2022- yil 14-may Bugun ham yaxshi kayfiyatda Universitetga keldim.
11-1 fra 21 guruhida talabalar bilan suhbatlashdim. Qo’shimcha tarzda aksariyat talabalar kelajakda kim bo’lmoqchi, qayerda ishlamoqchi kabi savollarga ham javob berishdi. Ularning har biri o’z fikrlarini izohlab berishga harakat qilishdi. Javoblaridan mamnun bo’ldim. Dushanba kuni o’tkaziladigan ochiq darsimizga tayyorgarlik ko’rdim.
Hujjatlarim borasida kamchiliklarini yan ko’rib chiqdim.
Shu bilan bugungi amaliyot kunim o’z nihoyasiga yetdi.
2022- yil 16-may Bugun men Kursdoshim Berdiyeva Zulfiyaning 11-2fra-21 guruhi talabalari bilan TO’MM fanidan ochiq dars mashg’ulotiga qatnashdim. Tahlil uchun amaliyot rahbarim O.I. Adizova, fan o’qituvchisi N.N. Abdullayeva, M. Jo’rayeva hamda magistr kursdoshlarimiz kirdilar. Dars mavzusiga oid ko’rgazmali, tarqatma materiallardan unumli foydalanishga harakat qilindi. Yutuq va kamchiliklarim xususida malakali ustozlarimizning fikrlarini tinglanildi.
Bugungi amaliyot kunim shu tarzda yakun topdi.
2022- yil 17-may Bu kun talabalarning bilish faoliyatini faollashtirishga yordam beruvchi metodlar, ularning o’zlashtirish va qabul qilish qobiliyatlarini o’stiradigan, mustaqil ishlashlariga imkon yaratuvchi usullarga yana bir bor qiziqdim va internet saytlariga murojaat qildim.
Kunning qolgan qismini amaliyot hujjatlarimni tartibga solishga bag’ishladim. Dars tahlillariga kirib metodik usullarni o’rgandim. Tahlil blankalarimni ko’zdan kechirdim.
Shunday qilib, bugungi kunim ham o’z nihoyasiga yetdi.
2022- yil 18-may Soat 11.00 da Universitetga keldim. Kafedraga borib, 11-1 fra 19 guruhi rahbari N. Nurillayevadan axborot soati mavzusini oldim. Vaqt bo’lgach, o’qituvchi bilan guruhga kirdik, talabalar bilan ko’rishib, murabbiylik soatini boshladik. Bugungi – “O’zbekiston – umumiy uyimiz!” mavzusini talabalar bilan atroflicha o’rgandik.
Undan so’ng magistlarda “Yozish amaliyoti” fanini kuzatdim. Bu fanni kafedraning malakali ustozi N.Abdullayeva 11-2fra-20 guruhi talabalariga o’tdilar.Men dars tahliliga kirdim.Dars ajoyib o’tdi va bunda turli video rolliklardan foydalanildi.