2.3 Ibn Sinoning kompleks tarbiya usullaridan maktabgacha ta’lim
muassasalari o‘quv mashg’ulotlarida foydalanishning samarali jihatlari.
Abu Ali Ibn Sinoning fikricha inson har tamonlama komillik sari intilmoqchi
bo‘lsa u har tomonlama tarbiyalanmog‘i muhim masalalardan hisoblanadi.
Ayniqsa, axloqiy jixatdan tarbiyalanganlikni etakchi o‘ringa kutaradi. Ibn Sinoning
fikricha aqliy tarbiya turli bilimlarni o‘rganish natijasida amalga oShsa, axloqiy
tarbiya ko‘proq yaxshi axloqiy xislatlarii mashq qildirish, odatlantirish, suhbat
orqali amalga oshadi deb ta’kidlaydi.
Ibn Sino axloqshunoslikning ayrim tuShunchalarini talqin etishda, ta’lim-
tarbiya, xususan axloqiy tarbiya masalalarida ham o‘z zamonasining ilg‘or
mavqeida turadi. Ta’lim-tarbiya:
1) avvalo aqliy tarbiya - yoshlarni ilm-fanga o‘rgatish;
2) jismoniy tarbiya,
3) axloqiy tarbiya,
4) estetik tarbiya,
5) yoshlarni ma’lum hunarga o‘rgatish tarbiyasi kabilarni o‘z ichiga oladi.
Aqliy tarbiya inson hayotida eng muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yoshlarni
o‘qitish, ilm-fanga qiziqtirish orqali amalga oShiriladi. Falsafa ilmlari, mantiq,
grammatika, tabiatshunoslik, inson aqlini tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir.
Ta’lim-tarbiyaning boshqa shakllarning muvaffaqiyati, aqliy tarbiya, ilm-fanni
egallash bilan uzviy bog‘liqdir.
Axloqiy tarbiya ham inson uchun nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo‘lib,
Ibn Sino axloqning muhim tomonlarini, tushunchalarini aniqlab olishga katta
e’tibor beradi. Eng muhim axloqiy boylik Ibn Sino ta’kidlashicha, bu adolatdir.
Adolat muvozanat, o‘rtalik tuShunchalari bilan bog‘liq. Ibn Sino o‘zining “Qush
tili” asarida, ikki yuzlamachilik, yolg‘onchilik, xoinlik kabi xislatlarni qoralaydi,
inson ustidan har qanday zo‘ravonliklarni inkor etadi. Ibn Sino axloqshunosligi o‘z
mohiyati bilan oqilona va insonparvarlik xarakterga egadir. Haqiqiy do‘stlik,
yaxshi do‘st ottirish, do‘stga sadoqatli bo’lish masalalari uning badiiy asarlarida
asosiy o‘rinni egallaydi.
Ibn Sino aqliy tarbiya turli bilimlarni o‘rganish natijasida amalga oshsa,
axloqiy tarbiya ko‘proq yaxshi axloqiy xislatlarni mashq qildirish, odatlantirish,
suhbat orqali amalga oshadi, deb ta’lim berdi.
Inson hissiy va ma’naviy talablarni ajratib olish imkoniyatiga ega ekan, bu
imkoniyat asta-sekin inson fe’l-atvoriga xos xislatga aylana boradi. Ibn Sino
insonning shakllanishida uning atrofini o‘rab olgan tashqi muhit, odamlar alohida
rol o‘ynaydi, ana shu tashqi muhit va odamlar insonning atrof-dunyoni
bilishigagina emas, balki uning hulqida yaxshi yoki yomon jihatlarning tarkib
topiShiga ham ta’sir etadi. Shuning uchun ham bolalarni tarbiyalashda ehtiyotkor
bo’lish kerakligini, bola yomon odatlarga o‘rganmasligi uchun, uni yomon
odamlardan, yomon muhitdan uzoqroq saqlash zarurligini uqtiradi.
Bugungi kunda ham maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga axloqiy tarbiya
berishda ham ushbu metod va usullarni qo`llash muhim ahamiyatga ega.
Axloqiy tarbiya metodlari-bolalarning axloqiy tasavvur va bilimlarini egallab
olishiga, ularda ma'daniy xulq va ijobiy munosabatlarni, shaxsning axloqiy xis-
tuyg`ulari va sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan faoliyat hisoblanadi. Axloqiy
tarbiya metodlari quyidagi guruhlarga bo`linadi:
I-guruh axloqiy ongni, ya'ni axloqiy tasavvur va bilimlarni, ularni bajarish
xoxishini shakllantirishga qaratilgan metodlar.
II-guruh madaniy xulq-atvor va ijobiy munosabatlarni shakllantirishga
qaratilgan metodlar.
III-guruh axloqiy xis-tuyg`ular va munosabatlarni rag`batlantirishga
qaratilgan yordamchi metodlardir.
Hamma guruh metodlari axloqiy xis-tuyg`ular va shaxsiy sifatlarni
tarbiyalashni ta'minlaydi.
Bu guruh metodlariga qo`yitladigan asosiy talablar: bolalarni yaxshilik va
yomonlik to`g`risidagi tasavvurlarini e'tiborga olish, axloqiy xulq-atvor normalarini
muhokama qiliSh uchun maxsus yaratilgan vaziyatda bolalarning o`zlarini faol
qatnaShtirish; har bir bolaning xis-tuyg`usiga extiyotkorlik bilan munosabatda
bo`liSh.
Bolani noo`rin tanqid qilish, uning ustidan kulish, unga nisbatan e'tiborsizlik
qilish qat'iyan man etiladi. Hamma metodlarda ma'lum izchillik bilan kompleks
ravishda foydalaniladi. Bu metodlarning asosiy vaziflari quyidagilarni o`z ichiga
oladi:
bolalarda ijobiy, axloqiy xislarni qo`zg`ata olish, asar qaxramonlariga
hamdardlik bildirish, yutug`idan quvonib, muvaffaqiyatsizligi birgalashib achinish;
bolalarga tushunarsiz bo`lgan ayrim axloq qoidalarning mazmunini ochib
berish;
axloqiy mavzulardagi hikoyalardan mashg`ulotlarda, sayrlarda, bolalarning
o`z xayoti bilan bog`liq bo`lgan joylarda ham foydalanish.
Shunday qilib, bolalarning axloqiy tasavvur va tushunchalarni egallab olib,
uni kundalik odatga aylantirishlari uchun bolalarning kattalar rahbarligidagi qizg`in
faoliyati tashkil etilishi lozim. Tarbiyachi bola shaxsida axloqiy xis-tuyg`ularni
tarbiyalaSh uchun hamma vosita va metodlarni qo`llaydi, chunki u shunday
qilingandagina yaxshi xulq namunalarini o`rgatishi mumkin.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda jamoachilik munosabatlarining
boShlangich belgilari axloqiy sifatlarning murakkab guruhidir. Bunda bolalarning
do`stlashishi, birga o`ynash va mehnat qilish xoxishi, qobiliyati, boshqalarning
xoxishi, qiziqishi bilan hisoblasha olishi, bir-biriga yordam bera olishi, topshiriqni
vijdonan bajarishi, umumiy ish va umumiy narsa, buyumlar uchun g`amxo`rlik
qilish kabi axloqiy sifatlar majmuasi kiradi.
Bunday xis-tuyg`u, tasavvur, tushunchalar bola shaxsining ijtimoiy
yo`naltirilgan xolda shakllanishiga yordam beradi, bolada insonparvarlikning
dastlabki namunalari shakllaniiga ta'sir etadi.
Kichkintoylarda tarbiyalanadigan axloqiy xususiyatlar, xulq-atvor qoidalari
orasida insonparvarlik muhim o`rin tutadi.
Ibn Sino ilmiy-axloqiy merosini asosiy qiymati va qudrati keng va kuchli
insonparvarlik g‘oyasidir. Bizga ma’lumki, juda ko‘plab O‘rta asrlar sharq
allomalari va mutafakkirlari ijodining asosiy yo‘naliShi inson va insonShunoslik
g‘oyasi bilan sug‘orilgan qarashlari, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi fikrlari
hisoblanadi. Shuning uchun ham ular ijodida ta’lim-tarbiya masalalari keng o‘rin
egallagan. Ushbu masalada Ibn Sino qarashlarida o‘ziga xosliklardan biri chuqur
haqiqiy bilim egasi bo’lish uchun, deydi alloma, inson chidamli, mushkulotdan
qo‘rqmaydigan, aqlli, odobli, kamtar va boshqa bir qator axloqiy sifatlarga ega
bo’lishi kerak.
Insonparvarlik xissi axloq normalari va qoidalarini o`rgatish asosida
rivojlanadi. Buning uchun bolalarni yaxshi ishlarni qilishga o`rgatib borish kerak.
Insonparvarlikni tarbiyalashda bolalarning yoshini e'tiborga olish zarur. Kichik
bolaga yaxshi bo`lish kerak deganingiz bilan u yaxshi bo`lib qolmaydi, chunki
unda yaxshilik va yomonlikni to`g`ri tahlil qilish xayotiy tajribasi etishmaydi. Eng
muhimi, bu yoshdagi bolalar yaxshi ishlar qilishga o`rgatiladi va bunda har bir
qulay vaziyatdan foydalaniladi: yiqilib tushgan bolani turg`azib qo`yishga yordam
berish, uning ustki kiyimini qoqib qo`yish, yupatish, yaxshi so`zlar aytib ko`nglini
ko`tarish, o`simlik va hayvonlarni parvarish qilish, o`yinchog`ini o`rtog`iga berib
turish, tik turgan kishiga joy ko`rsatish, eng muhimi boshqalarga ko`rsatgan
xizmatidan xursand bo`lishga o`rgatish va hokazo.
Ibn Sino aqliy, ahloqiy tarbiya bilan bir qatorda inson kamolotida jismoniy
tarbiyaning muhim ahamiyatini ham nazariy, ham amaliy jihatdan tahlil etadi.
Ibn Sinogacha insonning kamolga etishida jismoniy tarbiyaning ta’siri haqida
bir butun, yaxlit, ta’limot yoritilmagan edi. Ibn Sino birinchi bo‘lib jismoniy
tarbiyaning ilmiy pedagogik jihatdan bir butun tizimini yaratdi.
Jismoniy mashqlar, to‘g‘ri ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish tartibiga
rioya etish inson sog‘lig‘ini saqlaShda muhim omillardan ekanligini ham ilmiy
ham amaliy jihatdan asosladi.
Bolaga ham hali u tug‘ilmasdan turib g‘amxo‘rlik qilish, go‘daklik lavridan
boshlab tarbiyani boshlash zarurligini ta’kidlaydi. Bolaning etuk nson bo‘lib
shakllanishida unga g‘amxo‘rlik, poklik, mas’uliyatni his etish, do‘stona
manosabatlar tuyg‘usini singdirib borish zarur, deydi olim.
Chunki, Ibn Sino merosinining asosiy qimmat va qudrati uning keng va
kuchli gumanistik mazmunidir.
Demak, Ibn Sinoning shaxsiy faoliyati dunyoviy ilmlarni o‘rganish haqidagi
ta’limotlari, ta’lim-tarbiya haqidagi mulohazalari, umuminsoniy pedagogik fikr
taraqqiyotida o‘ziga xos o‘rinni egallaydi.
Inson yashab to‘rgan ijtimoiy muhitida hissiy va ma’naviy talablarni ajratib
olishi va shu avlod hartamonlama rivojlanishlari uchun sharq mutafakkirlarning
ma’naviy-ma’rifiy qarashlarini va ularni imkoniyatlarini to‘liq o‘rganib chiqish, bu
imkoniyatlar asta-sekin inson fe’l-atvoriga xos xislatga aylana boradi.
Shunday ekan, bola shaxsini shakllantirish murakkab ishligi va bularning
barchasi jismoniy mehnat sarf qiliSh orqali amalga oshirilishini hamda inson
sog‘lom fikrlash uchun avvalambor jismonan baquvvat va sog‘lom bo’lishi
kerakligini aytib o‘tadi.
Ushbu alloma yosh avlodni jimonan sog‘lom bo‘lib o‘sishi uchun, aqlan
teran, ruhan tetik bo’lishida bolalar o‘yinining ahamiyatini alohida e’tirof etadi va
bolalarning o‘yinlari uchun sharoit yaratib berish kerakligini ta’kidlaydilar.
Jumladan, «Har bir yoshning o‘z qonuni bor, bolalikning qonuni – bu o‘yin», -
degan edi. Darhaqiqat, o‘yin O‘rta osiyo xalqlari bolalari hayot tarzining ajralmas
qismidir. Bolalar o‘yini – salomatlikni ma’naviy va jismoniy tarbiyalash
maktabidir. O‘yinning maqsadi bolalarni jismoniy jihatdan rivojlantirish va
fantaziyasini, tasavvurlarini o‘stirishdan iborat. O‘yin orqali bolalar bilim va
ma’lumot oladilar. Tevarak-atrof, voqea-hodisalar bilan tanishadilar, buyumlar,
qushlar va hayvonlar, o‘simliklar dunyosi haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar.
kishilar hayoti, mehnati, turmush tarzi, o‘zaro munosabatlarini tushunib boradi.
o‘yinda kattalar xatti-harakatiga taqlid qiladilar. Milliy o‘yinlar orqali bolalar
voqea-hodisalarga nisbatan o‘z munosabatlarini bildira boshlaydi, nima yaxshi-yu
nima yomonligini bir –biridan farqlaydi.
O‘yin jarayonida ham halol va to‘g‘ri o‘ynashga, g‘irromlik qilmaslikka, bir-
birini aldamaslikka chaqiradilar. Xalq o‘yinlari bolalarning ma’naviy va axloqiy
kamolotida, ularning komil inson bo‘lib voyaga etishida g‘oyat katta tarbiyaviy
ta’sir kuchiga ega. O‘yin timsolida bola jamoa bo‘lib yashashga, mehnat qilishga,
uyushqoqlikka
va
mustaqillikka,
tashabbuskorlikka
o‘rganadilar. Zero,
pedagoglarimiz “Bolalarning birgalikdagi o‘yinlariga halaqit bermang. Chunki u
ilk jamoa kurtaklaridir”,- deb bejiz aytmaganlar. Shuningdek, o‘yin qoidalariga
rioya qiliSh barobarida ularda intizomlilik, tartiblilik Shakllanadi. Insoniy
fazilatlar va axloqiy sifatlar tarkib topadi. Ularda do‘stlik, o‘rtoqlik, inoqlik,
mehnatsevarlik tuyg‘ulari rivojlanadi. Turli kasb-hunarga qiziqiShlari ortadi,
dunyoqarashi shakllanadi. Shu davrdanoq bola katta bo‘lsa qanday kasb-hunar
egasi bo’lishi to‘g‘risidagi dastlabki xulosalarni chiqaradi.
O‘rta osiyoda X-asrgacha jismoniy mashg‘ulotning kishi organizmiga ta’siri
to‘g‘risida ma’lum bir ta’limot bo‘lmagan edi. Kishi organizmini chiniqtirishda
jismoniy mushg‘ulotning roli katta ekanligini tabiiy-ilmiy tomondan Ibn Sino
asoslab berdi. U muntazam jismoniy mashq qilib turish, boshqa rejimlarga
(ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish) qatiy rioya qilish sog‘liqni saqlashda eng
muhim va asosiy vositalardan biridir, deb ta’kidlagan.
Abu Ali ibn Sinoning takrorlanmas “Tib qonunlari”da “Sog‘lom tana ruhning
ham sog‘lom bo’lishiga sabablidir” degan o‘gitlari mavjud. U odamlarning uzoq
umr ko’rishlari haqida g‘amho‘rlik qilib, ularga butun hayoti davomida sog‘lom
yashash va sog‘likni mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan rejimni o‘rgatadi. U
yoshi va sog‘ligiga mos keladigan ovqat tanlab iste’mol qilish, turar joy va tanani
toza tutish, shuningdek jismoniy mashqlarni qilish, uzoq umr ko’rish vositalari deb
hisoblaydi.
Tabiatni asrash, uning boyliklari qadr-qimmatini, uning manfaati uchun
astoydil kurashni bola ongiga singdirib borish kerak ekanligi haqida qomusiy olim
Abu Ali Ibn Sino (980-1037)ning ilmiy faoliyatida ham ko’rishimiz mumkin.
Uning «Tib qonunlari» asari tibbiyot ilmining qomusi bo‘lib, o‘rta asr tibbiyot ilmi
taraqqiyotining oliy cho‘qqisi hisoblanadi. Kishi organizmiga tashqi muhit ta’siri
muhimligini bilgan alloma ayrim kasalliklar suv va havo orqali tarqalishi haqida
fikr bayon etgan. Shunday ekan tabiat boyliklarini asrash, undan oqilona
foydalanish kerakligi, ushbu boyliklarni qadriga yetish haqida keksa-yu yoshlarga
ko`plab ma`lumotlar bergan. Olim, bolaga ta’lim-tarbiya berishda tabiat, atrof-
muhit katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o`tgan.
Ibn Sino bolaning ta’lim va tarbiyasi masalasiga ijodiy yondashadi. U nafaqat
hakim, balki pedagog sifatida bola tarbiyasida ijtimoiy va biologik omillar katta
ahamiyat kasb etishini asoslaydi. U ta’limni ijodga yo‘naltiruvchi kuch sifatida
baholaydi. Buyuk hakim insonning erkin rivojlanishi huquqi asosidagi g‘oyalarni
o‘z asarlarida bayon etadi. Hanuzgacha Ibn Sinoning shaxsni jamoa ta’sirida
tarbiyalash g‘oyasi ilg‘or pedagogik g‘oya sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan,
deyishimiz mumkin. Uning ta’kidlashicha, agarda o‘quvchilar birgalikda ta’lim
olsalar, zerikmaydilar, o‘zaro hamkorlik istagi paydo bo‘ladi. Bu bir-biridan ortda
qolmaslik, ijobiy ma’nodagi raqobat muhitini yaratadi.
Abu Ali Ibn Sinoning mehnatsevarlik tarbiyasi borasidagi fikrlari ham
diqqatga sazovordir. Jumladan u har bir bolani biror hunarga o’rgatmoq, shart
deydi. Yosh yigit biron hunarni o’rgansa, uni hayotga tatbiq eta olsa va mustaqil
hunar tufayli oilani ta’minlay oladigan bo’lsagina otasi uni uylantirib qo’ymog’i
lozim, deb hisoblaydi. O’spirin hunar egallashi bilan unda nafaqat axloqiy hislar,
balki xarakterning irodaviy hislatlari ham tarkib topa boshlaydi. Hunar egallash
orqali o’spirinlardan sabrbardoshlik, chidamlilik, mehnatsevarlik, ishbilarmonlik,
tadbirkorlik, zukkolik kabi insoniy sifatlar shakllanadi. Ibn Sino har bir insonning
mijozidan kelib chiqqan holda unga alohida e’tibor berish kerakligini ta’kidlashi
tufayli juda katta amaliy ish qilganligiga guvoh bo’lish mumkin. Uning fikricha,
har bir inson faqat unga tegishli bo’lgan xususiyatlargagina egadir, unga o’xshash
insonlar kamdan-kam bo’ladi.
3
Bugungi kunda har bir oilada, ta’lim-tarbiya maskanlarida yoshlar tarbiyasini
takomillashtirishda milliy urf-odatlarga, qadriyatlarga, tilimizga bo‘lgan e’tiborni
milliy o‘yinlar kengaytirishimiz misolida ta’lim-tarbiyani amalga oshirish ijobiy
pedagogik samara bermoqda.
Yosh avlodning aqliy va axloqiy sifatlarini
rivojlantirishda jismoniy tarbiya asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. O‘zbekiston
Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonunida ta’kidlab
o‘tilishicha: “Maktabgacha yoshdagi bolalar, o‘quvchilar, talabalar salomatligini
asrash va mustahkamlash, ularda jismoniy barkamollik ehtiyojini shakllantirish
maktabgacha tarbiya muassasalari va o‘quv yurtlarining asosiy vazifasi
hisoblanadi”.
Pedagogik ta’limotlarida shaxsning shakllantirishda quyidagi holatlar alohida
ta’kidlangan: anatomik holat; fiziologik holat; pedagogik holat; psixologik holat va
jismoniy holatlar e’tirof etilgan anatomik va fiziologik, jismoniy holatlar jismga,
pedagogik va psixologik holatlar esa shaxs tarbiyasi va ruhiyatiga yo‘naltirilgandir.
Shu bilan bir qatorda milliy qadriyatlar, urf-odatlar, milliy sport o‘yinlari
negizida olib borilgan mashg‘ulotlar yoshlar tarbiyasida milliy ruhiyatni, milliy
urf-odatlarimizni, milliy an’analarni rivojlanishini ta’minlaydigan omillardan biri
bo‘lib hisoblanadi.
3
O'sha asar. 59 b.
Ibn Sino kishining anatomik va fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda
Dostları ilə paylaş: |