Pedagogik tadqiqotlarning konkret-metodologik tamoyillari. Demokratik jamiyat qurish konsepsiyasi har bir ijtimoiy fanning o‘z qonunlaridan, predmetidan kelib chiqadigan xususiy, metodologiyani rivojlanishiga imkoniyat yaratdi. Avvalo, ilmiy pedagogik tadqiqotda shaxsiy yondashuv, faoliyatli yondashuv, polisu’bektli yondashuv, madaniy yondashuv, antropologik yondashuv, texnologik yondashuv kabi qonsepsiyalar yaratildi. Albatta bu konseptual yondashuvlar davr taqozosi bilan takomillashib boradi. Professor A.Choriev qonuniyatli yondashuv ta’lim-tarbiya jarayonini modernizatsiya qilishning metodologik asosi ekanligini asoslagan. Chunki ta’lim-tarbiya jarayonining o‘ziga xos qonuniyatlari asrlar bo‘yi tajribalarda sinalgan, qaror topgan. Har bir fanning o‘ziga xos qonuniyati bo‘lganidek, pedagogik jaaryonning qonuniyatlari ilmiy tadqiqotning yorqin yo‘llanmasi bo‘ladi.
Metodologiya metodlar, usullar, majmui sifatida qarashlar, “yondashuvlar”, konsepsiyalar uchun ham fanning umumiy qonuniyatlari nazariy (boshlang‘ich) asosi bo‘ladi. Har bir qonuniyatni amaliyotida o‘ziga xos metod, usullari qo‘lanishi tabiiy hol. Pedagogik qonuniyatlar o‘tgan asrning 80-yillarida umumlashtirila boshlandi. Ko‘pgina mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jaryoniga faqat falsafiy yondashuv mavjud. Muayan qonuniyatlarga asoslanilmagani uchun fanning predmetsizlikda kamsitishga urinishlar ham bo‘ldi. Har bir voqeligining o‘ziga xos qonuniyati mavjud bo‘ladi. Shuning uchun ilmiy tadqiqotda qonuniyatli yondashuv obyektniing, muammoning muayyan mohiyatini aniqlash, ixtironing nazariy ahamiyatini, tadqiqot samaradorligini oshiradi.
1. O‘rganayotgan muammoning tarixiylik, milliylik, umuminsoniylik tamoyili:
- muammoning o‘rganilishi tarixiy taraqqiyoti, qonsepsiyalar, tajribalar tahlili;
- milliylik, milliy qadriyatlar ustuvorligi, ijtimoiy, iqtisodiy mohiyatini;
- globallashuv sharoitida umuminsoniylik xususiyati, jahonda ilg‘or tajribalar, tadqiqotning jahonda ilg‘or tajribalar, tadqiqotning jahonshumul ahamiyati tadqiqotning dolzarbligini, nazariy ahamiyatini aniqlash imkoniyatini beradi.
2. Ta’lim-tarbiyaning ijtimoiy xususiyati o‘rganayotgan muammoni, ixtironi “davr talabiga, mavjud sharoitga mosligi, optimallik” tamoyili:
- jamiyatni tezkor rivojlanishida ixtironing tutgan o‘rni, dolzarbligi va fanga qo‘shilgan hissa;
- bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat buyurtmasi Kadrlar tayryolash Milily modelida fanning vazifalariga hozirjavobligi;
- tadqiqot obyektining tipikligi;
- natijaning umumlashganligi kabi tamoyillar.
3. Ta’lim-tarbiyada nazariyaning amaliyot bilan birligi:
- tadqiqotning nazariy g‘oyalarni amalda qo‘llanishi, amaliyot asosida nazariy konsepsiyalar yaratilishi;
- amaliyot har qanday bilim, g‘oya va ixtironing mezoni ekanligi;
- tadqiqot ishining bilish nazariyasiga asoslanishi;
- insonda, uzluksiz ta’lim-tarbiyada tajribaning murakkabligi, mas’uliyatliligi, mukammal nazariyaga tayanishi;
4. Ta’lim-tarbiya va rivojlanishning o‘zaro bog‘liqligi tamoyili:
- insonni bir butun, yaxlitlikda o‘rganish;
- “ta’limni-tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi, bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasidir” (I.Karimov).
- ta’lim jarayonida rivojlanishni jismoniy, ma’naviy va intellektual o‘sishga erishish.
5. Ta’lim-tarbiyaning o‘quvchi imkoniyatiga mosligi:
- pedagogik jarayonni insonparvarlashtirish va demokratiklashtirish, indivuduallashtirish va tabaqalashtirish;
- shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya, kompetentsiyaviy ta’lim, antrogogik ta’lim paradigmalari;
- globallashuv sharoitida yoshlarni har tomonlama kamol toptirish.
6. Tarbiyalash va o‘z-o‘zinii tarbiyalash, o‘qitish va o‘rganish faoliyat uyg‘unligi:
- tarbiyalash faoliyatini o‘z-o‘zini tarbiyalashga yo‘llash o‘z-o‘zini tarbiyalash motivi, ko‘nikmasi va madaniyatini shakllantirish imkoniyati;
- o‘z-o‘zini tarbiyalash samaradorligi;
- tarbiyalanganlik darajasiga bog‘liqligi;
- ta’limni ikki tomonlama xususiyati;
- o‘rgatish va o‘rganish faolligi uyg‘unligi;
- masofaviy ta’lim-tarbiya jarayoni;
7. Ta’lim-tarbiya maqsadi, mazmuni, metodlari, shakllari va vositalari o‘zaro bog‘liqligi:
- optimal maqsadga mos mazmun, metodlarni tanlash, qo‘llash YUNESKOning pedagogik texnologiyaga bergan bahosida o‘z ifodasini topgan;
- intelektual rivojlangan barkamol avlodni, shaxsni tarbiyalash maqsadiga mos ta’lim-tarbiya mazmuninii belgilanishi;
- har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish mazmuniga mos metod, vositalarni qo‘llash ta’lim-tarbiyaning samarali omili ekanligi;
-pedagogik texnologiyaning usullari shakllari, ta’lim-tarbiyaning mazmuni, mavjud shart-sharoitga bog‘liqligi kabilar;
8. Ta’lim-tarbiyada fanlararo bog‘liqliq tamoyili: insonni o‘rganadigan fanlar nazariy rivojlanishida deferensiatsiya holati mavjud bo‘lsada, ijtimoiy funksiya amaliyotida integratsiya tabiiy holdir. Tabiiy fanlarning tutash bandida yangi-yangi fanlar paydo bo‘lishi, fanning ufqi kengayishi, jamiyat taraqqiyotida imkoniyatini oshishi insonshunoslik fanlarining ham o‘zaro bog‘liqliq qonuniyati mavjudligini ko‘rsatadi. Jamiyatni ijtimoiy taraqqiyoti, inson, insoniylik, insoniyat, triadasi insonshunoslik fanlari hamkorligini taqozo etadi.