O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi begzod Xodjayev, Abdushukur Choriyev, Zuxra Saliyeva pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi toshkent – 2018



Yüklə 456,18 Kb.
səhifə19/73
tarix26.10.2023
ölçüsü456,18 Kb.
#161508
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   73
Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi-fayllar.org

evristik: har bir paradigma ma’lum bir gnoseologi­k, evristik potensial, metodologik “resurs”ga ega; ijtimoiy-madaniy va ilmiy mazmun o‘zgaradi; vaqt o‘tishi bilan ziddiyatlar, “qarama-qarshiliklar, “kelishmovchiliklarkabi anoma­liyalar yig‘ilib qoladi, masalan, dalil va nazariya, muammo darajasi va metodologik tashkil etuvchilar o‘rtasida va h.k.; fan bilan uning metodologiyasi doimo rivojlanib boradi va aniq-ilmiy paradigmalar oshkoralik kuchiga, deydi V.S.Stepin, tanqidiy ekstrapolyatsiya va ideallar, yondashuvlar, prinsiplar, tadqiqot metodlari moslashuvibir ilmiy tartibdan boshqasiga o‘tadi, bu esa yangi vektorni hosil qilib, tadqiqotlar uchun yangi imkoniyatlar, yangi sifat yaratadi (masalan, ijtimoiy-gumanitar fanlarda tizimli yondashuvning foydalanilishi); paradigma asosidaqayta dasturlashtirishsodir bo‘ladi, uning “yadro”si qayta shakllantiriladi, ya’ni, paradigma yoki “ilmiy inqilob” rivojlanishi, “ilgarilashi” ro‘y beradi);
  • tizimli-integrativ-normativ. Fan metodologiyasida shakllantirish va metodologik vositalarni tizimlashtirish muammosi mavjud. Aynan paradigmada metodologik me’yorlar va deskriptiv qurilmalar integrlashgan, tuzilgan, yo‘naltirilgan, ular esa normativ-metodologik vazifaga ega. Xususan, ilmiy nazariya – bu deskriptiv ilmiy bilim yoki “borliq haqidagi bilim”. Lekin nazariya izohlash va tahmin qilish tabiatiga ega jihatlar bilan metodologik vazifani ham bajaradi (tabiatan metodologik bo‘lmasada): maxsus-ilmiy nazariya – maxsus-ilmiy tadqiqotning alohida xususiyatga ega metodologik ta’minoti manbasidan biridir. Ko‘proq yuqori darajadagi nazariya konseptual asosga ega bo‘lib, vektor, izlanishning metodologik standarti va alohida ilmiy muammo yyechimini taqdim etadi. E.G.Yudinning ta’kidlashicha: “Ilmiy bilimning ierarxik tashkillashtirishida ish quyidagicha amalga oshiriladi, ya’ni abstraktlikning yuqori darajadagi bilimi ancha konkret bilimga nisbatan metodologik vazifani bajaradi. Aslida har qanday ilmiy nazariya metodologik vazifalarni bajaradi”;


  • aniq-normativ (“Tadqiqot jarayonida qanday aniq metodologik me’yorlar (prinsiplar, uslublar, metodologik algoritmlar, mezonlar) ustunlik qiladi?”, “Qanday qilib sifat va samarani loyihalash, amalga oshirish, baholash, jarayon refleksiyasi hamda ilmiy tadqiqot natijalarini amalga oshirish mumkin?”).


    Bizning nuqtai nazarimizcha, paradigmaning me’yoriy vazifasi yetakchilik qiladi.



    Ana shu tariqa paradigmafanning preskriptiv (me’yoriy) metodologiyasi kategoriyasi; pedagogik tadqiqot paradigmasi, “pedagogikaning me’yoriy metodologiyasikategoriyasi; paradigma ilmiy ratsionallikning meto­dologik modeli, ijtimoiy-madaniy va ilmiy qadriyat (baho, ideallar)larni integrallashtiruvchi ochiq, dinamik normativ tizim, metodologik me’yorlar (prin­siplar, uslublar, mezonlar), ma’lum ijtimoiy-madaniy va ilmiy kontekstlarda ilmiy-pedagogik masalalarni echish uchun metodologik etalon, shuningdek, ta’lim sohasida ilmiy tadqiqotlarning sifatini boshqarish bo‘yicha metodologik asos sifatida preskriptiv vazifani bajaruvchi nazariy tuzilmalar bo‘lib hizmat qiluvchi.
    Pedagogik amaliy tadqiqotlar paradigmasining shakllanish manbalari quyidagilar kiradi: fanning psixologik kontsepsiyasi, ilmiy faoliyatning sub’yektini uning “sub’yektlik va sub’yektivlik”ni aniq ifoda etuvchi ilmiy tadqiqotda sub’yektiv-irratsional natijaga e’tiborni qaratish (A.V.Yurevich, V.I.Slobodchikov, M.G.Yaroshevskiy); metodologik ta’minot darajasi konsepsiyasi va ilmiy tadqiqot reflektsiyasi (V.S.Shvirev, V.A.Lektorskiy, E.G.Yudin); dalillashtirish nazariyasi (I.I.Ivin); “ijtimoiy-madaniy”, insonparvarlashtirish konsepsiyasi va fanning aksiologizatsiyasi (L.A.Mike­shina, V.S.Stepin, L.A.Mikeshina, V.S.Shvirev va b.); ilmiy reallik turlari konsepsiyasi (V.S. Stepin); “ochiq” ratsionallik konsepsiyasi (V.S.Shvirev); “umumiy” va “o‘ziga xos”likni texnik, tabiiy va ijtimoiy-gumanitar paradigmalarda ochuvchi falsafa va fan metodologiyasi konsepsiyasi (V.M.Rozin, V.S.Shvirev, E.G.Yudin, L.A.Mikeshina, V.S.Stepin); ilmiy ratsionallik modellarini loyihalashtirishga normativ-mezonli, tanqidiy-reflektsiv, tizimli-modelli yondashuv (V.N.Porus, V.S. Shvirev).
    Tadqiqot paradigmasi va uni tuzish mohiyatini anglash uchun eng asosiy yondashuv tizimli-modelli yondashuvdir. V.N.Porusning ta’kidlashicha: “Uning mohiyati shundaki, ilmiy ratsionallikni ma’lum mezonlarning jamlanmasi yoki “to‘plami” sifatida emas, balki tizimosti manbalar va elementlardan tarkib topgan, ilmiy ratsionallik modellari sifatida nisbatli alohidalikka ega dinamik tizim kabi ko‘rib chiqish lozim. Ushbu tizimning asosiy tavsifi – uning ochiqligi, qayta tashkillashtirishga yo‘naltirilganligidadir. Mazkur ilmiy ratsionallik modeli fanning tarixiy tavsifi va uning metodologik jihatini aniqlash imkoniga egadir”.
    Bir tomondan paradigma qat’iy metodologik mezonlar, me’yorlar, etalonlar bo‘lib, u tafakkurning me’yoriy-mezonli “chegarasini” (“paradig­mada birlashtirish”), loyihalash, reflektsiya, ilmiy tadqiqot natijalari va jarayon ekspertizasini berib, “yopiq ratsionallik” sanaladi.

    Paradigma bir vaqtning o‘zida ham “ochiq”, ham “yopiq” ratsionallik hisoblanadi. V.N.Porus shunday yozadi: “Agar ratsio­nallik – bu “butun obyekt” bo‘lsa, ratsionallik nazariyasi esa quyidagi tavsiflarning qo‘shimcha prinsipidan kelib chiqishi lozim, ular tomonidan ratsionallik modellashtirishning ikki usuli aniqlangan: me’yoriy-mantiqli (“yopiq ratsionallik”) va tanqidiy-refleksiv (“ochiq ratsionallik”). Alohida olib qaralganda, ular ratsionallikning qarama-qarshilikni aniqlashni beradi; shunda ularning uyg‘unligi “ratsionallik paradoksini” beradi. Ular birgalikda olinganda, yordamchi tavsifga ega bo‘ladi. Lekin “yopiq” va “ochiq" ratsionalliklar ratsionallikning qandaydir “holati” yoki “fazasi” – statistik va dinamik va hakozo sifatida ifodalanmasligi kerak. Bu “faza”larni ajratmaslik emas, balki ularning mohiyatan birligi – qanday yordamchi prinsip qo‘llanilishi asosida yotibdi”. Ilmiy ratsionallik nazariyasida (shakllanish va harakat qilish jarayonlarini anglatuvchi nazariyalar, mezonli tizimlarning o‘zgarishi va raqobatlashuvi) yordamchi prinsip, V.N.Porusning fikricha, asosiy hisoblanadi. Shu tariqa, paradigma bir vaqtning o‘zida “yopiq” va “ochiq” me’yoriy tizim bo‘lib, ijtimoiy-madaniy kontekst, olamning ilmiy manzarasi va uning metodologiyasi tendensiyalari o‘zgarishi munosabati bilan rivojlanishga qodirdir.




    Yüklə 456,18 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   73




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin