212
Xotira jarayoni hisoblanmish unutish bu o‘ziga xos, rang-barang, izoh talab
ruhiy kognitiv hodisa. Shaxs faoliyatiga singib ketgan ma’lumotlar (obyektlar,
subyektlar) uning uchun muayyan ahamiyat kasb etganligi
tufayli bular mutlaqo
unutib yuborilmaydi, inson faoliyatiga singib ketgan materiallar uning ehtiyojlari
bilan bevosita aloqaga kirishganligi sababli unutish bilan kurashish jarayonining
ishonchli vositasi hisoblanadi. Buning yorqin ifodasi
esda saqlashning muhim
omili yoki usuli - bu takrorlash aqliy harakatidir.
Salbiy induksiya hodisasi harakati bilan uyg‘unlashuv beqaror, shuningdek,
muvaqqat (vaqtincha) unutish jarayonini keltirib chiqaradi. Oliy ta’lim jarayonida
o‘zlashtirishda notanish, begona (yot) qo‘zg‘atuvchilar
yangi muvaqqat
(vaqtincha) bog‘lanishlar vujudga kelishiga to‘sqinlik qiladi, buning oqibatida esda
olib qolishning samaradorligi (mahsuldorligi) pasayadi. Oldingi (o‘tmishdagi)
barqarorlashgan bog‘lanishlar (aloqalar) izlarini yo‘qotishga yo‘nalgan to‘siqlar
so‘zsiz unutish jarayonini keltirib chiqaradi. Modomiki, shunday ekan, unutish
nerv faoliyatining proaktiv va retroaktiv tormozlanishi (to‘xtalishi)
bilan aloqada
bo‘lishiga shubha yo‘q. Ma’lumotlarga qaraganda, oldingi yoki keyingi faoliyat
hozirgi faoliyatning mazmuniga o‘xshash yoki undan murakkabroq bo‘lsa, albatta
tormozlanish (to‘xtalish) holati vujudga keladi.
Yuqoridagi psixologik va fiziologik omillarga asoslangan holda mana bunday
xulosaga kelish mumkin: birinchidan, bir mavzudan boshqa bir mavzuga o‘tish
chog‘ida bir oz to‘xtalish qilish
tufayli asabiy taranglashuv, jiddiylik, aqliy
zo‘riqish kamayadi; ikkinchidan, auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda mustaqil
bilim olishda turdosh, jinsdosh o‘xshash
fanlar yuzasidan emas, balki o‘zaro bir-
biri bilan keskin tafovutlanuvchi sohalar bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini yo‘lga
qo‘yish darkor.
Dostları ilə paylaş: