O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti filologiya fakulteti qo‘lyozma huquqida sobirova qizlarxon



Yüklə 85,74 Kb.
səhifə8/25
tarix02.01.2022
ölçüsü85,74 Kb.
#34765
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
ozbek tilida ozlashma neologizmlarning mavzuviy guruhlari

O‘zlashgan qatlam - o‘zbek tili leksikasining boshqa tillardan o‘zlashtirilgan leksemalardan iborat qismi. Masalan, maktab (arabcha), daraxt, gul (fors-tojikch), axta, bahodir (mo`g`ulcha), afandi (turk), ravshan (so`g`dcha), traktor, avtobus (ruscha baynalmilal) va boshqalar. Bu qismda arab, fors tojikcha va rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlar ko‘pchilikni tashkil etadi.

Fors-tojik tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlar. Tarixchi B.G`ofurovning yozishicha, o`zbek va tojik xalqlari o‘rtasidagi yaqinlik milodiy VI asrda boshlangan. O‘zbek va tojik xalqlari juda uzoq davrlardan beri yonma-yon yashab bir-birlariga doimo xo‘jalik, iqtisodiy – ijtimoiy va madaniy munosabatlarda bo‘lib kelganlar.

Hozirgi o‘zbek tilida fors-tojik tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlar orasida otlar (sartarosh, bazm, barg), sifatlar (badbo‘y, badjahl, ozoda), ravishlar (banogoh, do‘stona, tez), bog`lovchilar (chunki, yoki, agar), yuklamalar (xo‘sh, xuddi), modal so‘zlar (chunonchi, binobarin), undovlar (balli, dod) uchraydi.

Fors-tojik tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlarda:


  1. so‘z oxirida undosh tovushlarning qatorlashib kelishi ancha keng tarqalgan: g’isht, go‘sht;

  2. kuchsiz lablangan o unlisi so‘zning barcha bo‘g`inlarida qo‘llaniladi: ohang, nobud, bahor.

Shuningdek, fors-tojik tilidan o‘zbek tiliga bir qator prefiks va suffiks o‘zlashgan: Prefikslar -be-, ba-, no-, ham-, kam-; suffikslar: -kor, -zor, -xo‘r, -parvar, -kash, -paz va boshqalar. Ular dastlab fors-tojik so‘zlari tarkibida qo‘llangan, keyinchalik o‘zbek tilining so‘z yasovchi affikslarning qatoridan o‘rin olib, yangi so‘zlarning yasalishida ishtirok etgan: kamsuqum, bebosh, barkamol, hamyurt.


Yüklə 85,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin