178
maqsadini anglash o‘z ish-harakatida kishi diqqatining yuksak darajada
mujassamlanishini ta’min etuvchi eng muhim shart va sharoitlardan biridir.
8.3. Diqqatning ko‘chuvchanligi, bo‘linishi, ko‘lami, kuchi, barqarorligi
va bo‘linishi. Diqqatning rivojlanishi
Diqqatning ixtiyorsiz va ixtiyoriy ravishda vujudga kelishi o‘zining
yo‘nalishiga ko‘ra tashqi va ichki bo‘lishi mumkin. Agar diqqatning manbai
ongimizdan tashqarida bo‘lsa tashqi deb ataladi. Masalan, shofyor, tikuvchi,
muharrir kabilarning faoliyatida sodir bo‘ladigan diqqat tashqi diqqatdir. Tashqi
diqqat faqat idrok qilish jarayonidagina namoyon bo‘lmasdan,
balki fikr
yuritilayotgan narsalarga ham qaratiladi. Jumladan, ixtirochining o‘zi yaratgan
narsasini tasavvur qilishi, rassomning obrazlarni kashf qilish jarayoni,
muhandisning to‘g‘on qurilishini ko‘z o‘ngiga keltirish bilan bog‘liq
holatlar
bunga misol bo‘la oladi. Inson ongining o‘zida sodir bo‘layotgan o‘z hissiyotlarini,
fikrlarini, orzu-istaklarini va shu kabilarni kuzatishda ichki diqqat yuzaga keladi.
Diqqatning har ikkala ko‘rinishi ham faoliyatning muvaffaqiyatli yakunlanishiga
munosib hissa qo‘shish imkoniyatiga egadir.
Dominanta tushunchasi fiziologiya faniga A.A.Uxtomskiy tomonidan
kiritilgan. Uning isbotlashicha, dominanta orqa miyadan tortib to bosh nerv
markazlarining ishlash printsipini tashkil qiladi. Dominanta
diqqatning fiziologik
asosidir.
Nerv jarayonlarining induksiyasi - oliy nerv faoliyatining qo‘zg‘alish va
tormozlanish jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat: MNSining biror markazida
qo‘zg‘alish paydo bo‘lsa, u boshqa markazlarda tormozlanishning kelib chiqishiga,
tormozlanish esa qo‘zg‘alishning kelib chiqishiga sabab bo‘lishdan iborat
qonuniyat. Nerv tizimi jarayonlarning konsentratsiyasi - markaziy asab tizimidagi
qo‘zg‘alish yoki tormozlanish jarayonlarining vaqt o‘tishi bilan dastlabki paydo
bo‘lgan uchastkasiga to‘planish qonuni.
Diqqatning ko‘lami - bir davrning o‘zida diqqat tomonidan qamrab olinishi
mumkin bo‘lgan obyektlarning miqdori.
179
Diqqatning ko‘chuvchanligi - faoliyat jarayonida diqqatning ongli ravishda bir
obyektdan ikkinchi obyektga ko‘chirilishi. Diqqatning ko‘chuvchanligi har qanday
faoliyatda, ayniqsa pult boshqaruvidagi alohida ahamiyatga egadir.
Diqqatning
taqsimlanishi - diqqatning bir vaqtning o‘zida bir qancha obyektlarga qaratilishidan
iborat xususiyati. Diqqatning taqsimlanishi murakkab faoliyat jarayonini amalga
oshirishda alohida ahamiyatga egadir. Masalan: shofyorning, o‘qituvchining ish
jarayonidagi diqqati taqsimlangan diqqatdir.
Diqqatning barqarorligi - diqqatning o‘z obyektiga kuchli yo‘naltirilishi va
faol to‘planishidan iborat ijobiy xususiyati. Yuqorida ko’rsatilgan psixik
jarayonlarning hammasi odamda diqqat mavjud bo’lgandagina yuzaga chiqadi.
Diqqat – ongimizning o’zimiz idrok etayotgan,
tasavvur qilayotgan, fikr
yuritilayotgan va aytayotgan narsamizga qaratish, bir nuqtaga to’plash demakdir.
Diqqat o’ziga alohida bilish jarayoni emas, balki bilish jarayonlarning aktiv borishi
va sifatli bo’lishi uchun zarur shartdir, xolos.
Ba’zi psixologlar (masalan G.A.Fortunatov) diqqatni psixik holatlarga
qo’shadilar. Ammo, diqqat ong faolligining o’ziga alohida bir ko’rinishi ekanligini
keyinroq yaqqol anglashiladi. Shu sababli diqqatni iroda sohasiga ham qo’shish
mumkin.
Odamning
idrok qilayotgan,
tasavvur etayotgan, fikr yuritayotgan narsasiga
va qilayotgan ishiga nisbatan ko’nglidan kechayotgan har xil yoqimli va yoqimsiz,
xush yoki noxush tuyg’ular emotsional sohaga (yoki hissiyot sohasiga) kiradi. Biz
dilimizda xush yoki noxush tuyg’u his qilamiz, do’stlik, vatanga muhabbat his
qilamiz, urush olovini yoquvchilarga qarshi g’azab his qilamiz. Odamning
emotsional tuyg’ulari doimo uning ehtiyoj va manfaatlari bilan bog’liq bo’ladi.
Odamning idrok qilayotgan, tasavvur etayotgan va fikr yuritayotgan narsasiga va
qilayotgan ishiga ijobiy yoki salbiy munosabati hissiyotda o’z ifodasini topadi.
Emotsiyalar ham jarayon, ham holat bo’ladi.
Psixik faoliyatning yuksak ko’rinishi, ya’ni niyatimizga (oldindan o’ylagan
maqsadimizga) yetmoq uchun shu maqsadga erishish yo’llari va vositalarini
180
qamrab olib, shuningdek, uchraydigan qiyinchiliklarni bartaraf qilishda g’ayrat
ko’rsatib qilinadigan faoliyat iroda sohasiga kiradi.
Ixtiyoriy (iroda bilan bo’ladigan) faoliyatni ixtiyorsiz (irodadan tashqari
bo’ladigan) faoliyatdan ajratish kerak. Ixtiyorsiz faoliyat hayotimizdan tashqari va
anglab, bilib g’ayrat ko’rsatmasdan turib yuzaga chiqadi.
Ixtiyoriy va ixtiyorsiz
faoliyat diqqat e’tiborda va ish-harakatda ko’rinadi. Shu sababli ixtiyorsiz diqqat
bilan ixtiyoriy diqqat, ixtiyorsiz harakatlar bilan ixtiyoriy (iroda bilan bo’ladigan)
harakatlar farq qilinadi.
Psixologik hodisalar subyektiv kechinmalar aks etiladigan narsa va
hodisalarning miyamizdagi obrazlari shaklida ro’y beradi. Ammo, barcha
subyektiv psixik hodisalar sirtda, organizmizning xilma-xil o’zgarish va
harakatida: mimika, imo-ishora, nutq pantomimikada o’z ifodasini topadi.
Dostları ilə paylaş: