O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti amanova nigoraning



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/15
tarix23.04.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#101676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
622d061c01b1886c4b4f051797decfe3 Maktabgacha ta’lim muassasalari o‘quv mashg‘ulotlarida Al Beruniy va Ibn Sinolarning bola tarbiyasiga doir qarashlaridan samarali foydalanish”

BOB. 
MAKTABGACHA 
TA’LIM 
MUASSASALARI 
O‘QUV 
MASHG’ULOTLRIDA IBN SINONING BOLA TARBIYASIGA DOIR 
QARASHLARIDAN 
SAMARALI 
FOYDALANISHNING 
IMKONIYATLARI. 
2.1. Maktabgacha ta’lim muassasalari o‘quv mashg’ulotlarini tashkil 
etish mazmuni. 
O`qitish shakli deganda, talim beruvchilik va o`quvchilarning belgilangan 
tartibda hamda muayyan rejimda kechadigan mahsus uyushtirilgan faoliyati 
tushuniladi. O`qitish shakllari o`quvchilarning miqdoriy tarkibiga ko`ra o`quvchilar 
va o`qituvchilar o`rtasidagi o`zaro harakatning tabiatiga ko`ra (faolik va 
mustaqillik darajasi) faoliyat usullariga ko`ra (qaysi metod va usullar bilan) 
o`tkaziliSh joyi shuningdek yahlit o`quv jarayonida tutgan mavqeiga ko`ra 
farqlanadi. Bu mavqe talim jarayonining u yoki bu shaklid tashkil etishda hal 
etiladigan talim- tarbiyaviy vazifalarning tabiatiga ko`ra belgilanadi. 
O`qitishning tashkiliy shakli bo`lmish mashg`ulotlar uchun quyidagi qator 
hususiyatlarga xos. 
Bolalar mashg`ulotda «Bolalar bog`chasida talim- tarbiya dasturi»da ko`zda 
tutilgan talimning u yoki bu bo`limga oid ko`nikmalarni o`zlashtiradilar. 
Mashg`ulotlar muayyan yosh guruhi bolalarning doimiy tarkibi bilan 
o`tkaziladi. 
Mashg`ulotlar katta kishilar tomonidan tashkil etiladi va o`tkaziladi. Ular 
mashg`ulotlarning mazmuni va vazifasini belgilaydilar, metodlar va usullarni 
tanlaydilar bolalarning bilish faoliyatini bilim, ko`nikma va malakalarni 
o`zlashtirishga yo`naltiradilar hamda tashkil etadilar. 
Mashg`ulotlarda 
dastur 
mazmunining 
barcha 
bolalar 
tomonidan 
o`zlashtirilishi amalga oshiriladi, shuning uchun ham ular o`qitishning asosiy 
shakli hisoblanadi. Boshqa o`qitish shakllaridan bolalarning mashg`ulotlar 


mazmunini o`zlashtirishga oid tajriba va tayyorgarliklarini boyitish yoki bilimlarni 
o`zlashtirish jarayonini aloxida o`zgartirish vositasi sifatida foydalaniladi. Sabab 
o`tilgan hususiyatlar mashg`ulotlarni o`qitish shakli sifatida maktabdagi o`qitish 
shakli-darsga yaqinlashtiradi, bu bilan o`qitishdagi ketma-ketlik ta'minlanadi. Dars 
va mashg`ulot o`rtasidagi asosiy farqlar yuklatishning intensivlik darajasida 
o`qitish ishini olib borishda qo`llaniladigan tuzilish va metodlardadir. 
Mashg`ulotlar o`qitishning quydagi bo`limlari bo`yicha olib boriladi. Atrof-
muxit bilan tanishtirish va bolalar nutqini o`stirish elektor matematik tasavvurlarni 
rivojlanitirish, tasviriy faoliyat va qurish-yasash, jismoniy tarbiya musiqaviy 
tarbiya. 
Mashg`ulot dasturi quydagilarni ko`zda tutuadi: obektlarning 
xususiyatlari va sifalari, ularning o`zgarishlari, aloqalari xarakat usullari va 
xokazolar xaqidagi bilimlarning muayyan xajmini, ularni dastlab o`zlashtirish, 
kengaytirish mustahkamlash umumlashtirish va sistemalashni. 
Faoliyatning mahsuldor turlarida qo`llaniladigan amaliy ko`nikma va 
malakalar xajmi. 
O`quv-bilish faoliyatinining ko`nikma va malakalari xajmini, ularning 
dastlab shakllanish yoki takomillashuvini, qo`llarga oid mashqlarni. 
Psixik va bilish jarayoni sifatlarini rivojlantirish vazifalarini. 
Muayyan mashg`ulotda beriladigan bilimlarga, voqea va xodisalarga bolalar 
munosabatini shakllantirish o`z faoliyatiga munosabatini tarbiyalash tengqurlari 
o`rtasida o`zaro munosabatlarni o`rnatish, shuningdek, o`qitish mashg`ulotlari 
sharoitida yurish-turish qoidalari va normallarini o`zlashtirishni. 
Shunday qilib, mashg`ulotlar mazmuni xam ta'limiy ham tarbiyaviy 
vazifalarni ular birligida va o`zaro xarakatda xal etishga yo`naltirilgandir. 
Xar bir mashg`ulotdagi o`quv mazmunining xajmi uncha katta bo`lmaydi. U 
turli yosh guruhlardagi bolalarning xotira va qobiliyatlarini xisobga olgan xolda 
belgilanadi. 


Masalan kuzatish chog`ida yangi obektlar bilan tanishtirishda kichik tarbiya 
yoshi guruxdagi bolalar 2-3 yorqin belgini eslab qolish, o`rta tarbiya yoshi 
guruhiga mansub bolalar 3-4-tagacha katta tarbiya yoshi guruhdagilar esa 5-6 
tagacha belgini eslab qolishga qodirdirlar. 
Bolalar bog`chalaridagi mashg`ulotlarning tuzulishida bilimlar, ko`nikma va 
malakalarni o`zlashtirishni tekshirish o`tkazilmaydi. Bu iSh bolalarning 
mashg`ulotlaridagi faoliyatni kuzatish jarayonida bolalar faoliyati natijalarini tahlil 
qilishda shuningdek kundalik hayotda va bolala yutuqlarini turli ilmiy metodikalar 
yordamida o`rganish chog`ida amalga oshiriladi. 
Mashg`ulotlar barcha bolalar bilan yalpisiga olib boriladi. Bu uni tashkil 
etilishi va bolalar faoliyatiga rahbarlik qilishga aloxida e'tiborni talab qiladi. 
Avvalo bolalarning umumiy yuqori ish qobiliyatini ta'minlaydigan gigienik 
sharoitlar yaratilishi lozim. Mashg`ulolar toza, yaxshi shamolantirilgan, bolalar 
bo`yiga mos mebellar bilan jihozlangan honada o`tkazilishi lozim. 
Har bir aniq mashg`ulot uchun uyuushtiriladigan vaziyat amalga 
oshiriladigan o`quv faoliyatining tabiatga mos bo`lishi kerak. 
Bolalar xonada ularning faoliyat ko`rsatishlari uchun imkoniyat juda yaxshi 
bo`ladigan tartibda joylashtirilishi zarur: bolalar stolda tarbiyachiga ro`para bo`lib 
yoki yarim doira yasab o`tirishlari,birlashtirilgan stollar atrofida o`tirib yoki tura 
olishlari kerak. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar o`qitishda ko`rgazmali va amaliy 
metodlardan foydalanish buyumli, tasviriy chizmali kabi xilma-xil ko`rgazmali 
materiallarni qo`llanish bilan bog`liqdir. Ulardan biri bolalarning birgalikdagi 
faoliyatida foydalaniladi, boshqalari tarqatma material sifatida ishlatiladi. 
Mashg`ulotni tashkil etishda materialning oqilona joylashishini ko`zda tutiladi
undan foydalaniSh izchilligi, tavsiya etish usuli u bilan ishlash tabiatni beliglab 
olinadi. 
Sayr -tomoSha o`qitish shakli sifatida. 


Sayr-tomosha mashg`ulotining o`ziga xos turi sifatida qarash mumkin. 
Mashg`ulotlarda bo`lgani kabi sayr-tomoshada xam dastur mazmunida 
aniqlashtiradigan ta'limiy rivojlantiruvchi va tarbiyaviy vazifalar qo`yiladi hamda 
xal etiladi. 
Mashg`ulotlarda bo`lgani kabi sayr tomoshada barcha yosh guruhdagi bolalar 
ishtirok etadilar. Biroq sayr-tomoshani tashktl etilishining o`ziga xos hususiyati 
bolalar faoliyatining mazmuni shuningdek uning ta'limiy ish sistemasidagi o`rni 
sayr-tomoshani bolalar bog`chasida ta'limni tashkil etishning o`ziga xos yalpi 
shakli sifatida qarab chiqishga ehtiyoj uyg`otadi. 
Sayr tomosha bolalar bilan olib boriladigan ta'limiy ishning tashkiliy shakli 
sifatida paydo bo`lgan maktablarda tabiiy fanlarni o`rganishda keng qo`llanilib 
kelingan. Biroq bolalarning sayr-tomoshadagi bilish faoliyati tabiati-hayotiy 
hodisalarni bevosita idrok etish kuzatish maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar 
uchun xam xosligi isbotlanadi. Sayr-tomoshada turli umumlashagnlik darajasidagi 
tasavvurlar shaklida shakllantiriladigan buyumlar maktabgacha tarbiya yoshidagi 
bolalar bilan olib boriladigan ta'limiy ishlar dasturi talablariga javob beradi. 
Bularning barchasi sayr-tomoshani bolalar bog`chasidagi tashkil etiladigan 
ta'limning muxim shakliga aylantirilgan. 
Sayr tomoshaga bolalarga beriladigan hilma-xil topshiriqlarning kiritilish u 
yoki bu metodlardan asosiy vazifa kuzatiladigan obektlar haqidagi yorqin 
ko`tarinki va tiniq tasavvurlarni ta'minlash talabiga javob berishi lozim. 
Sayr-tomoshada asosiy obektlarni idrok etish bolalardan diqqatlilikni, 
uyushgan xulq-atvorni talab qiladi. Zotan rang-barang obekt va xodisalar, ba'zan 
tanishtirish uchun rejalashtirilmagan narsalarga duch keladilar. 
Bularning barchasi sayr-tomosh o`tkazishda muayyan qiyinchiliklar 
tug`diradi va tarbiyachidan uni o`tkazishga puxta tayyorgarlik ko`rishni talab 
qiladi. 


Sayr-tomoShani o`tkaziSh uchun odatdagi mashg`ulotdan keng ko`lamli 
ta'limiy vazifa tanlab olinadi u kuzatuvchanlikni, qiziqishni ijobiy munosabatni 
rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi mazmunga ega bo`lishi mumkin va xokazo. 
Ta'limiy vazifalarning aniq mazmuniga qarab sayr-tomoSha yo`nalish, 
tuzulish ishlab chiqiladi, metodlari belgilanadi. Sayr tomosha o`rnini 
belgilayotganda uning bolalar muassasasida uzoq-yaqinligini ham xisobga oliniSh 
kerak-sayr tomosha joyiga olib boriladigan yo`l toliqtiriladigan bo`lmasligi lozim. 
Sayr-tomoshaga tayyorgarlik ko`rishda bolalar to`plashi mumkin bo`lgan 
narsalar belgilanadi, materialni tashib yurish uchun xam, uni keyin joylashtirish 
uchun xam tegishli anjomlar xozirlanadi. 
Sayr tomoshada olingan tasavvurlarni chuqurlashtirish va mustaxkamlashga 
oid keyingi ishlar mashg`ulotlar sistemasida va kundalik xayotda: tasviriy faolitda, 
qurish-yasashda hikoya qilib berishda bolalar mehnatida amalga oshiriladi. 
mashg`ulot so`ngida yakuniy suhbat o`tkaziladi. 
Tarbiyachisi kun bo`yi o`qitishni bolalarni tashkil etishning hilma-xil 
shakllaridan foydalangan xolda amalga oshirish imkoniyatiga ega bo`ladi. Sayr 
Vaqtida tabiat xodisalarini kattalar mexnatini bolalar bilan yalpi kuzatish 
o`tkaziladi. Vaqti-vaqti bilan kunning ikkinchi yarmida tarbiyachi bolalarga ularg 
ma'lum, ular sevib qolgan adabiy asarlarni o`qib beradi. Kundalik hayotda bolalar 
bilan turli metodlardan foydalanib olib boriladigan ta'limiy ishlar barcha hollarda 
uning asosiy shakli-mashg`ulot bilan uzviy bog`liqdir. Bunda ikki vazifa hal 
etiladi: keyinroq mashg`ulotlarda qo`laniladigan tasavvurlar yoki xarakat 
tajribasining oldindan to`plnish yoki ko`nikma va malakalarni ishlab chiqish, 
mashg`ulotlarda olingan tasavvurlarni mustaxkamlash. 
Shu maqsadlarda kundalik pedagogik jarayonda o`qitishning bolalarning 
uncha katta bo`lmagan miqdorini qamrab oluvchi guruxli shakli qo`llaniladi. 
Bunda avtodidaktik o`yinlardan ko`proq foydalaniladi. O`qitishning guruhli 
shaklida o`Sha bolalar yoki boshqalari bilan hilma-xil alohida mashqlar olib 


boriladi. O`qitishning alohida va guruhli shakllaridan foydalanish uning 
tabaqalanishini bolalar o`quv-bilish faoliyati rivojlanishining darajasini birmuncha 
aniqroq xisobga olishni va ularning maShg`ulotlardagi o`qitish jarayoniga faol 
kirishishini ta'minlaydi. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning umumiy rivojlanishi shu 
jumladan aqliy rivojlanishining yuqori sur'atlari ta'limini turli yosh guruxlarida 
tabaqalashtirilgan xolda tashkil etishni taqazo etadi. Bunda ta'limning o`ziga 
xosligi o`quv jarayonining quydagi asosiy tarkibiy qismlrida uning mazmunida, 
tuzuliShida, metodlari va tashkiliy shakllarida namoyon bo`ladi. 
Kattalarning ta'limiy ta'siri bola xayotining deyarli birinchi oylaridanoq 
boShlanadi. 
Bola xayotining birinchi yilida bu ta'sirning asosiy vazifalari va mazmuni 
quyidagilardir: bola sensorikasining rivojlanish sezgi va idrokning:

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin