O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
 
 


192 
Xotira turlari. 
 
Yuqorida bayon qilingan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, xotira sababiy 
bog‘lanish, ya’ni determinator holati natijasida vujudga keladi. 
Inson xatti-harakatlarining asta-sekin murakkablashuvi, yangicha mazmun va 
shakl kasb etishi, sifatiy o‘zgarishlarining yuz berishi, shaxsiy tajribaning 
kengayishi, ortishi bilan ro‘y beradi. Voqelikning va tashqi olamning timsollari, 
tizimlari o‘zaro turli yo‘sinda, tarzda bog‘lanib mustahkamlanadi, tartibga keladi, 
guruhga birlashadi, hayot va faoliyatning talablariga mos ravishda esda olib 
qolinadi; esda saqlanadi, muayyan izlarning jonlanishi natijasida ularning barchasi 
tiklanadi. Xotira insonning hayoti va faoliyatining barcha sohalarida qatnashishi 
tufayli uning namoyon bo‘lish shakllari, holatlari, shart-sharoitlari, omillari ham 
xilma-xil ko‘rinishga egadirlar. Odatda, xotiraning turlariga va ularni muayyan 
turlarga ajratishda eng muhim asos qilib, uning xarakteristikasini esda olib qolish, 
esda saqlash, qayta esga tushirish, tanish singari jarayonlarni amalga oshiruvchi 
faoliyatning xususiyatlariga bog‘liqligi olinadi. Umumiy psixologiyada xotira 5 ta 
muhim mezonga (bizningcha) muvofiq ravishda turlarga, ko‘rinishlarga ajratiladi. 
Harakat xotirasi. Inson faoliyatining har bir turiga ruhiy faollikning u yoki bu 
ko‘rinishlari ustunlik qilishi kuzatiladi: masalan, harakat, hissiyot, idrok, aql-
zakovat kabi ruhiy faoliyatning ko‘rinishlari mavjuddir. Ana shu ruhiy faollik 


193 
turlarining har biri tegishli harakatlarda va ularning mahsulotlarida o‘z ifodasini 
topib, harakatlarda, hissiy kechinmalarda, tuyg‘ularda, obrazlarda, timsollarda fikr 
va mulohazalarda aks etadi. 
Bularning barchasiga xizmat qiluvchi xotiraning o‘ziga xos turlariga nisbatan 
psixologiya fanida ilmiy tushunchalar tariqasida nom berilgan: harakat, hissiyot, 
obrazli va so‘z-mantiq xotira. 
Turli harakatlar va ularning bajarilishi tartibi, tezligi, sur’ati, izchilligi va 
boshqalarni esda qoldirish, mustahkamlash, esga tushirishdan iborat xotira turi 
harakat xotirasi deb ataladi. 
Xotiraning boshqa turlariga qaraganda, harakat xotirasi ba’zi odamlarda aniq, 
ravshan ustunlik qilayotganligi uchrab turadi. Psixologiya fanida klassik (mumtoz) 
misolga aylanib qolgan ushbu holatni keltirib o‘tish maqsadga muvofiqdir; bir 
musiqa ishqibozi musiqiy asarni xotirasida mutlaqo qayta tiklay olmas ekan, lekin 
u yaqindagina eshitgan operani faqat pantomima tarzidagina qayta tiklash 
imkoniyatiga ega bo‘lgan. Turmushda shunday odamlar uchraydiki, ular o‘zlarida 
harakat xotirasining borligini umuman payqamaydilar. Mazkur xotira turining 
g‘oyat katta ahamiyati shundan iboratki, u yurish, yozish, ifodali harakat 
malakalari bilan bir qatorda har xil amaliy mehnat malakalari tarkib topishining 
asosini tashkil qiladi. Agarda insonda harakat xotirasi bo‘lmaganda edi, u bironta 


194 
harakatni amalga oshirish uchun o‘sha harakatning aynan o‘zini har galda 
«boshdan boshlar», o‘rganar edi. Figurali uchish, langar bilan sakrash, gimnastika, 
chopishdagi xatti-harakatlar, badiiy gimnastika bilan shug‘ullanish harakat 
xotirasini taqozo etadi. Jismoniy chaqqonlik, mehnatdagi mahorat, «oltin qo‘llar», 
ziyrak ko‘zlar, egiluvchanlik va qo‘zg‘atuvchanlikka ega bo‘lish yuksak, barqaror 
harakat xotirasi mavjudligining alomati bo‘lib hisoblanadi. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin