O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti ishanova m



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/78
tarix23.03.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#54058
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   78
fayl 773 20210505

Tayanch tushunchalar: oila, muloqot, muloqot uslublari, avtoritar, liberal, 
demokratik uslub, oiladagi muloqot. 
 
Muloqot – yunoncha so‘z bo‘lib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va o‘zaro 
fikr  almashuv  ma’nosini  bildiradi  hamda  ikki  yoki  undan  ortiq  kishilarning 
so‘zlashuvida  paydo  bo‘ladi.  Inson  muloqot  jarayonida  ijtimoiy  tajriba,  ta’lim-
tarbiya, turli munosabatlar, axloqiy me’yorlar g‘oya va mafkura omillari ta’sirida 
yashab  ijtimoiylashadi  va  shaxs  sifatida  kamolotga  etadi.  Kishilar  o‘rtasidagi 
o‘zaro  muloqot  pedagogik-psixologik  fanlarning  asosiy  kategoriyalaridan  biri 
hisoblanib,  u  o‘z  ichiga  shaxslararo  munosabatning  eng  muhim  mexanizmlarini 
qamrab oladi.  
Psixologiya  fanida  muomala  kategoriyasi  keng  ma’noda  tushuniladi  hamda 
hamkorlik faoliyatining ichki  aloqasini  mujassamlashtirib,  o‘zaro ta’sir va o‘zaro 
munosabatni aks ettiradi va ijtimoiy protsessual faoliyatni ifodalaydi.  
Pedagogikada  muloqot  o‘qituvchi  va  o‘quvchilar  jamoasining  o‘zaro  ta’sir 
malakasi, usuli va tizimini anglatib uning mohiyati, o‘zaro axborot almashishida, 
ta’lim  va  tarbiyaviy  ta’sir  o‘tkazishida,  o‘zaro  bir-birlarini  tushunishga 
erishishlarida namoyon bo‘ladi hamda quyidagi xususiyatlarga ega:  

 
muloqot  o‘qituvchining  pedagogik  faoliyatida  eng  muhim  kasbiy  qurol 
hisoblanadi;  

 
muloqot  jarayonida  uni  maqsadga  muvofiq  amalga  oshirishni  ta’minlash 
uchun ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qonuniyatlar muhim ahamiyatga ega;  

 
o‘qituvchi  va  o‘quvchi  munosabatlarining  eng  muhim  tarkibiy  qismi 
muloqot  sanalib,  motivatsiyada  motiv  qanday  ahamiyat  kasb  etsa,  u  ham  xuddi 
shunday muhim rol o‘ynaydi; 


126 
 

 pedagogikada  muloqot  –  o‘qituvchining  o‘quvchilarga  ta’sir  o‘tkazish 
asosida  o‘zaro  munosabatini  faol  tashkil  qilishi,  muayyan  bir  maqsadni  dastur 
asosida amalga oshirishning rejalashtirilgan funksiyasini bajarishidir;  

 muloqot  –  hamkorlik  faoliyatining  ehtiyojidan  vujudga  kelib  chiqadi  va 
shaxslararo munosabat rivojlanishining ko‘p qirrali jarayoni hisoblanadi;  

 
noto‘g‘ri  pedagogik  muloqotdan  o‘quvchilarda  qo‘rquv,  o‘z  kuchiga 
ishonchsizlik  paydo bo‘ladi, ularning diqqat-e’tibori, ishchanlik harakati susayadi, 
nutq dinamikasi buziladi, mustaqil va erkin fikrlash qobiliyati pasayadi.  
Pedagogik muloqot- bu o‘qituvchining  o‘quvchilar bilan darsda va darsdan 
tashqari  faoliyatda  eng  qulay  psixologik  muhitni  vujudga  keltirib,  ijobiy  ruhiy 
iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi kasbiy munosabatidir.  
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro yaqin muloqotidan asosiy maqsad:  

   salbiy  holatlarni  vujudga  keltiruvchi  barcha  jarayonlarga  barham 
berish; 

 
o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish; 

 
o‘quvchilarni  faollikka,  erkin  fikrlashga,  o‘z  fikr  mulohazalarini 
cho‘chimasdan bayon qilib unga tayanishga o‘rgatish;  

 
o‘quvchilarning yashirin qobiliyatlarini rivojlantirish; 

 dars  va  darsdan  tashqari  jarayonlarda  quvonch  va  shodlik  kayfiyatini 
paydo qilish.  
A.S.Makarenkoning fikricha, o‘qituvchi muloqoti hurmat va talabchanlikka 
asoslangan munosabat shaklida bo‘lishi lozim.  
V.D.Suxomlinskiy  o‘qituvchining  "…maktab  hovlisida  gapirgan  har  bir 
so‘zi puxta o‘ylangan, aql va mulohazalarga boy, ma’lum bir tarbiyaviy maqsadga 
qaratilgan bo‘lishi kerak",- deb ta’kidlaydi. O‘qituvchining har bir so‘zi olimning 
fikricha,  nafaqat  o‘quvchi  qulog‘iga  aytiladi,  balki  uning  qalbiga  ham  qaratilgan 
bo‘lishi  shart.  Umuman,  ilg‘or  o‘qituvchilarning  fikricha,  ta’lim  va  tarbiya  faqat 
o‘qituvchi  va  o‘quvchining  o‘zaro  hamkorlik  pozitsiyasi  asosidagi  muloqot 
jarayonida quriladi.  


127 
 
 
O‘qituvchining  pedagogik  muloqoti  ijtimoiy-psixologik  jarayon 
bo‘lib, quyidagi funksiyalar bilan xarakterlanadi: 
 
 
 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin