Tadqiqot muammosining dolzarbligi. Tadqiqot muammosi dolzarbligi asoslanadi. Tadqiqotchi quyidagi savolga javob berishi talab etiladi: «Nima uchun berilgan muammoni aynan hozirgi vaqtda o‘rganish zarur?» (V.V.Krayevskiy), ya’ni, hali loyihalash bosqichida potensial tadqiqot natijalarini zamonaviy kontekstda (kontekst dinamikasini hisobga olgan holda) ahamiyatli ekanligini, pedagogik nazariyani rivojlantirish va ta’lim amaliyoti samaradorligi va sifatni ta’minlashdagi o’rnini asoslab berish.
Tadqiqotning konkret muammosi dolzarbligini asoslash fanda muammoning ishlab chiqish darajasini baholashni nazarda tutadi. Masalan, asl manba (monografiyalar, maqolalar, dissertatsiyalar) tahlili shuni ko‘rsatdiki, fanda ta’lim sohasidagi xalqaro ilmiy tadqiqotlar sifatini boshqarish modellari, shuningdek, invariant terminologik ma’noli maydonni ishlab chiqarishga yondoshuvlar ishlab chiqilgan (ishlab chiqilyapti va ma’qullanayapti). Lekin fanda ta’lim sohasida xalqaro ilmiy tadqiqotlarni baholashning invariant mezonlar tizimi ishlab chiqilmagan. Shu munosabat bilan potensial tadqiqot muammosi quyidagi tarzda shakllanishi mumkin: ta’lim va fanning internatsionallashish kontekstida ilmiy-pedagogik tadqiqotlari sifatining invariant bahosi qanday?
Pedagogika bo‘yicha dissertatsiyalar tahlili tadqiqot mavzusi va muammosi dolzarbligida bir qator yaqqol kamchiliklarni yuzaga chiqarishga imkoniyat beradi:
faqat yo‘nalishning dolzarbligi asoslanadi, lekin tadqiqot mavzusi dolzarbligi asoslanmagan;
yo‘nalish dolzarbligi va tadqiqot mavzusi ham rasmiy bayon qilinadi, shuning bilan birga yana bir holat borki, unda yo‘nalish dolzarbligi bahs-munozarali, lekin tadqiqot mavzusi fanda allaqachon ishlab chiqilgan;
tadqiqot mavzusining faqat ilmiy dolzarbligi asoslanadi: dalil-isbotlar fanda ularning yetarli darajada ishlab chiqilmaganligiga borib taqaladi («aniqlanmagan,», «yuzaga chiqmagan,», «ochilmagan...»), amaliy dolzarblik esa ochilmay qolyapti («Qay tarzda tadqiqot natijalari ta’lim amaliyotidagi kamchiliklarni bartaraf uchun yordam beradi?»);
misollar-tasvirlar asosida faqat tadqiqot mavzusi dolzarbligi asoslanadi (masalan, pedagogik jarayon natijadorligi to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar).