O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/30
tarix18.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#51363
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30
fizik talimda yangi pedagogik texnologiya

3.2. “6

” yoki “

” usuli va uning fizikani o’qitishda 

qo’llanilishi 

Ta’lim  jarayoniga  yangi  pedagogik  texnologiyalarni  joriy  etish  zamonaviy 

talablardan  biri  bo’lib,  pedagogik  xodimlar  va  o’qituvchilardan  uzluksiz  ravishda 

o’z ustida ishlashini talab etadi. 

Boshqa  fanlardagi  kabi  fizika  fanini  o’qitishda  ham  yangi  pedagogik 

texnologiyalardan  foydalanish  yaxshi  samaralar  beradi.  Fizika  faniga  ajratilgan 

soatlar  6-9  sinflarda  68  soatdan,  kasb-hunar  kolejlari  (KHK)  va  akademik  lisey 

(AL) (ijtimoiy  gumanitar-  umumta’lim  yo’nalishlarida)   har bir semestrda 40 soat 

o’quv  o’quv  yuklamasi  ajratilgan  bo’lib,  butun  kursni  o’qitish  uchun  160  soatni 

tashkil  etadi.  Bu  soatlar  davomida  o’qituvchi  kurs  bo’yicha  ham  ma’ruza  o’tishi, 

ham  masalalar  yechish,  ham  labaratoriya  mashg’ulotlarini  o’tkazishga  ulgurishi 

kerak.  Oliy  o’quv  yurtiga  kirishda  topshiriladigan  test  sinov  savollari  fizikadan 

asosan  masalalar  yechish  lozimligini  inobatga olinsa,  masalalar  yechish qanchalik 

muhim ekanligi ayon bo’ladi. Odatda bir juft soat davomida an’anaviy tarzda dars 

o’tilganda  o’quvchilar  ko’pi  bilan  8,10  ta  masala  yechib  ulguradilar.    Bunda  o’ta 

faol  o’quvchilar  masalani  tez  yechadilar  va  boshqa  sust  o’zlashtiradigan 

guruhdoshlari  masalani  yechib  bo’lgunlaricha  “bo’sh”  qolib  ketadilar.  Sust 

o’zlashtiruvchi  o’quvchilar  esa,  aksincha,  masalaning  mohiyatiga  tushunmay 

o’qituvchining vaqtni “tejashi” hisobiga nazardan chetda qoladilar.  

Ana  shunday  darslarda  interfaol  usullarni  –  yangi  pedagogik  texnologiyalarni 

qo’llash  sezilarli  samaralar  beradi.  Shunday  usullardan  biri  “6x6”  yoki  “6x5” 

usulidir. [16] 

Bu usul qo’llanilganda dars jarayoni quyidagi tartibda olib boriladi: 



 

49 


1-bosqich.  O’qituvchi  dars  boshlanishdan  oldin  5  ta  stol  atrofiga  6  tadan  stul 

qo’yib chiqadi. 

2-bosqich.O’quvchilar  o’qituvchi  tomonidan  5  ta  guruhga  bo’linadilar. 

O’quvchilarni guruhlarga bo’lishda o’qituvchi quyidagi usulni qo’llash mumkin: 5 

ta  stolning  har  biriga  muayyan  ob’yekt  (masalan:  kamalak,  kristall,  avtomobil, 

shimol  yog’dusi,  tranzistor)  surati  tushirilgan  lavhani  qo’yib  chiqadi(3-rasm). 

O’qituvchi  qo’lida    har  biri  oltitadan  bo’lgan  tranzistor,  avtomobil,  shimol 

yog’dusi,  kristall  va  kamalak  tasvirlari  tushirilgan  jami  30  ta  varaqchalar  bo’lib, 

o’quvchilar  navbatma-navbat  ushbu  rangli  varaqchalardan  bittasini  tanlaydilar  va 

shu tasvir tushirilgan lavha qo’yilgan stoldan joy egallaydilar. Har bir jamoa o’ziga 

sardor saylab oladi. 

 

    



 

 

 



                             

      


 

3-rasm. 


 

Bu  usulni  qo’llashda  mashg’ulot  ishtirokchilarning  har  biri  qisqa  vaqt 

mobaynida  ham  munozara  qatnashchisi,  ham  tinglovchi,  ham  ma’ruzachi  sifatida 

faoliyat olib boradi. 

 

“6x5”  usulidan  ta’lim  jarayonida  foydalanish  o’qituvchidan  o’ta  faollikni, 



pedagogik  mahorat  egasi  bo’lishni  talab  etadi.  Bunda  o’qituvchi  guruhlarni 


 

50 


shunday  shakllantira  olish  kerakki,  har  bir  guruhda  faol  va  sust  o’zlashtiruvchi 

o’quvchilar to’g’ri taqsimlansin. Guruhlar noto’g’ri shakllantirilganda o’quvchilar 

qo’yilgan muammoni yecha olmasdan vaqtni behuda sarflashlari mumkin. 

3-bosqich.  O’quvchilar  o’z  o’rinlariga  joylashib  olganlaridan  so’ng 

o’qituvchi masalalar yechish mavzusini e’lon qiladi. 

 

Mavzu: Turli muhitlarda elektr toki mavzusiga doir masalalar yechish. 



Turli muhitlar, ya’ni 

  

• metallar (o’tkazgichlar)da elektr toki; 



• elektrolitlarda elektr toki; 

• gazlarda elektr toki; 

• yarim o’tkazgichlarda elektr toki; 

• bo’shliqda elekt toki; 

 

O’qituvchi  har  bir  mavzuga  qisqacha  to’xtalib,  shu  sohalarga  tegishli 



o’tkazilgan tajribalarda ochilgan qonunlar  va asosiy  formulalarni eslatib o’tadi  va 

tushuntiradi.  

  Xususan:  Metallarda  elektr  toki  ulardagi  erkin  elektronlarning  tartibli 

harakatidan  iborat  ekanligini  ko’rsatuvchi  Styuart-Tolmen,  Mandelshtam-

Papaleksi  tajribalarini,  elektrolitlarda  elektr  toki  musbat  va  manfiy  ionlarning 

tashqi elektr  maydon  ta’siridagi tartibli  harakati  ekanligi  va  Faradeyning birinchi 

va  ikkinchi  qonunlariga,  gazlarda  elektr  toki  ionlar  va  elektronlarning  tartibli 

harakatidan  iboratligini,  yarim  o’tkazgichlarda  elektr  toki  teshiklar  (musbat)  va 

elektronlarning  tartibli  harakatidan,  bo’shliqda  elektr  toki  qizdirish  yoki  tashqi 

ta’sir  tufayli  yuzaga  kelgan  elektronlarning  tartibli  harakatidan  iborat  ekanligini 

eslatib o’tadi. Asosiy formulalar va qonunlar doskaga yozilib, kerakli tushunchalar 

beriladi. Undan so’ng savollar bo’lsa ularga javob beriladi. [34-35] 

Bir  juft  soatning  20  daqiqasi  ana  shunga  sarflanadi.  Qolgan  60  daqiqa 

davomida oldindan tanlab kelingan masalalar yechishga kirishiladi. 

Har  bir  guruhga  3  tadan  masala  beriladi.  O’quvchilar  o’z  guruhlarida  bu 

masalalarni  yechib,  muhokama  qiladilar.  Bu  masalalarni  yechib  bo’lganlaridan 

so’ng sardorlar qo’shni guruhga o’tib masalalarni yechish usullarini yangi guruhda 



 

51 


muhokama qiladilar va bu sardorlarning ko’chishi ular yana o’z o’rinlariga qaytib 

kelgunlaricha davom etadi.(4-rasm) 

 

 

4-rasm. 



 

Natijada har bir guruhga berilgan 3 tadan 15 ta masala sinfdagi barcha 

o’quvchilar tomonidan yechib chiqiladi.  

Masalan, 1-guruhga quyidagi variant savollari  tushdi deb faraz qilaylik. 

1) Elektrolitik vannada tok kuchi chiziqli 

 qonun bo’yicha 

o’zgaradi.  Elektrolit  orqali  5  minut  ichida  o’tgan  elektr  zaryadini 

aniqlang


 

2)  Diodda  anod  bilan  katod  orasidagi  potensiallar  farqi  360  V.  Ular  orasidagi 

masofa 1sm bo’lsa, elektron qanday tezlanish oladi? (m/ ) 





3)  Qarshiliklari  teng  bo’lgan  ikkita  termistor  o’zgarmas  kuchlanish  manbaiga 

ketma-ket  ulandi.Termistorlardan  birini  sovutish  natijasida  undagi 

kuchlanishning tushuvi 1.5 marta ortgan bo’lsa, uning qarshiligi necha marta 

ortgan? 

Qolgan guruhlarga ham shu mavzuga oid boshqa variant masalalari beriladi. 

Har bir  guruh sardori belgilangan vaqt tugagach o’z guruhi bilan  ishlagan  masala 

variantini  olib  qo’shni  guruhga  o’tadi,  2-  guruh  sardori  esa  o’z  variantini  olib  3-

guruhga  va  h.k.o’rin  almashadilar.Ya’ni  har  bir  guruh  endi  yangi  variant 

masalalarini “yangi” sardor boshchiligida ishlaydilar. 



 

52 


 

Keyingi  bosqichda  guruh  sardorlari  yana  soat  strelkasi  bo’yicha  qo’shni 

guruhga  o’tadilar  va  h.k.Shu  tariqa  har  bir  guruh  sardori  dastlab  tushgan  masala 

variantini 5 ta guruh bilan ham navbatma-navbat ishlab chiqadi. 

 

Natijada  har  bir  guruhga  berilgan  3  tadan  15  ta  masala  sinfdagi  barcha 



o’quvchilar tomonidan yechib chiqiladi, shu tariqa dars jarayoni yakunlanadi. 

 

Sust qatnashgan o’quvchilarga quyidagi sifatga oid maslalar  bilan murojaat 



etiladi. 

 

1.Nima uchun simyog’ochda turgan qushlarni tok urmaydi? 



 

2.Tok urgan kishini qanday qutqarish kerak ? 

 

3.Yashin qaytargichning ishlash  prinsipini gapiring. 



 

4.Havo ham tok o’tkazadi-mi? Havoning dielektrikligi qachon buziladi? 

Dars  yakunida  o’qituvchi  o’z  fikr-mulohazalarini  bildiradi.  Ilg’or  va  faol 

o’quvchilar  rag’batlantiriladi.  Masalalar  yechishdagi  yutuq  va  kamchiliklar 

o’qituvchi  tomonidan  aytib  o’tiladi.  Bunday  usul  qo’llanilganda  quyidagi 

natijalarga erishish  mumkin: 

1.  Qisqa vaqt davomida ko’proq materialni o’zlashtirish; 

2.  Bir  xil  masalani  turli  guruhlarda  yechganda  masalaning  turli  xil  usuldagi 

yechimini topish; 

3.  O’quvchilar  guruh  bo’lib  ishlaganda  o’zaro  hamkorlik,  bir-birining  fikrini 

tinglash  va  xulosalar  chiqarish,  o’z  fikrini  o’rtoqlariga  erkin  ayta  olishi  va 

shu  bilan  birgalikda  sog’lom  raqobat  yuzaga  kelib  har  bir  o’quvchi  yuqori 

baho olish imkoniyatiga ega bo’ladi; 


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin