9.4. Xotirani mustahkamlash qonuniyatlari. Assotsiatsiya va
uning turlari
Qator psixolog olimlarning mulohazalariga binoan: 1) materialni esda olib
qolish darajasi shaxsning xususiyatiga ega emas, balki uning yakkahol
xususiyatlariga bog‘liqdir; 2) mexanik esda olib qolishning odat tusiga kirib qolishi
ham yosh davrlarning xususiyati emasdir; 3) chet el psixologi G. Uippl (1919
yilda) ushbu masalani tadqiq qilishiga ko‘ra, so‘zma-so‘z esda olib qolish mexanik
esda olib qolishning biron-bir ko‘rinishidir.
Tajriba vaqtida o‘zlashtirilayotgan materialni «o‘z so‘zi» bilan bayon qilib
berishlari so‘ralganda, natija ko‘ngildagidek bo‘lmagan, bunga asosiy sabab so‘z
qashshoqligidir. Chunki o‘zlashtirilgan material mantiqiy izchil emas, balki
so‘zma-so‘z o‘zlashtiriladi. So‘zlarning birin-ketin izchillikda bayon qilinishi bir
oz bo‘lsada, materialning asliyatiga yaqinlashadi.
Material va xabarlarni so‘zma-so‘z olib qolish imkoniyatining sabablari
quyidagilardan iborat:
a) materialning ta’sirchanlik darajasi;
b) shaxsning o‘zlashtirishga munosabati;
v) o‘zlashtiruvchining imkoniyati va qobiliyati.
Agar o‘zlashtirilayotgan material ta’sir kuchini ko‘rsatishda yosh davrlarining
xususiyatlari, subyektning o‘ziga xosligi, betakrorligi hisobga olinib, ularni
egallashga nisbatan to‘g‘ri ko‘rsatma berilsa, u holda uning ta’sirchanligi ortadi.
206
Materialni o‘zlashtirishga nisbatan munosabatda katta yoshdagi odamlar uchun
materialni ma’nosiga tushunib esda olib qolishning ahamiyati, bolalar va maktab
o‘quvchilarida esa tasavvur obrazlari va obrazli xotira muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalarda o‘zlashtirilayotgan materialning aniqligi, o‘ziga xosligi, betakrorligi,
aksariyat xususiyatlariga ega ekanligi kabi sifatlarning ahamiyati muhimdir.
Insonning o‘z ustida mustaqil ishlashi, o‘z-o‘zini takomillashtirish, o‘z-o‘zini
boshqarish imkoniyati, uzluksiz mashq qilishi, zarur ko‘nikma va malakalarni
egallashi, ichki imkoniyatlardan unumli foydalanishi esda olib qolish
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Esga tushirish.
Esga tushirishga xotira jarayoni sifatida ta’rif berilganda,
uning ta’siri natijasida uzoq muddatli xotira tizimida avval mustahkamlangan turli
xususiyatli materiallar va taassurotlarni operativ (tezkor) xotira jabhasiga
ko‘chirishning faollashuvi nazarda tutiladi. Oldin o‘zlashtirilgan materiallarni
xotirada qayta tiklanishi, ya’ni xotirada to‘planib (yig‘ilib) qolgan izlarning
faollashuv jarayoni murakkab yoki yengil kechishining darajalariga binoan
tavsiflanishi mumkin: a) bizni qurshab turgan narsa va hodisalarni hech
ikkilanmasdan «avtomatik» tarzda tanish; b) qariyb unutilish darajasida bo‘lgan
narsa va hodisalarni qiyinchilik va azob bilan eslash kabilar. Ana shu talqindan
kelib chiqqan holda esga tushirish jarayonining ichki tuzilishiga binoan bir nechta
turlarga ajratish maqsadga muvofiq: tanish - bevosita shaxs yoki narsani esga
tushirish (ixtiyoriy va ixtiyorsiz tarzda) va eslash (xotira ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz
holatda). Bu asnoda insonning turmush tarixi (hayotiy solnomasi), uning umr
davomidagi (ontogenetik) xotirasi va uni eslash shaxs uchun alohida ahamiyat kasb
etadi.
Tanish - bu kognitiv nuqtai nazaridan tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarni
inson tomonidan qayta idrok qilish sharoitida esga tushirishdan iborat xotira
jarayoni. Tanish muayyan shaxsning hayoti va faoliyatida katta ahamiyatga ega.
Bu xotira jarayonining sharofati tufayli biz ko‘rgan, eshitgan narsalar, hodisalar,
voqeliklar va insonlar bilan qayta duch kelganimizda ularni yangidan, boshdan
idrok qilmaymiz, balki ularni qaysidir alomatlari, ko‘rinishi, xususiyatlari va
207
boshqalarga asoslanib taniymiz. Xuddi shu bois, tevarak-atrofdagi obyektlarni
(subyektlarni) idrok qilish tajribasi bilan uzviy bog‘liq tanish jarayoni atrof-
muhitdagi voqelik (realiya) bo‘yicha to‘g‘ri mo‘ljal (oriyentir) olishga imkon
yaratadi. Tanish o‘zining aniqligi, ko‘lami, yorqinligi xususiyatlari va darajalariga
binoan har xil ko‘rinishlarga ega. Psixologiyada tanish jarayon sifatida ham
ixtiyorsiz, ham ixtiyoriy tarzda namoyon bo‘lishi mumkin. Tadqiqot natijalariga
ko‘ra, tanish to‘liq, yorqin, aniq amalga oshgan bo‘lsa, u holda bir daqiqali
ixtiyorsiz aqliy harakat tarzida kechadi yoki yuzaga keladi. Bu jarayonda hech
qanday jismoniy, asabiy, aqliy zo‘riqishsiz, o‘zimiz payqamagan holda avval idrok
qilgan jismlar yoki sub’ektlarni tez taniymiz. Chunki, insonning favqulodda
tajribasi, hayotiy tajribasi, faoliyati bilan ixtiyorsiz tanish jarayonining turi
qo‘shilishib ketadi. Mabodo tanish jarayoni o‘zining ko‘lami bilan noto‘liq bo‘lsa,
u albatta noaniq xususiyat kasb etadi. Agarda qaysidir odamni ko‘rganda «tanishlik
hissi» uyg‘onsa, lekin uni oldin (avvaldan) bilgan kishimizga o‘xshashligi bo‘yicha
shubhalanishimiz mumkin. Shunday ruhiy holatlar ham uchraydiki, unda biz biror
insonni tanisak-da, biroq qay tarzda, qanday vaziyatda uni uchratganimizni xotirlay
olmaymiz. Bunday holdagi noto‘liq yoki yetarli darajada to‘liq bo‘lmagan tanish
jarayoni o‘ziga xos murakkab ixtiyoriylik xususiyatlarini kasb etadi. Obyektni
(subyektni) idrok qilishga asoslangan holda uni aniqlanish uchun biz turli
vaziyatlarni eslashga harakat qilamiz. Bunday ruhiy holatlar tanish jarayonini esga
tushirishga ko‘chganday tasavvur uyg‘otadi.
Esga tushirish jarayoni tanishdan farqli o‘laroq mo‘ljallangan obyektni
(subyektni) qaytadan idrok qilmasdan eslash orqali bevosita tarzda amalga
oshiriladi. Favquloddagi daqiqalarda ro‘yobga chiqarilayotgan faoliyatning
mazmuni esga tushirishni aks ettirsa-da, lekin ushbu faoliyat maxsus tarzda uni
esga tushirishga yo‘nalmagan bo‘ladi. Bunday ko‘rinishdagi esga tushirish
ixtiyorsiz deyilsa-da, ammo u biron-bir tashqi yoki ichki turtkisiz, o‘zidan o‘zi
yuzaga kelmaydi. Ixtiyorsiz esga tushirishning turtkisi - bu predmetni (subyektni)
idrok qilish, tasavvur obrazlarini yaratish, fikrlarni tug‘ilish jarayoni hisoblanib,
ularni muayyan tashqi ta’sirlar (omillar) keltirib chiqaradi.
208
Tasodifiy holatlarda obyektlarni (subyektlarni) idrok qilish yuzaga keltirgan
ixtiyorsiz esga tushirish betartib (xaotik) bo‘lmasdan, balki muayyan narsalarga
yo‘nalish xususiyatiga egadir. Fikr va obrazlarni esga tushirishning mazmuni va
yo‘nalishini avvalgi tajribalardan to‘plangan bilimlar, assotsiatsiyalar belgilaydi.
Goho inson tomonidan esga tushirish turtkilari sezilmasligi sababli ushbu jarayon
o‘zidan o‘zi vujudga kelganday tuyuladi.
Ixtiyorsiz esga tushirish yo‘nalgan, tashkillashgan bo‘lishi uchun obyektlarni
(subyektlarni) idrok qilishni tasodifiy turtki emas, balki mazkur daqiqalarda shaxs
tomonidan amalga oshirilayotgan muayyan faoliyat mazmuni keltirib chiqaradi.
Masalan, o‘qilgan kitobning mazmuni ta’sirida kishida uning tajribalarini ixtiyorsiz
esga
tushirishni yo‘nalganligi va tashkillashtirilganligi
ortadi.
Mazkur
mulohazalardan kelib chiqqan holda ixtiyorsiz esga tushirishni ixtiyorsiz esda olib
qolish jarayoni sifatida boshqarish maqsadga muvofiq. Agarda oliy maktab
o‘qituvchisi ma’ruzani mantiqli, ma’noli, tartibli, tizimli amalga oshirsa,
mashg‘ulotlarda talabalarda oldingi tajriba mahsullarini tashkillashtirish uquvi
ortadi. Odatda, inson o‘z oldiga qo‘ygan maqsaddan kelib chiqadigan ixtiyoriy
esga tushirishni reproduktiv topshiriq yoki muammo yuzaga keltiradi. Mabodo
o‘zlashtirilgan materiallar xotirada puxta mustahkamlangan bo‘lsa, u holda ularni
esga tushirish yengil kechadi. Ba’zan materiallarni har qanday vaziyatda, turli
yoshdagi insonlar tomonidan eslash imkoni vujudga kelmasa, u taqdirda
qiyinchilikni oson, yengil yengish maqsadida faol qidiruv faoliyatini amalga
oshirish zarur. Bunday yo‘sindagi esga tushirish eslash jarayoni deb ataladi.
Eslash ixtiyoriy esda olib qolishga o‘xshab murakkab aqliy harakat
xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin. Kasb-koridan qat’iy nazar, har qanday shaxs
obyekt va subyektlarni oqilona eslash ko‘nikmasini egallashga intilishi
(odatlanishi) lozim. Ma’lumki, insonning o‘z bilimlaridan foydalanishning
tayyorgarlikdarajasi va mahsuldorligi unga bevosita bog‘liqdir. Tajribalarning
ko‘rsatishiga qaraganda, puxta, mustahkam esda olib qolish jarayoni
muvaffaqiyatli esga tushirishni ta’minlaydi.
209
Shuni ta’kidlash joizki, eslashning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan reproduktiv
topshiriqning mazmuni nechog‘lik aniq, yorqin, aniqlangan bo‘lishiga bog‘liq.
Mabodo eslash jarayonida qiyinchiliklar vujudga kelsa, u taqdirda reproduktiv
topshiriq mohiyatidan kelib chiqqan holda fikrlash, xotirlash keng ko‘lamdagi
bilimlardan torroq tizimli bilimlar sari yo‘naltirilishi joiz. Buning uchun dastavval
nimani esga tushirish aniqlangandan keyin assotsiatsiyalarni faollashtirish
maqsadida solishtirish, qiyoslash, farqlash, o‘xshatish, aqliy operatsiyalaridan
foydalanish ma’qul. Eslash xotiraning esga tushirish jarayoni singari tanlash yoki
saralash xususiyatiga ega. Inson nutqida aniq mujassamlashgan va anglanilgan
reproduktiv topshiriq (vazifa, masala, muammo) eslashning keyingi aqliy
harakatga yo‘naltirilganligi tufayli xotira mahsulining eng muhimini ajratib yoki
tanlab olishga yordam beradi.
Eslashning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan uni amalga oshirishda aqliy usul va
vositalaridan qanday foydalanishiga bog‘liq. Xotiraning muhim vositalari qatoriga:
materiallarni (ko‘lami va hajmiga binoan) eslashning rejasini tuzish; obyekt va
subyekt mohiyati hamda xususiyatiga mutanosib obrazlarni (timsollarni) ko‘z
o‘ngiga keltirish; bilvosita assotsiatsiyalarni paydo qiluvchi maqsadga
yo‘naltirilgan ichki va tashqi turtki (motiv)larni qo‘zg‘atish va boshqarish.
Eslashning muvaffaqiyatli kechishi ko‘p jihatdan reproduktiv topshiriqni
bajarishning
qanchalik
asoslanganligiga
jiddiy
bog‘liq. Muammoning
asoslanganligi uni shaxs tomonidan anglash sari yetaklaydi. Eslash jarayoni
o‘tmish taassurotlarini oddiy tarzda esga tushirishgina emas, balki u oldingi
bilimlarining yangilari bilan aloqaga kirishuvi, yangicha tartibga keltirilishi,
chuqurroq anglanish darajasiga o‘sib o‘tishi hamdir.
Shuni ta’kidlash lozimki, shaxsda eslash jarayonida ishonch hissining
uyg‘onishi esga tushirishga katta ta’sir etadi.
Xotirot (esdaliklar shaxsiy majmuasi) bu shaxsning o‘tmishdagi obrazlar
voqeliklar va taassurotlarining fazoviylashuvi hamda vaqt (davr) jihatidan aniq
ifodalanilishiga asoslanib esga tushirishdir. Xotirlashda nafaqat o‘tmish obyektlari
va subyektlari esga tushiriladi, balki ular muayyan vaqt va fazo jihatidan
210
muvofiqlashtiriladi, ya’ni ularni qachon, qayerda, qanday sharoitda kechganligi
esga tushiriladi. Bu mahsullarning natijasida ular turmushning muayyan davri bilan
bog‘lanadi hamda ularning davriy kechishi insonlar tomonidan anglab yetiladi.
Har bir insonning shaxsiy turmush tarixi u yashayotgan jamiyatning ijtimoiy
voqeliklari bilan chambarchas bog‘liq. Borliqning, ijtimoiy hayotning hodisalari,
holatlari, voqeliklari, ham obyektiv, ham subyektiv xususiyatlari, kechinmalari
shaxsning muayyan esdaliklari ma’lum vaqt (davr, muddat) bilan cheklanganlik va
qurshab olinganlikning tayanch negizi sifatida xizmat qiladi. Jumladan, inson biror
narsa, sana va voqelikni eslaganida, u mazkur hodisa mustaqillik bayrami
arafasida, ya’ni XX asrning oxirgi o‘n yilligida sodir etilganligini ta’kidlaydi.
Shuningdek, xotirot (esdalik) murakkab aqliy faoliyat, jarayon bilan aloqada
bo‘lib, esga tushirish voqeliklarni, ularning ketma-ketligini, o‘zaro sababiy
bog‘liqligini anglash (tushunish)ning zarurati hisoblanadi. Shuning uchun inson
esdalik (xotirot)larining mazmuni, mohiyati, ma’nosi o‘zgarmay qolishi aslo
mumkin emas. Chunki, xotirot qotib qolgan kognitiv tarkib emas, balki dinamik
xususiyatli xotira jarayoni. Shaxs yo‘nalishining evolyutsion (tabiiy ravishda, asta-
sekin o‘zgarib boruvchanligi) tamoyilga asoslanganligi tufayli u qayta fikr
yuritishga, ma’noni fikran qayta qurishga moyil.
Shaxsning xotiroti (esdaliklari) uning shaxsiy hayoti, sarguzashtlari bilan
aloqadorligi sababli doimo ular bilan bir qatorda rang- barang emotsional holatlar,
murakkab ichki kechinmalar hamohangligida kechadi.
Unutish va esda saqlash. Unutish xotira jarayoni sifatida ta’rifga ega bo‘lib,
o‘zini vujudga kelish xususiyatiga bog‘liq tarzda o‘ta chuqur va yuzaki
ko‘rinishlarga ega. Xuddi shu bois, unutilgan obrazlarning yoki fikrlarning
faollashuvi u yoki bu darajada qiyinchiliklarga uchrashi, hatto amalga
oshmaydigan voqelikka aylanishi mumkin. Shaxsning faoliyatida xotirada
to‘plangan materiallar (turlicha bo‘lishidan qat’iy nazar) amaliyotda kamroq
qo‘llanilsa, foydalanilsa (ortiqcha yuk xususiyatini kasb etsa), unutish tobora
chuqurlashib boradi, buning natijasida faol hayotiy maqsadga erishish yo‘lidagi
ahamiyati pasayadi. Ammo qaysidir materialni eslash chog‘ida qiyinchilik, sun’iy
211
to‘siq yuzaga kelsa, uni mutlaqo yo‘qqa chiqarish kerak emas, chunki bu hodisa
uni batamom shaxs xotirasidan chiqib ketishini bildirmaydi. Odatda, materiallar
(obyektlar, subyektlar)ning aniq, yaqqol, mavjud tomonlarining shakli unutiladi,
bundan tashqari, uning hukm surishi, barqaror ahamiyatli mazmuni esa unga
o‘xshash (mutanosib) bilimlar va xulq-atvor harakatlari shakliy birliklari bilan
qo‘shilib ketadi, oqibat natijada xulq-atvorning mazkur shakllarida taassurotlar
integral (umumlashma, yig‘iq) tarzda esga tushishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |