13-rasm. Shaxsning yo'nalishlarining eng muhim tarkibiy qismlari
Mas'uliyat. Bu ijtimoiylashuv jarayonida shaxsning etukligini belgilovchi muhim ko'rsatgichlardan sanaladi. Oxirgi yillarda G'arb va rus psixologiyasida nazorat lokusi nazariyasi (teoriya lokusa kontrolya) keng tarqaldiki, unga ko'ra, har bir insonda ikki tipli mas'uliyat kuzatiladi.
Birinchi tipli mas'uliyat shundayki, shaxs o'zining hayotida ro'y berayotgan barcha hodisalarning sababchisi, mas'uli sifatida faqat o'zini tan oladi. („Men o'zim barcha narsalarga mas'ulman. Mening hayotim va yutuqlarim faqat o'zimga bog'liq, shuning uchun o'zim uchun ham, oilam uchun ham o'zim javob beraman").
Mas'uliyatlilikning ikkinchi turi undan farqli, barcha ro'y bergan va beradigan voqea, hodisalarning sababchisi tashqi omillar, boshqa odamlar (ota-ona, o'qituvchilar, hamkasblar, boshliqlar, tanishlar vaboshqalar).
Maqsadlar va ideallar. Maqsad va rejasiz inson — ma'naviyatsiz pessimistdir. Bu maqsadlar doimo o'zining anglanganligi va shaxs real imkoniyatlarigabog'liqligi bilan xarakteralanadi. Ulaming shakllanishi va ongda o'mashishida ma'lum ma'noda ideallar ham rol o'ynaydi. Ideallar — shaxsning hozirgi real imkoniyatlari chegarasidan tashqaridagi orzu-umidlari bo'lib, ongda mavjudligi va har doim ham amalga oshmasligi bilan xarakterlanadi. Chunki ularning paydo bo'lishiga sabab bevosita tashqi muhit bo'lib, o'sha ideallar ob'ekti bilan shaxs imkoniyatlari o'rtasida tafovut bo'lishi mumkin. Masalan, o'smiraing ideali otasi, u otasiday mashhur va el suygan yozuvchi bo'lmoqchi. Bu orzuga yaqin kelajakda erishib bo'lmaydi, lekin aynan ana shunday ideallar odamga maqsadlar qo'yib, unga erishish yo'lidagi qiyin- chiliklarni yengishga irodani safarbar qilishga yordam beradi.
Qiziqishlar va e'tiqod. Qiziqishlar ham anglangan motivlardan bo'lib, ular shaxsni atrofida ro'y berayotgan barcha hodisalar, olamlar, ularning o'zaro munosabatlari, yangiliklar borasida faktlar to'plash, ularni o'rganishga imkon beruvchi omildir. Qiziqishlar mazmunan keng yoki tor, maqsad jihatidan professional, bevosita yoki bilvosita bo'lishi, vaqt tomondan barqaror, doimiy yoki vaqtinchalik bo'lishi mumkin. qiziqishlarning eng muhim tomoni shundaki, ular shaxs dunyoqarashi va e'tiqodini shakllantirishga asos bo'ladi. Chunki e'tiqod shaxsning shunday ongli yo'nalishiki, u insonga o'z qarashlari, prinsiplari va dunyoqarashiga mos tarzda yashashga imkon beradi. Xalq doimo e'tiqodh insonlarni hurmat qiladi. E'tiqodning predmeti turhcha bo'lishi mum-kin — Vatanga e'tiqod, dinga, fanga, kasbga, axloqiy normalarga, oilaga, go'zallikka va shunga o'xshash.
Insonning insonligi, uning jamiyatdagi mavqei va nufuzi ma'lum ma'noda undagi e'tiqodlilik darajasi bilan belgilanadi. Ayrim insonlar butun umri mobaynida faqat bitta narsaga e'tiqod qiladilar. Masalan, Mir Alisher Navoiyning butun hayoti xalqqa va millatga fidoiylikning namunasi sifatida, turkiy xalqlar adabiyotiga asos solishga bag'ish- langanligi, Imom Buxoriy, Ibn Sino singari buyuk allomalarning turli tazyiqlarga qaramay ilm va ijod yo'lidagi qat'iyatlari, erishgan yutuqlari e'tiqodlilikning yorqin namunasidir.
Demak, agar insonda biror narsaga e'tiqod shakllangan bo'lsa, undan yaxshi inson boUb, odamlarga nafi tegishiga umid qilish mumkin. Lekin e'tiqodsizlikdan qo'rqish kerak. Agar atrofimizda biror bir narsaga aniq ishonmaydigan, maqsad-maslagi yo'q kishini ko'rsangiz, unga yordam berish yo'lini izlash kerak, chunki bu odamdagi e'tiqodsizlik nafaqat uning o'ziga, balki atrofdagilarga ham faqat salbiy ta'sir ko'rsatadi. E'tiqodli inson awalo o'zgalarga ziyon keltiruvchi amallardan o'zini tiyadi, yolg'on gapirmaydi. Unda har doimo lafz bo'ladi, ya'ni bir nrasani qilaman, deb ahd qilsa, albatta, butun kuchi va iqtidorini safarbar qilib, uni bajaradi, boshlagan ishini oxiriga yetkazadi. E'tiqodli inson nima qilayotganini, nima uchun aynan shu ishni qilayotganligini juda yaxshi anglaydi. Shu tufayli haqiqiy e'tiqodli inson ilmga intiladi, o'z hayotining mazmun-mohiyatini tushunishga intiladi, go'zallik yaratish, har tomonlama barkamol bo'lishga tirishadi, yaxshilarga oshno bo'lish, buyuklikka havas uning hayotiy shioriga aylanadi. Haqiqiy e'tiqod sohibida sog'lom fikr bo'lib, bu fikr orqali u insoniyatning umrboqiyligini idrok etadi, o'zidan oilasiga, 178 farzandlariga nimadir qoldirib ketishni istab yashaydi. Shuning uchun ham e'tiqodlilik — shaxsdagi jur'at, mardlik, fidoiylik, iroda, vijdon, qat'iyat, halollik, isnonparvarlik, vatanparvarlik kabi qator ijobiy sifatlar bilan bog'liqdir.
lymon. („Iymon" arabcha so'z bo'lib, lug'aviy ma'nosi „ishon- chdir". Haqiqiy e'tiqodli odamda iymon ham bo'ladi.)
Iymon keltirish yoki ishonch shunday psixologik holatki, unda shaxsning e'tiqodiga mos keladigan, biror konkret narsa va hodisalar ta'sirida ongda o'rnashib qoladigan tasawurlar majmui etakchi rol o'ynaydi. Iymon ob'ekti ko'pincha shaxs tomonidan chuqur tahlil qilinmaydi, tekshirilmaydi, chunki unda insoniyat tajribasi, shaxs e'tiqod qilgan ijtimoiy guruhning qarashlari mujassam bo'ladi.
Iymon tushunchasiga faqat diniy tushuncha sifatida qarash to'g'ri emas. Chunki har kungi faoliyatida insonlarga nafi tegadigan amallar, savob ishlar qilish, solih xulq sohibi bo'lish, oilasi, yaqinlariga mehr- muhabatini ayamaslik, jamiyatdagi xulq normalarini qalban his qilib, ularni buzmaslikka intilish ham iymondan ekanligini unutmaslik kerak. Agar bola yoshlikdan go'zal xulqlarga ergashsa, musulmonchilik odatlari, xushxulqlilik tamoyillarini o'zlashtirib borishga ruhan tayyor bo'lsa, uni iymonli bo'lib tarbiya topayapti, deyish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |