O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti



Yüklə 41,36 Kb.
səhifə3/10
tarix20.12.2023
ölçüsü41,36 Kb.
#187365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Qilish va yangilarini barpo etish ishlari amalga oshirilmoqda. J-fayllar.org

Qovushqoqlik. Surkov moylarining qovushqoqligiga qoʻyiladigan talablar juda turlicha: ular ishqalanadigan yuzalarning harakat tezligi va xarakteriga, solishtirma yuklamalariga bogʻliq boʻladi. Masalan, avtomobil moylarining qovushqoqligi 6–12 mm2 /s ni tashkil qiladi, rezina sanoatining mashinalari podshipniklarini surkash uchun esa qovushqoqligi 175–220 mm2/s boʻlgan moy zarur (ikkala qiymat ham 100 0S da).
Birta neftning oʻzidan olingan moyli fraksiyalarning qovushqoq- ligi fraksiyalar haydalishining harorat chegaralari oshishi bilan oshadi. Har xil yoki bir xil neftning oʻzidan olingan, ammo har xil usullar bilan tozalangan haydash chegaralari bir xil boʻlgan fraksiya- larning qovushqoqligi bir xil boʻlmasligi mumkin. Qovushqoqlik moyli fraksiyalarning uglevodorodli tarkibiga bogʻliq boʻladi, u oʻz navbatida neftning kimyoviy tarkibi va keraksiz komponentlardan qutulish usuli bilan aniqlanadi.
Eng kichik qovushqoqlikka ega S20–S25 alkanlarning qovushqoqligi 50 0S da 7–9 mm2 /s ni tashkil qiladi. Moyli fraksiyalardan alkanlarni yoʻqotish moylarning qovushqoqligini oshiradi. Tarmoqlangan alkanlar qovushqoqligi jihatidan normal alkanlardan farq qiladilar. Siklo- alkanlar va arenlarning qovushqoqligi alkanlarnikiga qaraganda ancha yuqori, buning ustiga arenlarning qovushqoqligi sikloalkanlarning qovushqoqligiga qaraganda yuqori. Moyli fraksiyalardan arenlar va sikloalkanli arenlarni chiqarib yuborganda moylar qovushqoqligining pasayishi kuzatiladi.
Qovushqoqli–haroratli xossalari. Haroratning keng oraligʻida ishlaydigan
moylar uchun, xususan motor moylar uchun, qovushqoqli – haroratli xossalar katta ahamiyatga ega. Harorat pasayishi bilan moyning qovushqoqligi keskin koʻtarilmasligi kerak, yaʼni qovushqoq- likning haroratga bogʻliqlik egri chizigʻi mumkin qadar qiyaroq boʻlishi kerak.
Qovushqoqli–haroratli xossalarni baholash uchun ikkita koʻrsatkich; qovushqoqlik koeffitsenti va qovushqoqlik indeksini qoʻllaydilar. Qovushqoqlik koeffitsenti moyning 50 va 100 0S da yoki tekshiriladigan moyning ishlash harorati oraligʻining chekkadagi qiymatlariga toʻgʻri keladigan ikkita boshqa haroratdagi kinematik qovushqoqlikning nisbati boʻlib hisoblanadi. Qovushqoqligi qiyali harorat egri chizigʻiga ega boʻlgan moylarga qovushqoqlik koeffitsentining kichik qiymatlari xosdir.Qovushqoqlik koeffitsenti moylar qovushqoqligining haroratga qarab oʻzgarish egri chizigʻining yoʻlini toʻliq ifoda etmaydi va shu sababli u keng ommalashmagan. Moylarning qovushqoqli – haroratli xossalarining umum qabul
qilingan baholanishi bu qovushqoqlik indeksi boʻyichadir (QI). Bu koʻrsatkich U. Din va T.Devis tomonidan taklif qilingan, bu koʻrsatkichni sinalayotgan moy qovushqoqligining etalon moylar qovushqoqligi bilan solishtirib formula boʻyicha aniqlaydilar (Seybolt sekundlarida 38 0S da): QI = L–U/L–H · 100 bu yerda L – asfalt–smolali neftdan olingan yuqori sifatli moy- ning qovushqoqligi, moylarning qovushqoqlik indeksi 0 ga teng deb olingan; U– tekshirilayotgan moyning qovushqoqligi; N – parafinli neftdan olingan yuqori sifatli moyning qovushqoqligi, bu moylarning qovushqoqlik indeksi 100 ga teng deb olingan. MDH da qovushqoqlik indeksi maxsus standart jadvallar boʻyicha moy 50 va 100 0S dagi qovushqoqligiga qarab aniqlanadi. Moylar qovushqoqligi moylarning harorati va uglevodorodli tarkibiga bogʻliq boʻladi. Qovushqoqlikning haroratga bogʻliqligining ~ 506 ~eng qiya egri chizigʻi normal alkanlarga xosdir. Ular QI 200 dan yuqori boʻladi. Tarmoqlangan zanjirli alkanlarda u pastroq va tarmoqlanish darajasi oshishi bilan kamayadi.
Siklik arenlar va sikloalkanlar uchun quyidagi xususiyatlar xosdir: – qovushqoqli – haroratli xossalar yon alkilli zanjirlarda uglerod atomlar sonining molekulaning siklik qismidagi uglerod atomlari soniga nisbati oshishi bilan yaxshilanadi;
– uglevodorod molekulasida halqalar soni oshishi bilan QI kamayadi;
– alkilalmashgan benzol, siklogeksan, naftalin va dekalinlarning QI molekuladagi uglerod atomlarning soniga deyarli proporsional ravishda oshadi;
– sikloalkanlar arenlarga qaraganda yaxshiroq qovushqoqli – haroratli xossalarga ega.
Yuqori qovushqoqli – haroratli xosalli moylarni olish uchun moyli fraksiyalardan maksimal ravishda smolali–asfalten moddalarni chiqarib tashlash, qisqa yon zanjirli politsiklik arenlarni ajratib olish (toʻliq emas) kerak. Moylarda alkilalmashgan sikloalkanlar, yon zanjirda katta sonli uglerod atomlarini saqlagan arenlar va sikloalkanli- arenlar toʻliq saqlangan boʻlishi kerak.

Yüklə 41,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin