Xulosalar
Fizika ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash bo’yicha olib
borilgan tadqiqot ishlaridan quyidagi natijalar va xulosalar kelib chiqadi:
1. Fizika fani yuqori sinf (kurs) larga o’tgan sari hodisalar, qonuniyatlar
murakkablashib, dars materialining hajmi esa ortib boradi. Shu va shu kabi
boshqa parametrlar dars sifati, o’quvchilarning o’zlashtirish ko’rsatkichiga
salbiy ta’sir etishi mumkin. Bu maqsadda fizika ta’limida yangi pedagogik
texnologiyalarni qo’llash samarali ekanligi aniqlandi.
2. Fizika ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashdan maqsad ta’lim
oluvchini dars jarayonining markaziga olib chiqish, o’quvchilarni o’quv
materiallarini shunchaki yodlab olishlaridan, ixtiyoriy takrorlashlaridan
uzoqlashtirib, mustaqil va ijodiy faoliyatini rivojlantirish, darsning faol
ishtirokchisiga aylantirishdir.
3. Yangi pedagogik texnologiyalarni fizika ta’limida to’laqonli tarzdagi
texnologik jarayon sifatida tadbiq etish, ta’lim-tarbiya jarayonini
texnologiyalashtirish — ta’lim muassasasining kuchli moddiy-texnik bazasini,
ko’p vaqt va mehnat talab etadigan murakkab jarayondir. Fizika ta’limida yangi
pedagogik texnologiyalarni qo’llash uchun o’qituvchi yuksak pedagogik
mahoratga ega bo’lib, dars mavzusi, o’quvchilar soni, ularning qiziqishi,
qobiliyatlarini har tomonlama hisobga olishi kerakligi ma’lum bo’ldi.
4. Fizika
bo’limlarining muayyan mavzulari uchun yangi pedagogik
texnologiyalar qo’llanilgan dars loyihalari ishlab chiqildi va bu loyihalarni dars
jarayonida sinab ko’rish uchun SamDU qoshidagi II son akademik litseyida
tadqiqot ishlari o’tkazildi. Har bir yangi pedagogik texnologiya, interfaol
metodlarni qo’llashda ikkita guruh namuna sifatida tanlab olindi. Bu
guruhlarning birinchisiga dars oddiy, an’anaviy usulda, ikkinchisida esa yangi
loyiha asosida o’tkazildi.Yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llab o’tkazilgan
dars jarayonida o’zlashtirish ko’rsatkichi yuqoriligi, sifat samaradorligi
yaxshilanganligi aniqlandi.
75
5. Tajriba fizikadan ma’ruza darslarini o’tishda “aqliy hujum”, BxBxB”,
“muammoli vaziyat” kabi interfaol metodlar, masala yechish darslarida esa,
“6x5”, “davra suhbati”, “kichik guruhlarda ishlash” kabi metodlarni qo’llash
yaxshi natija berishini ko’rsatdi. Fizikadan muayyan bo’lim yoki mavzularni
yakunlash, darsni mustahkamlashda “Venn diagrammasi” strategiyasi va shu
kabi usullardan foydalanilganda, o’quvchilarning fizika fanini o’rganishdagi
qiyinchiliklari bartaraf etilishi kuzatildi.
6. Ikki yillik tadqiqot natijalari asosida “yulduzli osmon”, “sirli baho”, “Kim,
qayerda xato qildi?” kabi yangi metodlar ishlab chiqildi va bu metodlarni fizika
ta’limida qo’llaganda quyidagi:
- o’quvchilar o’rtasida sog’lom raqobat muhitining yuzaga kelishi;
- o’zaro hamkorlik;
- bir-birini tinglash;
- o’z xatosini tushunish;
- fanga bo’lgan qiziqishning ortishi;
- ijodiy izlanish;
va boshqa shu kabi ijobiy natijalar kuzatildi.
7. Yuqoridagi yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llab o’tkazilgan fizika dars
jarayonlari o’quvchilar tomonidan ham ma’qullandi. Oddiy, an’anaviy usulda
tashkil qilingan dars jarayonidan farqli ravishda yangi pedagogik texnologiyalar
asosida o’tkazilgan dars jarayoni o’zining sezilarli samarasini ko’rsatdi.
|