2022- yil 23- may Bugungi amaliyot kunimni o’zim uchun “ijodiy kun” deb belgiladim va amaliyot uchun ajratilgan kunlik 6 soatni kutubxonada o`tkazdim. U yerda dissertatsiyam taqdimoti uchun zarur bo’lgan manbaalardan havolalar oldim. Va yana OAK tasarrufiga kiruvchi nufuzli jurnallarning kataloglari bilan tanishdim. Impact Factor statusiga kiruvchi jurnallarni ham o’rgandim.
Kursdoshlarimiz bilan dars tahlillariga ham kirdik. Metodik usullarni o’rgandik.
2022- yil 24- may Bugun soat 9: 00 da kafedraga keldim. Chunki bugun yana bitta ochiq dars o’tadigan kunim. Amaliyot boshida menga biriktirilgan 11-1fra-21 guruhi talabalari bilan “O’qish va yozish amaliyoti” fanidan ochiq dars mashg’uloti tashkillashtirdim . Bu dars qo’qqisdan rejalashtirilganligi bois dastlab talabalar bilan uchrashdim. Bu darsni tashkillashtirishda menga ilmiy va pedagogik amaliyot rahbarim f.f.f.d N.B.Kuldasheva yaqindan yordam berdilar. Shu o’rinda ulardan juda minnatdor ekanligimni alohida ta’kidlab o’tmoqchiman. Dars davomida Kafedramiz qator o’qituvchilari professor Malohat Jo’rayeva, kafedramiz mudiri Dilafruz Karimova, f.f.f.d N.B. Kuldasheva,dotsent O.I.Adizova,katta o’qituvchi Mavluda Toirova, o’qituvchi Maqsuda Jo’rayeva va Muborak Xamidova ,qolaversa,kursdoshlarim ham tahlilga kirishdi.
2022- yil 25 may Bugun ham o’z vaqtida kafedraga tashrif buyurdim va me’yoriy hujjatlarni rasmiylashtirish bilan qiziqdim. Bundan tashqari fransuz tili ta’lim yo’nalishida o’ziga xos o’rin tutgan Mamlakatshunoslik fanining namunaviy o’quv dasturini ko’zdan kechirdim. Modulning ta’lim mazmuni qanday boyitilganini o’rgandim. Bunda talabalarning leksik boyliklarini mavzulashtirilgan tarzda boyitishga ahamiyat berilganiga amin bo’ldim va bu yondashuvni mutaxassis sifatida to’liq qo’llab quvvatlayman.
Amaliyot hujjatlarimni tartibga soldim, kerakli qaydlarni qilib qo’ydim.
2022- yil 26 may Bugun ham o’zimga biriktirilgan guruhga bordim. Ulardan biron bir fandan berilgan vazifalarda qiyinchiliklar bormi deb so’radim, ertangi kun uchun rus tili fanidan berilgan vazifani aytishdi. Rus tilini bilganim uchun vazifani bajarishga yordam berdim.
Dars vaqti bo’ldi, talabalar bilan xayrlashib, auditoriyadan chiqdim.
So’ng kafedra huzuridagi o’quv xonalaridan biriga kirib, hujjatlarim bilan ishladim.
2021 yil 27 may Soat 11.00 da kafedraga keldim. Kafedra o’qituvchilari hamda kursdoshlarim bilan kun yangiliklari borasida fikr almashdim.
Pedagogik amaliyot bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlashning shunday bosqichiki, bunda OO’Yuda to’plangan bilim hamda uquvlarning hammasidan kompleks tarzda foydalanishga to’g’ri keladi. Bu fikrga amaliyotning har bir kuni dalil-isbot bo’lyapti.
Shu mulohazalar bilan amaliyot hujjatlarimni tartibga soldim, ma’lumotlar to’pladim, tahlil qildim.