O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti



Yüklə 41,36 Kb.
səhifə4/10
tarix20.12.2023
ölçüsü41,36 Kb.
#187365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Qilish va yangilarini barpo etish ishlari amalga oshirilmoqda. J-fayllar.org

Past haroratlarda harakatchanlik. Past haroratlarda moylar harakatchanligining yoʻqolishiga ikkita sabab boʻladi: moy qovushqoqligining keskin oshishi va qattiq uglevodorod kristallaridan tarkib topgan tuzilishlarning moyda paydo boʻlishi. Birinchi holda deyarli harakatsiz boʻlishiga qaramasdan moy Nyuton suyuqligining barcha xossalarni saqlab qoladi. Ikkinchi holda u dispersli (Nyuton suyuqligi boʻlmagan) sistemalarga xos boʻlgan xossalarga ega boʻlib qoladi: moyning qovushqoqligi siljish tezligi va yuklama yuklatilgan vaqtga bogʻliq boʻla boshlaydi. Past haroratlarda moyning qovushqoqligini nazorat qiluvchi koʻrsatgich boʻlib qotish harorati hisoblanadi. Avtomobil va dizel moylarning qotish
harorati –10 dan –40 0S gacha oʻzgaradi, turboreaktiv aviatsion dvigatellarda qoʻllaniladigan moylar uchun –55 0S dan yuqori boʻlmasligi kerak. Fraksiyalardan qattiq alkanlarni, politsiklik arenlarni va qisqa zanjirli sikloalkanliarenlarni chiqarib turib past haroratlarda qotadigan moylarni hosil qilinadi.
Surkovchi xususiyati. Bir qator hollarda surkov moylarini katta yuklamalar va kichik tezliklar boʻlganda maʼlum qalinlikdagi surkalgan barqaror qatlamni olib boʻlmaydi. Shuning uchun metall yuzasida juda yupqa (0,1–1,0 mkm) ammo mustahkam surkalgan qatlamni hosil qilish imkoniyati katta ahamiyat kasb etadi. Surkashning bu turi chegara surkash ~ 507 ~~ 508~ nomini olgan, moylarning esa bunday qatlamni hosil qilish qobiliyatimoylanganlik yoki surkovchi xususiyat atamasi bilan xarakterlanadi.
Kimyoviy barqarorlik. Ishqalanish tugunlari orqali juda koʻp marta aylanadigan moylar (turbinli, kompressorli, motorli va h.k.) uchun asosiy koʻrsatkichlardan biri boʻlib havo kislorodi bilan oksidlanishga qarshi barqarorligi
hisoblanadi. Moy komponentlari- ning oksidlanishi juda murakkab jarayon boʻlib uning rivojlanishi kimyoviy va birinchi navbatda moy uglevodorodli tarkibi hamda
foydalanish sharoitiga bogʻliq boʻladi. Koʻrsatilishicha uglevodorodlar oksidlanishining birlamchi mahsu- lotlari boʻlib peroksidlar hisoblanadi, ular oʻz navbatida parchalanib boshqa kislorod saqlagan birikmalarga aylanadi. Surkov moylarida saqlagan uglevodorodlar oksidlanish jarayoni asosan ikkita yoʻnalishda borishi mumkin:
Moyda kislorodsaqlagan birikmalarning toʻplanishi eksplutatsion xossalarga
zarar yetkazish mumkin. Aniqlashlaricha, kimyoviy barqarorligi jihatidan kichik halqali sikloalkan va arenlar holda uzun yon zanjirli gibrid uglevodorodlar eng yaxshi xossalarga ega.
Moylarning kislorod taʼsiriga barqarorligini quyidagi koʻrsatkichlar xarakterlaydilar; moylarning korrozion faolligi; moylarning oksidlanishiga umumiy
moyilligi; lok hosil qilishga moyilligi; ichki yonuv dvigatellarda choʻkma hosil qilishga moyilligi. Bu koʻrsatgichlarni aniqlash uchun laboratoriya va moto sinovlari usullarining kompleksi taklif qilingan.



Yüklə 41,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin