O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi begzod Xodjayev, Abdushukur Choriyev, Zuxra Saliyeva pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi toshkent – 2018



Yüklə 456,18 Kb.
səhifə44/73
tarix26.10.2023
ölçüsü456,18 Kb.
#161508
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73
Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi-fayllar.org

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
  1. Imiy-tadqiqot metodlari deganda nima tushuniladi?


  2. Imiy-tadqiqot metodlarining ahamiyatini tushuntirib bering.


  3. Imiy-tadqiqot metodlarini tasniflashga doir qanday yondashuvlar mavjud?


  4. Imiy-tadqiqot metodlarining imkoniyatlarini izohlang.




3.4. ADABIYOTLAR VA ARXIV MATERIALLARINI O‘RGANISH, KUZATISH, SUHBAT, SO‘ROV, TEST, EKSPERIMENT – EMPIRIK TADQIQOT METODLARI SIFATIDA
Tayanch tushunchalar: ilmiy-pedagogik adabiyotlar, kuzatish, suhbat, so‘rov, test, eksperiment.
Adabiyotlar va arxiv materiallarini o‘rganish. Ta’lim-tarbiya jarayonining tarixiylik, milliylik va umuminsoniylik qonuniyati pedagogik ilmiy tadqiqotlarning metodologik asosi, yo‘riqnomasidir. Faqatgina pedagogik merosni, ta’lim-tarbiya taraqqiyoti tarixini o‘rganish emas, pedagogik ilmiy tadqiqotning barcha yo‘nalishlari tarixiylik, milliylik va umuminsoniylik qonuniyatiga asoslanadi. Har bir masalaning rivojlanish bosqichlari bo‘yicha ilmiy, ommabop adabiyotlarni o‘rganmasdan tadqiqotni amalga oshirib bo‘lmaydi.
Adabiyotlarni ilmiy tadqiqot mavzusiga doir uch turkumga bo‘lish mumkin.
Nazariy metodologik adabiyotlar. Ilmiy tadqiqotning dolzarbligi, ijtimoiy, iqtisodiy zaruriyati, yosh avlodni hayotga, mehnatga , kasbga tayyorlashda ta’lim-tarbiyaning davr talabi, mavjud shart-sharoitga mosligi qonuniyati, mamlakat dasturi, milliy g‘oyaga doir adabiyotlarni o‘rganishni taqazo etadi.
Ikkinchi turkum ilmiy manba’lar arxiv xujjatlari, fan tarixiga doir adabiyotlardir. Ta’lim-tarbiya tarixi, madaniyatimiz tarixiga doir adabiyotlarning, o‘rganilmagan ko‘pgina qismi jahonning kutubxonalarida saqlanmoqda. Tariximizga doir adabiyotlarning aksariyati olib ketilgan, kuydirilgan, tarixga doir kitob saqlagan xonadonlar qatag‘on qilingani ma’lum. Masalan, Meksikalik olimlar Nasafiy, Kasbaviylarning ilmiy merosi mavjudligi, qadimgi Kasbi (bugungi kunda Kasbi qishlog‘i) o‘rnida ulkan shahar, sakkizta madrasa bo‘lgani haqida ommaviy axborotda ma’lumot berdilar. Qolaversa 2014-yil 15-maydagi Samarqandda o‘tkazilgan xalqaro konferensiya tarixiy manba’lar yetarli o‘rganilmagani e’tirof etildi. Tarixiy adabiyotlarni, manba’larni milliy g‘oya tamoyillari asosida pedagogik ilmiy tahlil qilish tadqiqot metodidir. SHuningdek, pedagogik amaliyot ilg‘or tajribalarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot mavzusiga doir maktablarning ta’lim-tarbiya faoliyati haqidagi arxiv hujjatlarni o‘rganish ilmiy tadqiqot metodlaridan biri. Ta’lim muassasalarining faoliyati haqidagi hujjtlardan mavjud qiyosiy natijalar haqida ilmiy xulosalar chiqariladi.
Uchinchi turkum adabiyotlar: mavzuga doir ilmiy kitoblar, dissertatsiyalar, dissertatsiya avtoreferatlari, ilmiy to‘plamlardagi maqola va tezislar, jurnallar, ilmiy axborotnomalardir. Bugungi globallashuv sharoitida internetda aksariyat adabiyotlar bo‘yicha axborotlar berib borilmoqda. Adabiyotlarni o‘rganish va undan samarali xulasalar chiqarish ilmiy tadqiqotchidan izchil izlanishni talab etadi.
Dastlab adabiyotlar ro‘yxati tuziladi, asosiy nazariy manbaalar aniqlanadi. Adabiyotlarni o‘rganish bo‘yicha konspekt, tezis, annotatsiya tuziladi. Maqsadga muvofiq sitatalar yozib olinadi. Sitatalar olganda adabiyotlarning aynan muallifning nomi, nashriyoti, necha sahifaligi va qaysi bobdan olingani ko‘rsatiladi. Agar internetdan olingan bo‘lsa, manba’ va uning sayti aniqlanadi. Demak, adabiyotlar va arxiv xujjatlarining manbalarini maqsadli o‘rganish ilmiy pedagogik tadqiqotning samaradorlik shartidir.
Konspektlarni tuzish – materiallarni o‘rganishning yagona usulidir. Ammo katta ahamiyatga ega bo‘lgan konspekt turlari ham mavjud. Bu kitob materialining haqiqiy konspektidir. Ular tadqiqotchiga sitatalardan ko‘ra ko‘proq foyda beradi.
Konspektlashtirishning asosiy metodlariga quyidagilar kiradi:
Qoida (tezis) – muallif tomonidan isbotlanadigan yoki inkor etiladigan asosiy fikrlar, g‘oya va qonunlarning majmuidir. Qoidalar ichida haqiqiy materiallar bo‘lishi shart emas, lekin har bir qoidadan so‘ng varoqning pastki chet qismida kitobda keltirilayotgan omillarning qisqa ro‘yxati bo‘lishi zarur.
Cрizma (model) – minimal darajada ishlatilgan so‘zlar vositasida berilgan muallifning fikri, g‘oyalari tasnifi va isbotidir.
Lug‘at – mazkur kitobdagi atama va tushunchalardir. Qoida hamda sxemalardan farqli ravishda terminlarning lug‘atini kitobni o‘qib bo‘lgandan so‘ng emas, o‘qish mobaynida tuzish kerak, chunki ular materialni o‘zlashtirishda foydalanishga kerak bo‘ladi. Barcha yangi so‘zlar, terminlar, tushunchalar yozilgan bunday lug‘at o‘qish mobaynida xato qilishdan hamda to‘xtalishlardan saqlaydi.
Jadval va diagrammalar – raqamlarni tahlil qilishda o‘rnini bosib bo‘lmaydigan qo‘llanma hisoblanib, mazkur kitob materiallari asosida tuzilgan bo‘ladi, shu bilan birga ular muallif tomonidan keltirilgan turli ma’lumotlarni eslab qolish imkonini oshiradi.
Iqtiboslar – shaxsiy ish, maqola, dokladlarni tuzishda boshqa yozish turlaridan farqli o‘laroq ma’lumotnoma hamda bibliografik material sifatiga ega bo‘lgan tushunchadir. Iqtiboslarni aniq, to‘liq, qo‘shtirnoq ichiga olib yozish kerak, shuningdek kitobning muallifi, qaysi bo‘lim, nashriyotnoma, kitob chiqqan joyi, yili hamda betlari ko‘rsatilishi zarur.

Yüklə 456,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin