O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti filologiya fakulteti qo‘lyozma huquqida sobirova qizlarxon


Yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni turli jihatlariga ko‘ra tasniflash mumkin



Yüklə 85,74 Kb.
səhifə11/25
tarix02.01.2022
ölçüsü85,74 Kb.
#34765
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
ozbek tilida ozlashma neologizmlarning mavzuviy guruhlari

Yangi paydo bo‘lgan so‘zlarni turli jihatlariga ko‘ra tasniflash mumkin. Avvalo, ularni ijtimoiy-siyosiy atamalar: vazir, vazirlik, devonxona, hokim, tuman, agrofirma, fermer kabi;

iqtisodiy atamalar: diler, lizing, injenering bozor infrastrukturasi;

ilm-fan, texnikaga oid atamalar: internet, kompyuter, diskovod, skaner;

maktab-maorifga tegishli bo‘lgan leksik birliklar: akademik litsey, kollej, dastur singari o‘nlab yo‘nalishlarga bo‘lib yuborish mumkin.

O`zlashma neologizmlar ichida o‘tkinchi, shoshma shosharlik bilan, sun’iy ravishda hosil qilingan leksemalar ham uchraydi. Masalan: majalla, jarida, oynoma, ochqich, yozg‘ich, barnoma, oliy bilimgoh kabi. Ularni xalq qabul qilmay tezda iste’moldan chiqarib yubordi. O`zlashma neologizmlarning aksariyati quyidagi ikki xil usul bilan:

Ichki imkoniyatlar asosida (so‘z ma’nosining kengayishi, derivatsiyani qo‘llash hisobiga): oshkoralik, muqobillik, qayta qurish, kimoshdi savdosi, hokim, devonxona.

Tashqi imkoniyat hisobiga (chetdan so‘z olish orqali): modemogramma, videoapparatura, matiz, kik boksing, karate, damas, tiko, neksiya.

O`zlashma neologizmlar tilning ifoda imkoniyatlari darjasini belgilaydi. Mustaqillik  yillarida  hayotimizda katta o`zgarishlar ro`y berdi. Yangi-yangi tushunchalar vujudga keldi. Yangi tushunchalar ko`proq tilning ichki 

imkoniyatlari:

a) shevalardan so`z olish;

b) so`z  yasash imkoniyatidan foydalanish asosida yuzaga keladi. 

Ba’zan  yangi  tushunchalar  boshqa  tillardan  so`z  olish  yo`li  bilan  ham ifodalanadi.

Bunday so`zlar olinma so`zlar hisoblanadi.Shuni bilingki, dunyoda boshqa tillardan so`z olmaydigan bironta ham til yo`q. 

Kurash, yonbosh, chala, halol so`zlari dunyoning barcha tillariga kirib borayotgani kabi bizning tilimiz ham turmushimizga kirib kelgan bir qator yangi tushunchalarni ifodalovchi olinma so`zlar hisobiga boyib bormoqda.


Yüklə 85,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin