murakkab yuqori texnologiyalarni qo’llash, ilm talab mahsulotlarni ishlab
chiqarish bilan xarakterlanadi. Bunda nafaqat fan ishlab chiqarishning jadal
21
rivojlanishiga , balki ishlab chiqarish fanning tez suratlar bilan rivojlanishiga
sharoit yaratadi. Bunday sharoitda faoliyat yondashuviga tayangan o’quv
jarayonining samaradorligi oshadi, ya’ni biror faoliyatni “yuz bor ko’rgandan
ko’ra, bir bor bajargan afzal” degan tamoyilga asoslanib tashkil etilishi kerak. Kasb
ta’limi maktablari uchun bu tamoyil o’ta muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi sharoitda, pedagogik fanda mavjud “nazariya va amaliyotning
o’zaro bog’liqlik tamoyili” sifat jihatidan ya’ni ma’noga ega bo’lgan “faoliyat
yondashuvi tamoyili”ko’rinishda aks ettiriladi. Bunda “faoliyat” tushunchasining
mohiyati o’z ichiga maqsad, vosita va jarayonni qamrab oladi.
O’quv jarayoni, bo’lajak mutaxassisning o’quv faoliyati sifatida tasvirlanadi.
Boshqaruvchanlik tamoyili . O’quv jarayoni boshqariladigan taqdirda
o’qitishning rejalashtirilgan natijasiga erishish mumkin. Boshqarish- jarayonni
rejalashtirilgan sharoitda amalga oshirish , o’qitish maqsadlariga erishish dasturini
ro’yobga chiqarish uchun xizmat qiladi. O’qitish jarayonida didaktik testlardan
foydalanish teskari aloqani ta’minlaydi. Teskari aloqa natijalarining tahlili,
ko’zlangan natijaga erishish uchun vosita va uslublarni o’zgartirish orqali o’qitish
jarayonini boshqarish imkoniyatini beradi. Boshqarish tamoyili o’qitish jarayoniga
muntazam ravishda tuzatishlar kiritish mumkinligini ko’rsatadi.
Qayta takrorlanish tamoyili. Zamonaviy ishlab chiqarish sharoitida, zaruriy
miqdordagi mahsulot tayyorlash, oldindan tayyorlangan hujjatlar asosida amalga
oshiriladi. Bu esa qancha mahsulot ishlab chiqarish kerak bo’lsa, shuncha marta
texnologik jarayon qayta takrorlanishini anglatadi.Texnologik hujjatlarning
mavjudligi tufayli, texnologik jarayonni ko’p marotaba qayta takrorlash mumkin.
Ishlab chiqarish -texnikaviy sohadagi ushbu yon dashuv “Texnologiya” fanining
paydo bo’lishi bilan bog’liq. Ishlab chiqarishda texnologik jarayonni amalga
oshirish uchun texnologik xaritalar tayyorlanadi.
O’quv jarayonini tashkil etishda, qayta takrorlanish tamoyili ham shunga
o’xshash ahamiyatga ega. Qayta tayyorlanish tamoyili ma’lum fan bo’yicha ishlab
chiqilgan pedagogik texnologik xaritani turli guruhlarda, turdosh ta’lim
muassasalarida boshqa subyektlar bilan ko’p marotaba-takroriy qo’llash
22
imkoniyatini yaratadi.Yangi pedagogik texnologiyaning qayta takrorlanishini
ta’minlash uchun pedagogik- texnologik xaritalar tuziladi. Bu o’quv hujjatlar
fanning har bir mavzusi bo’yicha ishlab chiqiladi. Shunday qilib, qayta
takrorlanish tamoyili – pedtexnologik xarita asosida pedagogik texnologiyani ko’p
marotaba takrorlanish imkoniyatini anglatadi.
Samaradorlik tamoyili. Ushbu tamoyil, pedagogik texnologiya o’qitishning
ko’zlangan natijalariga maqbul hujjatlar bilan kafolatli erishish imkoniyatini
yaratishni ko’rsatadi. O’quv jarayonining samaradorligiga pedagogik texnologiya
larning yuqorida bayon etilgan tamoyillari – ilmiylik, loyihalanish, tizimlilik,
maqsadga yo’naltirilganllik, faoliyat yondashuvi, boshqaruvchanlik, qayta
takrorlanuvchanlikni amalga oshirib erishiladi.
Ta’lim jarayonini insonparvarlashtirish va insoniylashtirish tamoyili. Bu
tushunchalar lug’aviy jihatdan (yunoncha “humanus”-insoniylik, “humanitas”-
insoniyat) bir o’zakka ega bo’lsada, ularning har biri o’ziga xos ma’nolarni
ifodalaydi. Insonparvarlashtirish ta’lim muassasalarida o’rganiladigan fanlar
sirasiga ijtimoiy fanlar( tarix, madaniyatshunoslik, sotsiologiya, psixologiya va
h.k.) kiritilishini, insoniylashtirish tushunchasi esa shaxs va uning faoliyatiga
nisbatan ijobiy yondashuvni anglatadi. Boshqacha aytganda, insonparvarlashtirish-
bu inson va jamiyat o’rtasidagi yuzaga keluvchi munosabatlar jarayonida inson
omili, uning qadr-qimmati, sha’ni, or-nomusi, huquq va burchlarini hurmatlashga
asoslanuvchi faoliyatini tashkil etish bo’lsa, insoniylashtirish barcha sharoitlar
inson va uning kamoloti uchun degan g’oya asosida tashkil etiluvchi faoliyat
jarayoni sanaladi.
Ta’limning uzluksizligi tamoyili.Mazkur tamoyil o’quvchilarning kasbiy
sifatlarga ega bo’lishlari, mavjud sifatlarning hayotiy faoliyat davomida
takomillashib borishini nazarda tutadi. Shaxsga uning butun umri davomida
asqotishi mumkin bo’lgan bilimlarni berish mumkin emas, zero mavjud bilimlar
har besh-o’n yil mobaynida o’zgarib, mazmunan boyib boradi. Demak mazkur
tamoyil o’qituvchinig o’z faoliyatida mustaqil ta’limni tashkil etishga e’tibor
23
berishi, pedagog yetakchiligini ta’minlagan ta’limdan o’quvchilarning mustaqil
bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berishni ifodalaydi.[16]
Dostları ilə paylaş: