O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti filologiya fakulteti qo‘lyozma huquqida sobirova qizlarxon


Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati



Yüklə 85,74 Kb.
səhifə5/25
tarix02.01.2022
ölçüsü85,74 Kb.
#34765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
ozbek tilida ozlashma neologizmlarning mavzuviy guruhlari

Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. Mazkur BMI materiallaridan qo`llanma va lug`atlar yaratishda, oliy o`quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida maxsus kurs va seminar mashg`ulotlarida foydalanish mumkin.

Tadqiqotning_metodologik asosi. Dialektika va uning amaldagi qonun-qoidalari sanaladi. O`zlashma neologizmlarni tavsiflashda sistem-struktur tahlil metodi bilan bir qatorda, ma’noviy-komponent, nominativ-onomosiologik, funksional-semantik kabi tahlil usullaridan ham foydalanildi.

O`zbek tilshunosligida professor Sh.U.Rahmatullayev, F.Abdullayev, A.P.Hojiyev, I.Qo`chqortoyev, M.Mirtojiyev, A.Nurmonov, N.Mahmudov, A.Berdialiyev, H.G.Ne’matov, R.Rasulov kabi olimlar tomonidan qo`llangan yo`l va usullar ishimiz uchun muhim yo`llanma vazifasini o`tadi.



BMIning tuzilishi. Mazkur, bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
KIRISH

O‘zbek tili qanchalar boy til. Undagi latiflik, joziba, o‘ziga xoslik tufayli durdona asarlar yaratilgan. Til - millat kaliti. Zero xalq qalbiga yo‘l uning ona tilini bilish, madaniyati va an’analarini hurmat qilishdan boshlanadi. Qadim bu ona zaminimiz ne kunlarni boshidan kechirmadi. Qonli urushlar, hisobsiz jang-u jadallar. Lekin shunda ham matonatli o‘zbek xalqi o‘z an’ana va qadriyatlarini saqlab qolishga harakat qildi. Millat ruhi sanalmish ona tilimizni biz ─ avlodlarga meros qilib qoldirdi. Unda tarix pinhon.

Zero yurtboshimiz Islom Karimov ta’kidlaganlaridek: “...o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili ─ bu millatning ruhidir”5.

“O‘z ona tilisini bilmagan odam o‘zining shajarasini, o‘zining ildizini bilmaydigan kelajagi yo‘q odam, kishi tilini bilmaydigan odam uning dilini ham bilmaydi”6.

Ma’lumki, har qanday tilda o‘zga tillarning leksemalari uchraydi. Ikki xalq yoki millat vakillari o‘zaro turli munosabatlarda (iqtisodiy, madaniy, siyosiy) bo‘lar ekan, ularning tillari ham shunday munosabatlar natijasida o‘zaro aloqaga kirishadi, bir-birlariga ozmi-ko‘pmi ta’sir ko‘rsatadi. Bir tilga ikkinchi til so‘zlarining kirishi bir tarafdan ular orasidagi munosabatni ta’minlashga xizmat qilsa, ikkinchidan u tilni rivojlantirishga ham yordam beruvchi asosiy vosita sifatida katta o‘rin tutadi.

O‘zbek xalqi, ma’lumki, eng qadimgi urug` va qabilalaridan o‘sib chiqqan, demak uning tili ham shu urug` va qabilalar tili negizida rivoj topgan. Markaziy Osiyodagi turli tarixiy, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, xususan, arablar, mo‘g’ullar, ruslar istilosi, tojik, turkman xalqlari bilan qo‘shnichilik munosabatlari ham o‘zbek tili taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Anashu tarixiy jarayonlar nuqtai nazaridan qaralganda hozirgi o‘zbek tilining boyligida ikkita yirik qatlam - o‘z va o‘zlashgan qatlamlar borligi ma’lum bo‘ladi.

Asrlar davomida tillar bir-biridan so‘z olib, so‘z berib shakllanib kelmoqda. Bu ham bir imkoniyat. Til tizim sifatida uzluksiz harakatda, rivojlanishda bo‘lib turadi, bu uning ijtimoiy mohiyatidan kelib chiqadi: til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqadorlik ularning bir-biriga ta’sirini belgilaydi - jamiyatda bo‘lib turadigan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ilmiy texnikaviy taraqqiyot, iqtisodiy-ma’rifiy sohalardagi islohatlar tilning lug`at boyligida yangi-yangi so‘z va atamalarning yuzaga kelishini, ayni paytda ma’lum so‘z-leksemaning eskirib tarixiy kategoriyaga aylanishini taqozo qiladi. Bu jarayon tilning lug`at boyligida istorizm, arxaizm va o`zlashma neologizm kabi leksik birliklarni yuzaga keltiradi.


Yüklə 85,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin