— O'qituvchi yakka va guruh xatolarining umumiy miqdori (soni)
bo'yicha tushuncha berib, ularni alohida-alohida sharhlab beradi.
„YaKKA XATO" bo'limidagi umumiy sonlarning sharhi:
Agar yakka xatolar soni 30 gacha bo'lsa, bunday tinglovchilarda tashkilotchilik, konstruktivlik qobiliyati etarli, ular mustaqil ravishda har bir ishni tashkil eta oladilar, turli sharoitlardagi harakatlar vaqtida mantiqli ularning ketma-ketligini tashkil eta oladilar.
Agar yakka xatolar soni 30 dan 40 gacha bo'lsa, bunday tinglov- chilarda tashkilotchilik qobiliyati yetarli emas, biron bir ishni yoki faoliyatni tashkil etishlarida qiynaladilar yoki pala-partishlikka yo'l qo'yadilar. Shuning uchun ular alohida kurslarda o'qishlari yoki mantiqiy fikrlashga o'rganishlari kerak bo'Iadi.
Agar xatolar son 40 dan yuqori bo'lsa, bunday tinglovchilarda tashkilotchilik, mantiqiy fikrlash qobiliyati etarli emas, ular o'z ustilarida ishlashlari kerak bo'Iadi yoki maxsus treninglar kurslarida o'qishlariga to'g'ri keladi.
„GURUH XATOSI" bo'limidagi umumiy sonlarning sharhi:
— Agar xatolar soni 30 gacha bo'lsa, bu guruhlardagi tinglovchilar bir- birlarini tushunishga harakat qilganlar, bir-birlarini ishontira olganlar va natijada bir xil natijaga erisbganlar. Demak, guruhda samimiy munosabat o'rnatilgan, fikrlar bir joydan chiqqan.
— Agar guruhning xatolar soni 30 dan 40 gacha bo'lsa, bu guruhda tinglovchilarning bir muqimga kelishlari qiyin boigan, tortishuvlar yuzaki yoki ishonarsiz bo'lgan yoki guruh a'zolari bir- 142
birlarini tushunishga sust holda intilganlar yoki vazifaga beparvoroq bo'lganlar, yoki bir-birlarini xafa qilib qo'yishdan cho'chiganlar, yoki guruhning barcha a'zolari yuzaki holda kelishilgan-u, aslida esa har jam o'z fikrida qolgan bo'lishi mumkin. Samimiy munosabat bu guruhda o'z aksini topmagan.
Agar guruh xatosining soni 40 dan ortiq bo'lsa, bu guruh a'zolari umuman bir-birlari bilan kelisha olmaganlar, o'zaro ishontirish bo'lmagan. Har kim o'z fikrida qolgan. Samimiy munosabat o'rnatilmagan.
Izoh: Bajarilgan vazifani baholashning yana bir turi quyidagicha: tinglovchilarning javoblari o'qituvchi tomonidan berilgan „TO'G'RI JAVOB" ning yarmidan ko'piga to'g'ri kelgan bo'lsa „qoniqarli", 75 % to'g'ri kelgan bo'lsa „yaxshi", 100 % to'g'ri kelgan bo'lsa „a'lo" deb belgilash mumkin.