O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bm. Umarov



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə45/92
tarix16.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#180829
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   92
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b-fayllar.org

Ma 'ruzaning metodik ishlamasi:


  • Ma'ruza mavzusi: uning tanlanganligining asoslari.
    1. Umumiy kurs sistemasida mazkur mavzuning o'rni va aha- miyatini aniqlash.


    2. Mavzu bo'yicha manbalar saralash (o'qituvchi foydalangan adabiyotlar, talabalarga tavsiya qilinadigan manbalar).


    3. Amaliy mashg'ulot, tajriba materiallarini tanlash.




    1. Ma 'ruzani tashkil qilish formasi:
    1. Auditoriya va texnik vositalar (tinglovchilarning tayyorgarlik darajasi va xarakteri).


    2. Ma'ruzaning maqsadi (predmet mazmunini o'z ichiga qamrab olgan ma'ruzaning asosiy g'oyasi).


    3. Bosh maqsadni amalga oshiruvchi ma'ruzaning vazifalari.


    4. Ma'ruza vazifalarining ketma-ketligi.


    5. Kutilgan vazifaning xarakteri: informasion, analitik, sistema- lashtiruvchi, muammoli va boshqalar.


    6. Tavsiya qilingan vazifalarni bajarish uchun talabalarga zarur vositalar (kategoriyalar, tasawur sistemasi, funksional, genetik, strukturali, ehtimollik, sababiy aloqalar va o'zaro uzviy bog'liqlik).


    7. Qo'yilgan vazifalarni hal qilishda, bajarishda tinglovchilarda o'qituvchi tomonidan shakllantirilayotgan munosabat va emosional tuyg'ular hamda pozisiyalar.


    8. Ma'ruzaning tashkiliy shakli:


    1. monologik mulohazalar;


    2. audivizual vositalarga tayangan monologik muvaffaqiyat shaklidagi taassurot;


    3. torn ma'nodagi evristik suhbat;


    4. dialogik bahs, diskussiya, muhokama qilinadigan muammo yuzasidan qarama-qarshi nuqtai nazarlar.




    1. Ma'ruza mazmuni:
    1. ma'raza mazmunining konspekti va rejasi;


    2. yaxlitlik, sistemalilik, ko'rsatmalilik, izohlilik, soddalikni ta'- minlovchi didaktik usullar va uning vositalari (konspekt hoshiyasida) mavjudligi.




    1. Ma 'ruza_ jarayonida o 'qituvchining yaxlit obrazi (timsoli):
    1. ma'ruza mazmunining har qaysi qismiga taalluqli bo'lgan vazifalarni bajarishda talaba bilan o'qituvchi hamkorligi shakllari (birgalikda muammo yoki masalani echish, berilgan namunaga taqlid qilish: raqobat, sheriklik, raqiblik kabilar);


    2. fikr bildirishning til orqali (nutq faoliyatida) ifodalanishi (leksik, grammatik, stilistik, semantik xususiyatlarini hisobga olgan holda faoliyatni tashkil qilish);


    3. o'qituvchining auditoriya bilan noverbal, emosional, ifodali muloqot vositalari (imo-ishora, mimika, pantomimika, intonatsiya, temp, ritm, pauza, ovozni kuchaytirish yoki pasaytirish).




    1. Seminar mashg'ulotining metodik ishlamasi:
    1. Mashg'ulot mavzusi:


    1. mavzu tanlashni asoslash;


    2. kurs programmasida mavzu o'rnini aniqlash;


    3. mashg'ulotning maqsadi, vazifasi, bilishga oid tarbiyaviy uslubiy xususiyatlari;


    4. adabiyot, mavzu murakkabligi, hajmini hisobga olish va ana shu negizda birlamchi manbalarni saralash.




    1. Seminar mashg'ulot o'tkazish shakli:
    1. auditoriyaning tayyorgarligi xarakteriga bog'liq ravishda semi nar mashg'uloti o'tkazish shaklini tanlash:


    1. a) savol-javob; b) reja asosida keng ko'lamda suhbat o'tkazish; v) o'zaro taqriz qilingan ma'ruza sifatiga fikr almashish; g) bahs elementi mavjud yozma referatlar muhokamasi; d) guruhiy bahs (diskussiya) erkin ravishda yoki maqsadga yo'naltirilgan tarzda; s) o'quv-rolli o'yin tarzda;


    1. adabiyotga, mashg'ulot xarakteriga, operasiyaga, ob'ektga, muammolarga, masalalarga, mavzuga oldindan talabalami yo'naltirish dasturi;


    2. muhokama qatnashchilariga rollarni taqsimlash, ma'ruzaga, referatga, mavzu muhokamasiga, xarakteriga, shakliga qo'yiladigan talablar.




    1. Mashg'ulotni o'tkazash rejasi va konspekti:
    1. mashg'ulot mazmunining dasturi, mavzuning asosiy qismlari, har bir qismning asosiy vazifasi, tahlil qilinayotgan muammoni hal qilish jarayonida vujudga keladigan asosiy ziddiyatlar, qarama- qarshiliklarni qayd qilish (fiksasiyalash);


    2. dasturning asosiy qismlari mazmunining konspekti; qarama- qarshiliklar echimini ta'minlovchi didaktik usullarni ajratish, nuqtai nazarlarning isbotlanganligi va asoslanganligi, muhokamaning guruhiy shakllarini ta'minlovchi vazifasi va nazariyalarni ajratish mashg'ulotning har bir bosqichlarida guruhiy kommunikasiya vositalari va usullarini


    1. saralash;


    1. seminar mashg'ulotlarida mavzuni turlicha shaklda muhokama qilish yo'llari;


    2. seminar mashg'uloti o'tkazilgandan so'ng uni tahlil qilish va yakunlash.


    1. Asosiy tushuncha va atamalar


    2. Oliy ta'lim psixologiyasi, oliy ta'lim talabalarining individual- psixologik xususiyatlari, oliy maktabning bosh mezoni, oliy ta'limda milliylik muammosi, ma'ruza, seminar, arrialiy mashg'ulotlar, talabalarda milliy g'oya, milliy mafkura tushunchalarini shakllantirish.


    3. Rezyume

    4. Oliy ta'lim psixologiyasi ta'lim tizimida o'ziga xususiyatlarga ega bo'lgan jarayonlardan biri sanaladi. Shu boisdan oliy ta'lim psixo- logiyasida talabalaming psixologik xususiyatlari, oliy maktabning bosh mezoni va uning amaliy ahamiyati, oliy ta'limda milliylik muammosi, oliy ta'limda ma'ruza va seminar mashg'ulotlarini tashkil etishni o'ziga xos psixologik qonuniyatlarga aoslangan holda amalga oshirish oliy ta'lim samaradorligini belgilovchi omillardan hisoblanadi. Ayniqsa, oliy ta'limda talabalaming individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olish, milliylik tamoyillariga e'tibor qaratish muhim jihatlardan hisoblanadi.




    5. Yüklə 0,73 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   92




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin