O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


I Bob.Pedagogik texnologiyalar to’g’risida umumiy



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/30
tarix18.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#51363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
fizik talimda yangi pedagogik texnologiya

I Bob.Pedagogik texnologiyalar to’g’risida umumiy 

tushunchalar 

1.1.Pedagogik texnologiyalarning umumiy tavsifi 

O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq ta’lim 

muassasalarini  maxsus  tayyorlangan  pedagogik kadrlar  bilan  ta’minlash,  ularning 

ish  jarayonida  raqobatga  asoslangan  muhitni  yuzaga  keltirish,  o’quv-tarbiya 

jarayonini sifatli o’quv adabiyotlari bilan va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan 

ta’minlash kabi masalalalarni amalga oshirishni nazarda tutadi. 

 

Ushbu  vazifalarni  amalda  bajarish  har  bir  ta’lim  muassasasining    bevosita 



burchi  hisoblanadi.Ta’lim-tarbiya  jarayoniga  pedagogik  texnologiyalarni 

muvaffaqiyatli ravishda  tadbiq etish  har bir  fan  o’qituvchisining  maxsus bilim  va 

ko’nikmalarga  hamda  pedagogik  amaliyotda  zarur  bo’ladigan  metodik 

tayyorgarlikka ega bo’lishini taqozo etadi. 

  Shu  o’rinda  ta’kidlash  kerakki,  pedagogik  texnologiya  atamasining  o’ziga 

ham  shu  soha  bo’yicha  izlanishlar  olib  borgan  har  bir  olim  o’z  nuqtai  nazaridan 

kelib chiqqan holda ta’rif  bergan. Masalan: “Pedagogik texnologiya psixologik va 

pedagogik  o’gitlar  yig’indisi    bo’lib,  shakllar,  metodlar,  usullar,  o’qitish  yo’llari, 

tarbiyaviy  vositalarning  maxsus  to’plamidir.  Ayni  zamonda  u  pedagogik 

jarayonnig tashkiliy metodik omilini ham bildiradi”(V.Lixachev). [2] 

“Pedagogik  texnologiya  –  o’quv  jarayonini  amalga  oshirishning  mazmunli 

texnikasi”(V.P.Bespalko). [3-6] 

“Pedagogik  texnologiya-rejalashtirilgan  o’qitish  natijalariga  erishish  jarayoni 

tavsifi”(I.P.Volkov). 

  “Pedagogik  texnologiya-talaba  va  o’qituvchining  ularga  zarur  sharoit 

yaratish  orqali  o’quv  jarayonini  loyihalashtirish,  tashkil  etish  hamda  o’tkazish 

bo’yicha 

ular 


pedagogik 

faoliyatining 

har 

tomonlama 



o’ylangan 

modelidir”(V.M.Monaxov). [7-10] 




 

“Pedagogik  texnologiya - pedagogik maqsadlarga erishishda foydalaniladigan 



shaxsiy  imkoniyatlar,  jihozlar  va  metodologik  vositalarda  amalda  bo’lishining 

tizimli yig’indisi va tartibini bildiradi”(M.V.Klarin). [11-12] 

  “Pedagogik    texnologiya-o’zida  turli  mualliflar(manbalar)ning  barcha 

ta’riflari 

mazmunini 

qamrab 


oluvchi 

mazmuniy 

 

umumlashma 



hisoblanadi.”(G.K.Selevko). [13-15] 

Shunday  qilib,    bu  ta’riflardan  ko’rinadiki  hozircha  bu  tushunchaga  to’liq  va 

yagona  ta’rif  qabul  qilinmagan.  Ushbu  ta’riflar  orasida  YUNESKO  tomonidan 

berilgan ta’rif  maqsadga  muvofiq sanaladi. Unga ko’ra:  

 “Pedagogik    texnologiya-o’qitish  shakllarini  optimallashtirish  maqsadida 

o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish  jarayonida inson salohiyati va texnik resurslarni 

qo’llash  ularning  o’zaro  ta’sirini  aniqlashga  imkon  beradigan  tizimli  metodlar 

majmuasidir.[2] 

Bu  ta’riflar  tahlilidan  ko’rinadiki,  pedagogik    texnologiya  natijani  qo’lga 

kiritish  uchun  ta’lim  doirasida  zarur  bo’lgan  vositalar  tizimini  rejalashtirish  va 

tadbiq etish degan xulosaga kelish mumkin. 

Ta’lim  texnologiyasi  deganda  ta’limning  belgilangan  maqsadi  va 

o’quvchining  bilim  darajasiga  ko’ra  o’quv  faoliyatini  boshqarishning  nazariy 

loyihasi  va  pedagogik  tizimning  amalda  bajarilishini  ta’minlovchi  zarur  vositalar 

majmuasi tushuniladi. 

Odatda pedagogik  texnologiyalarni uchta darajasi mavjud deb aytiladi. 

1.Umumiy 

metodik 


daraja. 

Umumiy 


pedagogik(umumdidaktik, 

umumtarbiyaviy)  darajada  pedagogik    texnologiyaning  umumiy  qonuniyatlari, 

konseptual asoslari, o’qituvchi va o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va 

boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari ishlab chiqiladi. 

2.Xususiy metodik daraja . Bu darajada muayyan bir o’quv fani yoki kursini 

o’qitish  jarayonining  maqsadi  va  vazifalarini  amalga  oshirish  maqsadida  ta’lim 

mazmunini  o’quvchilar  ongiga  singdirishda  foydalanadigan  o’qitish  metodlari, 

vositalari va shakllarining majmuasi tushuniladi. 




 

3.Lokal(modul)  daraja.  Bu  darajada  ta’lim-tarbiya  jarayonining  ma’lum  bir 



qismida  yoki  bosqichida  xususiy  didaktik  va  tarbiyaviy  maqsadni  hal  etishga 

qaratilgan texnologiya tushuniladi. 

Bu darajalar bir-birini to’ldiradi va umumiy bog’lanishga ega. 

Hozirgi  vaqtda  jahonning  rivojlangan  mamlakatlaridagi  ta’lim  tizimida 

qo’llanilib kelinayotgan  va didaktikada  ishlab chiqilgan pedagogik texnologiyalar 

shaxsga yo’naltirilganligida, ta’lim oluvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va 

boshqarishda, shaxsga bo’lgan  munosabatida ko’rinadi. Davr talabiga ko’ra ta’lim 

tizimida hukmronlik qilayotgan an’anaviy ta’limni mazmunan yangilash va ta’lim-

tarbiya  jarayonini  tashkil  etishni  tubdan  o’zgartirishga  qaratilayotganligini 

ta’kidlash kerak. 

Shu  munosabat  bilan  hozirgi  zamon  pedagogik    texnologiyalarini  quyidagi 

mazmundagi yo’nalishlarga qaratilganligini qayd etmoq lozim. 

1.Shaxs strukturasiga mo’ljallanganligiga ko’ra: 

− bilim, ko’nikma  va  malakalarni shakllantirishga  mo’ljallangan pedagogik  

texnologiyalar; 

−  aqliy  faoliyat  usullarini  shakllantirishga  qaratilgan  aqliy  faoliyat 

texnologiyalari;  

−  estetik  va  axloqiy  munosabatlarni  tarkib  toptirishga  mo’ljallangan 

hissiyotiy –axloqiy texnologiyalar; 

− ijodiy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan evristik  texnologiyalar; 

2.Mazmuni va tuzilishiga ko’ra: 

− ta’lim-tarbiya berishga qaratilgan texnologiyalar; 

−  dunyoviy va diniy ta’limga mo’ljallangan texnologiyalar; 

−  umumta’lim va kasb ta’limi texnologiyalari; 

−  insonparvarlik va texnokratik ta’lim texnologiyalari; 

−  xususiy predmet texnologiyalari; 

−  mono va kompleks (majmua) texnologiyalari; 

3.Ta’lim-tarbiya  jarayonida  o’quvchi  shaxsining  tutgan  o’rniga  ko’ra 

bo’ladigan  pedagogik  texnologiyalar: 



 

10 


− avtoritar texnologiyalar; 

−  didaktosentrik   texnologiyalar; 

−  shaxsni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan texnologiyalar; 

−  insonparvarlik va hamkorlik texnologiyalari; 

−  erkin tarbiya texnologiyalari; 

4.  Hozirgi  zamon  ta’lim  tizimida  yetakchi  rol  o’ynayotgan  an’anaviy 

ta’limni  mazmunan  yangilash  va  ta’lim-tarbiya  jarayonini  tashkil  etishni  tubdan 

o’zgartirishga  qaratilgan    texnologiyalarni  didaktik  maqsadlariga  ko’ra  quyidagi 

guruhlarga ajratish mumkin: 

−  pedagogik    munosabatlarni  insonparvarlashtirish  va  demokratlashtirishga 

qaratilgan pedagogik  texnologiya; 

−  o’quvchilarning  bilish  faoliyatini  faollashtirish  va  ta’lim-tarbiya 

jarayonining 

samaradorligini 

oshirishga 

qaratilgan 

pedagogik  

texnologiyalar; 

−  ta’lim  jarayonini  tashkil  etish  va  boshqarishning  samaradorligini 

oshirishga qaratilgan  pedagogik texnologiyalar; 

−  o’quv  materialini  didaktik  jihatdan  takomillashtirish  va  qayta  ishlashga 

asoslangan pedagogik  texnologiyalar; 

−  xalq  pedagogikasi  metodlaridan  foydalanishga  qaratilgan  pedagogik  

texnologiyalar; 

Endi shu texnologiyalarga qisqacha to’xtalib o’taylik. 

a) Pedagogik    munosabatlarni  insonparvarlashtirish  va demokratlashtirishga 

qaratilgan pedagogik  texnologiyalar. 

Bu  texnologiya  o’qituvchi  va  o’quvchi  shaxsi  o’rtasidagi  munosabatlarni 

mukammallashtirish,  o’quvchi  shaxsiga  individual  yondashish,  ta’lim-tarbiya 

jarayonini  demokratlashtirish,  ta’lim  mazmunini  insonparvarlik  g’oyalari  bilan 

qamrab olishni nazarda tutadi. 

b)  O’quvchilarning  bilish  faoliyatini  faollashtirish  va  ta’lim-tarbiya 

jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik  texnologiyalar. 



 

11 


Bu texnologiya o’tilayotgan fanni (fizikani) o’qitishda o’quvchilarning bilish 

faoliyatini    faollashtirish  va  ta’lim-tarbiya  jarayonining  samaradorligini  oshirish 

imkonini  beradi.  Bu  texnologiyalar  guruhni  didaktik-o’yin,  rivojlantiruvchi 

muammoli,  modulli  va  kommunikativ  ta’lim  texnologiyalarini  o’z  ichiga  oladi.

 

c)  Ta’lim  jarayonini  tashkil  etish  va  boshqarishning  samaradorligini 



oshirishga qaratilgan  pedagogik texnologiyalar. 

Mazkur texnologiyalar berilgan  fanni o’qitishda ta’lim  jarayonini  maqsadga 

muvofiq tashkil etish va boshqarish orqali samaradorlikni oshirish imkonini beradi. 

Ularga  dasturli  o’qitish  ,  differensial  ta’lim,  ta’limni  individuallashtirish,  guruhli 

va jamoaviy hamkorlik ta’lim texnologiyalari kiradi. 

d)  O’quv  materiallarini  didaktik  jihatdan  takomillashtirish  va  qayta  ishlash 

asosidagi pedagogik  texnologiya. 

Bu  texnologiya    o’quv  materialini  didaktik  jihatdan  takomillashtirish  va 

qayta  ishlash  orqali  o’quvchilarning  bilimlarini  o’zlashtirish  samaradorligini 

oshirish, aqliy faoliyatni bosqichma-bosqich shakllantirish orqali mustaqil va erkin 

fikrlashni rivojlantirishni nazarda tutadi. 

e)  Xalq  pedagogikasi  metodlaridan  foydalanishga  qaratilgan  pedagogik  

texnologiya. 

Ushbu  texnologiya  shaxs  kamoloti  va  tabiiy  rivojlanish  ta’lim-tarbiya 

jarayonining  uzviyligiga  asoslangan  tarbiya  texnologiyalaridan    iborat.  Fizika 

fanini o’qitishda mazkur texnologiyalardan foydalanish o’quvchilarni mustaqil ona 

Vatanga sadoqat,  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlarga  hurmat  ruhida tarbiyalash, 

ular ongida milliy istiqlol g’oyalarini singdirish imkonini beradi. 

Ko’rsatib o’tilgan  pedagogik  texnologiyalar ta’lim jarayonida lokal(modul) 

va xususiy metodik darajada qo’llaniladi. 

Fan  o’qituvchisi  o’quvchilarning  bilish  faoliyatini  tashkil  etish  va 

boshqarishni takomillashtirish maqsadida avval darsning ma’lum bosqichida lokal 

darajada  qo’llashi  maqsadga  muvofiq.  Bunda  yangi  mavzu  avval  o’rganilib 

o’quvchilarning    o’zlashtirgan  bilim,  ko’nikma,  malakalarini  nazorat  qilish  va 

baholashda  nazorat  testlari,  turli  mashqlar,  musobaqalar,  trening  o’tkaziladi. 



 

12 


O’quvchilarning  bu  faoliyatga  kirishishi,  muayyan  ko’nikma  va  malakalarni 

egallagandan  so’ng,  pedagogik    texnologiyalarga  asoslangan  darslarni  o’tkazish, 

ya’ni xususiy metodik darajada qo’llash mumkin. 

Xususiy  metodik  darajada  darsning  barcha  bosqichlari  pedagogik  

texnologiya  talablari  asosida  tashkil  etiladi.  Bunda  o’qituvchi  o’rganiladigan 

mavzuning  ta’limiy,  tarbiyaviy  va  rivojlantiruvchi  maqsadlaridan  kelib  chiqqan 

holda  qaysi  texnologiyadan    foydalanish,  mazkur  texnologiya    asosida 

o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari, darsda 

o’quvchilarning  bilishi  lozim  bo’lgan  o’quv  topshiriqlari,  o’quvchilarning 

o’zlashtirgan bilimini nazorat qilish va  baholash mezonini belgilash lozim. 

Shunday  qilib,    berilgan  fanni  o’qitishda  qaysi  texnologiyalardan 

foydalanish  shu  fanning  xususiyatiga,  mazmuniga  va  boshqa  omillarga  bog’liq 

bo’lib,  berilgan  mavzu  uchun  biror  bir  pedagogik  texnologiyadan  foydalanish 

tavsiya etiladi. 




Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin