O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti filologiya fakulteti qo‘lyozma huquqida sobirova qizlarxon



Yüklə 85,74 Kb.
səhifə7/25
tarix02.01.2022
ölçüsü85,74 Kb.
#34765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
ozbek tilida ozlashma neologizmlarning mavzuviy guruhlari

O‘z qatlam deganda aslan shu tilniki bo‘lgan so‘zlar va shular asosidagi yasalishlar, shuningdek o‘z affiks bilan boshqa til so‘zlaridan yasashlar tushuniladi. O‘z qatlamga xos so‘zlar bilan o‘zlashgan qatlamga xos so‘zlarni o‘zaro farqlash hamma vaqt yengil bo‘lavermaydi. Bularni o‘zaro farqlashda so‘zning semantik, morfologik, fonetik belgilarini hisobga olib ish ko‘riladi.

Semantik belgilari: umumturkiy so‘zlarning aksariyati ko‘p ma’nolidir: bosh -



  1. “odamning boshi”;

  2. “ko‘chaning boshi”;

  3. “ishnimg boshi”.

Morfologik belgilari:

1) umumturkiy so‘zlar hozirgi o‘zbek tilining barcha so‘z turkumlarida uchraydi;

2) turlanadi va tuslanadi;

3) o‘zak va affiks morfemalar erkin va standart bo‘ladi: ko‘zim, ko‘zing,ko‘zi;

4) so‘z tarkibida prefikslar qo‘llanmaydi.

Fonetik struktura jihatdan o‘z qatlamiga xos so‘zlarning asosiy belgilari deb quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:



  1. o‘zbekcha tub negizlar asosan bir bo‘g’inli va ikki bo‘g’inli bo‘ladi; uch bo‘ginli tub negizlar juda oz.

  2. bir bo‘g`inlilarda “undosh+unli+undosh” tipi asisiy o‘rinni egallaydi. Ikkinchi o‘rinda “unli+undosh” tipi turadi. “Undosh+unli” tipi esa juda oz.

  3. ikki bo‘g’inli so‘zlar ko‘pincha ochiq bo‘g’inlardan tuzilgan bo‘ladi.

  4. o‘zbek so‘zlari r, l, v, h tovushlari bilan boshlanmaydi.

  5. o‘zbek so‘zlarida “h” bo‘g`iz tovushi qatnashmaydi.(undov va mimemalardan tashqari)

  6. so‘z oxiri e, o‘ tovushi bilan tugamaydi (undov va mimemalardan tashqari).

  7. o‘zbek so‘zlarida odatda sof cho‘ziq o unlisi bo‘lmaydi.

  8. birinchi bo‘g’indan keyingi bo‘g’inlar hech vaqt unli bilan boshlanmaydi.

  9. Bo`g`in boshlanishida, ko‘pincha, bo‘g’in oxirida ham, ikki va undan ortiq undosh qatorasiga kelmaydi (ost, ust kabi bir nechha so`z bundan mustasno)7.

Yuqorida sanalganlarning aksi o‘zlashgan so‘zlarning asosiy belgilari deb qaraladi.


Yüklə 85,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin