O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti amanova nigoraning



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix23.04.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#101676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
622d061c01b1886c4b4f051797decfe3 Maktabgacha ta’lim muassasalari o‘quv mashg‘ulotlarida Al Beruniy va Ibn Sinolarning bola tarbiyasiga doir qarashlaridan samarali foydalanish”

 
 
XULOSA
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI


KIRISH 
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi: Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan 
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohadagi islohotlar ta’lim tizimida ham 
yangilanishlar bo’lishini taqozo etmoqda. Ta’lim sohasini isloh qilishga oid davlat 
siyosati ta’lim tizimi rivojlanishi strategiyasining ustuvor yo’nalishlarini belgilab 
berdi. 1997 yil 29-avgust O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida 
qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ta’lim tizimini tubdan isloh qilishda amaliy 
dastur bo’ldi. Ta’lim sohasidagi mazkur hujjatlar Respublikada ta’limning ijtimoiy-
iqtisodiy, ma’naviy-madaniy rivojlantirishning ustuvor sohasi ekanligi e’tirof 
etilgani holda, xalq ta’limi sohasining barcha yo’nalishlarida modernizasiyalash 
ishlariga katta yo’l ochildi. Ta’lim islohotlaridan asosiy maqsad – xalqning boy 
intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida zamonaviy madaniyat, 
iqtisodiyot, fan va texnika, texnologiyalarning yutuqlari asosida shaxsning 
ma’naviy sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirishdan iborat. Shunga ko’ra 
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: 
«Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar 
mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni 
tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi» 
[8, 137]. 
Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar muvaffaqiyati, jamiyatning axloqiy 
va ma’naviy takomili ko’p jihatdan yoshlarning ma’naviy tarbiyasiga bog’liq. Bu 
vazifani hal etish uchun maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim-tarbiya
jarayonida xalqimiz tarixi, madaniyati, ma’naviyatiga yangicha qarash, uni
bugungi kun nuqtai nazaridan o’rganish, baholash va ulardan yosh avlodni 
ma’naviy sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirishda foydalanish maqsadga muvofiq. 
Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ta’lim-tarbiya tarixi boy ma’naviy merosga ega 
bo’lib, uni o’rganish va ta’lim iste’moliga kiritish kadrlar tayyorlash milliy 


modelida ko’rsatilganidek, har tomonlama barkamol insonni tarbiyalash va 
rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Sharq mutafakkirlarining pedagogik ta’limoti hamda Ma’mun akademiyasi 
olimlari yaratgan o’lmas asarlar dunyo fani va sivilizasiyasiga qo’shilgan mislsiz 
hissadir. Ular orasida Abu Rayhon al-Beruniy (973–1048), Abu Ali ibn Sino (980–
1037) larning asarlari alohida o’rin tutadi. Ularning didaktik asarlarida ifodalangan 
sahovatlilik, insonparvarlik, halollik, do’stlik, Vatanga muhabbat, tabiatga nisbatan 
ehtiyotkorona munosabat, mehnatsevarlik, sabr-qanoatlilik, xushmuomalalik, 
mardlik, e’tiqodlilik, adolatlilik, sadoqatlilik, jonajon o’lkaga muhabbat, ijodkorlik, 
zukkolik, poklik, qanoatlilik, to’g’rilik hamda boshqa milliy va umuminsoniy 
sifatlarni maktabgacha ta’lim muassasalari mashg’ulotlaridanoq farzandlarimiz
ongiga singdirish ma’naviy ta’lim-tarbiyaning asosiy talablaridan hisoblanadi. 

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin