O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi begzod Xodjayev, Abdushukur Choriyev, Zuxra Saliyeva pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi toshkent – 2018



Yüklə 456,18 Kb.
səhifə26/73
tarix26.10.2023
ölçüsü456,18 Kb.
#161508
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   73
Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi-fayllar.org

Tadqiqot mavzusi. Tadqiqot mavzusini shakllantirish uchun quyidagi savolga javob topish kerak: «Ilmiy ishni qanday nomlash kerak?». V.V.Krayevskiyning ta’kidlashicha, mavzuni ifoda qilishda muammo aks ettiriladi, bunda mavzu fanda ma’limlikdan yangi bilimga harakatni aks ettirishi lozim.
Mavzuni aniqlash uchun ilmiy muammoni yuzaga chiqarish va shakllantirish kerak, uning dolzarbligini isbotlash lozim. Tadqiqot mavzusi – bu qisqa ifodalangan muammodir.
Mantiqiy-metodologik aspektda “mavzu” (“sarlavha”) ilmiy ishning asosiy savolidir (Yu.A.Petrov). Misol: «Ta’lim sohasida xalqaro ilmiy tadqiqotlar sifatining qanday invariant mezonlari mavjud?».
Pedagogik tadqiqotning mavzusini aniqlash metodologik me’yorlari (metodologik kamchiliklar):

  • Amorflik, «protsessuallik», «butun olamga xos» tadqiqot mavzusi masshtabi». Ba’zida mavzular “protsessuallik” tarzida shakllanadi»: «jarayonni o‘rganish», «takomillashishtirish», «tadqiqot», «tayyorlash», «muammolari» , «butun olamga xos» tadqiqot mavzusi masshtabi: mavzuning tadqiqot obyekt maydoni (obyekt bilan emas!) bilan o‘xshashligi: «O‘quvchilarni chet tiliga o‘rgatishning samarali metodlari»); tadqiqot mavzusini to‘g‘ri ifodalash.


  • Tadqiqot usullarining tadqiqot mavzulari bilan o‘xshashligi: «tahlil», «jarayonni modelashtirish».


  • Ilmiy tadqiqot mavzusi jiddiy ravishda uning asosiy natijasi bilan aniqlanadi! «Tafakkur madaniyati: ilmiy-pedagogik tadqiqotning metodologik muammosi» nomli fundamental monografiyasida professor Yu.A.Petrov ta’kidlaydi: «Savol tug‘iladi: ilmiy ishning mundarijasiga mos sarlavhasini, yakuniy holatda esa – uning asosiy natijasini qanday tanlash mumkin? Buning uchun ish nimadan tashkil topganini aniq tasavvur qilib, uning asosiy natijasi nima ekanligini anglash kerak». Misol uchun tadqiqotning mavzusi «Ta’lim va fan internatsionallashuvi sharoitida amaliy-pedagogik tadqiqotlar sifatining invariant mezonlari» tarzida bo‘lsa, asosiy natija – «Ta’lim sohasidagi xalqaro ilmiy tadqiqotlar sifatining invariant mezonlari» ko‘rinishida aks etadi.


Tadqiqot mavzusi tasdiqlanguncha tadqiqotning muammoli maydonini aniqlashtirib olish, muammoni identifikatsiyalash va aniqlashtirish, uning fan va amaliyot uchun dolzarbligini asoslash – tadqiqot mavzusini shakllantirish kerak. Ushbu barcha pedagogik jarayonlarni tadqiqotchi mustaqil amalga oshirishi lozim! Balki olimlar, ilmiy maslahatchilar “mavzuni” emas, dissertatsiyalarning “ishchi nomini” tasdiqlashar, sababi ushbu nomlar “ilmiy tadqiqot mavzusiga” aylangunga qadar ko‘p bora aniqlashtiriladi? (Hech kimga sir emas: bugun hatto himoyaga tavsiya etilgan dissertasiyalarning mavzulari ham himoyadan bir necha kun oldin keskin o’zgarishga uchraydi – ta’kid B.X.ga tegishli). Bu jihatni R.Dey obrazli tasvirlab bergan: «Ish yozilgunga qadar sarlavhani o‘ylab topish, hali bola tug‘ilmasidan avval unga ism berish bilan barobar: sababi siz o‘g‘il bolaga adashib qizning ismini berib qo‘yishingiz mumkin».



Yüklə 456,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin