622d061c01b1886c4b4f051797decfe3 Maktabgacha ta’lim muassasalari o‘quv mashg‘ulotlarida Al Beruniy va Ibn Sinolarning bola tarbiyasiga doir qarashlaridan samarali foydalanish”
„Jismoniy mashq kishini ketma-ket chuqur nafas olishiga majbur qiladigan
ixtiyoriy harakatdir", - deb jismoniy mashg‘ulotga tarif beradi.
Shuning uchun ham Ibn Sino jismoniy mashq bilan mustaqil
shug‘ullanadigan kishining organizmi juda mustahkam bo‘lib, har qanday
kasalliklarni yengib o‘tishga qodir bo’lishini isbot qilishga harakat qiladi. Ibn Sino
kishi organizmini chiniqtirishda tabiatning tabiiy kuchlaridan: havo, suv,
quyoshdan jismoniy mashg‘ulotlar bilan qo‘shib olib borish va foydalanishga katta
etibor beradi.
Olimning fikricha, kishi organizmi chiniqtirishning birdan bir omili sof
havoda davomli sayr qilish, sayrni har xil harakatlar, jismoniy mashqlar bilan
qo‘shib olib borilishi kerak. Ayniqsa, yosh bolalarga ko‘proq sof havoda har xil
harakatli mashqlar qildirilishi ularning organizmini chiniqtirishda katta ahamiyatga
ega ekanligini ta’kidlaydi.
Ibn Sino jismoniy tarbiya to‘g‘risidagi fikrlarda faqat jismoniy mashqqa ta’rif
beribgina qolmasdan, balki uning tarkibida har xil usul borligini va ulardan qanday
qilib foydalanish kerakligini ham ko‘rsatib o‘tadi. Ibn Sino jismoniy
mashg‘ulotning roli haqida gapirar ekan, uning kishi organizmi uchun foydali
ekanligini ta’kidlaydi va jismoniy mashg‘ulotga odamning shu jarayonida
qiladigan harakatlari va maxsus jismoniy mashq harakatlari kiradi, degan fikrni
ilgari suradi.
Maxsus jismoniy mashqlarga Ibn Sino quyidagicha: “Kichik yoki katta, juda
tez yoki sekin mashqlar bo‘ladi" ,- deydi
Tez harakatlarga:tortinish, tez yurish, nayza otish, qilichbozlik va
nayzabozlik, otda yurish, yuqoridagi bir narsaga irg‘ib osilish, bir oyoqlab sakrash,
ikki qo‘lni silkitish, arqonda yurish, oyoq uchlarida turib qo‘llarni oldga va orqaga
cho‘zish hamda tez harakat qilishlarni kiritadi.
Juda muloyim va engil mashqlarga:arg‘imchoqlarda uchish, qayiq yoki