Tadqiqotning ilmiy-nazariy ahamiyati: «Pedagogika tarixi» kursi yangi
materiallar bilan boyitilganligi; tadqiqot mohiyatini yorituvchi tarixiy manbalar va
Sharq mutafakkirlarining pedagogik ta’limoti va asarlarida bayon etilgan ijtimoiy
pedagogik g’oyalar, ularning tasnifi, mohiyatining yoritilganligi, va ilmiy-uslubiy
tavsiyalarning ishlab chiqilganligi bilan tavsiflanadi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Zamonaviy pedagogik va texnologik
yondashuv asosida Al-Beruniy, Ibn Sinolarning pedagogik ta’limotlaridan
maktabgacha ta’lim muassasalari o’quv mashg’ulotlarida bolalarning ma’naviy-
ahloqiy sifatlarini tarbiyalashga ta’sir etuvchi omillar aniqlandi.
Tadqiqotning tarkibiy tuzulishi: Kirish, 2 bob, 7 bo‘lim, xulosa va
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat
I.BOB. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI O‘QUV
MASHG’ULOTLARINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA AL BERUNIY,
IBN SINOLARNING BOLA TARBIYASIGA DOIR FIKRLARINING
ILMIY NAZARIY VA METODOLOGIK MANBALARI
1.1. Maktabgacha ta’lim muassasalari o‘quv mashg’ulotlarini samarali
tashkil etishda buyuk allomalarimizning g‘oya, fikrlarining tutgan o‘rni.
Hamma zamonlarda ham o‘quv-biluv jarayonining pirovard maqsadi
o‘quvchi-tarbiyalanuvchini o‘qish, o‘rganish, o‘zlashtirish, bilish va olgan
bilimlarini kundalik hayotida foydalana bilishlari bilan baholangan va natijalangan.
Ma’lumki, mamlakatimizda uch ming yillar avval ham bilim olish va mutolaa
qilish oilada, jamoa muhitida ustoz-shogirdlik asosida olib borilgan. Buyuk
allomalarimiz Mirzo Ulug‘bek, Ibn-Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farg‘oniy
davrlarida
ilohiy-dunyoviy
bilimlarni
o‘rganish maxsus madrasalar va
Akademiyalarda amalga oshirilgan.
Bilimlar, asosan, yakka tartibda va kichik jamoalarda, ustoz-shogird
maktablarida mutolaa, mushoira, muzokara tariqasida amalga oshirilgan. O‘sha
davrda ham tarbiyalanuvchilarni baholovchi mezonlar bo‘lgan. Jumladan,
tarbiyalanuvchi berilgan vazifalarni bajarib, o‘z fikrini ongli ravishda bayon qila
olsa, ustozi tarbiyalanuvchilar oldida unga “tashakkur” yoki “tasanno” deyish
orqali baholagan. Agar tarbiyalanuvchi berilgan vazifalarni yuqori darajada bajarib,
to‘la o‘zlashtirib, tarbiyalanuvchilar orasida yorqin, ravon bayon qilib ayta olsa,
ustozi uni “barakallo” deb rag‘batlantirgan. Agar tarbiyalanuvchi berilgan vazifa
va topshiriqlarni a’lo darajada bajarib, amaliyotda uni bemalol qo‘llay olsa, unga
yuqori baho berib, “ofarin” deb rag‘batlantirgan.
Sharqda buyuk allomalar — Muhammad Muso Al-Xorazmiy, Abu Nasr
Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad al-Farg‘oniy, G‘arbda
esa T.Mor, T.Kampanella, E.Rotterdamskiy, F.Rable, M.Monten va boshqalar
tomonidan har tomonlama rivojlangan, ruhiy va jismoniy jihatdan sog‘lom, antik
dunyo va burjuaziya davri yutuqlari asosida ilmiy bilimlarni o‘zlaShtira olgan
Shaxsni tarbiyalaSh g‘oyasi ilgari surildi va puxta asoslab berildi.
Savdo, hunarmandchilik va manufaktura negizida rivojlanib borayotgan
iShlab chiqarishni yanada takomillaShtirish yo‘lidagi amaliy harakatlar bu
boradagi muvaffaqiyat murakkab texnikani boshqara oladigan Shaxsni
Shakllantirish evaziga hal etiliShini tasdiqladi. Mazkur davrda ilg‘or, progressiv
pedagogik g‘oyalar ilgari surildi. Aksariyat g‘oyalar mazmunida bilim olishga
nisbatan ijtimoiy tenglikni qaror toptirish borasidagi qaraSh o‘z ifodasini topdi.
Xazrati Mir Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy, Husayn Voiz Koshifiy
tomonidan yaratilgan va xozirgi kunda xam ta’lim-tarbiya soxasida dasturi amal
bo‘lib xizmat qilayotgan o‘nlab pandnoma tipidagi asarlar komil inson tarbiyasida
muxim rol o‘ynab kelmoqda. Demak, Sharq uyg‘onish davri pedagogik ta’limotida,
ta’limiy-axloqiy asarlarda komil inson tarbiyasi asosiy va muxim masalalardan
sanalgan.
Sharqning buyuk allomalari - Yusuf Xos Hojib, Imom Ismoil al-Buxoriy,
Ahmad Yassaviy, Sa’diy Sheroziy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, AliSher
Navoiy va boshqalar yuksak ahloqiylikni Shakllantirishga oid yirik asarlar,
hikmatlar yaratganlar. Shu bilan birga hulq-odob tarbiyasiga oid “Axloqi
Muhsiniy”, “Axloqi Jaloliy”, “Axloqi Nosiriy”, “Qobusnoma” kabi asarlar
yaratilgan.
O‘zida shaxs va uning tarbiyasini yo‘lga qo‘yish masalalarini aks ettiruvchi
asarlarni yaratish an’anasi mavjud bo‘lgan davrda Muhammad Sodiq Qoshg‘ariy
tomonidan turkiy tilda “Odob as-solihin” (“Yaxshi kishilar odobi”), “Zubdat as-
masoyil” (“Masalalarning qaymog‘i”) nomli asarlar yaratildi. “Odob as-solihin”
asari 5 marta, 1889 hamda 1901 yillarda ToShkent Shahrida va 1891, 1892 hamda
1986 yillarda Istambul shahrida qayta nashr etilgan.
Mazkur asarning nomi va mazmunidan ham anglanib turganidek, unda ilgari
surilgan g‘oyalar insonning hayoti davomida zarur ahamiyat kasb etuvchi hulq-
odob qoidalari xususida kishilar, Shu jumladan, yoshlarga muayyan darajada
ma’lumotlar berishga xizmat qiladi. “Odob as-solihin” asarida ijtimoiy hayot
hamda kundalik turmushda har bir inson tomonidan qat’iy amal qiliniShi zarur
bo‘lgan zohiriy (tashqi) va botiniy (ichki) odob va ahloq qoidalari, ularning
ijtimoiy ahamiyati, yoshlar tarbiyasini yo‘lga qo‘yiShdagi o‘rni va roli borasida
batafsil so‘z yuritiladi.
Muhammad Sodiq QoShg‘ariy tomonidan yaratilgan “Odob as-solihin” asari
muallifning o‘zi ta’kidlab o‘tganidek, muqaddima va 7 bobdan iborat bo‘lib, har bir
bob o‘zida 4 faslni aks ettiradi.
Muqaddimada asarning maqsadi ochib beriladi. Asarning yozilishidan ko‘zda
tutilgan maqsad borasida so‘z yuritilar ekan, insonning ijobiy hulq-atvorga ega
bo’lishini taqozo etuvchi ijtimoiy zaruriyat mohiyati batafsil ochib beriladi. Asarda
ilgari surilgan asosiy g‘oya – insonlarning ijobiy xulq-atvorga ega bo’lishlari
jamiyatda ruhiy xotirjamlik va moddiy farovonlikni qaror toptiruvchi asosiy omil
ekanligini asoslashdan iboratdir. Alloma mazkur g‘oya mohiyatini Sharhlar ekan,
inson odob-axloq qoidalarini egallay olmasa hamda ijobiy hulq-atvori bilan
muaddab (odobli) va muzazzab (toza) bo‘lmasa, nafaqat o‘zi, balki butun dunyoga
yomonlik tarqatadi degan qaraShni ilgari suradi
Shunday ekan, har bir inson ichki hamda taShqi odob qoidalarining
mohiyatini to‘laqonli raviShda anglab, ularga qat’iy amal qiliShi zarur. Inson odob-
axloq qoidalarining mohiyatidan qanday yo‘l va usullar orqali boxabar bo’lishi
mumkin degan savolga javob berar ekan, alloma ular etuk mutafakkirlar tomonidan
qimmatli, mo‘‘tabar kitoblarda jam etganligi, mazkur kitoblarning mazmuni bilan
tanishiSh orqali odob-axloq qoidalari va ularga amal qilish shartlari xususida
muayyan ma’lumotlarga ega bo’lish imkoniyati mavjudligini alohida ta’kidlab
o‘tadi. Asarda komil inson bo‘lib etishishda kundalik hayot hamda amaliy
turmushda o‘ziga xos ahamiyat kasb etuvchi botiniy (ichki) va zohiriy (taShqi)
odob-axloq qoidalari: salomlaShiSh, ruxsat so‘rash, muloqot, uxlaSh, yo‘l yurish,
mehmon kutish, ziyofat, ovqatlaniSh, shuningdek, er-xotin munosabatlarini yo‘lga
qo‘yiSh odobi va ularga amal qilish shartlari borasida so‘z yuritiladi. Suhbat
ahlining o‘zini tutishi, tozalik, ozodalik hamda safarga chiqiSh qoidalari ham asar
mazmunining markaziy qismidan o‘rin olgan.
Ahli suhbatga noloyiq hatti-harakatlardan qochiSh maqsadida suhbat
iShtirokchilarining xotirjamligini buzgan kimsaga o‘z xatti-harakatlarining
noo‘rinligini imo-ishora bilan tushuntirish, u o‘zini o‘nglab ololmasa zarur holatda
uni davradan chetlatish, mazkur chora-tadbirni ortiqcha shov-shuvsiz amalga
oshirish, suhbat chog‘ida pinakka ketmaslik, o‘zini o‘zgalardan yuqori tutmaslik,
suhbatdoshning so‘zini bo‘lmaslik, sukut saqlaShda ham ma’lum me’yorlarga amal
qiliSh, ortiqcha takallufga yo‘l qo‘ymaslik, hamsuhbati bilan bahs qilmaslik, ammo
tortishish mumkinligi, g‘azab kelganda uni to‘xtata olish, ortiqcha qiziqchilik,
hazil-mutoyiba, xuShomadgo‘ylik qilmaslik, bu borada me’yordan chetga
chiqmaslik, o‘zgalarning Shaxsiyatini kamsituvchi laqablarni tilga olmaslik, davra
ishtirokchilari orasida bir-biri bilan pinhona va boshqalar tuShunmaydigan tilda
pichirmaslik, pinhona so‘zlashayotgan hamrohlarning so‘zlariga quloq solmaslik
kabi qoidalarning mohiyati asar mazmuni orqali to‘laqonli yoritilib beriladiki,
ulardan xabardor bo’lish har bir kiShi uchun o‘ta muhimdir. Asarda ilgari surilgan
er va xotin o‘rtasida tashkil etiluvchi munosabatlar odobiga oid qaraShlar ham
alohida diqqatga sazovordir.
Buyuk allomalardan Abdurahmon Jomiy o‘z asarlarida tarbiyachi-muallim
foaliyatiga quyidagicha ta’rif beradi: "muallim bilimli, aqlli, adolatli, o‘zida butun
yuksak fazilatlarni mujassamlaShtirgan bo’lishi kerak. O‘zini nomunosib tutgan
odam hech vaqt bolalarga bilim va odob bera olmaydi".
Hozirgi zamon o‘qituvchisi qanday ijobiy sifatlarga ega bo’lishi lozim.
Avvalo zamonaviy bilimlar, ilg‘or tajribalar hamda pedagogik mahoratni yuqori
darajada egallaganligi, pedagogik izlaniSh vazifasiga mos tadqiqotlar metodlari
majmuasini shakllantira olishi, nazariy tadqi-qot va amaliy tajriba-sinov ishlarini
o‘tkazish malakasiga ega bo’lishi, o‘qitadigan o‘quv fanidan o‘quv dasturi, DTS,
darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar, lektron darsliklarni yarata olishi va
amalda qo‘llay olishi lozim. O‘zining pedagogik faoliyatini doimiy takomillashtirib
borishi, kasbiy sifatlarini rivojlantirishi, o‘z-o‘zini nazorat qilish va baholash
malakasini egallashi, yangi pedagogik g‘oyalarni ishlab chiqa olish, zamonaviy
axborot texnologiyalarini dars jarayonida qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo’lishi,
o‘qitishning istiqbolli yo‘naliShlari talablari asosida metod, shakl va vositalarni
yaratish va ularni ta’lim jarayonida uzviy qo‘llash malakalarini biliShi kerak.
Tarbiyachi — odobli, adolatli hamda «bola qalbining injeneri»dir. Bolaning
ijobiy va salbiy xususiyatlari ba’zan murabbiydan o‘tishini psixolog olimlar
ta’kidlab o‘tishgan. Chunki o‘quvchi o‘qituvchining yurish-turishi, kiyinishiga,
gapirishiga taqlid qiladilar. Bola garchi yosh bo‘lsa-da, uning inson ekanligini
yoddan chiqarmaslik kerak, uni ko‘pchilik oldida obro‘sizlantirmaslik, g‘ururini
toptamaslik kerak.
Ushbu qadriyatlar ta’lim-tarbiya asosida yosh avlod ongiga singdiriladi.
Mamlakatimiz ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar va
tarbiyachilarning pedagogik mahoratida umumbashariy qadriyatlar ularning
ma’naviy
dunyosini
naqadar
keng
ekanligini
namoyon
etadi.
Buyuk
allomalarimizning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarida umuminsoniy va ma’naviy
qadriyatlarga bo‘lgan e’tibor asosiy o‘rinda turgan. Ota-bobolarimiz qadimdan
bebaho boylik bo‘lmish ilmu-ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat
ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. Inson axloqi aqlga, xulqi va
xatti-harakati esa ilm-fanni o‘rganishga hamda ma’rifatga asoslangandagina
ma’naviy kamolotga erishadi. Allomalarning fikrlariga ko‘ra, insonparvarlik
g‘oyalarining amalga oshishi, ma’naviy barkamollikka erishish, bilimli va
ma’rifatli bo’lishga bog‘liq. Shuning uchun ham ular ilmlilikni umuminsoniy
qadriyat darajasida ulug‘lab, jamivatning barcha a’zolarini ilm egallashga
chaqirdilar, muallimlarning shijoatli mehnatini qadrlaydilar.
Abu Rayhon Beruniy o‘z asarlarida bilim umuminsoniy qadriyatlarni
o‘rganishning kaliti ekanligini alohida ta’kidlaydi. Ilm-ma’rifatli odam jamiyat
taqdiri, insonlar taqdiri uchun kurashuvchan, barcha yomonliklardan uzoqdir.
Falsafiy talqinda qadriyatlar - inson va insoniyat uchun beqiyos ahamiyatga
ega bo‘lgan erkinlik, tinchlik, ijtimoiy tenglik, haqiqat, ma’rifat, go‘zallik,
yaxshilik kabi barkamol inson uchun ijobiy ahamiyat kasb etuvchi holatlar
yig‘indisidir.
Demak,
qadriyatlarning
mohiyatini
pedagogik
nuqtai
nazardan
izohlaganimizda, insonning ma’naviy ehtiyojlari asosida paydo bo‘lgan, amaliy
faoliyatda davr sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan, o‘z shakl va mazmunida xalqning
ma’naviy olamini mujassam etgan, asrlar davomida xalqning ma’naviy madani-
yatini shakllantirish manbai sifatida qadrlanib kelingan ma’naviy - ruhiy xatti-
harakatlar, narsa va hodisalar majmui
1
.
Barcha qadriyatlarning mohiyatini eng oliy tuyg‘u - insonparvarlik tashkil
etadi. Insonparvarlik - insonning sharafi, vijdoni va iymonining mahsuli.
Insonparvarlik xayrixohlik, g‘amxo‘rlik, moddiy-ma’naviy madadga intilish
tuyg‘usi, iymon va vijdon doirasida mehr-muruvat ko‘rsatish.
2
Sharq mutafakkirlari o‘z asarlarida bilish hamda inson aqliy tafakkuri
masalalariga alohida o‘rin bergan. Masalan, Abu Nasr Forobiy inson tomonidan
borliqni anglanishi, tabiat sirlarini anglashida ilm-fanning rolini hal qiluvchi omil
sifatida baholaydi. Allomaning fikricha, inson tanasi, miyasi, sezgi organlari u
tug‘ilganda mavjud bo‘lgan bo‘lsa, aqliy bilimi, ma’naviyati, ruhiyati, intellektual
1
(Мусурмонова О.: "Маънавий қадриятлар ва ёшлар тарбияси". 66-бeт).
2
(Мусурмонова О.: "Маънавий қадриятлар ва ёшлар тарбияси". 58-бeт).
va axloqiy sifatlari, xarakteri, dini, urf-odatlari, ma’lumoti tashqi olam, ijtimoiy
muhit ta’sirida, ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadi.
Abu Nasr Forobiyning e’tiroficha, inson bilimlarni o‘zlashtirar ekan, tirik
mavjudotning yaratilish tarixigacha bo‘lgan ma’lumotlarni o‘zlashtira oladi, ularni
yaratadi, ilmiy jihatdan asoslaydi.
Abu Rayhon Beruniy quyidagilarni ilgari suradi: “Inson narsa va
hodisalarning faqat tashqi sifati hamda xususiyatlari haqida bilim olmay, balki
tafakkuri, aqli tufayli narsa va hodisalarni taqqoslaydi, bir-biri-bilan solishtirib
ko‘radi, o‘z bilimlarining chinligini aniqlaydi”. Mutafakkir insonning bilimlarni
o‘zlashtirishi yangi bilimlarning yaratilishiga olib keliShini aytadi: “Ilmlar ko‘pdir.
Ular zamoni iqbolli bo‘lib, turli fikr va xotiralar ularga qo‘Shilib borsa, ko‘payadi.
Odamlarning ilmlarga rag‘bat qilishi, ilmlarni va ilm ahllarini hurmatlashi o‘sha
iqbolning belgisidir. (Ayniqsa) hukmron kishilarning ilm ahlini hurmat qilishi turli
ilmlarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi”
.
Abu Ali ibn Sino esa bilimni chuqur o‘zlashtirish donishmandlik ekanligini
aytadi: “Ilm narsalarning inson aqli yordami bilan o‘rganilishidir. Bilim deb esa,
narsalarni idrok qilishga aytiladi. Bu shundayki, inson aqli uni xato va yo‘ldan
toymasdan turib unga erishishi kerak bo‘ladigan narsadir. Bordiyu, bu dalillar
ochiq-oydin bo‘lsayu, isbotlar chinakamiga bo‘lsa, u holda bunga hikmat –
donishmanlik deyildi”
.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” (“Saodatga boshlovchi bilim”) asari
ta’bir joiz bo‘lsa, bilimning mohiyati, uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati, inson
kamolotini ta’minlaShdagi roli, yozuvliklarni bartaraf etuvchi vosita ekanligi
to‘g‘risidagi qomus sanaladi. Allomaning fikricha, bilimli bo’lish ezgu ishlar
tantanasini ta’minlovchi garov bo‘lib, uning yordamida hatto osmon sari yo‘l
ochiladi:
Беруний, Абу Райҳон. Танланган асарлар. II жилд. – Тошкент: Давлат нашриёти, 1965. – 125-бет
Ўзбек педагогикаси антологияси // Тузувчи-муаллифлар: К.Ҳошимов, С.Очил. – Тошкент: Ўқитувчи,
1995. – 137-бет
Hamma ezguliklar bilim nafi tufaylidur,
Bilim tufayli, go‘yo ko‘kka yo‘l topiladi.
Ushbu fikrlarni ifoda etganda alloma naqadar haq edi. Zero, oradan to‘qqiz-
o‘n asr vaqt o‘tgach, inson nafaqat osmonga ucha oldi, balki koinotni ham zabt
etishga muvaffaq bo‘ldi.
Bahovuddin Naqshbandiy tariqatida avliyolik kuch-quvvatini ezgulikka, ilm-
ma’rifatni rivojlantirishga yo‘naltirish etakchi o‘rin tutadi. Binobarin, ilm-ma’rifat
zulm va bid’atdan forig‘ bo’lish yo‘lidir. Alloma tomonidan ilgari surilgan “Xilvat
dar anjuman”, “Safar dar vatan” g‘oyalari mavjud bilimlarni suhbat hamda
amaliyot yordamida o‘zlashtirish maqsadga muvofiqligiga ishoradir. Zero, bahs-
munozaralarda, doimiy izlaniShlarda hosil bo‘lgan ilm puxta va mustahkam
bo‘ladi.
Alisher Navoiy bilimlarni izchil, uzluksiz o‘zlashtirish zarurligini uqtiradi.
Shuningdek, ilm o‘rganish mashaqqatli yumush bo‘lib, uni o‘rganishda ayrim
qiyinchiliklarni engib o‘tishga to‘g‘ri keliShi, bu yo‘lda chidamli, qanoatli,
bardoShli bo’lish orqaligina mukammal bilimga ega bo’lish mumkinligini
ta’kidlaydi.
Abdulla Avloniy ilmni afzalligini quyidagicha bayon etadi: “Ilm dunyoning
izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun g‘oyat muqaddas bir fazilatdur,
zeroki, ilm bizga o‘z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko‘rsatur, zehnimizni,
fikrimizni qilich kabi o‘tkir qilur, ilmsiz odam mevasiz daraxt kabidur”. Alloma
bilim insonni jaholatdan qutqarishning samarali vositasi ekanligiga ham urg‘u
beradi: “Ilm bizni jaholat qorong‘usidan qutqarur, madaniyat, ma’rifat dunyosiga
chiqarur, yomon fe’llardan, buzuq iShlardan qaytarur, yaxshi xulq, odob sohibi
qilur. Bugun hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maiShatimiz,
himmatimiz, g‘ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bog‘liqdur”
.
Авлоний, Абдулла. Одоб бўстони ва ахлоқ гулистони. – Тошкент:Ўқитувчи, 1994. – 10-бет
|