O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti filologiya fakulteti qo‘lyozma huquqida sobirova qizlarxon


O`ZBEK TILI LEKSIKASIDA QATLAMLARNING PAYDO BO`LISHI



Yüklə 85,74 Kb.
səhifə6/25
tarix02.01.2022
ölçüsü85,74 Kb.
#34765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
ozbek tilida ozlashma neologizmlarning mavzuviy guruhlari

1. O`ZBEK TILI LEKSIKASIDA QATLAMLARNING PAYDO BO`LISHI.

1.1. Tilning boyish manbalari.
Til – millat ko`zgusidir. Uning o`zligini, ma’naviy qiyofasini ko`rsatib beruvchi bebaho boylikdir. Ona tilini muqaddas bilish o`zini, qadr-qimmatini, g`ururini anglash, tarixini, milliy qadriyatlarini hurmat qilish demakdir.

Insonning ma’naviy kamolotga erishuvida, jamiyatning madaniy-ma’rifiy rivojida ona tili muhim o`rin tutadi. Til milliy ma’naviyat, ma’rifat va madaniyatning ko`zgusidir. Hadisda Kishining zebu ziynati, go`zalligi uning tilidadir” deyiladi. Har bir xalq, millat o`z tiliga hurmat bilan qaraydi. Chunki til millatning tamal toshi, u boy berilsa, millat ham boy beriladi. Yurtboshimizning “Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir. O`z tilini yo`qotgan millat o`zligidan judo bo`lishi muqarrar”, deb ta’kidlagani bejiz emas. Demak, millatning borligi va birligining bosh belgisi tildir.

Dunyodagi qay bir xalqni olmaylik, uning jahon sivilitziyasidagi o’rni va mavqei, betakkror milliy o`zligi va tarixiy tajribasi bilan belgilanadi. Milliy o`zlikning birinchi belgisi bu milliy til bo`lib, u millatning millat bo`lib shaklllanishida muhim shartlardan biri hisoblanadi. Til bo`lmasa el ham, millat ham bo`lmaydi. Elni – el, millatni millat darajasiga ko`taradigan, uning yashashi va faoliyatini belgilab turadigan vosita til ekan, u bilan butun insoniy qiyofalar shakli shamoyiliga ega bo`l`adi. Xalqning madaniy - ma’naviy boyligi, aql idroki va tafakkuri, ilmiy, tarixiy madaniy boyliklari uning tilida o`z ifodasini topadi. Shu ma’noda til xalqning qalbi va borlig`idir. Til xalqning buyuk va bebeho ma’naviy boyligi, bitmas tuganmas xazinasidir.

Til ─ jamiyat boyligi, u jamiyat a’zolarining o`zaro aloqasini amalga oshiradi, insonning moddiy va ma’naviy turmushida ro`y beradigan barcha voqea va hodisalar haqidagi bilimlarni jamlaydi va ulardan xabardor qiladi. Til ayni ma’noda asrlar mobaynida shaklllanadi va mavjud bo`ladi. Mamlakatimizda ma’naviyat sohasida olib borilayotgan islohotlarda til muammolariga, xususan davlat tili masalalariga alohida e’tibor qilinayotganligi bejiz emas.

Leksika eng harakatchan, doim rivojlanuvchi komponent hisoblanadi. Jamiyatda yuz berga yangiliklar, rivojlanish va o`zgarishlar leksikada o`z ifodasini topadi.

Leksikaning rivojlanishi ikki yo’nalishda boradi. Bir tomondan, leksika o`z taraqqiyoti jarayonida jamiyat taqqiyotida yuz bergan tarixiy o`zgarishlarni, yangiliklarni ifodalash orqali boyiydi. Leksika boshqa tillarda qabul qilingan so`zlar, yaratilgan yangi so`zlar, yangicha atamalar, yangicha iboralar so`zlarning o`z ma’nolarini o`zgartirishlari hisobiga boyiydi. Leksikada yuz bergan o`zgarishlar til sistemasiga bog`lq bo`lmaydi. Ikkinchi tomondan, leksika o`zida mavjud bo`lgan so`z vositalar yordamida yangi so`zlar yasash hisobiga boyiydi.

Yuqorida aytib o`tilgan jarayon til sistemasi (grammatikasi) bilan bevosita bog`liq bo`ladi.

Til sistemasi bilan bevosita bog`liq bo`lmagan tarzda leksikaga kirib kelgan so`zlar o`zlari shakllangan ma’lum bir davrni, jamiyatni qisman ifodalaydi.

Leksikaning rivojlanishi, boyishi quyidagi yo’llar bilan amalga oshadi:

1. Boshqa tillardan so`zlar o`zlashtirish yo`li bilan;

2. Tilda qo`llanilib kelgan ayrim so`zlarning yo`qolishi;

3. So`zlarning o`z ma’nolarini o`zgartirishi, va bu jarayon quyidagicha amalga oshishi mumkin:

a) so`z ma’nosining to`liq o`zgarishi;

b) omonim so`zlarning paydo bo`l`ishi;

d) so`z ma’nolaring kengayishi;

e) so`z ma’nolarining torayishi.

Tillar bir- biridan himoyalanmagan. Bir til boshqa bir tildan tovushlar, so`zlar va birikmalarni o`zlashtirishi mumkin.

O`zlashtirish, ya’ni o`zlashtirilayotgan til tomonidan so`z boyligini yanada oshirish, o`zlashma neologizmlarni yanada mukammal, jarangdor bo`l`ishiga, ya’ni o`zlashtirgan tilning qoidalariga tayanib boyitiladi.




Yüklə 85,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin