1.3. Pedagogik texnologiyalarning qo’llanilish bosqichlari
Ta’lim tizimini texnologiyalashtirish g’oyasi XX asrning 30 yillarida
G’arbiy Yevropa mamlakatlarida va AQSH da ta’lim samaradorligini oshirish,
shaxsning ijtimoiylashuvini ta’minlash uchun harakatga kelgan davrda yuzaga
keldi. Mazkur g’oya ta’lim jarayoniga “pedagogik texnika” ( ta’lim texnikasi)
tushunchasining kiritilishi bilan asoslanadi.
O’sha davr adabiyotlarida “pedagogik (ta’lim) texnikasi” tushunchasi “o’quv
mashg’ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga ko’maklashuvchi usul va vositalar
yig’indisi” tarzida talqin etilgan. O’quv jarayoniga o’quv va labaratoriya
jihozlarining olib kirilishi ulardan samarali, unumli foydalanish material
mazmunini ko’rgazmali qurollar yordamida tushuntirish kabi holatlar ta’lim
samaradorligini oshirishga yordam beruvchi yetakchi omillardir, deya baholandi.
XX asrning 50 yillariga kelib, ta’lim jarayoniga texnik vositalarni qo’llash
“ta’lim texnologiyasi” yo’nalishini belgilovchi vosita, deb e’tirof etildi. Texnik
vositalarning imkoniyatalarini yanada takomillashtirish axborot sig’imini
kengaytirish
va
ularni
uzatishni sifatli
tashkil qilish, ta’lim
olishni
individuallashtirishga qaratildi. Bu borada olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning
tayanch nuqtasi sifatida texnik vositalarning imkoniyatlari, ularni takomillashtirish
jarayoni qabul qilindi. O’quv jarayonini “texnologiyalashtirish” ning tashkiliy
jihatlarini o’rganishga alohida urg’u berildi.
60 yillarga kelib, ta’limni dasturlash asosida ta’lim jarayonini tashkil etish
“texnologiya” tushunchasining mohiyatini ochib beruvchi omil sifatida qabul
qilina boshlandi. Dasturiy ta’lim o’quvchilarga muayyan bilimlarning alohida qism
holida emas, balki izchil, yaxlit tarzda berilishini nazarda tutadi.
Bu ish ilk bora AQSHda faoliyat yurita boshladi. Dasturiy ta’lim o’zida
ta’lim maqsadlari, ularni o’zgartirish va baholashning mos ravishdagi mezonlari
hamda ta’lim muhitining aniq tavsifini qamrab oladi.
Ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish nazariyasining shakllanishi uzoq
muddatli vaqtda kechdi. AQSH, Angliya, Yaponiya, Italiya kabi mamlakatlarda
15
ta’lim texnologiyasi va uning muammolarini tadqiq qilishga alohida e’tibor
qaratildi. Ta’lim texnologiyasi muammolarini tadqiq etuvchi tashkilotlar tuzildi,
maxsus jurnallar nashr etildi. Bu tashkilotlar va nashr etilayotgan jurnallarning
vazifasi “ta’lim texnologiyasi” muammolari bo’yicha olib borilayotgan ilmiy
tadqiqotlar mazmuni va natijalarini umumlashtirib, tahlil etib borish va shu asosda
muayyan tavsiyalar ishlab chiqish, eng samarali tadqiqotlarni ommalashtirishdan
iboratdir.
Hozirgi kunda Mustaqil O’zbekistonimizda ham ta’lim muassalari faoliyati
jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni olb kirishga qaratilgan harakat bir
qator yetakchi tashkilotlar tomonidan olib borilmoqda.(AXELS, IREXS, KOICA
va boshqalar). Mazkur markazlar tomonidan tashkil etilgan ilmiy seminar, qisqa va
uzoq muddatli kurslarda oily o’quv yurtlari, akademik litseylar, kasb-hunar
kollejlari hamda umumiy o’rta ta’lim maktablarning pedagogik xodimlari ishtirok
etib, pedagogik texnologiya va undan ta’lim jarayonida foydalanish borasidagi
nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’ldilar. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta
maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Oliy maktab muammolari instituti, OzPFITI va
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi markazda bu
sohada bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. [16]
|