Tadqiqotning maqsadi va vazifalarini aniqlashtirishga doir misollar.
Didaktik tavsifdagi mavzuga doir.
Tadqiqot mavzusi: Umumta’lim maktabi o’quvchilarida tarixiy tafakkurni modernizatsiyalashgan ta’minot vositasida rivojlantirish.
Tadqiqotning maqsadi modernizatsiyalashgan didaktik ta’minot vositasida umumta’lim maktabi o‘quvchilarida tarixiy tafakkurni rivojlantirishning konseptual asoslari va amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari: umumta’lim maktabi o‘quvchilarida tarixiy tafakkurni rivojlan-tirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari va omillarini yoritish;
kompetent yondashuv asosida umumta’lim maktabi o‘quvchilarida tarixiy tafakkurni rivojlantirishning tashkiliy-texnologik jihatlarini asoslash;
tarixiy tafakkurni rivojlantirishning modernizatsion yo‘nalishi sifatida o‘quvchilarda axborot iste’moli madaniyatini tarkib toptirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish;
umumta’lim maktabi o‘quvchilarida tarixiy tafakkurni rivojlantirishning neyropedagogik xususiyatlari va diagnostik ko‘rsatkichlarini aniqlash;
falsafiy-antropologik yondashuv asosida umumta’lim maktabi o‘quvchilarida tarixiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyasini ishlab chiqish va samaradorligini baholash.
Tarbiya nazariyasiga doir.
Tadqiqot mavzusi: Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarining ma’naviy madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish.
Tadqiqotning maqsadi pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarida ma’naviy madaniyatni rivojlantirishning amaliy-texnologik tizimi va ijtimoiy-pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari: milliy tafakkur va ma’naviy madaniyatni rivojlantirishning o‘zaro aloqadorligini tahlil etish asosida talabalarda ma’naviy madaniyatni rivojlantirishning falsafiy, pedagogik-psixologik omillarini aniqlash-tirish;
talabalarning ma’naviy madaniyatini rivojlanganlik darajasini tashxis etish va monitoringini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish;
talabalarda ma’naviy madaniyatni rivojlantirishning lokal-modulli texnologiyasini ishlab chiqish va samaradorligini baholash;
talabalarda ma’naviy madaniyatni rivojlantirishning neyro-lingvistik dasturlashtirish texnologiyalarini takomillashtirish;
texnogen sivilizatsiya sharoitida talabalarda kitobxonlik va mutolaa madaniyatini rivojlantirishning lokal-modulli texnologiyasini ishlab chiqish.