1.3. Abu Ali Ibn Sino va uning ta’lim tarbiya usullari.
Sharq va Ovropada ma’rifat, madaniyat taraqqiyotiga katta hissa
qo‘Shganligi tufayli, «Shayx – Ur - Rais» Sharqda «Olimlar boshlig‘i», Ovropada
«Olimlar podshosi» nomi bilan mashhur bo‘lgan allomalardan biri o‘rta asr buyuk
mutafakkiri Abu Ali ibn Sinodir. Ibn Sino ham boshqa zamondosh qomusiy olimlar
qatori matematika, astronomiya, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, dorishunoslik,
ruhShunoslik, fiziologiya, falsafa, filologiya, ta’lim – tarbiya sohalarida ijod etgan
va dunyoga maShhur yirik asarlar meros qoldirgan olim.
Abu Ali ibn Sino 980 yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida kichik
amaldor oilasida tug‘iladi. Uning to‘la ismi Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn
al-Hasan ibn Ali ibn Sinodir. Abu Ali uning kuniyasidir. Oti Husan, otasining ismi
Abdulloh edi. Keyinroq uning oilasi Buxoroga ko‘chib o‘tgach, u boshlang‘ich
maktabda O‘qiy boshlaydi. Ibn Sinoning mutolasi zo‘r, mehnatsevar edi. Undagi
tug‘ma qobiliyat, O‘tkir zehn, kuchli xotira o‘zaro birikib ketgan edi. Ibn Sinoning
otasi Abdulloh hamda uning do‘stlari bilimdon kishilar bo‘lib, ularning ilmiy
munozaralari o‘tadigan oilaviy muhit yosh ibn Sinoga ham ta’sir etadi. Shu bilan
birga uning bolalik va o‘smirlik yillari o‘tgan Buxoro shahri somoniylar davrining
yirik madaniy markazi bo‘lib hisoblanar edi. Buxoroda ko‘plab maktab, madrasa,
kasalxona va nodir kitoblar saqlanadigan kutubxona bo‘lgan. Jahonning turli
mamlakatlaridan kelgan olimlarning ilmiy munozaralarida yosh ibn Sino ham
qatnashib, turli fanlarga oid bilimlarini chuqurlashtirib borgan. U ustozlaridan hind
hisobi, fiqhdan bilim olgan. Keyin esa faylasuf Abu Abdulloh Notiliydan falsafa,
mantiq, handasa va boshqa fanlardan ta’lim oladi. Shundan so‘ng ibn Sino O‘zi
mustaqil holda barcha fanlar bilan shug‘ullana boshlaydi. U ayniqsa tib ilmini
chuqur egallab oladi, bu sohada unga ta’lim bergan kiShi buxorolik Abu Mansur
Kamariy bo‘ldi. Ibn Sino so‘ngra falsafani o‘rganiShga kirishadi. Ayniqsa,
Aristotel falsafasini, uning «Metafizika» asari mohiyatini buyuk mutafakkir Abu
Nasr Forobiyning yozgan sharhi tufayli to‘liq o‘zlashtirib oladi.
IX-asr oxiri – X-asr boshlariga kelib, o‘lkada siyosiy-ijtimoiy vaziyat
murakkablaShdi. Shu tufayli ibn Sino Xorazmga – Urganchga ko‘chib o‘tadi.
Xorazmda u bir qator olimlar bilan hamkorlikda Abu Rayhon Beruniy
boshqarayotgan «Ma’mun akademiyasi»da ilmiy iSh bilan shug‘ullana boshlaydi.
Xorazmda o‘zining yirik asarlari – «Tib qonunlari», «Ash-Shifo» kitoblari ustida
ish olib boradi.
Mahmud G‘aznaviy 1017-yilda Xorazmni o‘ziga qaram qilib olgach, nufuzli
olimlarni ham o‘z saroyiga chaqirib ola boshlaydi. Ibn Sino Mahmud G‘aznaviy
saroyiga bormay, boshqa yurtlarga ketishga majbur bo‘ladi. Gurganjda, Rayda,
keyin esa Hamadonda va umrining so‘nggi yillari isfaxonda yashaydi. Ibn Sino
1037-yilda vafot etdi.
Ibn Sino haqiqiy qomusiy olim sifatida o‘z davridagi fanlarning hammasi
bilan muvaffaqiyatli shug‘ullangan va ularga oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli
manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd etilgan.
Shu 242 dan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga tegiShli, 43 tasi tabobatga
oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi psixologiyaga, 23 tasi tibbiyot ilmiga, 7 tasi
astronomiyaga, 1 tasi matematika, 1 tasi muzikaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi etikaga, 4
tasi adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo‘lgan ilmiy yozishmalarga
bag‘ishlangan. Allomadan keyingi avlodlar uning ilmiy asarlari boy meros bo‘lib
qoldi.
Abu Ali ibn Sinoning «Al-Qonun», «Hayy ibn Yaqzon», «Risolat at-tayr»,
«Risolat fi-l-iShq» («Ishq haqida risola»), «Risolat fi mohiyat as-salot»
(«Nomozning mohiyati haqida risola»), «Kitob fi ma’no ziyorat» («Ziyorat
qilishning ma’nosi haqida»), «Risolat fi - daf al – g‘am min al mivt» («O‘limdan
keladigan g‘amni daf qilish haqida risola»), «risolat al-qadr», «An-Najot», «Ash
Shifo», «DoniShnoma», «Kitob ash - ishorat» va at tanbihot asarlari shular
jumlasidandir.
Ma’lumki, Ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi o‘zining ta’lim-tarbiyaga
oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog‘liq holda ifodalagan, maxsus
risolalarda talqin etgan. Shuningdek, fanlarni tasnif etadi. Bunda u birinchi o‘ringa
tibbiyot fanlarini qo‘yadi. Falsafani esa ikki guruhga, ya’ni nazariy va amaliy
guruhlarga bo‘ladi. Nazariy guruh kishilarni o‘zidan tashqaridagi borliq holati
haqidagi bilimlarni egallashga yo‘llasa, amaliy qism bizga bu dunyoda nimalar
qilishimiz kerakligini o‘rgatadi deydi.
U birinchi guruhga etika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi guruhga fizika,
matematika, metafizika, dunyo qonuniyatlarini o‘rganuvchi barcha fanlarni kiritadi.
Ibn Sino insonning kamolga etishida uning axloqiy kamoloti muhim
ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi.
Tadqiqotchilar uning falsafiy asarlarida axloqqa oid fikr yuritganlari o‘n
ikkita deb qayd etadilar.
Ibn Sino axloqqa oid asarlarini «Amaliy hikmat» (Donishmandlik amaliyoti)
deb ataydi. Olimning fikricha, axloq fani kishilarning o‘ziga va boshqalarga
nisabatan xatti - harakati me’yorlari va qoidalarini O‘rganadi.
Ibn Sino axloqlilikning asosini yaxshilik va yomonlik kabi ikki tushuncha
bilan ta’riflaydi:
Dunyoda mavjud bo‘lgan jami narsalar tabiatiga ko‘ra kamolot sari intiladi.
kamolot sari intilishning o‘zi esa mohiyat e’tibori bilan yaxshilikdir...»
Ibn Sino inson kamolotining muhim axloqiy jihatlarini ham taxlil etadi va har
biriga ta’rif beradi: masalan, adolatni ruhiy lazzatning bosh mezoni sanaydi. Inson
qanoat, jasurlik, donolik bilan adolatga ega bo‘ladi, yomon illatlardan o‘zini tiyib,
yaxshilikni mustahkamlaydi, haqiqiy ruhiy lazzat oladi, deydi olim. Insondagi
ijobiy, axloqiy hislatlarga saxiylik, chidamlilik, kamtarlik, sevgi – muhabbat,
mo‘‘tadillik, aqlilik, ehtiyotkorlik, qat’iyatlilik, sadoqat, intiliSh, uyatchanlik,
ijrochilik va boshqalarni kiritadi.
Qanoat va mo‘‘tadillikni insonning hissiy quvvatiga kiritadi, chidamlilik,
aqllilikni g‘azab quvvatiga, donolik, ehtiyotkorlikni ziyraklikka, sadoqat,
uyatchanlik ijrochilik, achiniSh, sofdillikni tafovut quvvatiga kiritadi.
Olim qanoatni hissiy fazilatlardan sanaydi va inson o‘zini ta’magirlikdan
tiysa, mo’tadillikka rioya qilsa, o‘zida xirsning namoyon bo’lishini engadi, inson
yomon iilatlarni engishda o‘z imkoniyatlarini ongli sarf etishi lozim, deydi.
Ibn Sino har bir axloqiy hislatning ta’rifini beradi: mo’tadillik – tan uchun
zaruriy oziq va xulq ma’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan ishlarni qilmaslik;
sahiylik – yordamga muxtoj kishilarga ko‘maklashuvchi insoniy quvvat;
g‘azab – biror ishni bajarishda jasurlik; chidamlilik – inson o‘z boshiga
tushgan yomonliklarga bardosh beruvchi quvvat;
aqillilik – biror ishni bajarishda shoshma – shosharlikdan saqlovchi quvvat
deydi. ziyraklikni narsalar va hatto harakatlarning haqiqiy ma’nosini tezlik bilan
tushunishga yordam beruvchi quvvat, achinish, kishilar baxtsizlik, azob – uqibatga
duchor bo‘lganda, ular bilan xushmuomalada bo‘luvchi insoniy quvvat;
kamtarlikka xudbin ishlar bilan shug‘ullanishdan to‘xtatuvchi kuch sifatida ta’rif
beradi.
Ibn Sino insonning kamolga etishida to‘siqlik qiluvchi nuqsonlar sifatida
johillik, nodonlik, shafqatsizlik, takabburlik, nafratni ko‘rsatib o‘tadi. Johillikni –
ilmga, nodonlikni – zehni o‘tkirlikka, shafqatsizlik, takabburlikni adolatga, nafratni
– sevgi-muhabbatga qarama-qarshi illat sifatida ta’riflaydi.
Ibn Sino yuksak axloqiy xislatlarga yana kishilarning bir-birlariga do‘st
bo‘lib yashashi, hamkorlik qilishini ham kiritadi. Chunki har bir kishi jamiyatda,
odamlar bilan birga yashar ekan, ular bilan do‘stona yashashga intiladi.
Modomiki, inson aloqaga muhtoj ekan, boshqa birov bilan qo‘shinchilik
qilish uchun uning uyi yoniga uy soladi, o‘zining ehtiyojini qondirish uchun esa
ishlab chiqarish mahsulotlarini almashtiradi, dushmanlardan saqlanish uchun
o‘zgalar bilan birlashadi. Mana shu tariqa kishilarda birlik hissi, boshqalarga
nisbatan sevgi-muhabbat va umumiy axloqiy negizlar ishlab chiqila boshlaydi. U
insonda yaxshi xulqning shakllanishida xushxulq, ilmli do‘st muhim rol o‘ynaydi,
deydi. Olim do‘stlikni shunday ta’riflaydi:
har qanday qiyinchiliklarga qaramay o‘z do‘stini xavf-xatarda yolg‘iz
qoldirmaydigan do‘stlik;
manfaatlari o‘xshash va g‘oyaviy yaqin do‘stlik;
o‘z shaxsiy manfaati va ehtiyojini qondirishga qaratilgan do‘stlik. Ibn Sino
birinchi va ikkinchi xil do‘stlikni haqiqiy do‘stlik deb e’tirof etadi.
Olim haqiqiy do‘stlik natijasida sevgi-muhabbat paydo bo’lishi mumkinligini
aytadi. U «Risolai ishq» asarida sevgi-muhabbatning asl mohiyatini ham ijtimoiy,
ham fiziologik jihatdan yoritib beradi. Insonlarga ularning tashqi ko‘rinishiga qarab
emas, balki ularning ichki, ma’naviy dunyosiga qarab baho berish kerakligini
uqtiradi. Har bir kishi tabiatan sevgi tuyg‘usiga ega, u tabiiy zarurat sifatida
namoyon bo‘ladi, lekin inson o‘z tuyg‘ularini boshqara olishi, aql va farosat bilan
haqiqiy sevgini hirs tuyg‘usidan, ehtiros kuchidan ajrata oladi. Chunki haqiqiy
sevgi, olimning fikricha, inson zimmasiga axloqiy, huquqiy burch yuklaydi. Bu esa
olimning sevgiga ijtimoiy omil sifatida ham qaraganligini ko‘rsatadi.
Tadqiqotchilar Ibn Sino musiqaga oid ham asarlar yaratganligi, lekin ularning
faqat bir qismigina bizgacha etib kelgani haqida ma’lumot beradilar.
Shulardan biri «Musiqa bilimiga oid to‘plam» bo‘lib, bunda tovushning sezgi
a’zolariga ta’siri, uning yoqimli va yoqimsizligi, tovushni eshitganda lazzatlanish
yo nafratlanish hissining paydo bo’lishi kabi masalalarga to‘xtaydi. Unda
musiqaning kishi hayotida qanchalik zarurligi haqida ham fikrlar bayon etiladi.
olimning fikricha, inson tabiatan yoqimli narsalar orqali engil tortsa, uning aksida
oromi yo‘qolib, nafrati paydo bo’ladi. Ibn Sino musiqa ovozlarining kishi ruhiga
ta’siri haqida ham o‘z fikrlarini bayon etadi.
Ibn Sinoning musiqaga oid asarlari u yashagan davr musiqa ilmidan juda
muhim ma’lumotlar berishi bilan ham qimmatlidir. Abu Ali Ibn Sino kamolotga
erishishning birinchi mezoni sanalgan ma’rifatni egallashga da’vat etadi. Chunki
ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiat qonunlarini ochib avlodlarga etkazishi kerak.
Bu maqsadga etishish uchun inson qiyinchiliklardan qo‘rqmasligi zarur, deydi. «Ey
birodarlar! Odamlarning botiri mushkulotdan qo‘rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan
bosh tortgan kishi odamlarning eng qo‘rqog‘idir».
Zero, ma’rifatli kishi jasur, o‘limdan ham qo‘rqmaydigan, faqat haqiqatni
bilish uchun harakat qiladigan bo‘ladi, deydi u fikrini davom ettirib.
Bilimsiz kishilar johil bo‘ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, deb ularni etuk
bo‘lmagan kishilar qatoriga qushadi. Bunday kishilardan ilmiy fikrlarni sir tutish
kerakligini ta’kidlaydi.
U haqiqatni bilish uchun bilimga ega bo’lish kerakligi, lekin har qanday bilim
ham haqiqatga olib kelmasligi, inson o‘z bilimining haqiqiyligini bilishi uchun
mantiqni ham bilishi zarurligini uqtiradi. Ibn Sinoning ta’lim metodlari haqidagi
ta’limoti asosida ham bilimlarni egallashda mantiqiy tafakkurga, shaxsiy kuzatish
va tajribalarga tayanish kerak degan g‘oya yotadi.
U haqiqatni bilish uchun bilimga ega bo’lish kerakligi, lekin har qanday bilim
ham haqiqatga olib kelmasligi, inson o‘z bilimining haqiqiyligini bilishi uchun
mantiqni ham biliShi zarurligini uqtiradi. Ibn Sinoning ta’lim metodlari haqidagi
ta’limoti asosida ham bilimlarni egallashda mantiqiy tafakkurga, shaxsiy kuzatish
va tajribalarga tayanish kerak degan g‘oya yotadi.
Ibn Sino bolani maktabda o‘qitish va tarbiyalash zaraurligini qayd etib,
maktabga barcha kishilarning bolalari tortilishi va birga o‘qitilishi va tarbiyalanishi
lozim deb, bolani uy sharoitida yakka o‘qitishga qarshi bo‘lgan. Bolani maktabda
jamoa bo‘lib o‘qishini foydasi quyidagicha ifodalangan:
Agar o‘quvchi birga o‘qisa u zerikmaydi, fanni egallashga qiziqish yuzaga
keladi, bir-biridan qolmaslik uchun harakat, musobaqalashish istagi rivojlanadi.
Bularning hammasi o‘qishning yaxshilanishiga yordam beradi.
O‘zaro suhbatda o‘quvchilar bir-biriga kitobdan o‘qib olganlari, kattalardan
eshitganlarini hikoya qiladilar.
Bolalar birga to‘planganlarida bir-birini hurmat qila boshlaydilar,
do‘stlashadilar, O‘quv materiallarini o‘zlashtirishda bir-biriga yordamlashadilar,
bir-biridan yaxshi odatlarni qabul qiladilar.
Bilim olishda bolalarni maktabda o‘qitish zarurligini qayd etar ekan, ta’limda
quyidagi tomonlarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi:
bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo‘ymaslik;
ta’limda engildan og‘irga borish orqali bilim berish;
olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo’lishi;
o‘qitishda jamoa bo‘lib maktabda o’qitishga e’tibor berish;
bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;
o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borish.
Bu talablar hozirgi davr ta’lim tamoyillariga ham mos kelishi bilan
qimmatlidir.
Ibn Sino ta’limotida bilishda qaysi metodlardan foydalanilmasin – u og‘zaki
ifodami, bilimlarni tushuntirishmi, turli ko‘rinishdagi suhbatmi, tajribalarmi,
baribir tarbiyalanuvchida haqiqiy bilim hosil qilish mustaqil, mantiqiy fikrlash
qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq eta olish qobiliyatini
tarkib toptirish asosiy maqsad bo‘lgan.
Shu jihatdan olimning «Hay ibn Yaqzon» asari kishilarning did – farosatini
o’stirishi, fikr doirasini kengaytirishi bilan ta’lim – tarbiyada katta ahamiyatga ega.
Uning nomi ham Shunga iShor qiladi: «Hay ibn Yaqzon» (Uyg‘oq o‘g‘li Tirik). Bu
asar farosat ilmi haqida ekanligini Ibn Sinonining o‘zi ham ta’kidalaydi.
Mazkur asarni ibn Sino 1023-yilda Hamadonga yaqin bo‘lgan Faradjon
qal’asi qamoqxonasida yozga deyishadi.
Ibn Sino bu asarida ilm – ma’rifatni o‘rganishga kirishishi natijasida ko‘zi
ochilgani, uning natijasida aql (Hay ibn Yaqzon) ko‘ziga ko‘ringani va ilm ham
unga o‘z jamolini namoyon qilganini hikoya qilar ekan, ilm-aqlni O’lim
bilmaydigan uyg‘oq, qarimaydigan, yosh, beli bukilmaydigan – barvasta, nuroniy
sifatida tasvirlaydi. Tafakkur qilib zarur bo‘lgan va bilishi mumkin bo‘lgan
narsalarni o‘qiShga kirishgani, bu yo‘lda aqlni iShga solib, o‘zini yomonliklardan
chetlaShtiradigan turli xususiyatlarini bilib olganligini qayd etadi.
Demak, «Hay ibn Yaqzon» mantiq ilmiga bag‘ishlangani bilan ham aqliy
tarbiyada katta ahamiyatga ega. Shuningdek, insondagi yomon illatlarni ham
bartaraf etishda ilmu fan, ziyoning ahamiyati, insondagi aql – tafakkur quvvatining
yomon illatlardan qutiliShi, o‘zligini anglash vositasi ekanligi bilan adabiy-falsafiy
asargini bo‘lib qolmay, tarbiyaviy asar sifatida ham qimmatlidir.
|