O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


 Xotira jarayonlari va uning turlari. Xotiradagi individual farqlar



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

9.2. Xotira jarayonlari va uning turlari. Xotiradagi individual farqlar 
Qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida hosil qilingan izlarning uzoq muddat saqlanish 
hodisasining hayvonot olamini taraqqiyoti jarayonida namoyon bo‘lish xususiyati 
tadqiqotchilar tomonidan tekshirilgan va muayyan darajada ma’lumotlar to‘plash 
imkoniyatiga ega bo‘lganlar. 
Tajribada aniqlanishicha, poliplarning (meduzaga o‘xshash jonivorlar) asab 
tizimiga bir marotaba elektr toki bilan ta’sir qilish orqali qo‘zg‘atishni vujudga 
keltirish bir necha soat davomida saqlanib qoluvchi ritmik elektr impulslarini hosil 
qiladi. Hayvonot olami yirik vakillarining markaziy asab tizimini tadqiqot qilish 
davomida xuddi shunga o‘xshash hodisa kuzatilgan. Masalan, bir marotaba 
birdaniga elektr lampochkasini yoqish bilan qo‘zg‘atish hosil qilish uy quyonning 
yuqori ikki do‘ngligida uzoq muddat qayd qilish mumkin bo‘lgan ritmik elektr 
razryadlarini hosil qiladi. 
Tadqiqotchilarning ko‘rsatishicha, ko‘p vaqt bir xil signalni takrorlab turish 
natijasida insonning unga moslashishi, ya’ni orientir refleksning so‘nishiga, 
befarqlikka olib boradi (E.N.Boyko, Y.N.Sokolov va boshqalar). Psixolog 
E.N.Sokolovning fikricha, bunday odatlanish, ko‘nikish hodisasini alohida olingan 
neyronning ko‘p marotaba ta’sir etgan qo‘zg‘atuvchiga berayotgan javobini 
tekshirish davomida kuzatish mumkin. 
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, kuzatuvchining xarakteri yoki 
intensivligini bir oz o‘zgartirish jarayoni orientir refleksini qayta vujudga keltiradi. 
E.N.Sokolov olib borgan tekshirishlari shuni ko‘rsatdiki, u ilgari surgan 
orientir refleksining qayta tiklanishi faqatgina qo‘zg‘atuvchining xarakterini 
o‘zgartirilgan zahoti emas, balki ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng ham qo‘zg‘atish 


187 
mumkin. Agar tekshiruvchilarda alohida bir qo‘zg‘atuvchiga nisbatan moslashish 
paydo qildirilgan, salgina qo‘zg‘atuvchining jadalligini, ta’sir etish vaqti yoki 
xarakteri 
o‘zgartirilsa, u holda oriyentir refleksining vegetativ yoki 
elektrofiziologik simptomlari qayta tiklanadi. Bu oriyentir refleksining qayta 
tiklanishi uning so‘nganidan uzoq muddat o‘tgandan keyin ham kuzatiladi. 
Nerv tizimi ilgarigi kuzatuvchilarning izlarini aniq saqlay olish qobiliyatiga 
ega. Buning to‘laroq dalillash maqsadida misollarga murojaat qilamiz. 
Ma’lumki, agar bir xil xususiyatga ega bo‘lgan signal qanchalik ko‘p uchrasa, 
sinaluvchi unga shunchalik tez moslashadi, xuddi shu tariqa tezkorlikda 
(reaksiyaning latent vaqti juda qisqa bo‘lishiga qaramay) javob qaytaradi. 
Turli metodikalar bilan atroflicha tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, bu qonun 
eng oddiy sharoitlarda ham saqlanib qolar ekan. 
Keyingi davrdagi tekshirishlarning ko‘rsatishicha, insonning asab tizimi 
alohida signal izlarini o‘ta aniqlik bilan uzoq muddat saqqlash imkoniyatiga egadir, 
bunga E. N. Sokolov tajribalari yaqqol misol bo‘la oladi. 
Sinaluvchilarga bir marotaba ma’lum bir balandligi 500 gs va jadalligi 20 db 
bo‘lgan eshitish signali berilgan, unga javob tariqasida qo‘lning qisishi kerak 
bo‘lgan. Ular faqat shu signalga javob berib, boshqa signalga qo‘l xarakatlari 
qilmasliklari zarur edi. Tajribaning navbatdagi bosqichida sinaluvchilarga shu 
balandlikdagi, lekin intensivligi 5 db dan 30 db gacha bo‘lgan turli tovushlar 
berilgan. Bunda bir davrning o‘zida elektroensefalogramma, elektromiogramma 
kabi reaksiyalar qayd qilib borilgan. 
Ushbu tajriba oradan ikki, to‘rt va yigirma besh kun o‘tgandan so‘ng qaytadan 
takrorlangan, lekin bir marotaba berilgan etalon qayta takror namoyon bo‘lmagan. 
Tajriba natijalarining ko‘rsatishiga qaraganda, bir marotaba ko‘rsatilgan 
etalon sinaluvchilarda uzoq vaqt davomida saqlanib qolgan va undan so‘ng ham 
ular etalonga mos signallarga aniq elektrofiziologik va harakat reaksiyalarini 
bildirganlar. 
Keltirilgan tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, inson miyasi bir marta berilgan 
qo‘zg‘atuvchining izini uzoq vaqt aniq saqlashi mumkindir. Shunisi ajablanarliki, 


188 
izlarninganikligi vaqt o‘tishi bilan yo‘qolmaydi, balki u borgan sari kuchayib 
boradi. 
Izlarning «konsolidatsiyalanish» jarayoni. Yuqorida biz inson miyasiga ta’sir 
qilgan qo‘zg‘ovchilarning izi esda olib qolinishini ko‘rib o‘tgan edik. Navbatdagi 
vazifa izlarning mustahkamlanish jarayoni qanday kechadi, degan savolga javob 
berishdan iboratdir. Izlar tezda mustahkamlanadimi yoki ma’lum vaqt talab 
qiladimi, degan muammolar tug‘ilishi tabiiy holdir. 
Bu savollarni o‘rganish ko‘pgina tadqiqotchilarning predmeti bo‘lib xizmat 
qilgan. Ko‘pgina psixologlar kuzatishlariga qaraganda, insonning bosh miyasi 
jarohatlanganda, jarohatgacha bo‘lgan qisqa vaqt ichida va jarohatdan keyin 
ma’lum vaqt oralig‘ida ta’sir qilgan qo‘zg‘ovchilarning izi saqlanmaydi. Bosh 
suyagi og‘ir jarohatlanib, odam hushidan ketganda, shikastlangangacha qanday 
hodisa ro‘y berganligini va undan so‘ng ro‘y bergan hodisani sira eslay olmaydi. 
Bu hol anteregrad, retrograd va anteroretrograd amneziyasi degan nom olgan. Bu 
holat shuni ko‘rsatadiki, asab tizimiga ro‘y bergan kuchli shok (ruhiy og‘ir 
favquloddagi xastalanish) miyani ma’lum muddatga unga yetib kelgan 
qo‘zg‘atuvchilarning izlarini saqlashga qobiliyatsiz qilib qo‘yadi. 
Anterograd, retrograd va anteroretrograd amneziya miya izlarini esda olib 
qolishga qobiliyatsiz bo‘lib qolgan vaqt oralig‘ini o‘lchash imkonini berdi. 
Masalan, 7 km da halokatga (avriyaga) uchragan mototsiklchi 64 km dan boshlab 
ko‘rgan barcha narsalarni esdan chiqaradi. U soatiga 60 km tezlik bilan 
ketayotganligi sababli halokatdan 10-15 daqiqa oldin ro‘y bergan taassurotlarning 
izlarini mustahkam saqlab qola olmagan. Demak, izlarning xotirada 
mustahkamlanishi yoki psixologiyada aytiladiganidek, «konsolidatsiya»lanish 
uchun 10-15 daqiqa kifoya qilar ekan, xolos. 
Shunga o‘xshash omillar asosida maxsus tajribalar o‘tkazilib, bunda 
sinaluvchilarga sun’iy kuchsiz shok beriladi va qanday muddat oralig‘i xotiradan 
tushib qolishi kuzatiladi. 
Yuqoridagi 
kuzatishlar 
shunday 
fikrlar 
olib 
keldiki, 
izlarning 
mustahkamlanishi uchun muayyan vaqt talab qilinadi va ushbu faktni tekshirish 


189 
uchun psixologiyada qator tadqiqotlar o‘tkazila boshlandi. Amerikaliklar 
tomonidan tadqiqotlar quyidagicha amalga oshirilgan. Hayvonlar ko‘nikma hosil 
qilinayotganidan bir oz vaqt o‘tgan, hayvonga elektr toki beriladi. Agar shok 
ko‘nikma hosil qilinganidan 10-15 daqiqadan keyin berilsa, u holda mazkur 
ko‘nikma yo‘qoladi: agar ko‘nikma hosil qilinganidan keyin 45-60 daqiqa ichida 
berilsa, ko‘nikma saqlanadi. Shu sababdan izlarning mustahkamlanishi vaqti uchun 
10-15 daqiqa ajratilishi kifoya qiladi. Jahon psixologlari olib borgan keyingi 
tajribalar shuni ko‘rsatdiki, shokdan so‘ng hosil qilinadigan ko‘nikmaga ham shok 
salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Demak, shok izlarining «konsalidatsiya» 
lanishigacha ta’sir qilib qolmasdan, balki miyani shunday holatga solib qo‘yar 
ekanki, bunda ko‘nikma hosil bo‘lishi reallikdan uzoqlashadi. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin