O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi begzod Xodjayev, Abdushukur Choriyev, Zuxra Saliyeva pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi toshkent – 2018


Innovatsion faoliyat va innovatsion salohiyat



Yüklə 456,18 Kb.
səhifə16/73
tarix26.10.2023
ölçüsü456,18 Kb.
#161508
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73
Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi-fayllar.org

Innovatsion faoliyat va innovatsion salohiyat. Ta’limdagi innovatsion jarayonlar qoidaga muvofiq uch asosiy – ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik-pedagogik va tashkiliy-boshqaruvga doir jihat bilan bog‘liqlikda ko‘rib chiqiladi. Mazkur jihatlarning mazmunidan innovatsion jarayonlar yuzaga keladigan umumiy shart-sharoitlar hosil bo‘ladi. Mavjud shart-sharoitlar innovatsion jarayonning amalga oshishiga to‘sqinlik qilishi ham mumkin. Innovatsion jarayonlar ham stixiyali, shuningdek, ongli boshqarilishi mumkin. YAngilik kiritish – bu eng avvalo, tabiiy va sun’iy o‘zgarishlar jarayonini boshqarish funksiyasi. SHuning uchun ta’limdagi innovatsion jarayon – bu ta’limdagi o‘zgarishlarni boshqarish jarayoni demakdir.
Innovatsion jarayon innovatsion faoliyatdan tashqari o‘z ichiga ko‘plab uni amalga oshirish shart-sharoitlarini, shu jumladan, faoliyat subyektlarini qamrab oladi. Innovatsion jarayon subyekti deganda, ta’lim muassasalariga yangiliklar kiritish jarayoniga ishtirok etuvchi shaxslar (rahbar-xodimlar, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar, homiylar, metodistlar, konsultantlar, ekspertlar) va ta’limni boshqarish organlari tushuniladi. Ular harakatining birligi ma’lum bir natijalarga erishishga olib keladi. Innovatsion jarayon subyekti sifatida o‘qituvchi yangilikni o‘zlashtiruvchi va amaliyotga tatbiq etishda katta rol o‘ynaydi. Mazkur jihat innovatsion muhit sharoitida pedagog faoliyatini boshqarishda qator o‘ziga xos jihatlarga e’tibor qaratishni talab etadi. Odatda, ta’lim muassasalarida rahbar-xodimlar innovatsiyalarni joriy etish jarayonida o‘qituvchilarning xulq-atvori turli xil ko‘rinishlarda (ayrimlari yangilikni tatbiq etishga qarshilik ko‘rsatishi, ba’zilari butunlay inkor etishi)da namoyon bo‘lishi haqida ko‘p gapirishadi. Aslida mazkur holat tabiiy jarayon bo‘lib, innovatsiyalarni joriy etishda pedagog faoliyatini boshqarishda quyidagi bosqichlarni hisobga olishlari va ana shu asosda ularga ta’sir ko‘rsatishlari lozim: yangilikni inkor etish, yangilikka qarshilik ko‘rsatish, yangilikni tadqiq etishga kirishish, yangilikni tatbiq etish doirasini kengaytirish, yangilikni qo‘llashni an’anaga aylantirish.
Birinchi – inkor etish bosqichi jamoa a’zolarining yangi g‘oyani qabul qilishga tayyor emasliklari, avvalgi yo‘nalish bo‘yicha ish tutishga istak bilidirishlari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Mazkur bosqichda rahbar yangi g‘oya haqida ko‘proq axborot berishi, uning imkoniyatlari va natijaviyligini ko‘rsatib bera olishi muhim sanaladi.
Ikkinchi – yangilikka qarshilik ko‘rsatish bosqichida rahbar jamoa a’zolarining ochiq qarshiligiga uchraydi. Ana shu sababli mazkur bosqichda rahbar u tomonidan ilgari surilayotgan g‘oyaning qo‘llab-quvvatlovchi a’zolarni to‘plashi va ularga suyanishi zarur.
Uchinchi – yangilikni tadqiq etish bosqichda pedagoglar ma’lum tanaffusdan so‘ng yangi g‘oyalarni idrok etadilar, yangi faoliyat usullarini qo‘llay boshlaydilar. Mazkur bosqichda rahbar tomonidan “aqliy hujum” uyushtirilishi jamoaning innovatsion faoliyatini tashkil etishda yaxshi samara beradi.
To‘rtinchi, ya’ni yangilikni tatbiq etish doirasini kengaytirish –ijodiy guruhlarni keng tarzda rivojlantirish bosqichidir. Innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirishni tezda yaxshilashning maqsadi aniqlanadi, yangi mazmuni izlanadi, yangi rituallar yaratiladi.
Beshinchi – yangilikni qo‘llashni an’anaga aylantirish bosqichida yangilik ta’lim muassasasi ta’lim amaliyotiga mustahkam kirib boradi va joriy etiladi.
Pedagogik faoliyatda yuzaga keladigan yangiliklarni samarali o‘zlashtirishning va amaliyotga joriy etishning muhim vositalaridan biri pedagog-kadrlarning innovatsion salohiyatini rivojlantirishdir.
Pedagogika va pedagogik menejmentda innovatsion salohiyat tushunchasi ikki xil tarzda talqin etiladi: keng ma’noda – ta’lim muassasasining innovatsion salohiyati, tor ma’noda – o‘qituvchining innovatsion salohiyati. Ta’lim muassasasining innovatsin salohiyati deganda, uning o‘z-o‘zini rivojlantirishga tayyorligi, shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirish uchun madaniy-ta’limiy muhitning va shart-sharoitlarning xilma-xilligi hamda kommunikativ munosabatlarning yuqori darajasi tushuniladi. Alohida pedagog uchun esa, bu – uning shaxsidagi ijtimoiy-madaniy va ijodiy o‘ziga xosliklar yig‘indisi, pedagogik faoliyatni takomillashtirishga tayyorligi hamda buning uchun zaruriy ichki vosita va metodlarning mavjudligidir.
Ta’lim muassasalarida innovatsion salohiyat – innovatsion jarayonning muhim sharti sifatida qaralib, uch tarkibiy qismni o‘z ichiga qamrab oladi: oliy harbiy bilim yurti pedagogik jamoasining innovatsion salohiyati, ijodiy guruhlarning innovatsion salohiyati hamda alohida (konkret) harbiy pedagogning innovatsion salohiyati.
Ta’lim muassasalarida innovatsion salohiyatni rivojlantirish dinamik tavsifga ega bo‘lib, ichki(subyektiv) va tashqi (obyektiv) omillar ta’sirida yuzaga chiqadi. Ana shu sababli pedagog-kadrlarning malakasini oshirish vositasi sifatida innovatsion salohiyatni rivojlantirishga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillarning ahamiyatini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Pedagogik innovatika va innovatsion menejmentga doir tadqiqotlar va adabiyotlar tahliliga asoslanib aytish mumkinki, bugungi kunda pedagog-kadrlarining innovatsion salohiyatni rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi quyidagi omillar mavjud:
  1. novatsiya (yangiliklar)ning foydalanuvchilarga tushunarli bo‘lmasligi;


  2. agar taklif qilingan yangilikni joriy qilinishi ko‘p kuchni talab qilsa-yu, o‘qituvchilarning esa imkoniyatlari cheklangan bo‘lsa, bu holat yangilikni o‘zlashtirishni to‘xtatish omili bo‘lishi mumkin;


  3. subyekt tomonidan yangilikni o‘zlashtirish uchun yetarli darajada motivatsiyaning mavjud emasligi;


4) yangiliklarni qabul qilishga nisbatan qarshilik va uning ochiq namoyon bo‘lmasligi kabilar.


Innovatsion salohiyatni tashkillashtirish jarayonining tuzilishi murakkab tavsifga ega bo‘lib, salohiyatning rivojlanish darajasi esa innovatsion imkoniyatlarni, pedagog kadrlarlarning o‘z mehnati samaradorligidan qoniqish hosil qilishlarini taqozo etadi. Mazkur ta’rifni asos qilib olgan holda, innovatsion salohiyatning quyidagi tarkibiy qismlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Texnologik tarkibiy qism pedagoglarning kasbiy ko‘nikma va malakalarga egaligi darajasi, ishlab chiqarish texnologiyalari, tashkilotdagi yangilanishlarni boshqarish va amalga oshirish bilan tavsiflanadi.
Pedagog-kadrlarning innovatsion faoliyatga texnologik tayyorligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1) o‘z faoliyat natijalarini tanqidiy baholay olish qobiliyati;
2) o‘z kasbiy kompetentlik darajasini oshirish;
3) yangi axborotni ijobiy idrok etish qobiliyatiga egalik;
4) tashkiliy madaniyat va psixologik muhitning innovatsion faoliyatga yo‘nalganligi.
2. Kognitiv tarkibiy qism o‘zida jamoa a’zolarining kelgusi yangilanishlardan xabardorligi, shu bilan birga innovatsiya subyektlarining professional bilim darajasini aks ettiradi.
3. Kreativ tarkibiy qism professional faoliyatni amalga oshirishda pedagoglarda ijodiy yondashuvning mavjudligi, ularning muammoli vaziyatlarda nostandart fikrlay olish ko‘nikmalariga egaliklarini aniqlab beradi.
4. Psixologik muhitda namoyon bo‘luvchi muassasaning tashkiliy madaniyati, qadriyatga yo‘nalganligi, ijtimoiy ustanovkalar, jamoa a’zolarining xatti-harakatlari innovatsion salohiyatning regulyativ tarkibiy qismi mazmun-mohiyatini ochib beradi.
5. Jamoa a’zolarining innovatsiyani o‘zlashtirish jarayoni, ularning faoliyatiga ta’sir etishi, uni kuchaytirishi yo susaytirishi hissiy-emotsional tarkibiy qism bilan belgilanadi.
6. Motivatsion tarkibiy qism jamoa a’zolarining yangilikka munosabatini aniqlash: innovatsion faoliyatga da’vat etish, uning chegara va shakllarini belgilab berish, ta’lim muassasasi maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan, mo‘ljallangan motivlardan tarkib topadi.
Motivatsion-ijodiy yo‘nalganlik pedagog-kadrlarda quyidagi ehtiyoj va qobiliyatlarning mavjud bo‘lishini taqozo etadi:

  1. pedagogik vazifalarni hal etishga doir standart bo‘lmagan yondashuvlarni izlab topish;


  2. izlanishli-tadqiqotchilik faoliyatini amalga oshirish;


  3. yangiliklarni amaliyotda qo‘llay olish uchun mavjud bilimlardan foydalana olish va ularni rivojlantirish;


  4. pedagogik refleksiyani amalga oshirish;


  5. ijtimoiy-iqtisodiy va pedagogik shart-sharoitlarga doir o‘zgarishlarga tez moslasha olish.


Pedagogika fanida jamoaning innovatsion salohiyatini baholashga doir yondashuvlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular orasida diagnostik yondashuv keng tarqalgan. Diagnostik yondashuvni amalga oshirish aniq belgilangan mezonlar asosida jamoaning rivojlanganlik darajasini tashxis etish va tahlil etish hamda innovatsion faoliyatga ta’sir etuvchi omillarni baholashni talab etadi.


Pedagog-kadrlarning innovatsion salohiyatini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar sifatida quyidagilarni alohida ajratib ko‘rsatib o‘tish mumkin:

  1. pedagog-kadrlarning ijod qilishi uchun erkinlikning taqdim etilganligi;


  2. novator pedagoglarni resurslar bilan ta’minlanishining rahbariyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi;


  3. jamoada munozara va fikrlar almashinuvining faol yo‘lga qo‘yilganligi;


  4. kasbiy kompetentlikni rivojlantirishga ishtiyoqning rag‘batlantirilganligi;


  5. pedagogning o‘z-o‘zini rivojlantirishi uchun imkoniyatlarning taqdim etilishi;


  6. yuqori darajadagi axboriy ta’minotning yo‘lga qo‘yilganligi;


  7. o‘zgarishlar argumentatsiyasining asoslanganligi;


8) jamoada ishonch va o‘zaro bir-biriga yordam berish jarayonining qo‘llab-quvvatlanishi.




Yüklə 456,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin