— Misol tariqasida „Men-tashkilotchisi" mavzusidagi blis-o'yin- ning chizmasini keltirish mumkin. (har bir o'qituvchi o'z predmeti o'tayotgan yoki o'tgan mavzusi asosida blis-o'yin shaklidan foydalanib, o'yin mazmunini tuzishi mumkin);
- o'qituvchi mashg'ulotni yakunlaydi. Guruhlarning ba'zilariga, ulaming faoliyatlariga o'z fikrini bildiradi. Ushbu trening ularni nimalarga o'rgatganini, ular shu trening orqali nimalarni bilib olganlari bilan qiziqadi va kerakli savollarni beradi.
3-jadval
Blis-o'yin „Men-tashkilotchisi"
Guruh bahosi
Guruh xatosi
To'g'ri javob
Yakka xato
Yakka baho
Guruh- dan chetla- shish
Harakatlar mazmuni
5
Tadbir rejasini tuzish
2
Tadbirning maqsadini belgilash
3
Tadbirning mazmunini tanlash
8
Tadbirni boshlash yo'lini tanlash vauning ssenariy- sini yozish
12
Tadbirni repetisiyaqilish
7
Bo'lajaktadbirga tomosha- binlarning munosabatlarini oldindan ko'rabilish
9
Tadbirni vaqtlargabo'lish
1
Tayyorlangan tadbirning boshqa tadbirlarga nisba- tan dolzarbligini baholash
4
Tadbirning mavzusini tuzish
6
Bo'lajaktadbirning eng qi- ziqarli, ta'sirli nuqtalarini tanlash
13
O'tkaziladigan tadbirning yakuniy tahlili vakeyingi tadbirgatayyorgarlik
10
Tadbirdaishlatiladigan tur- li texnikalarni tayyorlash masalalarini hal etish
11
Tadbir o'tkaziladigan joy- ni jihozlash hamda kerakli texnikani tayyorlash
Asosiy tushuncha va atamalar
Interfaol ta'lim metodlari va ularning pedagogik-psixologik jihatlari, auditoriya bilan ishlashning ijtimoiy-psixologik shartlari, faol o'qitish metodlar va ularni tashkil etish, breynshtorming metodi, bahs turlari, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, davra suhbati, ishbop o'yin, rolli o'yin, bahs-munozara, muammoli vaziyat, loyiha kabi faol ta'lim metodlari.
Rezyume
O'zbekiston Respublikasida qabul qilingan „Kadrlar tayyorlash- ning milliy dasturi"da ko'rsatilgandek, o'quvchilarning mustaqil fikrlashi, ijod qilishi, izlanishini ta'minlaydigan faol o'qitish usullarini 144
no'llash hozirgi zamon talabidir. O'quvcm-talabalarningbilim, malaka va ko'nikmalarini mazmunan takomillashtirish va sifatini yaxshilash uchun yangi pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini ta'Hm tizimida qo'llash maqsadga muvofiqdir. Har qanday interfaol ta'lim usullari bilan ishlash insondan aqliy harakat qilishni talab qiladi. Aqliy harakatlar shaxsning ongli tarzda, ichki psixologik mexanizmlar vositasida amalga oshiradigan turli-tuman harakatlar bo'lib, ular yordamida har qanday yangi pedagogik texnologiyalarni egallash orqali bilimdonlikning barcha ko'rinishlarini mukammallashtirish mumkin bo'ladi.
y Bob yuzasidan savol va topshiriqlar
♦
Interfaol ta'lim metodlari deganda nimani tushunasiz?
Interfaol ta'lim metodlarining psixologik qonuniyatlari deganda nima nazarda tutiladi?
Auditoriya bilan isWashning ijtimoiy-psixologik omillari nimalarda
namoyon bo'ladi?
Faol o'qitish metodlari va ularni tashkil etishning pedagogik- psixologik asoslarini bayon eting?
Interfaol ta'lim shakllarini samarali amalga oshirishga qo'yiladigan pedagogik-psixologik talablar nimalardan iborat?
Interfaol ta'lim metodlaridan foydalanish to'g'risida shaxsiy mulohazalaringizni yozma tarzda bayon eting?
Seminar darsida har bir talaba bittadan interfaol ta'lim metod- larining ssenariysini taqdimot qilish.
Interfaol ta'lim metodlaridan namunalar keltiring?
Breynshtorming metodi qanday metod?
IBOB
OLIY TA'LIM PSIXOLOGIYASI
Bobning qisqacha mazmuni
Oliy ta'lim psixologiyasi Oliy maktabning bosh mezoni va uning amaliy ahamiyati.
Talabalarning psixologik xususiyatlari Talaba shaxsi, xulq atvori psixologiyasi, talabaning bilish va tafakkur xususiyati.
Oliy ta'limda milliytik muammosi.Milliy mafkura, milliy g'oya tushunchasi va uni oliy ta 'Urn talabasida shakllantirish muammolari.
Oliy ta'limda ma'ruza va seminar mashg'ulotlarini tashkil etish- ningpsixologik-pedagogik asoslari. Oliy ta Urn tizimida milliylik muam- mosining o 'rni, diniy bilimlarning talabalarga ijobiy va salbiy ta 'siri.
6.1. Oliy ta'limpsixologiyasi
Oliy o'quv yurtlari tomonidan tayyorlangan mutaxassilar va lear- ning mazkurixtisoslikda muvaffaqiyat bilan ish yuritishi o'sha sohaning mavqeini yanada yuqori ko'taradi. Oliy maktabning mahsuloti — bu etishtirilgan kadrlar hisoblanadi. Shuning uchun oliy o'quv yurtlarining nufiizi ulaming bosh mezonlarida o'z ifodasini topadi. Bular qatotiga quyidagi o'lchamlami kiritish mumkin:
Oliy o'quv yurtida mutaxassislarning professional tayyorgarligi (ularning kasb egasi sifatida shakllanganligi);
Oliy maktablarda mutaxassislarai professional tayyorlashning sifati (umumiy ma'lumoti, saviyasi, maxsus bilimlari, amaliy ko'nikma vamalakalari);
Mutaxassislikka oid professional faoliyatning muhim shart- sharoiti, qo'yadigan talabi, o'ziga xos xususiyati va boshqalari;
Mutaxassis yoki bo'lg'usi kasb egasining individual-tipologik va yosh xususiyatlari.
Oliy maktab psixologiyasining dolzarb muammolari quyidagilar- dan iboratdir:
Oliy maktab tuzilishining etnik, etnopsixologik va hududiy xusu- siyatlariga asoslanib, uni qayta qurish maqsadga muvofiq. Chunki jahon ta'limi standartlariga yaqinlashmoq, ularga moslashib yangi muta- xassisliklarni joriy qilmoq va ularni tayyorlashni (menejer, broker, marketing, sosiolog, sosial xizmat, amaliy psixolog, oila psixologi kabilarni) mahalliy ehtiyojlardan, kadrlami tayyorlovchi professor- o'qituvchilar mavjudligidan kelib chiqqan holda rejalashtirmoq lozim (ba'zan yuqori malakali kadrlar etishmasligiga qaramasdan muta- xassislar tayyorlashga ruxsat berilmoqda).
Oliy o'quv yurtlarida talabalarni o'qitish, shaxs sifatida shakllan- tirish (ijtimoiylashuv) jarayoni hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan metodlar (uslublar, shakllar), vositalar, usullar yangi maz- mun bilan boyitilishi, milliy qiyofa, xarakter, his-tuyg'ularni hisobga olib, sa'yi-harakatlar amalga oshirilishi joiz. Asta-sekin monologik o'qi- tish tizimidan dialogik, innovasion (yangilikka asoslangan), hamkorlik (o'qituvchi bilan talabalar faoliyatini uyg'unlashtirish) singari ta'lim- ning yangi turlariga o'tish o'qitish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Oliy maktab o'quv rejasi, dasturi va ularga asoslanib chop qilinadgan darsliklar, qo'llanmalar, ishlamalar, ma'ruza matnlarini qaytadan ko'rib chiqish, ularni mamlakatimiz hududlari xususiyatlarini hisobga olib takomillashtirish, yanada puxtalashtirish, mutaxassislikka bevosita aloqasi bo'lmagan o'quv fanlarini (materiallarini) oqilona qisqartirish inson omilini hisobga olish demakdir.
talabalarning psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olib, audi- toriya mashg'ulotlarini kichik kurslarda 24 soat, katta kurslarda 28 soat qilib belgilash mustaqil fikrlashga, ijobiy izlanishga puxta zamin hozir- laydi hamda ishchanlik qobiliyatiga putur etkazmaydi va bu psixologik voqelik bosqichma-bosqich amalga oshirilishini ta'minlaydi;
jahon ilg'or tajribasiga asoslangan holda nazariy va amaliy bilimlar nisbatini 30:70 etkazish kasbiy malakalarini takomillashtirishga xizmat qiladi; bizning mutaxassislar boshqa mamlakatlar kadrlaridan nazariy jihatdan ustunlar, lekin ko'nikmalar egallash ancha zaifdir; ana shu yo'l bilan kundalik talaba faoliyatini ikki qismga ajratish imkoniyati yaratiladi (9-12;13-17), bu esa, o'z navbatida, uy topshiriqlarini keskin qisqartirishga olib keladi, ijodiy izlanish, mustaqil fikrlash tanqidiy munosabatni talabalarda shakllantiradi; (o'qituvchilar nazariy yuklamasini 280 soat qilib belgilash o'qitish sifati, samaradorligini oshiradi);
o'quv dasturini mumkin qadar ixchamlashtirish — uni rejalash- tirishni osonlashtiradi; ma'lumki, 2 soatga mo'ljallangan dastur mavzusida o'rtacha 30 ta ilmiy tushuncha, atama mujassamlashgan, lekin ulaming mohiyatini ochib berish juda mushkuldir; bizningcha, yuzakilik aynan shundan kelib chiqadi, mulohaza o'rnini ta'kidlov egallaydi xolos: buning uchun muhim tushunchalar, ta'riflar, teoremalar tanlab olinishi, yordamchilarini esa manbalar bilan tanishishga yo'naltirish ma'qul, ana shunda chalkashliklar barham topadi;
o'qitishni faol uslublar negiziga qurish lozim, toki bunda o'qituvchi bilan talaba hamkorligi ustuvor o'rin egallasin; test, bahs, ishbilarmonlik o'yinlari, qiyinlashtirilgan pedagogik muammo, evri- stika, trening, psixodrama, boshqotirma, fikrlar jangi kabi faol, mustaqillikka etaklovchi o'qitish metodlari va shakllari oliy ta'limning negiziga aylansin; kompyuterlashgan ta'lim, masofadan o'qitish (in ternet) va hokazolar zamon talabi, ehtiyoji, zaruratidir;
darslik va qo'llanmalar hajmi o'spirinlarning yosh xususiyatlari, imkoniyatlariga mutlaqo mos tushishi lozim, chunki 17-18 yoshlik talabalarning diqqat barqarorligi 60 minut atrofida, mabodo matn hajmi katta bo'lsa, uni o'zlashtirish darajasi shunchalik qiyin kechishi kuzatiladi; radio va televideniya diktori bir bet matnni (1680 alomatni) 2 minutda o'qiydi, biroq o'zlashtirmaydi, agar bu jarayon psixologik jihatdan tahlil qilinsa, u holda tushunish uchun (ilmiy tilda bitilganligi hisobga olinsa) 3 marta ko'p vaqt sarflanadi; 10 bet matnga bir soat vaqt talab qilinadi, agar 3 ta fandan mustaqil topshiriq berilgan bo'lsa, u taqdirda matnlarni egallash ko'rsatkichi yanada pasayib ketishi shak-shubhasiz; darslik sahifalari har xil shriftda berilishi, ajratib ko'rsa- tishi, qoramtirroq qilinishi, tagiga chizilishi va hokazolar vosita sifatida xizmat qiladi; hatto jahon psixologlari talabiga binoan darslik (qo'llan- ma) paralingvistik, ekstralingvistik, proksemik qonuniyatlarga asoslan- gan holda yozilsa, uning matnlarni egallash ko'rsatkichi ko'tariladi, ishchanlik qobiliyati yo'qolmaydi, aqliy zo'riqish, asabiy taranglik hodisalari mumkin qadar kamayadi.
Talabalarda fikrlashni shakllantirish, ijodiy izlanishga o'rgatish, tanqidiy tafakkurai tarkib toptirish — oliy maktab psixologiyasining dolzarb muammolaridan biridir. Ularda yuqoridagi jarayonlarni shakllantirish faol ta'limiy uslublardan foydalanish natijasida ro'yobga chiqishi mumkin. Shuningdek, mashg'ulotdan tashqari davrlarda, mustaqil faoliyatni amalga oshirishda yoki o'qituvchi tomonidan unga talabalarni o'qitish orqali erishiladi, xolos. Maxsus mashg'ulotlar ularga mustaqil ravishda bilim olish vositalari bilan qurollantiradi:
fan to'garaklari, tezis, referat, kurs ishi, bitiruv ishi, birlamchi manbalar bilan shug'ullanish kezlarida muayyan maqsad amalga oshadi va u yoki bu darajada shaxsiy, prosessual xislatlari tarkib topa boshlaydi;
iste'dodli talabalar faoliyatini tashkil qilish; birinchidan, fanlar bo'yicha erishilgan ko'rsatkichlar iste'dodning aynan o'zi emas, albatta bu birgina mezoni, xolos; ikkinchidan, iste'dod topshiriqlar rang- barangligini tushunish va ularni echishni uddalash; uchinchidan, ijodiy unsurlarning mavjudligi va uzluksizligi; to'rtinchidan, vaqt tejam-148
korligi, bashorat qilish layoqatining mavjudligi; beshinchidan, no- standart topshiriqlarni bajarish, shuningdek, shartlari etishmasligi va ortiqchaligini payqash (sezish) yoki antisimpatiyaga moyillik hukm surishi; maxsus dastur asosida, alohida tartibda mashg'ulotlar uyush- tirish; ijodiy izlanishni xohish, layoqat, mayil va motivdan kelib chiqqan holda tashkil qilish iste'dodlilar kamolotini oqilona amalga oshirish bilan yakunlanadi.
Talabalarni milliy g'oya va milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalashni amalga oshirish muhim muammolar sarasiga kiradi. Vatanparvarlik, fidoiylik yuksak his-tuyg'ulami talabalarga maxsus ravishda shakllantirish orqali hamda ijtimoiy-siyosiy fan asoslari mohiyatiga singdirish yordami bilan ularning ongiga yo'naltirish hozirgi zamon oliy maktab psixologiyasining dolzarb masalalaridan biri sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagi muammolarni hal qilish ta'lim-tarbiya jarayonini tako- millashtirishga xizmat qiladi, sifat darajasini orttiradi.
Tadqiqotlarda talabalar deganda, moddiy va ma'naviy ishlab chiqarishda ijtimoiy hayotga va mutaxassislikka oid rollarni muayyan qoida va maxsus dastur asosida bajarishga tayyorlanayotgan ijtimoiy guruhi tushuniladi.
Oliy o'quv yurtidagi ta'limning o'ziga xos xususiyatlari talaba- larning boshqa ijtimoiy guruhlar bilan (ular xoh rasmiy, xoh norasmiy bo'lishidan qat'iy nazar) muloqotga kirishi uchun muhim imkoniyat yaratadi. Talabalik davrining asosiy xususiyatlaridan biri, ijtimoiy etuklikning jadal surat bilan ro'yobga chiqishidir. Talabalik davri o'spirinlikning ikkinchi bosqichidan iborat bo'lib, 17-22-25 yoshni o'z ichiga oladi va o'zining qator betakrpr xususiyatlari va qarama- qarshiliklari bilan xarakterlanadi. Shu boisdan o'spirinlik davri shaxsning ijtimoiy hamda kasb mavqeini anglashidan boshlanadi. Mazkur pallada o'spirin o'ziga xos ruhiy inqiroz yoki tanglikni boshidan kechiradi, jumladan, kattalarning har xil ko'rinishdagi (unga yoqish yoki yoqmasligidan qat'iy nazar) rollarini tez sur'atlar bilan bajarib ko'rishga intiladi, turmush tarzining yangi jihatlariga ko'nika boshlaydi. Katta odamlarning turmush tarziga o'tish jarayoni shaxsning kamol topish xususiyatlariga bog'liq ichki qarshiliklarni keltirib chiqaradi.
Oliy ta'limning bosh mezoni va uning
amaliy ahamiyati
Davlat ta'limi standartlarini ishlab chiqish va ularni yanada takomillashtirish oliy maktab psixologiyasi fani oldiga „inson-inson", ya'ni „subyekt-subyekt" munosabatlarini oqilona, odilona va omilkorlik bilan hal qilish vazifasini qo'yadi. Oliy o'quv yurtlari tomonidan tayyorlanayotgan mutaxassislar va ularning mazkur ixtisoslikda mu- vaffaqiyat bilan faoliyat ko'rsatishi, ish yuritishi o'sha sohaning mavqeini muayyan darajada yuqori ko'taradi. Oliy maktabning mahsuloti — bu tayyorlanayotgan kadrlari sanaladi, xuddi shu bois oliy o'quv yurtlarining nufo'zi ularning bosh mezonlarida o'z ifodasini topadi. Bular qatoriga quyidagi mezonlarni kiritish maqsadga muvofiqdir:
Oliy o'quv yurtida mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi (muayyan professiogramma, professiografiya, psixogrammaga asoslangan holda ularning kasb egasi sifatida shakllanganligi).
Oliy maktablarda mutaxassislarni kasbiy tayyorlashning darajasi, sifati (ularning umumiy ma'lumotliligi, saviyasi, maxsus bilimlari, amaliy ko'nikma va malakalari, turli vaziyatlarda ulardan foydalanish imkoniyati).
Mutaxassislikka oid kasbiy faoliyatning muhim shart-sharoitlari, qo'yadigan talabi, o'ziga xos xususiyatlari („inson-inson", „inson- texnika", „inson-obraz" va boshqalar).
Mutaxassis yoki bo'lg'usi kasb egasining individual-tipologik (tem- perament, irsiy alomatlar, tug'ma mayllar), jrns va yosh xususiyatlari (ilk o'spirinlik, o'spirinlik va bunda biologik rivojlariishning ta'siri, o'rni).
Odatda, oliy maktab ta'limi (o'qitish tizimi) ikki yoqlama (o'zaro ta'sir o'tkazishga) yo'nalgan aqliy jarayon (obyekt bilan subyekt, subyekt-subyekt teng huquqli munosabatlardan iborat) bo'lib, bu saboq oluvchi (talaba) bilan saboq beruvchi (o'qituvchi)larning faol qatnashuvida o'z ifodasini topuvchi hamkorlik faoliyati va shaxslararo muomalasidan iboratdir. Buning natijasida talabada o'zaro ta'sir orqali muayyan darajadagi bilimlar, kasbiy ko'nikmalar, malakalar, odatlar, uquvlar hosil bo'ladi.
O'qituvchining talabaga ta'sir o'tkazishi natijasidagina mazkur narsalar (bilim, ko'nikma, malaka, odat) tafakkur yordamida aql- idrok tufayli shakllanishi mumkin, bu esa o'z navbatida, ruhiy zo'ri- qish, asabiy taranglik, jiddiylik, faollikni va intilishni vujudga keltiradi. Ta'lim talaba shaxsining faollik ko'rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar tug'dirish imkoniyatiga ega, chunonchi, saboq oluvchi faoliyatini uyushtiradi (tashkillashtirishga yordam beradi), uni maqsadga muvofiq yo'naltiradi, jarayonning kechishini nazorat qiladi hamda axborot, ma'lumot, xabar, vosita, usul, operasiya kabilar bilan ta'minlaydi.
Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, talabalarning bilim olish qobiliyati, iste'dodi, zehni va uquvchanligining rivoji ko'p jihatdan uchta muhim omilga bog'liqdir.
Talabalar tomonidan o'zlashtirilgan bilimlar va ko'nikmalarning puxtaligi, barqarorligi, mustahkamligi (chunki ularni o'zlashtirish jarayonida ba'zi bir salbiy qusurlik jihatlari kelib qo'shiladi). ,-
O'quv va tarbiyaviy ishlarni oqilona tashkil etish va nazorat qilish — talabalarning o'qishga munosabatlarining (motivasiyalarining), ya'ni ichki turtkilari majmuasining muhim shartidir (talaba shaxsining o'ziga xos xususiyati, mavzuning ijtimoiy-shaxsiy ahamiyatliligi, o'quv fani bo'limining dolzarb muammolarga boyligi va hokazo).
Talabalarni mustaqil (faol, ijodiy, nostandart) ravishda oqilona bilim olishga o'rgatish (o'qituvchining tinglovchilarda mustaqil aqliy faoliyat uyushtirish va tashkil etish usullari, vositalari, texnologiyasi bilan ishlash ehtiyoji, motivi, mayili, qiziqishi, hissiy intilishini uyg'otishi) va bu sohada muayyan maslahatlar, tavsiyalar ishlab chiqish umumiy maqsad namoyon bo'lishining kafolati (garovi) dir.
Shuni unutmaslik lozimki, oliy maktablarda fan asoslarini egallash sifati, mahsuldorligi ko'p jihatdan quyidagilarga bog'liqdir.
Oliy o'quv yurti professor-o'qituvchisi talabani nimaga o'rgatadi?
Kim, ya'ni qaysi professor-o'qituvchi va qay yo'sinda ob'ektiv (tabiiy) va subyektiv (shaxsiy) omillarni nazarda tutadi?
Kimni (qaysi toifadagi, qanday aqliy imkoniyatga ega bo'lishiga binoan unga, guruhga bilim berish zarur ekanligi nazarda tutiladi) o'qitadi:
talabalar hukmiga, muhokamasiga qo'yiladigan o'quv mate- rialining (mavzusining) xususiyati;
talabalarning individual-tipologik, jins (biologik o'sishdagi tafovut) va yosh xususiyatlari hamda ularni ta'lim jarayonida hisobga olish (o'qitishda saboq oluvchilarga individual, differensial munosabatda yondashish);
ta'lim taraqqiyotni o'z ketidan etaklaydi degan tamoyildan biroz chetlashish evaziga (internetlar tufayM, iste'dodli talabalar mavjudligi sababli) taraqqiyot ta'limni etaklashi mumkin degan qarorga kelindi.
Buning uchun o'qituvchi (muallim) ma'ruzaning mazmuniga, unda muammoli vaziyatning („fikrlar jangi") ishtirokiga, ijodiy va nostandart fikrlashga, dalillarning (ishonchli omillarning) serobligiga, o'quv materiallarining mutaxassislik bilan uzviy aloqasiga (uyg'un- •igiga), ularning tarkibiy tuzilishiga, uni yuksak darajada talabalarning ongiga etkazish uslubiga, muallimning tinglovchilariga munosabatini (usullar bilan muloqot o'rgatish uslubi, muomalaga kirishish maro- miga, odobiga, nazokatiga), auditoriya (laboratoriya) bilan uzviy bog'lanishga va uni boshqarishga, pedagogik faoliyatni oqilona idora qila olishga, ta'lim oldiga qo'yilgan maqsadga erishish uchun intilishga alohida e'tibor berish ayni muddaodir. Bundan tashqari, o'qituvchi o'zining kundalik muallimlik faoliyatida talabalar ustidan kuzatish, suhbat o'tkazish, psixologik, pedagogik va mutaxassislikka oid bilimlarni talab qiladigan topshiriqlar tavsiya qilish, aqlni peshlash mashqlarini uzluksiz ravishda amalga oshirib borish, buning uchun esa turli xu- susiyatli, mohiyatli matnlardan hamda testlardan, yangi pedagogik texnologiyadan, faol o'qitish uslublaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lmog'i maqsadga muvofiq.
Shuning bilan birga, o'qituvchi o'zining har kunlik pedagogik faoliyatiga talabalar ustidan kuzatish o'tkazish, psixologik, pedagogik, mutaxassislikka oid bilimlarni talab qiladigan topshiriqlar tavsiya qilish, aqlni peshlash mashqlarni uzluksiz ravishda o'tkazib borish va uning turli xususiyatiga ega bo'lgan matnlardan hamda testlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lmog'i zarur.
Talabalarning psixologik xususiyatiari
Pedagogik psixologiya fanidan ma'lumki, o'rta maktab o'quv- chilarni har (biologik, fiziologik, pedagogik, psixologik) jihatdan oliy maktab ta'limiga tayyorlaydi va ularda umumlashtirish, mav- humlashtirish, sistemalashtirish kabi qobiliyatlarda ko'rinadigan fa- zilatlar namoyon bo'ladi. Shu bilan birga o'spirinda aqliy, axloqiy, estetik va g'oyaviy-siyosiy jihatdan muayan darajada o'sish ro'y beradi. Shunga qaramay, ular oldida oliy o'quv yurtida mutaxassislikni egallashga bog'liq yangi vazifalar paydo bo'ladi.
Talabalarga mustaqil bilim olish, o'z faoliyatini o'zi tashkil qilish, o'zini o'zi boshqarish, yangi g'oyalarni ishlab chiqish va hokazolar o'rgatiladi. Bu vazifalarni amalga oshirishnint asosiy omili — monologik ma'ruzadan dialogik (talaba va o'qituvchining muloqotiga asoslangan) ma'ruzaga o'tishdir.
Psixologlardan B.G. Ananyev, N.V. Kuzmina, N.F. Talizina, V.A. Lyaudis, IS. Kon, V.T. Lisovskiy, A.A. Bodalev, AV. Petrovskiy, M. G. Davletshin, LI. Ilyasov, A.V. Dmitriyeva, A. Verbiskiy, VA. Tokareva va boshqalarning tadqiqotlariga ko'ra, oliy o'quv yurtlarida ta'lim olish talabalar uchun juda og'ir kechadi, chunki bu davrda shaxsning murakkab fazilatlari, xislatlari, sifatlari takomillashish bosqichida bo'- ladi. Mazkur yosh davridagi ijtimoiy-psixologik o'sishning xusu- siyatlaridan bin o'qish faoliyatining ongli motivlari kuchayishidir.
Talabalarda axloqiy jarayonlarning o'sishi sust amalga oshsada, lekin xulqining eng muhim sifatlari — mustaqillik, tashabbuskorlik, topqiriik, farosatlilik va hokazolar takomillashib boradi. Shuningdek, ularda ijtimoiy holatlarga, voqelikka, axloqiy qoidalarga qiziqish, ularni amalga oshirishga intilish tobora kuchayadi.
Psixologlarning tadqiqotlari shaxs hayot tajribasini egallashda unda o'zligini anglash vujudga kelishini ko'rsatadi. Shaxsiy hayotning mazmunini anglash, aniq turmush rejalarini tuzishi, kelajak hayot yo'lini belgilash shular jumlasidandir. Talaba asta-sekin mifaogurnhning notanish sharoitlariga ko'nikib boradi, o'zining va majburiyatlarini bila boshlaydi, shaxslararo munosabatning yangicha ko'rinishini o'matadi, turmushdagi ijtimoiy rollami amalda shaxsan sinab ko'rishga intiladi. Ulardagi rolning his-tuyg'ular voqelikka muayyan yondashishga birmuncha xalaqit beradi. Chunki ular turmushdagi yutuqlar va muvaffaqiyatlarning ijtimoiy-psixologik ildizlari nimadan iborat ekan- ligi to'g'risida aniq tasawurga ega bo'lmaydilar.
Yosh fiziologiyasi va psixologiyasi fanlarida aniqlangan materiallar tahlilidan ko'rinadiki, talaba 17-19 yoshda ham o'z xulqi va bilish qobiliyatini ongli boshqarish imkoniyatiga ega bo'lmaydi va shunga ko'ra, xulq motivlarining asoslanmagani, uzoqni ko'ra olmaslik, ehtiyotsizlik kabi hollar ro'y beradi.
V.T. Lisovskiyning fikricha, 19-20 yoshlarda ayrim salbiy xatti- harakatlar ko'zga tashlanadi. Mazkur yoshda xohish va intilishning rivojlanishi iroda va xarakterdan ancha ilgarilab ketadi. Bunda odamning hayotiy tajribasi alohida rol o'ynaydi. Shunga ko'ra, talabadagi tajriba etishmasligi natijasida nazariya bilan amaliyotni, fantaziya bilan reallikm, romantika bilan ekzotikani, haqiqat bilan illyuziyani, orzu bilan xohishni, optimizm bilan qat'iylikni aralashtirib yuboradi.
Talabalik yillarida yoshlarning hayoti va faoliyatida o'zini o'zi kamolotga etkazish jarayoni muhim rol o'ynaydi. Lekin, o'zini boshqarishning tarkibiy qismlari (o'zini-o'zi tahlil qilish, nazorat qi- lish, baholash, tekshirish va boshqalar) ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ideal (yuksak, barqaror, barkamol) „menni real (aniq voqea) „men" bilan taqqoslash orqali o'zini-o'zi boshqarishning tarkibiy qismlari amaliy ifodaga egabo'ladi. Talabaning nuqtai nazaricha, ideal „Men" ham muayyan o'zak asosida etarli darajada tekshirib ko'rilmagan. Shuning uchun ular goho tasodifiy, g'ayritabiiy his etilishi muqarrar. Binobarin, real „Men" ham shaxsning aqliy bahosidan ancha yiroqdir. Talaba shaxsining takomillashuvida bunday ob'ektiv qarama- qarshi- liklar o'z shaxsiyatiga nnsbatan ichki ishonchsizlikni, ishga nisbatan salbiy munosabatni vujudga keltiradi. Jumladan, o'quv yili Ao .. talabada ko'tarinki kayfiyat, oliy o'quv yurtiga kirganidan zavq-sh A tuyg'usi kuzatilsa, ta'limning shart-sharoiti, mazmuni, mohiv^ kun tartibi, muayyan qonun va qoidalari bilan yaqindan tanish v natijasida uning ruhiyatida keskin tushkunlik ro'y beradi.
Yuqorida aytilgan ichki va tashqi vositalar, omillar ta'siri oqibatid uning ruhiy dunyosida umidsizlik, ruhiy parokandalik kayfiyati, ya'n' istiqlolga ishonchsizlik, ikkilanish, hadiksirash kabi salbiy his-tuyg'u]a! namoyon bo'ladi.
Bizningcha, oliy maktabda tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda ta'lim jarayonida talabaga o'ziga xos munosabatda bo'lish mazkur davrning muhim sharoitlaridan biridir.
Yuqorida aytilganlardan qat'iy nazar, yigit va qizlami oliy o'quv yurtiga qabul qilishda ularda o'z kuchlari, qobiliyatlari, aql-zakovatlari, ichki imkoniyatlari va irodalariga qat'iy ishonch bildirilishi zarur. Ana shu ishonch, o'z navbatida, to'laqonli hayot va faoliyatni uyushtirishga umid his-tuyg'usini vujudga keltiradi.
O'spirinlikning ikkinchi davri xulqqa, voqelikka baho berishda imkoniyatdan tashqari talab qo'yish va qat'iylik xususiyati bilan farq- lanadi. Shuning uchun talabalar har doim prinsipial bo'la olmaydilar. Ba'zan, qat'iyatlilik kattalarga salbiy munosabatga ham aylanadi. Talabalarning o'qituvchi tavsiyalarini inkor qilishi ko'pincha nizolarni keltirib chiqaradi.
B.G. Ananev rahbarligida o'tkazilgan ilmiy-tadqiqot ishlaridan ma'lum bolishicha, talabalar kamol topishining jinsiy va neyrodinamik xususiyatlan ularning aqliy imkoniyatlarini to'la ishga solish va sermahsul o'quv faoliyatini tashkil qihsh uchun muhim imkoniyat, shart-sharoit yaratadi.
Yu.A. Samarinning ta'kidlashicha, yoshlarning kamol topismoa har xil ijtimoiy-psixologik xususiyatli o'ziga xos qarama-qarshiliklar, ichki ziddiyatlar mavjud bo'ladi. Ularning moddiy jihatdan ota-ong oliy o'quv yurti ma'muriyatiga bog'liqligi iqtisodiy ziddiyatni keltin chiqaradi. Bu hoi talabalarning xohishlari bilan mavjud imkomyatnifls nomutanosibligi tufayli sodir bo'ladi. <
uV
Odatda, talabalar ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarda oliy »A yurti va mutaxassislikni nima uchun tanlagani haqida yana j a o'ylaydilar. Mazkur yosh davrida o'zini boshqarishning AA-Ajjarni lari, ijodiy tafakkur, muayyan hayotiy tajriba o'zlashtirilgan 'a'AA tartibga solish asosida his-tuyg'ular, qarashlar, axloqiy 4adny ]osa o'zligini anglash va barqaror e'tiqod shakllanadi. Talaba hukm va u chiqargach, o'z xatti-harakatida qat'iy turib ularni himoya ? 'va hayotning turli sohalari bo'yicha har x/l darajadagi ko m
aAariv bilimlar ijtimoiy-psixologik tushunchalarini amaliy malatodang ^sh imkoniyatiga ega bo'ladi.
faoJivata w.Mrahbarligidagi tadqiqotchilar jamoasining fikricha, B hdavrida flziologik imkoniyatlar yuksak daraj ada rivojlanadi. '° y mning tashqi ta'sirga javobi, qon bosim optimal darajasi ortadi, bT torod Man to'yinadi va hokazo. Insonda o'quvlilikning qulay Q°v nivati vujudga keiadi. O'quv insonning axborotlarni qabul qilish, tabaolishvaxotiradasaqlashqobiliyatinibildixadi. Keyinchalikinsonda sixik funksiyalarning dinamikasi, o'quvlilik imkoniyatlari sira paSaOdamning etuklik davri quyidagi qonuniyatlar bilan farqlanadi: 1) turii funksiyalarning rivojlanishi bir tekis va bir vaqtda amalga oshmaydi (bir bosqichda xotira, boshqa bir bosqichda tafakkur); jadal sur'at bilan o'sadi; 2) yoshga qarab turli funksiyalar o'zaro bog'liq muvofiqlashgan xususiyat kashf eta boshlaydi; 3) etuk inson aqlining funksional o'sish darajasi yosh evolyusiyasining har xil bosqichida etarli darajada yuqori bo'ladi; 4) mazkur funksiyalar dinamikasida hech qanday keskin pasayish bo'lmaydi; 5) etuklik davrida o'quvlilik kamaymaydi.
Oliy ta'limda etnopsixologik xususiyatlarni hisobga olish ta'lim samaradorligi omili sifatida
Istiqloldan keyin ta'lim jarayonida qo'llanib kelinayotgan saboq, o|qish va tarbiyalashning yo' 1 -yo'riqlari, vosita hamda uslublari tizimiga ) zbek xalqining o'ziga xos xususiyatlarini, muomala madaniyatini, qadnyat va ma'naviyat durdonalarini kiritmasdan turib oliy maktabda
usiu?teillamh» s'w ®j idsruamb qoimpqda.
ununftn ! ",adamyati va maorifining ilg'or g'oyalaridan oqilona va hattoun°?v bifan birga necha °'n^Sa egab°'te»n» milliy aivnf
^k^^siga orib<\oigan milliy tuyg'u, milliy xarakter, soflik VM m yi, 'a o ^“r iymon. e'tiqod, vatanparvariik, toptirib bo'?ma d' ros§ 'yi '
Aas'uliyat va burch hislarini tarkib
adabiyotiUnA}' *Ar bir mihat ° ziga xosUgi> ^y madaniyati, milliy maJrnuasi'da v' • asu ““ atninS ruhiy (ma'naviy) olami tarzining °'zbek 'v i m "' mhiyatida °'z ifodasini topadi. rakteri miirh1118 °'Z
mhiy Ay°fasi' milli>' xususiyati, milliy did'i ta'W i, £~f“ys'usi,
mijozi (temperament), xulq-atvori, 1 ;l,::hida ajralib turadi. O'zbek millatining bilish jara-
yonlari (sezgisi, idroki, tasawuri, xotirasi tafoirimri i •*
liyatming aniq yo'nalishga qarati gaS c\F' FA q°bi" gtv ongio'zigaxosxususiyatlargaegadir * aqi iqis ' mi%
O'zbek xalqining tarixiy an'analari nrf r>Ha*i„ ■ A
rusumlari, axloq me'yori, turmush tai??'JS"? i' u umi' rasm"
lararo munosabati, muomala™ mu S mat2?**&**> *axs- xalqlarnikidan ma'lum darajadaTafoZ anad?Cr™A osc*a xarakterida andishalilik, xushmuomSik shirfn? Ai? Z e A kutishdagi qo'li ochiqlik va saxK^ASfA a"t birga.sabr.kosa.si tolga^^o'ravQkJbldafiea nS umng an
KurganlyiofiIzgaixo!sdytUdJnC& ‘ vo-Aoriik, bir so'zlilik xususiyati
. Milliy xarakter muayyan rniUat iazilatlarinina r.w„ majmuasidan iborat bo'ladi. MilUy xS^r pAhjA T"a a (mustaqillik, chidamlilik, prinsipiaESo'zM mSiT^ f m bensh, o'zini qo'lga olish, qat'iyatiik rnaCaAkabtAi , aa xisktlarni (poklik, intaomlilik, samimiynk haanonS } V*a oqiy va boshqalami) qamrab oladi.' Sh™gdpl nX^mWTTT1* bo'lgan munosabatlarni (vaxshililc «Pi5 Y v, er "'"'"larga takabburlik), mehnag to^mZLto^ftS: talabchanlik, yalqovlik, mas'uliyatlilik yoki masSatS/A f *"*? yo 1 munosabatlarni (ozodalik iflnd* tS t^T0'. narsalarga bo'lgan nafslilik, shul4tpaSn?mlgA'r)<'//7ZZA/AA
Xalq o'rtasida hukm surib kelavotean K;J i • shakllanadi iTtaSn^ftofffi™ °,Tl0lly aj** muhiti A'smda ?ayriodatiyxaM-hfraS2™7,„,» * doIz?rbl'S'ni saqlab ketaoqda.
Milhy tuyg u - shaxslararo munosabat jarayonida hissiy ta'sir- lanishda, yuksak ma'naviy ichki tug'yonlarda (nafosat, lazzatlanish, qomqish), ljodiy g oyalar tug'ilishida, milliy zavq va shavqda, kayfiyat, xush ko nsh kabi ichki kechinmalarda aks etadi.
Milliy kuy — xalq his-tuyg'usi va kechinmalarining uyg'un bir maromdagi tovushlar orqali ifodalanishidir. Binobarin, milliy san'at, adabiyot, rasm-tasvir, me'morchilik o'zining jilosi, maromi, gav- dalanishi, milhy ruhi, ohangdorligi va monandligi bilan betakrordir. Milhy yurish - turmush tarzi kishilarning milliy xususiyati to g nsida goh oqilona, goh holis bo'lmagan taxminiy fikr yuritishga olib keladi. Ayrim hollardau millatlararo muloqotga kirishishda ijtimoiy to siq vazifasmi o taydi. Shuning uchun xalq va elatlarning barqaror xulq-atvonni atroflicha o'rganmasdan turib, xoh u katta, xoh u kicnik millat bo Ism, millatlararo tenglikni o'rnatish mumkin emas. Biznmgcha milliy maktab qaysi bosqichli bo'lishidan qat'iy nazar, dastavval o zmrng tashqi ko'rinishi bilan: birinchidan, uning binosi milliy uslubda, xalq me'morchilik an'analariga rioya qilgan holda qunlishi ikkinchidan, maktab hududidagi erlar milliy bog'dorchilikka uyg un bo lishi, uchmchidan, uning sport maydonlari ham milliy jilolarga hamohang bo lishi kerak. Binoning ichki qismi milliy naqsh va ganch o ymakorligi namunasi bUan bezatilishi, dahlizning yaxlit manzarasida milhy tuyg'u hokimlik qUishi lozim. •A iia - . j ‘ya
Ja';‘vonida respublikamizning tarixi, madaniyati, ajdodlanmizdan etishib chiqqan jahongashta kishilar, ilm-fan arbob-ian, mutafakkirlar, ma nfatparvarlar to'g'risida bilim urug'ini sochish o quvcnnarda va talabalardag'urur va iftixor tuyg'usini vujudga keltiradi. U qitishda o zbek milliy ta'lim uslublaridan, topishmoqlaridan, muammolandan, topqirlik qilish mashqlaridan, ijodga undovchi vositalardan foydalanish talabalar aqliy faoliyatini rivojlantiradi, aqlni peshlash vazifasmi bajaradi, aqliy qobiliyatlarni o'stiradi.
Uliy maktab tarbiviy ishlarida mihiy an'analar, marosimlar, rasm- rusumlar, bayramlar ma'lum darajada o'z o'rnini topsa, talabalarga eng samarali ta sir ko'rsatadi. Chunki, umumiy harakatlar jamoatchilik iaoiiyati Man uyg'unlashadi, mustahkam jamoa bo'lib yashashga undaydi. Mazkur ishlarda talabalaming ijtimoiy ishtiroki ularda faollikni orttiradi har bir shaxs o'z qobUiyati, uquvini sinab ko'radi.
Uta-bobolanmizdan xalqimizga meros bo'lib qolgan saxiylik, mehmondo stlik, rostgo'ylik, tantilik, sadoqatlilik, poklik, odoblilik tazilatlan milhy xarakterning eng muhim jihati hisoblanadi. A- ■ u i \isAaAani' ^a'lim-tarbiya jarayonida talabalar ongiga sing-dinsh, ular ruhiyatini xalq durdonalari bilan boyitish, milliy qad-nyatlarning oqilona tadbirlariga e'tiborni qaratish maqsadga muvofiqdir.
Xush axloq va odobli bo'lish, ota-onalar va katta yoshdagi odam- larga, o'qituvchilarga hurmat, samimiylik, inoqlik, qadr-qimmat, vijdonlilik, iffatlilik, o'zaro yordam berish kabi insoniy xislatlar o'zbek xalqi ma'naviyatining ramzi sanaladi.
Tug'ishganlariga, awalo, ota-onaga nisbatan milliy tuyg'udagi munosabat, qon-qardoshlik rishtalari ham milliy ruhiyatni aks ettiradi. Bu narsalarniig barchasi xalqning boy madaniyati, till, adabiyoti, obidalarida o'z ifodasini topadi. Ana shu sababdan milliy ma'naviy boyligimizni talabalar chuqur egallashlari uchun uning bebaho dur- donalarini keng ko'lamda namoyish qilishimiz, bular to'g'risidagi bilim va ma'lumotlarni talabalar ongiga singdirishimiz zarurki, ular ko'p asrlik qadriyatlarimizdan xabardor bo'lmog'i kerak. Zotan, bularning barchasi o'zbek guruhlarida milliy tuyg'uning keng ko'lamda quloch yoyishi uchun puxta zamin hozirlaydi.
Milliy urf-odatlar va marosimlarning barqaror bo'lishi yangi mazmun, yangi mohiyat kasb etadi, uni yanada boyitadi. Mehmon- do'stlik, insonparvarlik, do'stlik, bolajonlilik, mehnatsevarlik kabi xislatlar Turon xalqlarida, Turkistonda mavjud bo'lgan. Ular, ayniqsa endilikda, istiqloldan keyin yangicha ma'no kasb eta boshladi.
Xalqimizda oilaviy turmushda sodir bo'layotgan voqealarni, unu- tilmas damlarni nishonlashga intilish, o'z navbatida yangi an'ana va marosimlarni — tug'ilgan kun, maktabga borish, balog'atga etish, oliy o'quv yurtiga joylashish, nikohdan o'tish, yangi mehmonni qut- lash, o'quv yurtini bitirish kechasi, kursdoshlar bilan uchrashuvlar, farzandni askarlikka kuzatish, qaytib kelganligini nishonlash kabilarda bevosita ishtirok etish oldilariga yangi talablar qo'yadi, ijtimoiy jihatdan kamolotga etishuviga xizmat qiladi.
Milliy an'analar milliy urf-odatlar va marosimlar shaklida namoyon bo'ladi. Urf-odat muayyan xatti-harakatlar aynan takrorlanib turishini, unga to'la amal qilinishini taqazo etadi. Shuningdek, u ijtimoiy madaniyatning o'ziga xos amaliy ifodasi hisoblanadi. Marosimlar esa urf-odatlarning barqarorlashgan shaklini bildirib, ichki yaxlitlikka, shaklan bejirimlikka ega bo'ladi. Marosimlarning eng muhim xislatiaridan biri — bu xalq nazokati, latofati, nafosati, ruhiyatini aks ettirishdir. Ota-onaga hurmat, keksalarga ehtirom kabilar o'zbek va Markaziy Osiyo xalqlarining eng asosiy urf-odatlari hisoblanadi.
Xalq rasm-rusumlari marosimlar va urf-odatlar doirasiga mansub bo'lib, ularning o'zaro munosabatini anglatadi. Rasm-rusumlar marosimlar va urf-odatlarning namoyon bo'lish shakli tariqasida tasnif kilinadi. Masalan, to'y, mehmon kutish, dafn bilan bog'liq urf-odatlar 158
va marosimlar umumiy jihatlar bilan bir qatorda, o'zbek millatida so'z va harakatlar bilan ajralib turadigan o'ziga xos mahalliy xususiyatga ega.
O'zbek xalqining azaliy hashar, qovun sayli, hosil bayrami kabi an'analari hozirgi davrda yangicha mohiyat kasb etib, jumhuriyat miqyosida davom etmoqda.
An'ana va urf-odatlar mohiyatiga ko'ra, inqilobiy, jangovarlik va mehnatsevarlikxususiyatiga egabo'lib, umumiylik, xalqaro, baynalminal va milliylikni o'zida aks ettiradi. Masalan, atoqli kishilarning tavallud topgan sanalarini nishonlash (Abu Ali ibn Sino, Al Xorazmiy, Mirzo Ulug'bek, Amir Temur, Alisher Navoiy va hokazo), Navro'z, paxta va hosil bayrami, uzum sayli kabilar esa milliy xususiyat kasb etadi.
Hozirgi davrda chaqaloqlarni tantanali ravishda ro'yxatga olish, go'dakka ism qo'yish, 16 yoshga etgan o'spiringa pasport topshirish, birinchi qo'ng'iroq, so'nggi qo'ng'iroq, birinchi kurslar bilan uchrashuv, katta hayotga yo'llanma berish marosimi, tantanali ravishda ishchilar, dehqonlar, ziyolilar safiga qabul qilish, mehnat faxriylarini pensiyaga kuzatish, „Kumush to'y", „01tin to'y", „Hovli to'yi", „Payg'ambar yoshi" kabilar an'analar qatoriga kiradi.
O'zbeklar orasida chaqaloq qulog'iga azon aytish, zagsdan o'tish, nikoh o'qitish, aqiqa, beshik va sunnat to'ylari kabi marosimlar o'tkazilib kelinmoqda. O'qituvchilar ularning mohiyatini aniq dalillar keltirib tushuntirib berishi shart.
Xalq urf-odatlari, an'analari va marosimlari katta tarbiyaviy aha- miyatga egadir. Ular odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, do'stlik - birodarlik his-tuyg'ularini rivojlantiradi. Bular, o'z navbatida, yoshlar uchun ibrat namunasini o'taydi.
Jumhuriyatimizda „Kitob bayrami", ,Ashula bayrami", „Sog'ligim — boyligim", „Balli qizlar", „Balli yigitlar" o'yinlari va musobaqalarini o tkazish ham odat tusiga kirib bormoqda.
O'zbek oilasida farzand ko'rish juda katta baxt va unutilmas voqea. Farzand ko'rgan oilani qarindosh urug'lar, do'stlar, hamkasblar tabrikiashib, chaqaloqqa har xil sovg'alar olib kelishadi. Bolaga ism qo'yishda, beshikka solishda oila a'zolari bilan birga qarindoshlar, do'st- birodarlar ishtirok etadilar va bu marosim juda samimiy, milliy tarzda o'tkaziladi.
Hozirgi kunda tug'ruqxonalar, bolalar shifoxonalarida tashkil qilmgan „Onalar maktabi", „Yosh ona maktabi", „Sog'lom turmush tarzi kuni", „Ichkilikning go'dakka va yosh onaga ta'siri", „Ichki- hkbozlik va befarzandlik", „Onaning sog'ligi — bolaning baxti", »Giyohvandlik — umrning egovi", „Otalarning bolalar tarbiyasidagi roli" tadbirlarini o'tkazish an'anaga aylanib qoldi.
Keksalarni, xotin-qizlarni izzat-hurmat qilish, o'zaro yordam va bolalarga mehr-muhabbat tuyg'ularini ifoda etuvchi an'analar xalqimiz hayotida uzoq zamonlardan beri davom etib kelmoqda. Shuning uchun inson shaxsining tarkib topishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan an'ana- lardan talaba va o'quvchilarini tarbiyalashda muntazam foydalanish zarur.
Xalqimizning „Mehmon — otangdan ulug'", „Mehmon kelsas mushugingni ham pisht dema" degan hikmatlari mehmondo'stlikka undaydi. Shuningdek, „Mehmonkirsaeshikdan-rizqikelarteshikdan", degan ibora esa har qanday sharoitda ham mehmonni samimiy, beminnat kutib olishni anglatadi.
Odamlarning bir-biriga mehr-oqibati, oqilona munosabati, to'g'ri muloqoti, iltifoti, ehtiromi xalqimizning ichki go'zalligini, boy ma'naviy va mhiy qiyfasini ifodalaydi. Zero, „Har narsa ham me'yorida bo'lgani ma'qul", „Asalning ozi shirin" deydi dono xalqimiz. Shuning uchun ichkilikbozlikka, ortiqcha isrofgarchilikka yo'l qo'ymaslik kerak. Ortiqcha xarajatlar uchun mehmon xursand bo'lmaydi, aksincha, ranjishi mumkin.
Kishining haqiqiy insonparvarligi, boy ma'naviy go'zalligi vatan, jamiyat manfaati yo'lida jon fido qilishida, inson osoyishtaligi, baxt- saodati yo'lida qayg'urishida o'z ifodasini topadi. Insonning sofdil ekanligi, olijanobligi uning tanishga ham, begonaga ham beg'araz yordam qo'lini cho'zishida namoyon bo'ladi. Shu o'rinda, urush yillarida 14 nafar etimni boqib tarbiyalagan Shoahmad ota va Bahriniso opa oilasini misol tariqasida ko'rsatib o'tish mumkin.
O'zbek xalqining ajoyib fazilatlaridan biri - do'stlikka sadoqatdir. Do'stlik bor joyda mehru muhabbat, vafo, sadoqat, adolat, haqiqat qaror topadi. Bu esa, o'z navbatida, insonning ma'naviyati va ruhiyatiga, aql-zakovatiga kuch baxsh etadi, uni yaxshilik, samimiylik sari etaklaydi. „Do'stlik barcha boyliklardan afzal", „Arpa-bug'doy bir kuningga yaraydi, sodiq do'sting o'lguningcha yaraydi", „Do'st achitib gapirar, dushman — kuldirib", „Do'st — do'stning oynasi", „Do'st-do'stning tayanchi", „Do'st kulfatda sinalar", „Do'st so'zini tashlama, tashlab boshing qashlama", „Do'st uzoqda bo'lsa ham ko'ngli yaqin", ,,Do'st yuzingga boqar, dushman izingga", „Do'stning eskisi yaxshi kiyimning yangisi", „Do'stdan molni ayamagan, eldan jonini ayamas", „Do'stlarning sonini sanama, sifatini sana", „Do'stsiz boshim — tuzsiz oshim" kabi o'zbek xalqining qator maqollari borki, bularning barchasida do'stlik madhini qadrlash, kuylash g'oyasi yotadi.
Xalqimizning „Birlashgan o'zar, birlashmagan to'zar", „Esing borida el tani, kuching borida er tani", „Qatorda noring bo'lsa, yuking yerda qolmaydi", „Do'stlaringning yutug'i sening yutug'ingdir" degan maqollarda jamoatchilik his-tuyg'ulari o'z ifodasini topgan. 160
Xalq ijodiyotida do'stlik, o'rtoqlik, birodarlik, jamoatchilik tuy- g'ulari kishilar o'rtasidagi eng mo'tabar, eng go'zal, eng qudratli, yuksak insoniy fazilatlar tarzida talqin qilinadi. Baxshilarning kuy- layotgan dostonlari va termalari yuqoridagi olijanoblik fazilatlari bilan yo'g'rilgandir. Bularning barchasi kishilarda hamkorlik, sevgi va muhabbat, samimiy hurmat kabi insoniy xislatlarni takomillashtiradi.
Kishilarning o'zaro samimiy salomlashuvi, ayniqsa, notanishga ham salom berib o'tish milliy urf-odatlarimizning ibratli va o'ziga xos bir ko'rinishi hisoblanadi.
„Assalomu alaykum" — tinchlik, salomatlik ramzi, osoyishtalikka, beg'arazlikka etaklaydigan ta'sirchan vosita. Salomlashish bu hurmat-ehtirom, do'stlikka undovchi nido, tanishish istagi, do'stlik-birodarlik aloqalarini bog'lovchi ko'prik, xohish- istaklarni aks ettiravchi qalb sadosidir. Bu odamiylik, odob va axloq, nazokat, hurmat-e'tibor, ochiq qalblilik, shirinsuxanlik, dilkashlik, xushtavozelik, xushtabassumlik kabi insoniy xislatlarning yaqqol timsolidir.
Xalqlar o'rtasidagi do'stlik, birodarlik, o'zaro muruwat, yaqinlik iplarini bir-biriga bog'lovchi ushbu tushuncha to'g'risida dono xalqimiz ko'plab hikmatlar, rivoyatlar, latifalar yaratgan, ularning tarbiyaviy ahamiyati to hozirgi kungacha pasaymagan. Shuning uchun xalqimiz „Bir kun tuz ichgan joyingga qirq kun salom ber" deydi.
Xalq hikmatlarida ta'riflanishicha, kek saqlamaydigan insonning hamisha ruhi toza, fikri ravshan, orzusi porloq, niyati xolis, maqsadi pok, dili ochiq, tili shirin bo'ladi. Binobarin, salom-alik xalq orasida muomala munosabat, muloqot, ishora, ifoda, mohiyat muvozanatini saqlab turadigan sehrli kalitdir. Bu so'z odob-axloqning barcha sifatlarini o'zida mujassam etadi.
Odamlarning madaniyatli, vuqori saviyali, savodxon ekanligini ularning salomlashuviga qarab ajratish mumkin. Binobarin, salom- lashishga kirishuvchi ikki shaxsning his-tuyg'usi va ichki kechinmalarini tahlil qilish asosida ularning bir-birlari bilan qay darajada yaqinlik va tanishlik alomatlarini aniqlash muhim. Shu boisdan salomlashish tarbiyada, qoralash va jazolash vositalarini qo'llash nazokatli va yum- shoq, imi-jimida bo'lishi zarur; u baqiriq-chaqiriqsiz, qo'rqitishsiz, mehribonlik, yaxshilik bilan amalga oshirilishi kerak. Masalan, farzandning kamchiliklarini hamisha ta'kidlab turish, unga hadeb „sen tuzalmaysan" deb, gapiraverish yaramaydi. „Men sendan o'yin- qaroqlikdan boshqa narsani kutmayman", „ Sen hamma vaqtdagidek o'jarsan va bema'ni gaplarni gapirasan", „Sen chinakam ishbuzarmonsan", deb aytish ularda o'z kuchlariga ishonmaslikni namoyon qiladi.
Xalq pedagogikasi bolaning nojo'ya ishlari salbiy xarakteristikasi bilan bog'liq bo'lgan salbiy baho shaxsning ijobiy yo'nalishida katta foyda keltiradi. „Sen boshqa qo'pollik qilmaysan deb ishonaman, chunki sen bunaqa bolalardan emassan".
O'zbek xalqining etnopsixologik xususiyatlaridan unumli foyda- lanish — har tomonlama taraqqiy etgan inson shaxsni tarkib toptirishda muhim rol o'ynaydi. Shu boisdan ham xalqimizning milliy ruhiyatidagi bunday urf-odatlar, an'analar, udumlarni kelajak avlodga me'ros sifatida qoldirish muqaddas burchdir.
Oliy ta'Iimda ma'ruza va seminar mashg'ulotlarini
tashkil etish
Oliy ta'lim sohasidagi qiyinchiliklarning asosiy sababablari tala- balar o'quv faoliyatining to'g'ri usuUarini bilmasligi, aqliy mehnatda kuch va imkoniyatlarni bir tekis taqsimlay olmasligidan iborat bo'lib, bular aqliy zo'riqishning negizi hisoblanadi. Talabalarda vujudga kelgan aqliy zo'riqish tasodifiy psixologik hodisa emas, uning zamirida shaxsiy o'quv faoliyatini oqilona boshqarish o'quvining zaifligi yotadi. Shunga ko'ra, oliy o'quv yurti talabalari ko'pincha o'quv materiallarini o'zlashtirishda bu faoliyatni tasodifiy boshqarishga harakat qiladilar. Bunda muayyan materiallar mantiqiy harakat bilan eslab qolinsa, qolganlari mutlaqo diqqatdan uzoqlashtiriladi. Natijada ular ma'ru- zaning bir qismini tinglaydilar, uning mohiyatini bazo'r anglaydilar, uni konspektlashtirishga ulgurmaydilar. O'quv yili mobaynida ana shu holning davom etishi imtihon sessiyalarini talaba uchun qattiq sinovga aylantiradi. Shunga ko'ra, oliy o'quv yurtining asosiy vazifalaridan biri talabani o'quv materiallarining asosiy manbalari bilan ishlashga o'rgatishdan, uning mustaqil bilish faoliyatini tashkil qilishdan, uni o'zini boshqarish usullari bilan tanishtirishdan iboratdir.
Oliy ma'lumot olish talabaning maqsadga muvofiq, muntazam, rejali, izchil o'quv faoliyatini ta'limning barcha bosqichlarida amalga oshirishini taqozo etadi.
Oliy maktab psixologiyasi fanida talabalarning o'quv faoliyati auditoriya va auditoriyadan tashqari qismlarga ajratiladi. Shu bilan birga talabalar oldida o'quv faoliyatining tarkibiy qismlari bilan bog'liq muayyan qoidalarga rioya qilib, hal etiladigan masalalar kiradi:
Qanday yo'l bilan auditoriyada to'g'ri o'qish va o'qitish mumkin?
Qay yo'sinda auditoriyadan tashqari vaqtlarda mustaqil faoliyatning umumlashgan usullaridan foydalansa bo'ladi? 3) Ma'ruzada talabaning aqliy faoliyati uchun optimal shart sharoitlar qanday yaratiladi? 4) Amaliy va seminar mashg'ulotlariga tayyorgarlik darajasini qanday aniqlash va ifodalash mumkin? 5) Talabaning imtihon va sinovlarga tayyorgarlik saviyasini aniqlash imkoniyati bormi va hokazo.
Mazkur fanda ma'ruzaning muhim beshta turi qonuniy ravishda tavsiflanadi. Ular axborot beruvchi, yo'naltiruvchi, rag'batlantiruvchi, metodik, rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi ma'ruzalar deb ataladi. Ana shu ma'ruzalarning sifatini baholashda quyidagilar hisobga olinadi.
Ma'ruzaniig mazmuni (g'oyaviy-siyosiy yo'nalishi, ilmiyligi, ommabopligi, nazariya bilan amaliyotning birligi, empirik materiallar kolami, bayon qilish shakli va boshqalar).
Talabani o'yiashga, bosh qotirishga etaklovchi materiallarning muammoli bayon qilinishi (uning darajalari, jabhalari, jihatlari, dav- riyligi kabilar).
Ma'ruzaning asosliligi yaqqol dalillar bilan mustahkamlanuvchi nazariy qoidalarining haqqoniyligi, lo'ndaligi).
Ma'ruzaning mutaxassislar kasbiy tayyorgarligi darajasiga bog'liqligi (qay darajada, qay shaklda, qay yo'sinda).
Ma'ruzaning tizimi (rejaliligi, tartibliligi, to'planganligi, umum- lashganligi).
Ma'ruza o'tish usuli (ko'rsatmalilik, jonli nutq, his-tuyg'uga boyligi, material bayonining sur'ati, o'rinli to'xtalish, mantiqiy urg'u).
O'qituvchining talabaga munosabati (e'tiborliligi, talabchanligi, samimiyligi, mehribonligi, odobliligi).
Auditoriya bilan aloqa qilish (bevosita, jonli, yakkama-yakka, guruhiy, jamoaviy, uzluksiz, ahyon-ahyonda).
Talabalarniig ma'ruzadagi davomati (akademik guruhning to'la qatnashuvi, bir oz kamchiligi, umuman kamchiligi).
Ma'ruzani konspektlashtirish (ko'pchilik tomonidan yarmisi, ayrimlari).
Lektorlik faoliyatini boshqarish (erkin, ishonch bilan, matnga asoslanib bayon qilish, ma'ruza konspektidan uzoqlashmay bayon qilish).
12 Maqsadga erishish (ishlab chiqilgan yo'llar, sinalgan vositalar, egallangan usullar, shaxsiy nuqtai nazarni bayon qilib talabaning mustaqil holda ishlashi uchun imkoniyat yaratish va boshqalar).
Ma'lumki, oliy maktabdagi o'quv-tarbiyajarayonida ma'ruza bilan seminar mashg'ulotlari bog'lanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Semi- nar mashg'ulotlari, asosan, talabalarda tafakkurning tanqidiyligi, mah- suldorligi kabi aqlning zaruriy tarkibiy qqsmlari shakllanishiga qaratilgan bo'ladi. Seminar mashg'ulotlarida o'qituvchi o'rganilayotgan muammo
3"|'a* tm ten.nlig.ni oshirishi, atrof-muhitga
. MvrSS' fA Vay°Zma nl«« 'nkomillashadr fnvnS^ t " k° c seminar mashg'ulotinim. ikki turidan tat™!
Sa ajratish, bibliografiyani to'g'ri tuzish (nodir, yangi va kasbga oid manbalar tanlangani) Chuq^T£A^qi>'n\inb^aySdaShuvSif0ii8'rojizoWeriaAiazari
4n<' , aW1 a "waning zerikarliligi, bo'shligi
k^^fl galuqa:<tajaba?inSkuf,dosai’riga^"qManm^/^Ag v»iriLTalabaninS mashg'ulotni ishonch bilan, mutaxassislarch * l^tm^v™ a b°yitisM yMaAncha SS bSohsW Tmunosabatlami yorfb borishi, unga qarashlarin!
quvidA? J T?a 'T ,8'^ otlarisam^dorhgini oshiwh uchiin Quyidagi psrxologik holatlarga e'tibor bensh lozim:
164
Matn va birlamchi manbalar bo'yicha muhim va nomuhim belgi hamda alomatlarni ajratish yoki mavhum o'zlashtirish.
O'zlashtirilayotgan o'quv materiallarini o'z vaqtida tahlil qilib borish va umumlashtirish.
Talaba o'quv materialini idrok qilishi uchun aqliy faoliyatining barcha jabhalari bo'yicha yo'1-yo'riqlar.
O'qituvchi nutqidan xayolan ilgarilab ketib, uning yakunlovchi fikrini oldindan fahmlay bilish va boshqalar.
Shunday qilib, ma'ruza va seminar mashtulotlarining samara- dorligini oshirish bilan oliy maktabdagi ta'lim va tarbiya jarayonida kamol toptiruvchi hamda tarbiyalovchi prinsiplarni amalga oshirish, talabalarga o'zini o'zi boshqarishni o'rgatish mumkin.