O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bm. Umarov



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə51/92
tarix16.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#180829
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   92
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b-fayllar.org

Psixologik ta'sir
  1. 1




  2. Verbal ta 'sir
    Noverbal ta 'sir


  3. 14-rasm. Shaxsga psixologik ta'sir etish turlari 188


  1. Verbal ta'sir — bu so'z va nutqimiz orqali ko'rsatadigan ta'sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so'zlardir. Ma'lumki, nutq — bu so'zlashuv, o'zaro muomala jarayoni bo'lib, uning vositasi — so'zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham odam o'zidagi barcha so'zlar zahirasidan foydalanib, eng ta'sirchan so'zlami topib, sherigiga ta'sir ko'rsatishni xohlaydi.


  2. Paralingvistik ta'sir — bu nutqning atrofidagi nutqnibezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, artikulyasiya, tovushlar, to'x- tashlar, duduqlanish, yo'tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, masalan, do'stimiz bizga biror narsani va'da berayotgan bo'lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz. Kuyib-pishib, ochiq yuz va dadil ovoz bilan „Albatta ba- jaraman!", desa ishonamiz, albatta.


  3. Noverbal ta'sirning ma'nosi „nutqsiz"dir. Bunga suhbat doshlaming fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o'rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, hidlar) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdosMarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Masalan, agar uchrashuvning dastlabki daqiqalarida o'rtog'ingiz sizga qaramay, atrofga alanglab, „Ko'rga- nimdan biram xursandman", desa, ishonasizmi?
  1. Muloqot jarayonidagi xarakterli narsa shundaki, suhbatdoshlar bir-birlariga ta'sir ko'rsatmoqchi bo'lishganda, dastawal nima deyish, qanday so'zlar vositasida ta'sir etishni o'ylar ekan. Aslida esa, o'sha so'zlar va ular atrofidagi harakatlar muhim rol o'ynarkan. Masalan, mashhur amerikalik olim Megrabyan formulasiga ko'ra, birinchi marta ko'rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo'lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38% va noverbal harakatlar 58% gacha ta'sir qilarkan. Keyinchalikbu munosabat o'zgarishi murnkin albatta, lekin xalq ichida yurgan bir maqol to'g'ri: „Ust-boshga qarab kutib olishadi, aqlga qarab kuzatishadi".


  2. Muloqotning qanday kechishi va kirnning ko'proq ta'sirga ega bolishi sheriklarning rollariga ham bog'liq. Ta'sirning tashabbuskori - bu shunday sherikki, unda ataylab ta'sir ko'rsatish maqsadi bo'ladi vau bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta'kidlangan vositalardan foydalanadi. Agar boshliq ishi tushib, biror xodimni xonasiga taklif etsa, u o'rnidan turib kutib oladi, iltifot ko'rsatadi,


  1. hol-ahvolni ham quyuqroq so'raydi va so'ngra gapning asosiy qismiga o'tadi.





  2. Yüklə 0,73 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin