O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Fizika darslarini takrorlash yoki fizikadan o’quvchilar



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/30
tarix18.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#51363
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
fizik talimda yangi pedagogik texnologiya

3.5.Fizika darslarini takrorlash yoki fizikadan o’quvchilar 

o’rtasida bellashuv o’tkazishda “yulduzli osmon” usulidan 

foydalanish 

  Fizika  so’zi  lug’aviy  ma’nosiga  ko’ra  tabiat  haqidagi  fandir.  Fizikani 

o’qitishda  faqat  o’quv  dasturi  asosidagi  dars  soatlari(mavzulari)  bilan  cheklanib 

qolmasdan  qo’shimcha  darsdan  tashqari  mashg’ulotlarni  olib  borish  ham  tavsiya 

etiladi. [39] 

O’quvchilarni  muayyan  mavzular  bilan  bog’liq  bo’lgan  o’quv  muassasalari, 

labaratoriya  inshootlari,  elektr  stansiyalari  kabi  joylarga  sayohatga  olib  chiqish, 

fizika kechalari  uyushtirish, o’quvchilar  o’rtasida bellashuvlar tashkil qilish  va bu 

tadbirlarni  namunali  o’tkaza  olish  fizika  o’qituvchisidan  ijodkorlikni,  pedagogik 

mahorat egasi bo’lishni  talab etadi. 




 

66 


 

Fizikadan  o’tilgan  darslarni  takrorlash  yoki  bellashuv  o’tkazishda  quyidagi 

metod  qo’llanilsa,  o’quvchilarning  fanga  bo’lgan  qiziqishlari  ortadi,  o’quvchilar 

estetik zavq oladilar. 

 

Dastlab o’quvchilar 2 guruhlarga bo’linadilar. Auditoriya doskasiga maxsus 



2 ta plakat osib qo’yiladi. Bu plakatlarga yulduzli osmon tasviri tushirilgan bo’lib, 

plakatdagi  har  bir  yulduzchalarga  fizika  fanidan  qiziqarli  (dars  jarayoni  bo’lsa, 

o'tilgan mavzular bo’yicha )savollar yashiringan bo’ladi.(8-rasm.) 

 

                1-jamoaga                                                   2-jamoaga 



 

       


                 

 

  



8-rasm.  Savollar  joylashtirilgan  maxsus  plakat  orqali  “yulduzli  osmon”  metodini 

qo’llash. 

Masalan, 1-jamoaga quyidagi savollar qo’yiladi: 

1.Nima uchun sumalak pishirishda qozonga tosh solib kovlanadi? 

2.Qaldirg’ochlar yomg’ir yog’ishidan oldin nima uchun pastlab uchadi? 

3.Nima uchun choynakning qopqog’iga kichkina teshik qilinadi?  

4.Sovuq suvning elektr o’tkazuvchanligi kattami yoki issiq suvnimi? 

5.Nima uchun yoz kunlarida ham tog’ cho’qqilarida qor bo’ladi? 

6.Nima  uchun  qishda  binolarning  deraza  oynalari  va  avtomobil  oynalari  ichki 

tomondan muzlaydi? [40] 




 

67 


7.U uzunlikka ham, balandlikka ham, chuqurlikka ham, kenglikka ham   ega emas, 

lekin uni o’lchash mumkin bo’lgan kattalik nima? 

8.Stakanlar  qog’ozda.  Stolda  bir-biridan  qandaydir  masofada  (15-20sm  )  2  ta 

stakan turibdi.(A 4) qog’oz varag’ini, bu ikkita stakanchaga qo’yib, uning ustiga 3-

stakanni shunday qo’yish kerak-ki, qog’oz stolchaga buklanmasin. 


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin