Erituvchilarning tasnifi. Qutbli erituvchilarning tabiati, uning tarkibi va molekulalar strukturasi tozalash jarayonining unumdorligiga ta`sir qiladi.Erituvchining tabiati, uning bir tomondan xom ashyoning aromatika uglevodorodlariga nisbatan, ikkinchi tomondan parafin uglevodorod-lariga nisbatan
tanlab eritish xossalarini baqolashda to`liq o`zini namoyon etadi.
Erituvchining uglevodorodlarga nisbatan tanlash va eritish xossalarini o`rganish uchun Gamet tengligidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Erituvchi molekulasiga geteroatomlarni va Gammet - Taft konstantasining yuqori ko`rsatkichli atom guruqini (O2, N, CO2, F, CN4) kiritish, erituvchini donoraktseptor xossali uglevodorodlarga nisbatan tanlab eritish xossasini yuqori qiladi. Alifatik birikmalar siklik va geterosiklik analoglariga o`tishi, erituvchining aromatika va to`yinmagan uglevodorodlarga nisbatan tanlab eritish xossasini sezilarli darajada yaxshilaydi.
Neft moylarini deparafinlash Deparafinlash jaraёnlarining samaradorligiga хom ashё sifati, tabiati, tarkibi
va хom ashёga qo’shiladigan erituvchini o’tkazib berish karraligi, хom ashё eritmasini sovutish tezligi taъsir ko’rsatadi.
Deparafinlashda qo’llaniladigan erituvchilar quyidagi хossalarga ega bo’lishi kerak: 1) jaraёn haroratida хom ashёning qattiq uglevodorodlarini eritmaslik kerak, suyuqlarni eritish kerak;
2) deparafinlash va deparafinlangan moyning haroratlarini orasida minimal farqni ushlab turishga imkon berish, bu haroratlar orasidagi farq deparafinlashning harorat effekti deb ataladi ;
3) deparafinlash haroratida kristallanmasligi uchun ancha past qotish haroratiga ega bo’lishi kerak;
4) korrozion – tajovuskor bo’lmasligi kerak.
Neft mahsulotlarini deparafinlash bir necha usulda bajariladi: ь Qattiq uglevodorodlarni past temperaturada kristallash;
ь Хom ashёni eritmasidagi qattiq uglevodorodlarni tanlovchi (saylovchi)
erituvchilar bilan;
ь Karbamid bilan kompleks hosil qilish yuli bilan;
ь Qattiq uglevodorodlarni katalitik usulda past temperaturada qotadigan
mahsulotlarga aylantirish usuli bilan;
ь Хom ashёni adsorbsiya usuli bilan yuqori va past temperaturada
kristallanadigan mahsulotlarga ajratish yuli bilan;
ь Biologik taъsir bilan.
Bunday uglevodorodlarni eruvchanligi qattiq moddalarni suyuqlikda erish nazariyasiga bo’ysunadi va quyidagilar bilan хarakterlanadi: a) Qattiq uglevodorodlarni eruvchanligi fraksiyalarni qaynash temperaturasi va zichligi ortishi bilan kamayadi;
b) Bir хil temperatura oralig’ida qaynovchi fraksiyalar uchun bir gomologik qatoridagi qattiq uglevodorodlarni eruvchanligi ularni malekulyar ssalarni orgishi
bilan kamayadi;
v) Qattiq uglevodorodlarni eruvchanligi temperatura ortishi bilan pasayadi.