 

turlicha 

yondashuvlar 

mavjud. 


Keyingi 

yillarda 

adabiyotlarda  “pedagogik  texnologiya”,  “zamonaviy  pedagogik  texnologiya”, 

“o’qitish  texnologiyasi”  kabi  tushunchalar  keng  qo’llanilmoqda.  Ko’pgina 

pedagoglar  “ta’lim  texnologiyasi”  hamda  “pedagogik  texnologiya”  tushunchalari 

mazmunan bir xil ma’noni anglatishini ta’kidlamoqdalar. 

Ta’lim  jarayonini  texnologiyalashtirish  g’oyasi  G’arbiy  Yevropa  va  AQSHda 

paydo  bo’lgan  edi.  U  mamlakatlarda  “pedagogika”  fani  mavjud  emas.  Shuning 

uchun  “pedagogik  faoliyat”,  “pedagogik  tizim”,  “pedagogik  texnologiya” 

tushunchasi  ham  iste’molda  yo’q.  Bu  mamlakatlarda  shaxsga  ilmiy  bilimlarni 

berish  jarayoni  “ta’lim  jarayoni”  sifatida  nomlanadi.  Shaxsga  bilim  berish,  uning 

ma’lumotini  oshirish  ,  ta’lim  samaradorligini  ta’minlashga  xizmat qiluvchi  fanlar 

majmui  “Metodika”  deb  yuritiladi.  Metodika  fanlarni  o’qitishda  asosiy  e’tibor 

ta’lim sifatini yaxshilash, uning samaradorligini ta’minlashga qaratiladi. [17-18] 

Hozirgi 

kunda 


O’zbekiston 

Respublikasida 

o’qitilib 

kelinayotgan 

“Pedagogika”  fanining  predmeti  shaxsni  shakllantirish,  uning  kamolotini 

ta’minlashga  yo’naltirilgan  ta’limiy  hamda  tarbiyaviy  faoliyatni  amalga  oshiradi. 

Boshqacha  aytganda  shaxsning  yetuk  kamoloti  ikki  muhim  faoliyat  ta’limiy  va 

tarbiyaviy  faoliyat  jarayonining  samarasi  sifatida  namoyon  bo’ladi.  Rivojlangan 

mamlakatlar  ta’lim  tizimida  shaxs  ijtimoiylashuvini  ta’minlovchi  yetakchi  omil 

sifatida  ta’lim  jarayoni  e’tirof  etilsa,  biz  shaxsning  shakllanishida  ta’lim  hamda 

tarbiya  jarayoni  ham  birdek  ahamiyatga  ega  ekanligini  ta’kidlaymiz.  Aksariyat 

hollarda tarbiya jarayoni bu borada ustuvor  bo’lishi lozim, chunki o’zida axloqiy 

xislatlarni    namoyon  etadigan  shaxsgina  ya’ni  axloqli  insongina  ta’limni(bilimni) 

qadrlay oladi. Shu orqali axloqning asosiy belgilaridan biri ham bilimlilik sanaladi, 

degan  g’oyani  ilgari  suramiz.  Shu  sababli  “pedagogik  texnologiya” 



 

17 


tushunchasining  qo’llanilishi  faqat  ta’lim  jarayoninig  samarali  tashkil  etilishiga 

qaratmay,  balki  ham  ta’lim,  ham  tarbiya  jarayonining    samaradorligini 

ta’minlashga birdek qaratilishi  lozim. 

Ayrim  adabiyotlarda  “ta’lim  texnologiyasi”  va  “ta’lim  metodikasi” 

tushunchalari aynan bir xil  ma’noda qo’llanilishini kuzatish mumkin. Bizningcha 

bu tushunchalarni bir-biridan farqlash va o’z o’rnida qo’llash maqsadga muvofiq. 

“Ta’lim  texnologiyasi”  ta’lim  maqsadiga  erishish  jarayonining  umumiy 

mazmuni,  ya’ni avvaldan  loyihalashtirilgan ta’lim  jarayonini  yaxlit tizim  asosida, 

bosqichma-bosqich  amalga  oshirish,  aniq  maqsadga  erishish  yo’lida  muayyan 

metod,  usul  va  vositalar  tizimini  ishlab  chiqish,  ulardan  samarali,  unumli 

foydalanish, hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarishni ifodalaydi. 

Ta’lim metodikasi muayyan o’quv predmetini o’qitishning  ilmiy asoslangan 

metod, qoida va usullar tizimini tavsiflaydi. 

Bu  ta’riflardan  ko’rinadiki,  “ta’lim  texnologiyasi”  tushunchasi    “ta’lim 

metodikasi” tushunchasiga nisbatan kengroq. 

Shunday  qilib,  “pedagogik  texnologiya”  o’zida  ta’limiy  va  tarbiyaviy 

jarayonni qamrab oladi, deb aytish mumkin. Shuning uchun ham u o’zida quyidagi 

xususiyatlarni namoyon etadi: 

1.Pedagogik 

texnologiya 

pedagogik 

jarayonni 

takomillashtirish, 

optimallashtirishga bo’lgan ijtimoiy ehtiyojni qondirish omili sanaladi. 

2.Pedagogik    texnologiya  didaktik  va  tarbiyaviy  xarakterdagi,  shuningdek 

ta’lim-tarbiya  jarayonini samarali, mahoratli tarzda tashkil etish borasidagi nazariy 

hamda amaliy bilimlar majmui, metodologik fan sifatida namoyon bo’ladi. 

3.Pedagogik  texnologiya  ta’lim-tarbiya  jarayoninig  umumiy  mohiyatini  aks 

ettiruvchi yaxlit jarayondir. 

4.Pedagogik  texnologiya  yo’naltiruvchanlik  vazifasini  bajaradi,  ya’ni  u 

shaxsni  rivojlantirish,  tarbiyalash,  kamol  toptirish,  shakllantirish  uchun  xizmat 

qiladi. 


5.Pedagogik  texnologiya  shaxsiylik  xususiyatiga  ega  bo’lib,  muayyan 

texnologiyalarni  ta'lim-tarbiya  jarayoniga  qo'llashga  nisbatan  yagona,  qat'iy, 




 

18 


me'yoriy  talablar  qo'yilmaydi.Har  qaysi  pedagog  o'zi  faoliyat  yuritayotgan  ta'lim-

tarbiya  muhitining  xususiyatlari,  mavjud  ichki  va  tashqi  sharoitlarini  inobatga 

olgan holda muayyan texnologik yondashuvni amalga oshirish imkoniyatiga ega. 

6.Pedagogik  texnologiya  o’zida  ta’lim,  tarbiya  va  shaxs  taraqqiyoti 

(kamoloti) ravnaqini namoyon etadi. 

Aytilganlardan  ko’rinadiki,  pedagogik  texnologiyaning  asosiy  maqsadi  komil 

shaxslarni  shakllantirish  uchun  poydevor  bo’lgan  pedagogik  jarayonni 

takomillashtirish,  insonparvarlashtirish,  o’quvchilarning  mustaqil  fikrlay  olishini 

ta’minlash,  o’qitish  jarayonida  texnik  vositalardan  samarali  foydalanishga 

erishishdan iborat. [19] 

Pedagogik  texnologiyalarni  o’qitish  jarayonida  qo’llash  tufayli  quyidagi 

vazifalar hal etiladi: 

 

1.Ta’lim-tarbiya jarayonining umumiy yaxlit loyihasini ishlab chiqish  



 

2.

  Ta’lim-tarbiya  jarayonida  hal  etilishi  lozim  bo’lgan  aniq  maqsad  va 



vazifalarni belgilash. 

 

3.  Ta’lim-tarbiya  jarayonining  samaradorligini  ta’minlashga  yordam 



beruvchi eng maqbul metod, shakl, usul hamda texnik vositalarni tanlash. 

 

4. Ta’lim jarayonida o’quvchilarning erkin, mustaqil faoliyat yuritishi uchun 



muayyan 

shart-sharoitlarni 

yaratish, 

ularda  ma’lum  ko’nikma  hamda 

malakalarning  shakllanishi  uchun  vaqt  o’rnini  begilash,  ularning  bilimlari 

darajasini avvaldan tashxislash. 

 

5.O’quvchilarning  faoliyatini  yo’naltirish,  nazorat  qilish  hamda  baholashni 



tashkil etish.  

 

6.Ishlab  chiqilgan  pedagogik  texnologiya  loyihasini  jamoada  sinash, 



maqsadga  erishilganlikni  tahlil  etish.  Ana  shu  vazifalarning  ijobiy  hal  etilishi 

quyidagi bajarilishi lozim bo’lgan shartlarga ham bog’liq. 

•  mavjud shart-sharoitlarni inobatga olgan holda faoliyatni tashkil etish; 

•    o’quvchilarning  yoshi,  fiziologik,  psixologik  va  shaxsiy  xususiyatlarini 

inobatga olish; 

  

•  ta’lim-tarbiya jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish; 




 

19 


•  o’quvchilar faoliyatini obyektiv nazorat qilish va baholash; 

•    fanlarni  o’qitish  jarayonida  imkon  qadar  va  albatta  samarali  texnik 

vositalardan foydalanish; 

  Shunday  qilib,  pedagogik  texnologiya  puxta  o’zlashtirilgan  bilimlarga 

tayangan  holda  tashkil  etiladigan  yuksak  saviyali  pedagogik  faoliyat  jarayonidir. 

[20,21,22] 




Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin