O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Yarim chegaralangan sohada qo’yilgan masalalarni yechish uchun davom ettirish usuli.………………………………………………………………………41 Xulosa



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə2/13
tarix24.05.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#121071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
«Yarim chegaralangan sohada matematik fizika tenglamalariga qo’y

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xotima
2.2 Yarim chegaralangan sohada qo’yilgan masalalarni yechish uchun davom ettirish usuli.………………………………………………………………………41


Xulosa…………………………...………………………………………..……..51


Xotima…………………………………………...………………………………52


Foydalanilgan adabiyotlar………………...………………………….……….53


KIRISH


“Mendan eng katta boylik nima deb so’ralsa, bilimli, aqlli, odobli, ertangi kunni o’ylaydigan farzand ota-onaning eng katta boyligi deb aytgan bo’lur edim. Bunday boylikka ega bo’lganlarni jamoa boy-badavlat ota-ona, boy-badavlat oila deb tan oladi. Bunday oila hech qachon xor bo’lmaydi.”
I.Karimov
Bugun biz tez sur’atlar bilan o‘zgarib borayotgan insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o‘ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Davlat va siyosat arboblari, faylasuflar va jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi va jurnalistlar ba davrda turlicha ta’riflab, har xil nomlar bilan atamoqda. Kimdir uni yuksak texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda.
Albatta, bu fikrlarnig barchasida ham ma’lum ma’noda haqiqat, ratsional mag‘iz bor, chunki ularning har biri o‘zida bugungi serqirra va rang-barang hayotning qaysidir belgi alomatini aks ettirishi tabiiy. Ammo ko‘pchilikning ongida bu davr globallashuv davri tariqasida taasurot uyg‘otmoqda. Bunday ta’rif menimcha, ko‘p tomondan masalaning mohiyatini to‘g‘ri ifodalaydo. Nega deganda hozirgi paytda yer yuzining qaysi chekkasida qanday bir voqea yuz bermasin odamzot bu haqida dunyoning boshqa chekkasida zudlik bilan xabar topishi hech kimga sir emas.
Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni ob’yektiv tan olish kerak bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday shambarchas bog‘lanib borayaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunib anglash qiyin emas.
Shu ma’noda globallashuv bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir.
Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo‘lgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. Hozirgi paytda uning g‘oyat o‘tkir va keng qamrovli ta’sirini deyarli barcha sohalarda ko‘rish, hisoblash mumkin. Ayniqsa davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi xorijiy investitsiyalr, capital va tovarlar ishchi kuchining erkin harakati uchun qulayliklar vujudga kelishi, ko‘plab yangi ish o‘rinlarining yaratilishi, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalarining ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg‘unlashuvi tabiiyki, bularning barchasiga globallashuv tufayli erishilmoqda.
Binobarin, biz davlatimiz kelajagini o‘z qobig‘imizga o‘ralib qolgan holda emas, balki umumbashariy va demokratik qadriyatlarni chuqur o‘zlashtirgan holda tasavvur etamiz.
Bugun biz tarixiy bir davrda - xalqimiz o‘z oldiga ezgu va ulug‘ maqsadlar qo‘yib, tinch –osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o‘z kuch va imkoniyatlariniga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida ulkian natijalarni qo‘lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.
Biz o‘z taqdirimizni o‘z qo‘limizga olib, azaliy qadriyatlar tajribasini hisobga olgan holda, mana shunday olijanob intilishlar bilan yashyotganimiz, xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan ozod, erkin va farovon hayotni barpo etayotganimiz, buy o‘lda erishayotgan yutuqlarimizni xalqaro hamjamiyat tan olgani bunday imkoniyatlarning barchasini aynan mustaqillik berganini bugun hammamiz chuqur anglaymiz.
Bugungi kunda talim-tarbiya sohasidagi islohatlarning yo`naliashlari va pirinsiplari O`zbekiston Respublikasining “Talim to`g`risidagi qonuni”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va Davlat talim standart talablarida ko`rsatib berilgan, ”Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning talablaridan biri yoshlarni umuminsoniy qadiryatlarga asoslangan shaxsiy va kasbiy fazilatlarni shakillantirish, izlanish,tadbirkorlik, ishbilarmonlik ko`nikmalarini tarkib toptirishdan iboratdir.Bu esa har bir o`qituvchidan yuqori bilim va yuksak madaniyat egasi, tashkilotchi hamda tadbirkor bo`lishi talab qilinadi. Biz mustaqil O’zbekiston yoshlari har tomonlama yetuk barkamol avlod bo’lib yetishishimiz uchun keng imkoniyatlar yaratib Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov yosh avlod tarbiyasiga juda katta e’tibor berib kelmoqdalar. Jumladan, asosiy vazifamiz Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish nomli Prezidentimiz I.A.Karimovning 2013-yilning asosiy yakunlari 2014-yilda O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida:
Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog’lom o’sishi, balki ularning eng zamonaviy intelektual bilimlarga ega bo’lish bilan birgalikda, ingliz tilini mukammal biladigan uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib, XXI asr talablariga to’liq javob beradigan barkamol avlod bo’lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz.
Shu kunlarda hukumatimiz tomonidan ushbu masala yuzasidan qabul qilingan Davlat dasturi ana shu ezgu maqsadga erishish yo’llarida jami davlat va nodavlat manbalari hisobga olingan holda mavjud barcha resurs va imkoniyatlarning safarbar etishni ko’zda tutadi kabi satrlarni o’qish mumkin.
Shuningdek, 2014 yil “Soglom bola” yili davlat dasturi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorida “ta’lim jarayonida yangi axborot komunikatsiya va pedagogik texnalogiyalarda, elektron dasturlar, multimediya vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari, litseylar va oliy o’quv yurtlarida o’qitish sifatini tubdan yaxshilash, ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni ilmiy faoliyatiga keng etibor qaratish, ularning o’z ijodiy va intelektual salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun sharoit yaratishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish ”ko’zda tutilgan vazifalardan hisoblanar ekan, darslarda yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirish Prezirentimiz ta’kidlaganidek, “erkin fikrlashga” o’rgatish uchun ayni muddao bo’ldi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ta’lim-tarbiya sohasida islohotlar o’tkazish va ularning asosiy yo’nalishlari, talablari va maqsadlarini aniqlash, hamda tegishli xulosalarni chiqarishda, bugungi muhokama qilinadigan hujjatlarda keng jamoatchiligimizning fikr-mulohazalari, tarbiya va izohlari ifoda topgan desak hech qanday mubolag’a bo’lmaydi. Shuning uchun ham amaldagi ta’lim-tarbiya tizimining zaif tomonlarini, zamon talablari, jamiyatimiz kelajagi va maqsadlariga javob bermaydigan jihatlarini chuqur tasavvur qilish, erkin, badavlat yashayotgan mamlakatlar tajribasini o’rganish, o’z o’lkamizga yuksak malakali, har jihatdan yetuk kadrlar tayyorlash dasturining asosiy sharti bo’lmog’i lozim. Shuning uchun ta’lim-tarbiya sohasida ham belgilanayotgan islohotlarni hayotga tadbiq qilishda islohotlarni bosqichma-bosqich o’tkazish prinsipi qo’yilgan.
Differensial tenglamalar nazariyasi zamonaviy matematikaning eng katta bo‘limlaridan biridir. Differensial tenglamalar nazariyasi ikkita: oddiy differensial tenglamalar va xususiy hosilali differensial tenglamalar nazariyasidan iborat.
Xususiy hosilali differensial tenglamalar sistemasi matematik fizika tenglamalari nazariyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli xususiy hosilali differensial tenglamalar sistemasini matematik jihatidan o‘rganish juda muhim, chunki undan mexanika va fizikaning turli bo‘limlarida foydalanadilar, ya`ni mexanika va fizikaning ko‘pgina masalalari giperbolik tenglamalar sistemasiga keladi. Masalan, elektromagnit to‘lqinlari uchun Maksvell tenglamalari sistemasi, akustika tenglamalari sistemasi fizika fanida juda muhim va qiyin muammolarni hal qiladi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin