O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

Nazorat savollari: 
1.
Xotira haqida tushuncha bering?
2.
Xotira turlarini sanab bering?
3.
Xotira mashqlarini bilasizmi? 
4.
Xotira jarayonlari va mexanizmlari haqida aytib bering?
5.
Xotiradagi individual farqlarni tushuntirib bering? 


219 
10 -MAVZU. XAYOL VA TASSAVUR HAQIDA TUSHUNCHA 
 
Tayanch tushunchalar:
Ijodiy xayol, fantaziya, obraz, agglyutinatsiya, orzu, 
shirin xayol, giperbola

aktiv xayol, passiv xayol, produktiv xayol, reproduktiv 
xayol,
 
tasavvur,
aglyutinatsiya, giperbolizatsiya, tipiklashtirish, sxematizatsiya, 
aksentlashtirish. 
 
10.1. Xayol haqida tushuncha. Xayolning fiziologik asoslari 
Psixologiyada xayol tafakkur singari bilish jarayonlaridan biri hisoblanib, u 
insonining ichki va tashqi xususiyatli va izlanishli faoliyatida, muayyan darajaga 
ega bo‘lgan muammoli vaziyatning vujudga kelishi va uning hal qilinishida 
ishtirok etadi. Agarda xayolni genetik jihatidan kelib chiqishi tahlil qilinadigan 
bo‘lsa, u albatta insonning mehnati mahsulini obrazlar, timsollar yordami bilan aks 
ettirmasdan turib, bevosita faoliyatga kirishish mumkin emas, chunki fikri 
mulohazalarni tasavvur qilish tufayli yaqqol tafakkurning predmetiga uzatiladi. 
Xuddi shu boisdan xayol yordami bilan inson tomonidan kutilayotgan natija, ya’ni 
kutilmagan tasavvur obrazlari yaratiladi, go‘yoki bu jarayonda ijodiy faoliyatning 
modeli ishlab chiqiladi, fantastik timsollar tizimi yangiliklar-ning mutlaqtarkiblari 
bilan boyib boradi, ichki faollik esa uning mexanizmiga aylanadi. Odamning har 
qanday izlanishli, mehnat va ijodiy faoliyatlari xayoliy jarayonlarni o‘z ichiga 
qamrab oladi, kashfiyotning dastlabki obrazlari, tarkiblari aniq voqelikdan uzoq 
bo‘lishidan qat’iy nazar, taraqqiyot (rivojlanish) turtkisi vazifasini bajaradi. 
Odatda, xayol inson faoliyatining zaruriy tarkibi, muhim sharti sifatida uning 
turlari atamasi nomlari bilan ifodalanadi, chunonchi badiiy, adabiy, ilmiy 
izlanishli, musiqaviy, loyihaviy, konstruktorlik. evristik (fikriy topqirlik), ijodiy 
faoliyat kabilar. Shaxs tomonidan bajarilishi, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan har 
qanday faoliyatning mahsuli oldindan tasavvur qilinishi, yaxlit timsol shaklda ko‘z 
o‘ngiga keltirilishi shart. 
Jahon psixologiyasida xayol insonning ijodiy faoliyatning tarkibiy qismi 
sifatida talqin qilinadi, u tizimiy xususiyatli xatti-harakatning oraliq va yakuniy 
mahsullari orqali aks etadi, muammoli vaziyatda noaniqlik, noma’lumlik 


220 
alomatlari vujudga kelsa, u holda faoliyat rejasini qayta ko‘rib chiqishni 
ta’minlaydi. Shu narsani alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, hech qachon xayol ijodiy 
faoliyat dasturining yaratuvchisi sifatida namoyon bo‘lmaydi, balki uning ayrim 
o‘rinlarini to‘ldirishning va almashtirishning timsollarini yaratadi, xolos. 
Xayol – insonning subyekt sifatidagi ongidan butun holda idrok qilinmagan 
yoki sezgi a’zolari yordamida idrok etila olmaydigan obyektlarning in’ikosining 
(tasavvurlar, sxemalar va boshqa obraz-modellarning) yoki jo’rttaga paydo 
bo’lishiga yoxud ataylab qurilishiga olib keluvchi bilish faolligidir. (masalan, 
kelajakni mo’ljallagan tarix hodisalari idrok etila olmaydigan yoki umuman 
mavjud bo’lmagan dunyoning voqealari – miflar va ertaklardagi g’ayritabiiy 
personajlar va b.). 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin