A) ko`rish taktik xamda eshitishning shakllnishi.
B) buyumli xarakatlarning rivojlaniShidan:
Xarakatlar: avval emaklaSh, so`ng esa yurishning rivojlanishidan.
G) bolalar nutqining rivojlaniShidan iborat.
Bu vazifalarni xal etish chog`ida bolalarda kattalar ta'siri ostida buyumlarni
tanish, kattalarning nutqini tushunish, ayrim tovush brikmalari va dastlabki
so`zlardan faol foydalana olish malakalarini Shakllantirish zarur.
Bolalar ayrim buyumlarni ularning xususiyatlariga ko`ra bilib olishni
o`rganadilar, bunda murakkab bo`lmagan xarakatlarni egallaydilar.
Kattalarning bir yoshli bolalarga ta'limiy ta'siri avvalo bola bilan yakkama-
yakka muloqatda bo`lish va uning mustaqil faoliyatini o`yinchoqlar didakatik
materiallar va qo`llanmalar bilan taShkil etish orqali amalga oShiriladi.
Yakkama-yakka muloqot albatta erkalovchi, xotirjam nutq asosida olib
borilishi kerak.
Ikki yoshli bolalarga ta'lim berish jarayoni bir muncha maksadga
yo`nalganlik va rejalilik tabiatini kasb etib boradi. Ta'lim jarayonida birinchi yilda
tavsiya etilgan vazifalar xal etiladi, bular: sensorikani rivojlantirish, buyumli
xarakatlar va buyumli faoliyatni rivojlantirish. Biroq bolalarning voqealikda
xarakat qiliSh birmuncha ko`zga tashlanib boradi. Bolalar yaqin atrofdagi
buyumlarni ayniqsa, yorqin ajratib turadigan buyumlarni farqlashga, ulardan
foydalanishga o`rganadilar. Ular maishiy axamiyatga molik buyumlar va narsalar
bilan: mebel, kiyim bosh, idish-tovoq, o`yinchoqlar bilan tanishadilar: ayrim
xayvonlarni farqlab va uning nomini ayta oladilar ularning asosiy qismlarini
xarakat tabiatini farqlaydilar.
Bolalarda o`simliklar xaqidagi dastlabki tasavvurlar xam paydo bo`ladilar.
Bu tasavvurlar ularni idrok etish chog`idagi bilib olish darajasida xamda rasm va
o`yinchoqlarni ko`rib chiqish paytida shakllanadi. Bolalar ta'lim jarayonida asta-
sekin o`xshash belgilari bo`lgan buyumlarni bir so`z bilan atash dastlabki
umumlashmalar chiqarish malakasini xam egallaydilar.
Tasavvurlarni shakllantirishning butun jarayoni nutq egallash jarayoni bilan
birgalikda kechadi.
Ta'limning mazmuniga buyumlar bilan bajariladigan xilma-xil xarakatlarni
shakllantirish xam kiritiladi: didaktik o`yinchoqlar bilan, qurilish materiallari bilan
turli xil buyumlar bilan qilinadigan xarakatlar. Shuningdek uning mazmuniga
syujetli o`yinchoqlar bilan qilinadigan xarakatlarga o`rgatish xam kiradi:
avtomabilni g`ildiratish, qo`g`irchoqni ovqatlantirish uni uxlatish va xokazo.
Asosiy xarakatlarni rivojlantirish, shuningdek muzika tarbiyasi-muzika
sadolarini farqlanishning dastlabki belgilarini fanga tutish ta'limining muxim
bo`liShiga aylanadi.
Shunday qilib ikki yoshli bolalarga bnriladigan ta'limning mazmuni ko`p
qirrali yvnaliSh kasb etadi.
U bolalarning atrof-muxitda dastlabki xarakatini, nutqining rivojlanish va
dastlabki (belgilarni)bilish va amaliy ko`nikma xamda shakllarning shakllanishini
ta'minlaydi.
Natijada bolalar xayotining dastlabki uchinchi yilida ularda boshlang`ich
o`quv ko`nikmalarining elementar asoslari shakllanadi: kattalar ko`rsatmalariga
ko`ra xarakat qilib o`zlariga tavsiya etilagan mazmuni o`zlashtiradilar 4 yoshli
bolalarni o`qitish quydagilarni ko`zda tutudi.
yaqin atrofdagi buyumlar va xodisalarni tushunishlarini, ularning
xususiyatlari xaqidagi aniq tasavvrlarning shakllanishini yanada rivojlantirish.
Sezgi va idrokni yanada takomillashtirish, sensor etalonlar sistemasi xaqidagi
bilimlarni va ulardan ijodiy faoliyatining turli ko`rinishlarida foydalana olish
ko`nikmalarini shakllantirish.
O`quv faoliyatining dastlabki malakalari: vazifasi qabul qila olish, kattalrni
tinglay va eshita olish, qo`yilgan savollarga javob bera olish ko`nikmalarini
Shakllantirish.
Bolalar nutqini rivojlantirish: lug`at boyligi va bog`lanishi nutqni yanada
kengaytirish.
Bolalarning uch-besh yoshligida o`qitishning mazmuni ko`p qirrali bo`la
boradi. Bu kattalar mehnatini uning asosiy tarkibiy qismlarida shu jumladan,
mehnat natijasi bo`lishi buyumlar xaqidagi tasavvurlarda jonsiz tabiat haqidagi
o`simlik va hayvonlar xaqidagi tasavvurlarni o`zlashtirishda amoyon bo`ladi.
Ta'lim dasturiga bolalar tomonidan o`zlashtirish lozim bo`ladigan murakkab
bo`lmagan yo`llar va usullar tasviriy -badiiy faoliyat malakalarini shakllantirish
kiritiladi. Bolalar tasviriy materiallar bilan tanishtiriladi.
Ular buyumlarni so`ng syujetni chizma orqali tasvirlashga oid dastlabki
malakalarni egallaydilar, tasvirdagi obrazni anglash keyin uni maqsadga muvofiq
yaratish ko`nikmalarini o`rganadilar. Buyumlarda umumiy hususiyatlarni va shu
bilan birga aloxida o`ziga xoslikni ko`rish va tasvirlashni o`rganadilar: mazkur
belgilarni chizma va ranglardan bera oladigan bo`ladilar. Ifodali nutqqa, qo`shiq
aytish va xarakatlarga o`rgatish musiqa jo`rligida kechadi. mashg`ulotlarda o`qitish
va kundalik hayotda faol xarakat tajribasining to`planishi yuz beradi. Bolalar
harakatning
asosiy
turlariga
oid
malakalarni
va
jismoniy
mashqlarni
o`zlashtiradilar. O`z-o`ziga xizmat ko`rsatishda ho`jalik-maishiy mehnatda
elementar mehnat ko`nikmalarini o`zlashtirish davom etadi.
Ta'limning metod va usullari bilimlar ko`nikma va malakalarni
shakllantirishga xam o`quv faoliyatining tarkibiy qismlarini rivojlantirishga xam
yo`naltirilgandir.
Bolalarga ikkinchi kichik va o`rta guruxlada ta'lim berishda birinchi kichik
guruxda bo`lgani kabi ko`rgazmali va amaliy metodlardan: kuzatish, rasmlarni
tamosha qilish va diafilmlarni namoyish qilish o`yin metodlari va boshqalardan
foydalaniladi. Ilk marta tajribalar bolalar tomonidan ayrim izlanish harakatlarini
o`quv faoliyati metodlaridan biri sifatida egallanish asosida o`rta yosh guruxlarida
qo`llaniladi. Tarbiyachi ko`pincha xikoya qilib berish bolalar bop kitoblarni o`qib
berish kabi og`zaki metodlarga murojat qiladi. Ilk marta suhbat o`tkazila
boshlanadi.
Kuzatishning o`rta yosh guruxida foydalaniladigan asosiy turi bu tanlab olish
maqsadidagi kuzatishdir. Biroq vaqti-vaqti bilan uzoq muddatli kuzatish xam
bo`lishi mumkin. Kuzatish chog`ida hilma-xil tekshiruv va izlanish harakatlaridan,
bevosita idrok etish tushuntirish asosidagi taqqoslashdan shuningdek, topishmoq va
xalq og`zaki ijodining boshqa janrlaridan foydalaniladi. O`rta guruhdagi kuzatishga
raxbarlik qilishning asosiy usuli tarbiyachining savol berishidir. O`quv
ko`nikmalarining etarlicha tarkib topmaganini ixtiyoriy diqqatning beqarorligini
hisobga olgan holda ayrim qiziqarli usullardan foydalanish zarur.
Xarakatlarni
baxolash
asta-sekin
o`zgaradi:
kichik
guruxlardan
qo`llaniladigan
bolalar
xarakatlarini
majburiy
maqullashdan
tarbiyachi
topshiriqning bajarilish sifatini baxolashga o`tadi. Bunda baxolashning umumiy
ijobiy tabiati saqlanadi. Ikkinchi kichik guruxdagi tabiat ko`nikma va bolalar
bog`chasi binosi ichida maqsadli sayr va yurib tomosha qilishlar o`tkazila
boshlaydi.
Bolalarning har tomonlama rivojlanishini Ta'minlashga karatilgan pedagogik
jarayon murakkab va rang-barangdir.
Tarbiya masalalari ta'lim-tarbiya ishining tashkiliy shakllari, bolalar
faoliyatining har xil turlari: mashg`ulotlarda ta'lim berish orqali, ijodiy va qoidali
o`yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, ularning o`z mehnati va kattalar mehnati
bilan tanishtirish orqali, o`z-o`ziga xizmat qilish, sayrlar o`tkazish gigienik
tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Ta'lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish bolalar bog`chasidagi
pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini to`g`ri tashkil etishga bog`liqdir.
Bolalar bog`chasining pedagogik jarayonida ta'lim muxim axamiyat kasb
etadi va u kundalik xayotda, o`yinda, mehnatda, mashg`ulotlar orqali amalga
oshiriladi. Mashg`ulotda ta'lim va tarbiya vazifalari hal etiladi. Bolalar tevarak-
atrofdagi xayot va tabiat bilan tanishish, nutqni o`stirish va savod o`rgagish,
matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo`yicha eng oddiy
tasavvur va bilimlarni, malaka va ko`nikmalar sistemasini egallab oladilar. Bolalar
egallab olishlari kerak bo`lgan bilim, malaka va ko`nikmalar bolalar bog`chasi
dasturida belgilab berilgan bo`lib, u bolalarning umumiy rivojlanishida va ularni
maktab ta'limiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mashg`ulotlarda ta'lim
berish didaktika printsiplari asosida bolalarning yosh va o`ziga xos xususiyatlarini
e'tiborga
olib
ma'lum
izchillikda
olib
boriladi,
mazmuni
sekin-asta
murakkablashtirib boriladi. Natijada u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga
ega bo`ladi.
Dasturda har bir yosh guruhida hafta davomida o`tkaziladigan mashg`ulotlar
soni va har bir mashg`ulot qancha davom etishi belgilab qo`yilgan. Tarbiyachi
mana shunda asoslanib, o`zining xaftalik mashg`ulotlar jadvalini tuzib oladi, bu
ta'limning hamma bo`limlari bo`yicha belgilangan ta'limtarbiya ishlarini to`g`ri
taqsimlash va bir xilda amalga oshirishga imkon yaratadi. Mashg`ulotlar jadvalini
tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
1. Dasturning hamma bo`limlari bo`yicha mashg`ulotlarni haftaga teng
taqsimlash.
2. Haftaning birinchi va oxirgi kuniga osonroq mashg`ulotlar qo`yiladi.
3. Haftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlarida bolalardagi aqliy
faoliyat tezlashadi, shuning uchun bu kunlarga murakkabroq ishlar rejalashtiriladi.
4. Kun davomida birinchi bo`lib bolalardan aqliy zo`r berishni ko`proq talab
etadigan, kam harakatli mashg`ulotlar rejalashtiriladi (tevarak-atrofdagi xayot va
tabiat bilan tanishtirish, ona tili, matematika). Ikkinchi mashulotga engilroqlari:
tasviriy faoliyat, jismoniy tarbiya, musiqa mashg`uloti va shunga o`xshashlar
rejalashtiriladi.
5. Kun davomida mashg`ulotlar quyidagicha tartibda almashtirib boriladi:
matematika va jismoniy tarbiya, ona tili va tasviriy faoliyat va hokazo.
Mashg`ulotlarni bunday taqsimlash bolalarning dastur materialini engilroq
o`zlashtirib olishiga imkon yaratadi.
O`yin bolalarning muxim faoliyati xisoblanadi. U bolalarning jismoniy va
ruxiy rivojlanishida, shaxs sifatida shakllanishida va bolalar jamoasining tashkil
topishida muxim axamiyat kasb etadi. O`yin bolaga quvonch bag`ishlaydi, ijobiy
xis va kechinmalarini, xayotdan olgan taassurotlarini aks ettiradi. O`yin mazmuni
bola shaxsining shakllanishiga muxim ta'sir kursatadi, shuning uchun kattalar
bolalar o`yiniga rahbarlik qilayotib, ularda tevarak-atrofdan olayotgan taassurotlari
ijobiy tomonini aks ettirish xoxishini uyg`otishlari kerak.
Tarbiyachi bolalar o`yiniga rahbarlik qilar ekan, ularning tevarak-atrofdagi
hayot to`g`risidagi bilimlarini boyitadi (bu orqali o`yin mavzusi, mazmuni, syujeti
boyiydi), bolalarning ahloqiy hislarini, o`zaro ijobiy munosabati va odatlarini
tarbiyalaydi. O`yindan bolalardagi o`zaro o`rtoqlik, do`stlik, bir-biriga yordam
ko`rsatish xislatlarini tarbiyalashda va bolalar xayotini tashkil etish shakli sifatida
foydalanadi.
Bolalarning o`yin bilan shug`ullanishi va mehnat qilishlari uchun kerakli
materiallar bilan ta'minlaydi, Shu orqali bolalar uyinining mehnat bilan
uyg`unlashib ketishiga erishadi.
Tarbiyachi bolalarning syujetli-rasmli o`yinlarining hamma xilini syujetli-
rolli, kurilish dramalashtirilgan tabiiy materiallar bilan o`ynaydigan qilib tashkil
etadi. Bolalarga o`yin harakatlarini o`rgatadi, tengdoshlari bilan bo`ladigan
munosabatlarda haqqoniylik printsipiga rioya qilishni uqtiradi. Shu bilan birga u
bolalardagi ijodkorlik, tashabbuskorlik, faollik va boshqa xislatlarni qo`llab-
quvvatlaydi.
Ijodiy o`yinlar ertalabki qabul paytida, kunning birinchi va ikkinchi
yarmidagi sayrda, ya'ni mashg`ulotdan tashqari hamma vaqtda tashkil etilaveradi.
Rejimda qoidali o`yinlar katta o`rinni egallaydi. Mashg`ulotlarda va
mashg`ulotdan tashqari vaqtda o`ynaladigan didaktik va xarakatli o`yinlar muxim
rol uynaydi. Tarbiyachi bolalarning sensor rivojlanishini, aqliy tarbiyasini, bilish
jarayonlarini didaktik o`yinlar orqali amalga oshiradi. Harakatli o`yinlarda
bolalarning jismoniy madaniyatini tarbiyalash uchun yaxshi shart-sharoit yaratish
kerak.
Harakatli o`yinlar ertalabki va kechki sayr soatlarida tashkil etilib, kuniga 1-2
marta butun guruh, yoki guruxcha bilan o`tkazilishi kerak. O`rta va katta
guruxlarda turli xil sport o`yinlari o`tkazib turiladi. Hamma o`yinlar uchun kun
tartibidan vaqt ajratish va kerakli materiallar bilan ta'minlash tarbiyachining
zimmasiga yuklatilgan.
Kun davomida bir necha marta: ertalabki qabul vaktida, ertalabki va kechki
sayrda bolalarning mustaqil faoliyatlari tashkil etiladi. Bolalar o`zlariga tanish
bo`lgan didaktik va harakatli o`yinlarni o`ynaydilar, xoxlagan rasmlarini chizadilar,
xoxlagan narsalarini (plastilindan) yasaydilar, kitoblar, rasmlarni tomoSha
qiladilar, xoxlagan badiiy asarlarini tinglaydilar.
Bolalarning mustaqil faoliyati ular uchun dam olish soati hisoblanadi, ammo
ish bilan bir vaqtda bolalarning o`z-o`zini tashkil eta bilish qobiliyati o`sishiga,
xulq madaniyati irodaviy sifatlarining tarbiyalanishiga, jamoa munosabatlarining
shakllaniga yordam beradi.
Bolalar bilan amalga oshiriladigan tarbiyaviy ish yagona jarayon bo`lib,
hamma ta'lim-tarbiyaviy ishlarning bir-biriga bog`liqligi printsipiga rioya qilishni
takozo etadi.
1. Dasturning har bir bo`limi bo`yicha tevarak-atrofdagi xayot va ijtimoiy
voqealar bilan tanishtirish, nutqni o`stirish, musiqa tarbiyasi, matematika va shunta
o`xShaShlar bo`yicha bolalar bilan olib boriladigan ishda faqat shu bo`limga
taalluqli vazifalargina hal etilmay, shu bilan bir qatorda har tomonlama tarbiyala
shning bir qancha vazifalari ham amalga oshirib boriladi. Masalan: tasviriy faoliyat
mashulotining asosiy vazifasi bolalarga estetik tarbiya berishdir. Shu bilan birga
bolalar bu mashg`ulotlarda buyumlarning so`z bilan ifodalanishini, shakli, katta-
kichikligi, rangi, o`ziga xos xususiyatlarin bilib oladilar, axloqiy sifat va
munosabatlarni egallab oladilar.
Mashg`ulotlarda bolalarga bilim berish, tasavvur va tushunchalarini
kengaytirish, malaka va ko`nikmalarini shaklantirish bilan bir qatorda intizomlilik
va xulq madaniyati kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanib boradi. Bolalar tarbiyachining
boshqa tomonlari, masalan, mustaqillik, faollik, ijodiy qobiliyat, boshlagan ishni
oxiriga etkazish, birgalaShib o`ynash va ishlash, bamaslaxat ish tutish kabi shaxsiy
sifatlar har xil o`yin va maShg`ulotlar, mehnat va maishiy faoliyat bolalarning
butun xayoti davomida tarbiyalanib bor adi.
2. Tarbiyachi dasturning u yoki bu bo`limi bo`yicha
ishlarni
rejalaShtirayotganda boshqa bo`limlar bo`yicha ham mana shu yo`nalishda nima
ishlar amalga oshirilganini e'tiborga olishi kerak. Masalan, suhbat, hikoya qilib
berish,
bolalar
o`yinini
tashkil
etishdan
oldin
tarbiyachi
bolalarning
mashg`ulotlarda, ekskursiyalarda, sayrlarda, badiiy adabiyotni o`qib berganda
olgan taassurotlariga asoslanishi lozim. Tarbiyachi bolalarning syujetli-rolli,
saxnalashtirilgan, ko`rinish kabi ijodiy o`yinlarini tashkil etishda tasviriy faoliyat
bo`yicha mashg`ulotlarga tayyorlanishda qaysi badiiy adabiyotlarni o`rganish,
qanday qushlar va hayvonlarni kuzatish, qanday ashulalarni ijro etishlari, qanday
ekskursiyalarga borishlari lozimligini etiborga olishi kerak. Bu boshqa
tasavvurlariga asoslanib o`yin mazmunini, rasm qurish-yasash mavzusini belgilash
imkoniyatini yaratadi va ta'lim-tarbiyaviy iShlarning har xil bo`limlari o`rtasida
bog`liqlik bo`lishini ta'minlaydi.
Ishning bunday tashkil etilishi dasturning hamma bo`limlari bo`yicha bolalar
egallab olishlari lozim bo`lgan bilim, malaka, ko`nikmalarni yaxshiroq o`zlashtirib
olish, ulardan o`z faoliyatlaridagi har xil vaziyatda ham foydalana olish malakasini
tarbiyalaydi. Shu bilan birga bolalarda o`z-o`zini tashkil eta bilish, mehnat
madaniyati, o`z faoliyatini rejalashtirib olish, ma'lum maqsad bilan harakat qilish
kabi shaxsiy sifatlar tarbiyalanadi.
|