3.4. Fizikani o’qitishda “Venn diagrammasi” usulini qo’llash
Fizika fani rang-barang tabiat hodisalarini o’zida mujassamlashtirgan qiziqarli
fandir. Lekin yuqori sinf(kurs)larga o’tgan sari mavzular murakkablashib
boraveradi. Natijada ko’pchilik o’quvchilar fanni o’zlashtirishga qiynaladilar.
Kuzatishlar, mavzuni tushunmagan o’quvchilarning aksariyati o’qituvchiga
savol bilan murojaat qilmasligini ko’rsatadi.
Agar o’quvchi yangi darsning o’zida mavzuning tushunmagan qismi bo’yicha
o’qituvchiga savol berib, mavzuni mustahkamlab olsa, u keyingi mavzularni
tushunishga ham qiynalmaydi.
Shuni inobatga olgan holda har bir pedagog o’tayotgan darsini
mustahkamlashga katta e’tibor berishi, o’quvchilar fikrini eshitishi kerak. Bu
maqsadda darsda yangi pedagogok texnologiyalarni qo’llash yaxshi natija beradi.
Hozirgi
kunda
dunyoning
ko’plab
rivojlangan
mamlakatlarida
o’quvchilarning qiziqishi, ilmiy ijodkorligini oshiruvchi, shu bilan bir qatorda
ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi yangi pedagogik
texnologiyalarni qo’llash bo’yicha katta tajriba to’plangan. Shu tajriba asosini
interfaol metodlar tashkil etib, ulardan biri “Venn diagrammasi” strategiyasi
metodidir.
Ushbu metod o’quvchilarda mavzuga nisbatan tahliliy yondashuv, ayrim
qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini o’zlashtirish ko’nikmalarini hosil
qilishda qo’llanilib, strategiya kichik guruhlarni shakllantirish asosida sxema
bo’yicha amalga oshiriladi.
Yozuv taxtasi o’zaro teng to’rt (mavzuga moslab) bo’laklarga ajratiladi va
har bir bo’lakka quyidagi 5-rasmda ko’rsatilgan sxema chiziladi:
59
5-rasm.
Strategiya o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan yaqin nazariy bilimlar,
ma’lumotlar yoki dalillarni qiyosiy tahlil etishga yordam beradi. Ushbu
strategiyadan muayyan bo’lim yoki boblar bo’yicha yakuniy darslarni tashkil
etishda foydalanish yanada samaralidir.
Strategiyani qo’llash bosqichlari quyidagilardan iborat:
1.Auditoriya o’quvchilari to’rt guruhga bo’linadi. Yozuv taxtasiga topshiriqni
bajarish mohiyatini aks ettiruvchi sxema chiziladi.
2.Har bir guruhga o’zlashtirilayotgan mavzu yuzasidan alohida topshiriq
beriladi.
3.Topshiriqlar bajarilgach, guruh a’zolari orasidan liderlar tanlanadi.
4.Liderlar guruh a’zolari tomonidan bildirilgan fikrlarni umumlashtirib, yozuv
taxtasida aks etgan diagrammani to’ldiradilar. [16-37]
Akademik litseyda umumta’lim guruhlarining I bosqichida o’tiladigan “Qattiq
jismlarning xossalari. Amorf va kristall jismlar” nomli mavzusini o’tishda mavzuni
mustahkamlash uchun yuqoridagi metodni qo’llashni ko’rib chiqsak.
Dastlab o’qituvchi yangi mavzuni bayon qiladi:qattiq jism, uning xossalari,
qattiq jismning turlari, amorf jismlar, kristallar, kristallarning xossalari, ularning 2
guruhga bo’linishi: monokristall va polikristallar haqida gapiradi. Kristallarning
o’zi ham to’rt turga bo’linadi, ular:
1.Ionli kristallar 2.Atomli kristallar. 3.Metal kristallar. 4.Molekulali kristallar
ekanligini aytadi va misollar keltiradi. Keyin esa amorf jismlar va ularning
xususiyatlarini tushuntiradi. Qattiq jismlarning mexanik xossalari haqida
1
Dostları ilə paylaş: |