O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bm. Umarov



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə8/92
tarix16.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#180829
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92
O\'zbekiston respublikasi oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirligi b-fayllar.org

2-rasm. Pedagogik psixologiyaning asosiy metodlari

birlamchi ma'lumotlar to'playdi, to'plangan ma'lumot yana tahli] qilinadi va maxsus tarzda ishlatilishi mumkin.

Quyida psixologiya, jumladan, pedagogik psixologiya fanida eng samarali, ishlatilishi qulay va olingan natijalar ishonchliligi yuqori bo'lgan kuzatish metodiga to'xtalib o'tamiz.

Kuzatish metodi tavsifi

Kuzatish metodi qadimgi empirik metodlar guruhiga mansub bo'lib, unda hozirgi kunda sifat jihatidan katta o'zgarishlar yuz berdi. Uning ob'ekti, ko'lami kengaydi, murakkab jarayonlarni o'rganish imkoniyati tug'ildi. Kuzatishning texnologiyasi takomillashdi, shakli va vositalari ko'paydi, ob'ektivlik darajasi ortdi. Kuzatish psixologiya fanining barcha sohalarini universal tadqiq qilish metodiga aylanib qoldi. Shu boisdan bugungi kunda uning ahamiyati yangi bir yuksak darajaga ko'tarildi. Tatbiqiylik ko'lami yanada kengaydi, statistik metodlarga mosla- shuvchanligi bilan boshqa tadqiqot metodlaridan ajralib turadi.

Yuqoridagi mulohazalarga asoslangan holda uning ayrim manbalarda yoritilmay qolgan jihatlari to'g'risida mulohaza yuritamiz.

Kuzatish texnikasi

  1. Voqelikni kuzatish oqimini muayyan qismlarga ajratish (klasi- fikasiyalash).


  2. Kuzatishning ko'lami va xarakterini aniqlash.


  3. Kuzatishni qayd qilish (fiksasiyalash).


  4. Olingan natijalarni sifat va miqdor jihatdan tahlil qilish.




Kuzatish oh 'ekti va predmeti
  1. Kuzatishning ob'ekti — inson, guruhiy va jamoaviy munosa- batlar, ob'ektiv va sub'ektiv kechinmalar, hayvonot olami, shaxs faoliyati kabilarni o'rganishdan iboratdir.


  2. Kuzatishning predmeti — insonning holati, uning harakat tez- ligi, harakatning kuchi, hamkorlik harakati, odamning ongsiz, ongosti va onglilik holatlari (faoliyat, muloqot) ni eksteriorizasiyalashdan ibo- ratdir. Bunda quyidagilar inobatga olinishi zarur:


  1. amaliy va gnostik harakat;


  2. nutq aktlari, ma'nosi, mazmuni, mohiyati, yo'nalishi, chas- totasi, ritmi, davomiyligi, intensivligi, ekspressivligi, uning leksikasi, grammatikasi va fonetik qurilishi;


  3. mimika, imo-ishora, pantamimika, vokal mimikasi;


  4. vegetativ reaksiyalarning ayrim ko'rinishlari (qizarish, terlash, oqarish, nafas olishning tezlashuvi va qiyinlashuvi),




Kuzatish iyerarxiyasi
  1. Kuzatishning maqsadi


  2. Kuzatishning vazifalari


  3. Kuzatishning programmasi


  4. Kuzatish fiksasiyasi.


Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:


  1. umumiy talablarga rioya qilish;


  2. yaxlit qayd qilib borish;


  3. kundalik;


  4. texnik vositalardan foydalanish.




Kuzatishning ifodalanishi
  1. Olingan ma'lumotlaming alomat va belgilar orqali ifodalanishi (piktogramma, grafik sxema).


  2. Standart protokollarning aks ettirilishi.




Kuzatish turlari
  1. Sistematik


  2. Epizodik


  3. Dala sharoitida


  4. Labaratoriya sharoiti


  5. Tabiiy sharoitda


  6. Xronologik


  7. Davriy

  8. Bir martalik



Mehnat faoliyatini kuzatish
  1. F. Gilbertning ish kuni fotografiyasi metodikasi (harakatni tahlil qilish)


  2. A.F. Gostevning xronokartasi (2 yoki 3 marta 30 minutdan lenadan keyin talabalarda dars boshida, o'rtasida, darsdan keyin).




Kuzatish formalari

1- Aralashib yashirin kuzatish

2Psixologikportret

  1. Ochiq aralashib kuzatish (o'smirlarda)


  2. Xulq portreti




Kuzatishni qayd qilish turlari
  1. Kundalik


  2. Ta'kidlovchi


  3. Umumlashtiruvchi


  4. Faktik (foto video magnit lentasi)




Kuzatish natijalarini qayta ishlash
  1. Sifat tahlili


  2. Miqdoriy tahlil




Kuzatish hisobotini jihozlash
  1. Kirish (muqaddima)


  2. Metodika tavsifi


  3. Natijalarni tartibga keltirish


  4. Natijalarning muhokamasi va tahlili


  5. Xulosalar


  6. Tavsiyalar


  7. Adabiyotlar ro'yxati


  8. Uovalar



Konflikt holatini aniqlash
  1. Nizo (konflikt) mohiyatiga kirish


  2. Nizoning kuchayishi


  3. Nizoning echilishi


  4. Nizodan keyingi psixologik holat




Kuzatish yakuni
  1. Umumpsixologik xulosalar chiqarish


  2. Milliy etnopsixologik va regional xususiyatlarni sharhlash


Asosiy tushuncha va atamalar

Yangi davr va psixologiya, psixologiya fanining dolzarbligi, psi- xikaning zamonaviy va klassik ta'riflari, psixik jarayonlar, psixologiya tarmoqlari, psixologik tarmoqlar klassifikasiyasi, psixologiya fanining metodlari, kuzatish metodi, so'rov metodi, psixologik testlar, psixologik eksperiment, modellashtirish.

Rezyume

Yangi davr har bir insondan psixologik bilimlarni egallashni talab etadi. Buning uchun shaxs psixikasining namoyon bo'lish shakl-lari: psixik jarayonlar, psixologik holatlar, shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini bilish zamr bo'ladi. Hozirgi kunda psixologiya fanining 300 dan ortiq sohasi alohida ravishda shakllangan. Fan sifatida psixologiya awalo, „ijtimoiy gumanitar", so'ngra „tabiiy, aniq va texnika" va eng oxirida „iqtisodiyot" blokidan o'rin olgan bir qator fanlar bilan uzviy bog'liq boiib, bu torn ma'noda uning jamiyatda amaliy ahamiyati ortib borayotganligidan darak beradi.




Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin