O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/61
tarix01.05.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#105433
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61
O`zbekiston respublikasi

Tayanch tushunchalar: 
Arxaizm – hozirda mavjud narsa-hodisalarning eskirib qolgan atamalari 
arxaizmlar deyiladi. Masalan: ulus (xalq), lang (cho`loq), firqa (partiya), tilmoch 
(tarjimon) va h. eskirgan so`zlar bildirgan narsa hodisalar hozirgi hayotda bor bo`lgani 
sababli, o`z-o`zidan, tilda ularni ataydigan zamonaviy so`zlar bo`ladi. 
Qasida – qasida lirik tur janrlaridan biri bo`lib, arab tilidagi 
دصق so`zidan 
olingan niyat, intilish, ma`nolarini ifoda qiladi. Qasida muhim tarixiy voqealar va 
mashhur tarixiy shaxslar haqida tantanali uslubda yoziladigan asar sanaladi. Qasida arab, 
fors, va turkiy xalqlar adabiyotida, jumladan, o`zbek adabiyotida keng tarqalgan janrdir. 
Adabiyotlar: 

Абдураҳмонов Ғ., Рустамов А. Қадимги туркий тил. - Т.: Ўқитувчи.
1982. 

Абдураҳмонов Ғ., Шукуров Ш. Ўзбек тилининг тарихий 
грамматикаси. –Т.: Ўқитувчи, 1973. 

Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Mahmudov Q. O‘zbek tilining tarixiy 
grammatikasi. –Т.: O‘qituvchi, 2008. 


80 

Кононов А.Н. Грамматика языка тюркских рунических памятников 
VII-IX вв..-Л., 1980. 

Турсунов У., Ўринбоев Б., Алиев А. Ўзбек адабий тили тарихи. -Т.:
Ўқитувчи, 1994. 

Исхоқов Ф. Эски ўзбек тили ва ѐзуви. - Т.: Ўқитувчи, 1995. 

Мухторов Ж., Санақулов Ў. Ўзбек адабий тили тарихи. - Т.: 
Ўқитувчи, 1995. 
7 -MAVZU 
O`ZBEK ADABIY TILI TARIXIDA ALISHER NAVOIY IJODINING 
ROLI 
Reja: 
1. O`zbek adabiy tilining mumtoz davridagi tarixiy sharoit. 
2. Alisher Navoiy o`zbek tilining asoschisi. 
3. Alisher Navoiyning asarlarida o`zbek tili me`yorlarining 
belgilanishi. 
4. Alisher Navoiyning asarlarida «turkiy», «turkcha» atamalarining 
qo`llanishi va ma`nolari. 
A.Navoiy zamonasidagi badiiy adabiyotning turli janrlarida ijod etgan va 
shu sohalarda original asarlar yaratgan buyuk so`z san`atkoridir. Navoiy o`z asarlari 
orqali sermazmun maktab yaratgan buyuk iste`dod egasidir. Navoiy Husayn Bayqaro 
saroyida ish ko`rgan adabiyot jamiyatining tashkilotchisi va ustozi edi. SHu 
jamiyatdan o`z atrofiga zamondosh shoir va yozuvchilarni to`plab ular bilan fors-
tojik va turk-o`zbek shoirlarining ijodlari haqida, adabiyotning turli masalalari 
to`grisida, til va uslub haqida sermazmun va jozibali suhbatlar olib borar edi. Bu 
suhbatlar Navoiyning aytishicha, jonli munozaralarga aylanib ketar edi. Bundan esa 
Navoiy har choq xursand va mamnun bo`lgan. Navoiy zamondosh shoir, 
yozuvchilarning buyuk homiysi va ustozi edi. SHoir va yozuvchilarning shaxsiy 
munozaraviy suhbatlarida biror chigil masala tug`ilib qolgudek bo`lsa hamda o`rtada 
hal qilinmasa, shu masalani uzil-kesil hal qilish uchun suhbatdoshlar Alisher 


81 
Navoiyga murojaat kilardilar. Ular Navoiyning tiyran fikridan har doim o`zlariga 
kerakli fikrlarni topa olar edilar. Deyarli 40 yil davomida olib borilgan shu 
suhbatlar turk-o`zbek badiiy adabiyotida to`plangan boy tajriba, adabiyotning turli 
janrlarida to`plangan o`zining shaxsiy tajribalari keyinchalik «Xamsa», «Xazoyinul 
maoniy», «Mezon-ul avzon», «Majolis-un-nafois», «Muhokamat-ul-lug`atayin», 
kabi asarlarni yozish uchun Navoiyga asos bo`lgandir. SHu yuqorida ko`rsatilgan 
asarlarning yozilishi uchun bo`lgan boshqa sabablar Navoiy yashagan va ijod etgan 
davrdagi tarixiy sharoitlar bilan bog`likdir. Bir vaqtlar shuhrat qozongan va qo`shni 
davlatlarga ko`rqinch tug`dirib kelgan temuriylar davlati Navoiy ko`z oldida 
inqirozga yuz tuga boshladi. Temuriylar o`rtasidagi uzluksiz kurashlar davlatning 
harbiy- iqtisodiy qudratini zaiflashtirib yuborgan edi. Adabiyotda va adabiy tilda 
etakchilik xamon traditsion forsigo`y shoirlar ko`lida edi. Maktab va madrasalarda 
arab va fors tili o`rganilib, ular bilan birga fors poeziyasi haqida ma`lumot olinar edi. 
O`zbeklar orasidan chiqqan shoirlar o`zlarining dastlabki asarlarini ona tilida emas, 
balki fors tilida yozar edilar. Fors tili esa asrlar mobaynida fors tilida yozgan so`z 
ustalari tarafidan ishlanib, sayqal berib kelingan til edi. SHuning uchun ham fors 
poeziyasida tarbiyalangan turk-o`zbek shoirlari uchun o`z ona tilida yozishdan ko`ra 
badiiy jihatdan ishlangan fors tilida yozish oson edi. Bunga odatlanib qolgan 
ko`pgina turk-o`zbek shoirlari o`z asarlarini forsiy til bilan yozib kelgan. Alisher 
Navoiy «Majolis-un-nafois» asarida 459 ta shoir haqida ma`lumot berib, shundan 2-
majlisda 91 shoirdan 16 ta shoirning turk-o`zbek tilida, 3-majlisda 175 ta shoirdan 
faqat 3 tasigina turkigo`y ekanligini aytadi. SHu keltirilgan ma`lumotdan ham ko`rinib 
turibdiki, o`zbeklar ichidan etishib chiqqan so`z ustalari o`z ona tilida asar yozishga 
kam e`tibor berganlar. Bu hol siyosiy jihatdan ham temuriylar davlatiga ma`lum 
darajada putur egkazar edi. SHunday sharoitda o`zbek tilini mensimas, uning 
burdini tushirishga, bu til avom tili, dag`al til, ilmiy va badiiy tushunchalarni ifoda 
qilish kudratiga ega bo`lmagan til, degan fikrlar ilgari surilar edi. 
SHularga qarshi Navoiy o`zbek tilining badiiy qudratini adabiyotning butun 
vositalari orqali isbot etdi. U yuksak badiiy ijodiyotning timsoli sifatida 
«Xazoyinul maoniy», «Xamsa» va shu kabi sharq poeziyasida shuhrat qozongan 


82 
mavzularda asar yozib, o`zbek tilining qudratini keng namoyish qildi va shuhratini 
yoydi. SHu asosda yozuv tilini umumxalq tiliga moslashtirdi. Bu haqda Navoiyning 
o`zi ham ko`p asarlarida ko`rsatib o`tgan O`zbek tilining qudratini oshirgani
va xalq, tilini kitobiy til bilan yaqinlashtirgani haqida «Lison-ut-tayr»asarida shunday 
deydi.
Tүrk nazmida chү tartib men alam,
Ayladim ul mamlakatni yak qalam. 
Navoiy xalq madaniyatini ko`tara olishdagi qudratli vositalardan biri ona 
tili ekanini zamondoshlari orasida birinchi bo`lib tarixiy jihatdan tushundi va 
o`zining shu fikriga butun faoliyati sodiq qoldi. Navoiyning maqsadi badiiy jihatdan 
ishlanmagan xalq tilini badiiy ishlash va uni forsiy til darajasiga ko`tarish hamda shu 
asosda ona tilining shon-shuhratini keng yoyishdir. Navoiy deyarli har bir dostonida, 
til masalasiga alohida e`tibor bergan. Masalan: «Layli va Majnun»da shunday deyiladi: 
CHүn forsi erdi nuqta shavqi, 
Azraq erdi anda tүrk zavqin. 
Men tүrkchә bashlaban rivāyat, 
Qildi bu fasānani hikāyat. 
Kim shuhrat chүn jahāng`a bolg`ay 
Tүrkiy ilә dag`i bahra olg`ay. 
Navoiy badiiy adabiyotning butun sohasida ijod etib, xar sohada o`ziga xos 
originallik yaratgan va shu asosda o`zbek tilining badiiy kudratini imkoniyatini keng 
namoyish qildi. 
Navoiy o`zbek tilining himoyachisi va targ`ibotchisi sifatida ham nazariy ham 
praktik ishlarni amalga oshirdi, SHuning uchun buyuk turkolog N.I.Il’minskiy uni «Ona 
tili uchun kurashda yagona va bahodir jangchi edi»,-deb ta`riflagan edi. 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin