O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bm. Umarov


Insoniy munosabatlar psixologiyasi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə47/92
tarix16.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#180829
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   92
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b-fayllar.org

Insoniy munosabatlar psixologiyasi. Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o'mi, insoniy muomala va muloqotningpsixologik vositalari, muloqot va uni o 'rganish muammolari.
  1. 1. Psixologiyada shaxs muammosini o'rganilishi


  1. Inson shaxsini o'rganish masalasi bilan falsafa, psixologiya, pedagogika kabi fanlar shug'ullanadi. Hozirgi davrda inson muammosi aniq va gumanitar fanlarning umumiy tadqiqot ob'ektiga aylanib bormoqda. Shunga qaramasdan, bir tomondan, insonni o'rganishda differensiasiya hodisasi yuz bermoqda, ikkinchi tomondan, inson taraqqiyotining sintetik tavsifi bo'yicha integrasiya holati ko'zga tashlanmokda. Inson bir qator fanlarning tadqiqot ob'ekti ekanligini yig'iq tarzda tasawur etish uchun uni biososial va sosiobiologik jihatdan o'rganish maqsadga muvofiq.


  2. Ma'lumki, inson hayoti va faoliyatining operasional (O'quv, operasiya, harakat, malaka) mexanizmi uning ontogenezda funksional mexanizmga o'sib o'tadi, binobarin, unda komillikbelgisi shakllanadi, natijada u kamolot cho'qqisining muayyan darajasiga erishadi.


  3. Inson — jamiyat — tabiat — turmush munosabatlarini tekshirgan rus olimlari S.L.Rubinshteyn, L.S. Vigotskiy, A.N. Leontev, B.G. Ananev odamning ular bilan har xil turdagi va ko'rinishdagi kauzal, strukturaviy, funksional, fazoviy va makoniy aloqalar tizimi mavjud- ligini ta'kidiab o'tganlar.


  4. Birinchidan, inson u yoki bu aloqalar tizimiga binoan biologik mahsuli „Homo Sapiens" sifatida o'rganiladi.


  5. Ikkinchidan, tarixiy jarayonning ham ob'ekti, ham subyekti tariqasida shaxs tadqiq etiladi


  6. Uchinchidan, individ muayyan ko'lamda o'zgaravchan, taraq- qiyotning genetik dasturiga asoslanuvchi alohida xususiyatli jonzot tarzida ilmiyjihatdan tekshiriladi. Insonni jamiyat ishlab chiqarishining etakchi tarkibi, bilish, kommunikasiya va boshqaruv subyekti, tarbiya predmeti sifatida tadqiq etilishi muhim ahamiyatga ega. Inson va uning borliq bilan ko'p qirrali munosabatga hamda aloqaga kirishishi quyidagi tarzda namoyon bo'lishi mumkin:


  7. —tabiatning biotik va abiotik omillari — inson;


  8. —jamiyat va uning tarixiy taraqqiyoti — inson;


  9. —inson — texnika;


  10. —inson — madaniyat;


  11. —inson va jamiyat — yer va fazo.


  12. XXI asrda ham odam individ, shaxs, subyekt, komil inson sifatida talqin qilinishda davom ettiriladi, lekin har bir tushuncha mohiyatida sifat o'zgarishlari yuz berishi mumkin.


  13. Odamga individ sifatida tavsif berishda uning yosh davri, jinsiy va individual-tipologik xususiyatlariga asoslaniladi. Yosh davri sifatlari ontogenetik evolyusiya bosqichlarida izchil ravishda namoyon bo'ladi va takomillashuv jarayonida o'z ifodasini topadi, jinsiy demorfizm xususiyati esa ularga mos tushadi. Individning individual-tipologik xususiyatiga konstitusion (tana tuzilishi, bioximik individuallik) holatlar, simmetriya va assimetriya juft reseptorlari, effektorlari funksiyasi kiradi. Bu xususiyatlar va xossalar birlamchi hisoblanib, hujayra va molekulyar tuzilishning barcha darajalarida ishtirok etadi.


  14. Yosh, jinsiy va individual tipologik xususiyatlar sensor, mnemik, verbal va mantiq psixofiziologik i'unksivaiari dinamikasi hamda organik ehtiyojlar tuzilishini aniqlaydi. Individning bu xususiyatlarini ikkilamchi deb atab, ularning integrasiyasi temperamentda va tug'ma mayllarda ifodalanilishini ta'kidlab o'tish joiz.


  15. Yuqoridagi sifatlar rivojining muhim shakli ontogenetik evo- lyusiyadan iborat bo'lib, ular filogenetik dasturga asoslanib hukm suradi. Yosh va individual o'zgaruvchanlik insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti ta'siri ostida har xil ko'rinishda namoyon bo'ladi. Individning dinamik xususiyatlariga shaxsning ijtimoiy sifatlari ta'sir etib, uning individual o'zgaruvchanligi omilini kuchaytiradi.


  16. Insonning shaxs sifatida tavsiflashning muhim lahzasi, uning dinamik xususiyatlari hisoblanib, jamiyatdagi statusi (iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, ya'ni uning jamiyatda egallagan o'rni) orqali ifodalanadi. Status negizida doimiy o'zaro aloqalar tizimi yotadi. Rolning 170


  17. ijtimoiy fimksiyasi muayyan maqsadlarga va qadriyatlarga yo'nalganlik shaxsni faollashtiradi. Status, rol, qadriyatga yo'nalganlik shaxs xu- susiyatlarining birlamchilarini tashkil etadi va uning tuzilishida asos bo'lib xizmat qiladi. Shaxsning ta'rifi xulq motivasiyasi xususiyati va ijtimoiy fe'1-atvor tuzilishini belgilab, uning tarkibidan ikkilamchi alomatlar sifatida joy egallaydi. Shaxsning birlamchi va ikkilamchi sifatlarining o'zaro ta'sirini birlashtiruvchi yuksak samara tarzida inson xarakteri va mayllari yuzaga keladi. Insonning shaxs xislatlarini rivojlantiruvchi asosiy shakl — uning jamiyatdagi hayot yo'li va ijtimoiy tarjimai holi hisoblanadi.


  18. Individ, shaxs va subyekt taraqqiyotining tadqiqotida quyidagi holatlarga e'tibor qilishi zarur:


  19. —inson rivojining asosi hisoblangan omillar va shart-sharoitlar (ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, pedagogik va yashash muhiti omillari);


  20. —insoning o'ziga taalluqli, asosiy tavsiflar, uning ichki qonuniyatlari, mexanizmlari, evolyusiya bosqichi, barqarorlashuvi va evolyusiya;


  21. — inson yaxlit tuzilishning asosiy tarkiblari, ularning o'zaro aloqalari, shaxsning tashqi ta'sirlarga javobi va munosabati, taraqqiyot jarayonida ularning takomillashuvi kabilar.


  22. Uch xil xususiyatli tadqiqot dasturining tarkibiy qismlari insonning amaliy va nazariy faoliyatining mezonlari hisoblanadi. Chunki faoliyatda yashash muhiti tarixiy tajribani egallashda interiorizasiya va eksteriorizasiya amalga oshadi.


  23. Odamning maqsadga qaratilgan ijtimoiy foydali faoliyati prosessida hayotiy deb ataladigan mexanizmlari va ongli faoliyatining funksional sistemasi prosesslari yuzaga keladi. Ana shular tufayli odam bilimlarni, ko'nikma va malakalami, kishining sosial tajribalarini o'zlashtiribgina qolmay, balki, o'zining idroki, tafakkuri, xayoli, hissiyotlari va iro- dasini bir so'z bilan aytganda, voqelikka bo'lgan ongli munosabatini hamda o'z harakatlari va xulq-atvorining motivlarini tarkib toptiradi.


  24. Shaxsning barcha xususiyatlari, munosabatlari va xatti-harakatlari shaxsning hayoti faoliyatida ma'lum rolni bajaruvchi va har biri murakkab qurilmadan iborat bo'lgan hamda shartli ravishda to'rtta o'zaro mustahkam bog'langan funksional bosqichlarga birlashtiriladi:


  25. Birinchisi — boshqaruv tizimi;


  26. Ikkinchisi — stimullashtirish tizimi;


  27. Uchinchisi — stabilizasiyalash tizimi;


  28. To'rtinchisi — indikasiyalash tizimi.


  29. Shaxsning ana shu sosial ahamiyatga ega bo'lgan barcha sifatlari ijtimoiy taraqqiyotning yuksak ongli faoliyatchisi sifatidagi shaxsning xulq-atvori va xatti-harakatlarini belgilaydi.


  30. Birinchi tizimning hosil bo'lishida analizatorlar o'rtasidagi doimiy tabiiy aloqani aks ettiruvchi filogenetik mexanizmlar katta rol o'ynaydi. Biroq, bu ilgari yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, ontogenez pro- sessida filogenetik analizatorlar o'rtasidagi aloqa vaqtli aloqalar bilan organik jihatdan qo'shilib keladilar. Bunda, mazkur tizimning ichida perseptiv tizimiga o'tib ketadigan yuksak darajada integrasiyalangan ma'lum ichki sensor komplekslarni hosil qiladi. Bunday komplekslar qatoriga nutq, eshitish, ko'rish hamda sensomotor komplekslarni kiritish mumkin. Mana shu komplekslarning hammasi odamning hayot- faoliyati jarayonida o'zaro bir-biri bilan doimiy aloqaga kirishib, sen- sor-perseptiv uyushishning yagona funksional dinamik tizimini yaratadi. Insonning sensor-perseptiv jihatlari doimo takomillashib boradi.


  31. Ikkinchi tizim barqaror psixik holatlarni o'z ichiga oladi. Bu ho- latlar bolaning aniq maqsadni ko'zlovchi va foydali faoliyatning ongli subyekti sifatida bola boshlagan ilmlarining dastlabki yillaridayoq shakllana boshlaydi. Temperament, intellekt, bilim va munosabat ana shunday xususiyatlar jumlasiga kiradi.


  32. Uchinchi tizim — shaxsni arbob sifatida stabilizasiyalash tizimidir. Yo'naltirilganlik, qobiliyat, mustaqillik va xarakter uning tarkibiy qismini tashkil etadi.


  33. Yo'naltirilganlik bilim, munosabatlarning hamda shaxsning xulq- atvori va xatti-harakatlarida ijtimoiy ahamiyat etakchilik qilgan motiv- larning bir butun ekanligida o'z ifodasini topadi. Bu xususiyat odamning dunyoqarashi, qiziqishlari va ma'naviy ehtiyojlarida namoyon bo'ladi.


  34. Yo'naltirilganlik strukturasida g'oyaviy e'tiqod katta rol o'ynaydi. G'oyaviy e'tiqod — bu bUimning, o'sha shaxsga xos bo'lgan intellektual, emosional va iroda sifatlarining sintezi, g'oyalar va xatti-harakatlar bir butunligining negizidir.


  35. To'rtinchi tizim o'z ichiga shunday xususiyatlar, munosabatlar va xatti-harakatlarni oladiki, ularda real shaxslaming ijtimoiy „o'y fikrlari va his-tuyg'ulari" aks ettiriladi. Ular bu shaxslaming siyosiy jihatdan ongli, ijtimoiy taraqqiyotning mas'ul arboblari sifatida xulq- atvorini belgilab beradi. Bunga gumanizm, kollektivizm, optimizm va mehnatsevarlik fazilatlari kiradi.


    1. Shaxs ijtimoiy ta'sirlar mahsuli sifatida


  1. „Shaxs" tushunchasi psixologiyada eng ko'p qo'llaniladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o'rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson ruhiy olami qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi ham shaxsning ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bo'lgan aloqasi masalasini chetlab o'tolmaydi.


  2. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, „Homo sapiens" — „aqlli zot" tushunchasini o'zida ifoda etuvchi jonzotning paydo bo'lganiga taxminan 40 ming yildan oshibdi. Bu davrda olimlarning e'tirof etishlaricha, 16 ming avlod almashgan emish. Darvin tabiri bilan aytganda, tabiiy tanlanish jarayonida er yuzida saqlanib qolgan minglab millat va elatlaming keyingi davrdagi taraqqiyoti ko'proq biologik omillardan ko'ra, ijtimoiy-sosial omillar ta'sirida ro'y bermoqda. Shuning uchun ham har bir individni yoki shaxsni o'rganish masalasi uning bevosita ijtimoiy muhiti va uning ijtimoiy normalari doirasida o'rganishni taqozo etadi.


  3. Sosial yoki ijtimoiy muhit — bu insonning aniq maqsadlar va rejalar asosida faoliyat ko'rsatadigan dunyosidir. Mazmunan har bir insonning shu ijtimoiy olam bilan aloqasi uning insoniyat tajribasi, madaniyati va qabul qilingan, tan olingan ijtimoiy xulq normalari doirasidagi harakatlarida namoyon bo'ladi.


  4. Psixologiya ilmining namoyondalari bo'lmish olimlarning butun bir avlodi ana shu shaxs va jamiyat aloqalari tizimida insonning tub mohiyatini anglash, uning rivojlanishi va kamol topishi qonuniyatlarini izlaganlar. Abu Nasr Farobiy, A. Navoiy, Ibn Sino, Beruniy kabi yuzlab Sharq allomalari ham bu o'zaro bog'liqlikning falsafiy va ijtimoiy sirlarini ochishga o'zlarining eng durdona asarlarini bag'ishlaganlar. Barcha qarashlarga umumiy bo'lgan narsa shu bo'lganki, odamni, uning mohiyatini anglash uchun awalo, uning shu jamiyatda to'tgan o'mi va mavqeini bilish zarur. Shaxsni o'rganishning birlamchi mezoni ham shundan kelib chiqqan holda, uning ijtimoiy mavqei, ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o'rni bilan belgilanishi kerak.


  5. Demak, inson jamiyat a'zosi sifatida uning normalariga bo'ysunadi, uning kutishlariga javob berishga harakat qiladi va o'z xulqini uning talablariga monand qilishga intiladi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, shaxs fenomeniga ta'rif berish mumkin.





  6. Yüklə 0,73 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin