2022- yil 19- may.
Bugun ham Universitetga bordim. O’zimga biriktirilgan guruh bilan uchrashdim, ular bilan biroz hamsuhbat bo’ldim
So’ngra kafedraga qaytdim va kursdoshlarim Sh.Xolova va L.Majidovalar bilan hujjatlarimiz ustida ishladik. Dars tahlillariga kirdik, o’zaro fikr almashdik. Yangi metodlarni o’rgandik.
MD ishimni yana ko’zdan kechirdim. Har gal ko’zdan kechirish jarayonida yangi g’oyalar tug’iladi. Bu gal ham shunday bo’ldi va qo’shimchalarni kiritdim.
Amaliyot kundaligimga mana shunday qaydlarni qilib, navbatdagi amaliyot kuniga yakun yasadim.
2022- yil 20- may Bu kun ham ko’zda tutilgan ishlarni amalga oshirish uchun kafedraga keldim. Bugun men uchun biroz hayajonli kun . O’zimga biriktirilgan 11-1fra-19 va 11-3fra-19 guruh talabalari bilan TO’MA fanidan ochiq dars mashg’uloti olib bordim. Darsda turli video va slaydlardan foydalandim. Talabalar bilan”Brise glace”,”Devine-moi!”,”Puzzle” kabi metodlarni qo’llagan holda darsni olib bordim.Dars jarayoniga Kursdoshlarim Xolova Shahnoza va Saidova Zarinalar tahlilga kirishdi. Ochiq dars yakunida talaba qizlarni esdalik sovg’alar bilan siyladim.Ularning ko’zlaridagi quvonchni ko’rib, men ularga qanchalik bog;lanib qolganligimni sezdim.Yana kafedraga qaytdim, kelasi darslarimga tayyorgarlik ishlarimni davom ettirdim.
Birozdan keyin kafedra dotsenti O.I.Adizova biz, amaliyotchi talabalar bilan suhbatlashdilar. Amaliyot qanday ketayotganligi xususida so’radilar. Biz hammasi risoladagidek ketayotgani, rejalashtirilgan ishlarning hammasi o’z vaqtida bo’layotgani, kerakli malaka va ko’nikmalarni ham egallab borayotganimizni, hujjatlarimizni ham so’ralgan talablar asosida rasmiylashtirayotganimizni aytdik.
.
2022- yil 21-may Bugun ham Universitetga keldim, kursdoshlar bilan kafedrada yig’ildik, kafedramiz mudirasi D.H.Karimova bizni yig’ib, majlis o’tkazdilar.
Majlisda ochiq darslarimiz haqida so’z boshladilar, hammamizning darsimiz yaxshi o’tganini aytdilar. Endi mana shu darslarni talab darajasida rasmiylashtirib qo’yishimizni tayinladilar. Chunki yaqin kunlarda bu barcha ishlarning monitoringi bo’lishi kutilayotganini ta’kidlab o’tdilar.
Kursdoshlar bilan bo’sh auditoriyaga kirib, hujjatlarimiz ustida ishladik.
Bugungi amaliyot kunimiz shu tarzda yakunlandi.