O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat univеrsitеti


Mantiqiy esda olib qolishning bosqichlari



Yüklə 5,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/138
tarix19.10.2023
ölçüsü5,67 Mb.
#157498
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   138
Umumiy psixologiya OQUV QOLLANMA (1)

 
Mantiqiy esda olib qolishning bosqichlari. 
His-tuyg‘u yoki hissiy xotira. Bu xotira his-tuyg‘ular, ruhiy kechinmalar, 
hissiyotlar 
bizning 
ehtiyojlarimiz 
va 
qiziqishlarimiz 
qanday 
qondirilayotganligidan, atrofimizdagi narsa va hodisalarning xususiyatiga nisbatan 
munosabatlarimiz qay tarzda amalga oshirilayotganligidan doimo xabar berib 
turish imkoniyatiga ega. Shuning uchun har bir kishining hayoti va faoliyatida 
hissiy xotira turi juda katta ahamiyat kasb etadi. 
Voqelikdagi 
narsa 
va 
hodisalardan 
o‘z-o‘zimizga 
bo‘lgan 
munosabatlarimizdan kelib chiqadigan yoqimli hamda yoqimsiz kechinmalarni 
esda qoldirish, esga tushirishdan iborat xotira turi hissiy xotira deb ataladi. Ular biz 
ruhiyatimizda kechirgan, ma’naviyatimizga ta’sir qiluvchi, xotiramizda saqlanib 
qolgan his-tuyg‘u, ehtiros, alam, armon kabilar jonlanishiga, harakatga undovchi 


195 
yoki o‘tmishda salbiy kechinmalarga ega bo‘lgan harakatlardan saqlab turuvchi 
signal tarzida namoyon bo‘ladi. O‘zga kishilarning ruhiy holatiga hamdard 
(empatiya) bo‘lish, bevosita voqelik mohiyatiga oshnolik, kitob, san’at, kino, teatr 
qahramonlari bilan birgalikda qayg‘urish singari inson tuyg‘ulari hissiy yoki his-
tuyg‘u xotirasiga asoslanadi. 
Hissiy xotira o‘zining vujudga kelish xususiyati, tezligi, dinamikasi, 
davomiyligi bilan xotiraning boshqa turlaridan ma’lum ma’noda ajralib turadi. Har 
qaysi odamga o‘z turmush tajribasidan ma’lumki, ko‘pincha qachonlardir o‘qigan 
kitoblardan, tomosha qilgan kinofilmlardan, spektakllardan faqat «taassurotlar» 
bog‘lanishlari zanjirini yechishning dastlabki tuguni sifatida namoyon bo‘ladi. 
Shuning uchun hissiy (xotira ijtimoiy ahamiyat kasb etib, umumiylik alohida 
olingan odamlar kayfiyatlari bir-birlariga o‘xshashligi iliq ruhiy muhitni vujudga 
keltirish yoki noxush kechinmalar to‘lqinini barpo etish ehtimoli to‘g‘risida 
mulohaza yuritilayotganligi ayon bo‘lsa kerak) alomati ostida ijtimoiy, guruhiy, 
jamoaviy barqaror yoki beqaror kayfiyatni vujudga keltiradi. Ommaviy kayfiyat 
(shodlik, g‘am-g‘ussa, bezovtalanish kabilar) xuddi shu tarzdagi ehtiros, affekt, 
stress, shijoat singari kechinmalarni keltirib chiqaradi hamda ularni xotirada 
saqlanishga yordam beradi, zaruriyat tug‘ilganda jonlanishga o‘z ta’sirini 
o‘tkazadi. 
Obrazli xotira. Obrazli xotira tasavvurlar va turmush manzaralari, shuning 
bilan birga, tovushlar, ta’mlar, ranglar, shakllar bilan bog‘liq bo‘lgan xotira turidir. 
Obraz xotirasi deb, yaqqol mazmunni, binobarin narsa va hodisalarning aniq 
obrazlarini, ularning xususiyatlari va bog‘lanishlarini esda qoldirish, ongda 
mustahkamlash hamda zaruriyat tug‘ilganda esga tushirishdan iborat xotira turiga 
aytiladi. 
Sensor xotiraning eng sodda ko‘rinishi yoki shakli izchil obrazlardan 
iboratdir. Izchil obrazlarning namoyon bo‘lish hodisasi quyidagilardan tuzilgandir: 
agar subyekt (shaxs)ga bir necha daqiqa oddiy qo‘zg‘atuvchi yuborilsa, jumladan, 
10-15 sek. yorqin qizil kvadratga qarab turish taklif etilsa, so‘ng tekshiriluvchi 
oldidan kvadrat olib qo‘yilsa, u qizil kvadrat o‘rnida xuddi shunday geometrik 


196 
shakl izini ko‘rishda davom etadi, asosan, bu shakl ko‘k-yashil rangda tovlanadi. 
Mazkur iz o‘sha zahoti, ba’zan bir necha sekunddan keyin paydo bo‘lib, 15 
sekunddan to 45-60 sekundgacha o‘sha obyektda saqlanib turadi, shundan so‘ng u 
asta-sekin oqara boshlaydi; natijada o‘zining aniq konturini yo‘qotadi, keyinchalik 
mutlaqo yo‘qolib ketadi, goho butunlay yo‘qolish uchun qaytadan paydo bo‘lishi 
mumkin. 
Odamlarning 
individual-tipologik 
xususiyatlariga 
qarab, 
izchil 
obrazlarning aniqligi va davomiyligi turlicha bo‘lishi ko‘zga tashlanadi. 
O‘zining kelib chiqishi, kuchliligi jihatdan izchil obrazlar salbiy va ijobiy 
turlarga bo‘linadi. Agar izchil ravishda odam qizil rangga qarab turib, so‘ngra 
nigohini oq qog‘ozga ko‘chirsa, u holda obyektda ko‘k-yashil rang paydo 
bo‘lganday tuyuladi. Izchil obrazlarning ushbu turi salbiy izchil obrazlar deb 
ataladi. Bu holatni yana bir misol orqali tushuntirilsa quyidagi ketma-ketlik 
hodisasi namoyon bo‘ladi. Qorong‘i xonada ko‘z oldida bir narsa, masalan, qo‘l 
yaqinlashtirilsa, so‘ngra qisqa muddatli (0, 5 sek) elektr chirog‘i yoqilsa, bu holda 
chiroq o‘chgandan keyin odam bir necha daqiqa davomida narsalarning aniq 
obrazlarini ko‘rishda davom etadi. Mazkur obraz o‘z rangida bir qancha muddat 
saqlanib, so‘ng ko‘zdan yo‘qoladi. 
Izchil obrazlar xotira jarayonining sodda izlariga misol bo‘la oladi. Ushba 
ruhiy holatni ong bilan boshqarib bo‘lmaydi, chunonchi, xohishlarga qarab 
uzaytirish, ixtiyoriy ravishda qayta tiklash mumkin emas. Binobarin, izchil 
obrazlar ushbu xotiraning murakkabroq turlaridan ana shu jihati bilan farq qiladi. 
Izchil obrazlarni eshitish, teri orqali sezishda kuzatish mumkin, lekin bu 
vaziyatda izchil obrazlar kuchliroq namoyon bo‘lishi va qisqa muddat davom etishi 
kuzatiladi. 
Eydetik obrazlar. Umumiy psixologiyada izchil obrazlardan eydetik 
obrazlarni farqlash an’ana tusiga kirgan («eydos» - yunoncha «obraz» degan 
ma’noni anglatadi). Xotiraning bu turi, ya’ni eydetik obrazlar o‘z vaqtida nemis 
psixologiya maktabining namoyandalari aka-uka Yenishlar tomonidan ta’riflab 
berilgan. Ba’zi odamlarda, ayniqsa, bolalik va o‘smirlik, o‘spirinlik davrlarida 


197 
kuzatilgan narsa yoki suratlar ko‘z o‘ngidan olib qo‘yilsa ham surat siymosi uzoq 
vaqt saqlanish xususiyatiga ega. 
Mazkur narsa va jismlarning aniq obrazlari, tasvirlarini kuzatish mumkin. Bu 
hodisa jahon psixologiya fanida tajribada tekshirilib ko‘rilgan. Tajribada 
tekshiriluvchiga 3-4 daqiqa davomida rasm ko‘rsatilgan va tasvir olib qo‘yilgandan 
so‘ng uning tarkibiy qismlari, tuzilishi haqida qatnashchilarga savollar berilgan. Bu 
jarayonda ayrim tekshiriluvchilar bironta savolga javob bera olmagan bo‘lsalar, 
aniq eydetik obrazga ega bo‘lgan ishtirokchilar esa rasmni ko‘rishda davom 
etayotganday har bir savolga aniq javob berishga erishganlar. 
Tajribalarning ko‘rsatishiga qaraganda, eydetik obrazlar uzoq vaqt inson 
ongida saqlanishi mumkin. Mabodo ularning izlari yo‘qolib ketgan bo‘lsa ham, 
lekin hech qanday qiyinchiliksiz uning siymosi qayta tiklanishi mumkin. 

Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin